ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
228
2181-
3187
XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI VA ULARNING MILLIY
IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Xolmirzayev Ulug‘bek Abdulazizovich
Namangan davlat texnika universiteti
dotsenti, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
ORCID: 0000-0002-3589-373X
Maralova Mashxura Baxtiyor qizi
Namangan davlat texnika universiteti
5-MJ-23 guruh talabasi
Annotatsiya
. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va boshqarish juda
murakkab ijtimoiy va iqtisodiy masala hisoblanadi. Bu sohani o‘ziga xos
muammolarini mukammal va chuqur o‘rganmasdan xizmat ko‘rsatish sohasini
boshqarish bo‘yicha strategik qarorlarni qabul qilish qiyin. Chunki boshqarishda
ijtimoiy o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan, mexanik tarzda emas, balki bozor talablariga xos
amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Aksincha, u o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, undagi
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hamda jamiyatdagi yangilanishlar gohida ochiq, gohida
yashirin shaklda kechadi. Jahon amaliyoti ham, an'anaviy jamiyatlarning zamonaviy
jamiyatlarga o‘tish jarayonlarida aholining turmush darajasiga keskin ta'sir etishini,
aholi o‘rtasida tabaqalashuv va ijtimoiy adolat muvozanati buzilishini ko‘rsatdi.
Kalit so‘zlar:
xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat,
korxonalar, usullar, bozor iqtisodiyoti, sof xizmatlar.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida turli xizmat ko‘rsatish sohalari
rivojlangan. Ularning ichida milliy qadriyatlar bilan bog‘liq sohalar ham bor. Shu bilan
birga, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalari ham bor.
Tarixan har bir xizmat turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida faoliyat
sohasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘zi ushbu ko‘plab
faoliyat turlarining kombinatsiyasi sifatida taqdim etilgan va ularning ro‘yxatiga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
229
2181-
3187
kiritilgan. Xizmatlarning barcha turlarini turli xil tasnifiy belgilariga ko‘ra, guruhlarga
ajratish mumkin. Ushbu turlar tasniflash usullarini talab qiladi (1-rasm).
1-rasm. Xizmat ko‘rsatishning turli tasnifiy belgilari
Xizmat koʼrsatish soha va tarmoqlarining rivojlanib borishi rivojlangan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulot tarkibini ham
o‘zgarishiga o‘z taʼsirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda muayyan mamlakatni
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot
tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasi hissasining 65 foizdan yuqori bo‘lishi asosiy mezon
hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida servis
xizmatlari soni va sifatiga qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda. Bu esa xizmat
koʼrsatish tarmoqlarida iqtisodiy oʼsishning omillarini aniqlash hamda iqtisodiy
samaradorlikka erishishni zarurat etadi.
Mamlakatimiz olimlaridan J.M.Qurbonov “Xizmat - jamiyatda bo‘ladigan
maxsus harakat, uning bajarilishida albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning
insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala tomonga ham manfaat keltirishi kerak” [4],
Ye.S.Fayziyev “Xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan
faoliyatdir. Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
230
2181-
3187
mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida
(nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi...” [1], R.S.Amriddinova esa, “Xizmat - bu bir
kishining ikkinchi kishi uchun qiladigan ma’lum ishi, deb tushuniladi. Xizmat tovardan
farq qiladi, shu bilan birga o‘zida tovar kabi o‘z narxi va qiymatiga ega bo‘ladi”
[3], -
deb izohlaydilar.
Umuman olganda, xizmatlarni tasniflashda ularni ma’lum darajada tartibga
keltirishda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan mavjud xizmatlarning 160 ta
turini 12 hil guruhga ajratiladi [2]. Ya’ni, ishchanlik xizmati 46 turda, aloqa xizmati 25
turda, injiniring va qurilish xizmati 5 turda, distribyutorlik xizmati 5 turda, umumta’lim
xizmatlari 5 turda, atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati 4 turda, moliyaviy hamda
sug‘urta xizmatlari 17 turda, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar 4 turda, sayyohlik
va turizm xizmati 4 turda, madaniy hamda sportga oid xizmatlar 5 turda, transport
xizmatlari 33 turda hamda boshqa maishiy xizmatlar 7 turda tasniflanadi.
Xizmatlar sohasining mazmuni va mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
adabiyotlarda xizmatlar tushunchasiga bir qancha ta’riflari mavjud:
-
u manfaatli harakatlar, jarayon yoki faoliyat;
-
u sotish uchun ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar;
- u vaziyat yoki bir qancha harakatlar, ya’ni bu harakatlar qiymatni ishlab chiqish
vositasidir. Ular qiymatni yaratish imkoniga ega bo‘lishi mumkin, ammo ularning o‘zi
alohida qiymat bo‘la olmaydi.
Xizmatlarning har xil turlarida nomoddiy va moddiy elementlarning nisbati bir
xil emas, bu an’anaviy va noan’anaviy xizmatlarni ajratib olishga imkon beradi. Shuni
ta’kidlash kerakki, turli xil xizmatlarning moddiy va nomoddiy elementlari o‘rtasida
turli xil nisbatlar mavjud: moddiy mahsulotning tegishli xizmatlar bilan kombinatsiyasi
(masalan, kompyuterni sozlash, ta’mirlash, internetga ulanish xizmatlari bilan); oziq-
ovqat xizmatlari (masalan, restoranda ovqatlanish narxi 30% bo‘lishi mumkin,
qolganlari oziq-ovqat sotib olish, ovqat tayyorlash, dasturxon bezash, xonasini ijaraga
olish, bino va xona dizayni, avtomobil turargohi, san’atkorlar xizmatlariga to‘g‘ri
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
231
2181-
3187
keladi); kasallar, qariyalar, nogironlar, bolalar va boshqalarni parvarish qilish bo‘yicha
“sof xizmatlar” deb nomlangan xizmatlar. (1-jadval)
1-jadval
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
232
2181-
3187
Xizmatlarning muayyan tasnifiy belgilari bo‘yicha turlarga ajratilishi
Xizmatlarni taqdim qilishni faqatgina xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun
zarur bo‘lgan bajaruvchining faoliyati sifatida emas, balki jarayon sifatida hisobga
olsak, uning quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: zarur resurslar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
233
2181-
3187
bilan ta’minlash, ijro etishning texnologik jarayoni, nazorat qilish, sinovdan o‘tkazish,
qabul qilish, baholash, xizmat ko‘rsatish jarayoni.
Xizmat ko‘rsatish jarayonida sifat ko‘rsatkichlari alohida o‘rin tutadi hamda ular
doimiy o‘zgarish va takomillashtirish jarayonida bo‘ladi. Asosiy bazaviy parametrlar
sifatida quyidagilarni olish mumkin: xizmat ko‘rsatish vaqti (iste’molchi xizmat
ko‘rsatuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan vaqt davri); xizmatni bajarish vaqti
(xizmatni bajarish uchun belgilangan vaqt me’yori). Xizmatning iste’molchisiga ta’sir
ko‘rsatadigan barcha sifat parametrlari tashkilotning quyidagi ikkita ichki hujjatlarida
qayd etilishi va korxonada sifat nazorati xizmati tomonidan doimiy nazoratida bo‘lishi
kerak: xizmat ko‘rsatish qoidalari – xizmat ko‘rsatish tartibi va shartlarini tartibga
soluvchi talablar va standartlarni o‘z ichiga olgan hujjat; xizmat ko‘rsatish shartlari –
xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar majmuyini
tavsiflovchi hujjat.
Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, xizmat sifatini aniqlashda muayyan
qiyinchiliklar mavjud, chunki iste’molchida uni baholash uchun aniq mezonlar mavjud
emas. Biroq yuqorida aytib o‘tilganidek, ishlab chiqaruvchi buni hisobga olishi kerak.
Turli xil odamlar uchun sifatli xizmat va xizmat ko‘rsatish sifati bir xil narsani
anglatmaydi. Hatto xaridor sifatli xizmat deganda nimani anglatishini sotuvchilar
tushungan taqdirda ham, nostandart kelishmovchiliklarning oldini olishga qaratilgan
xizmatni boshqarishda muammolar mavjud.
Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida ham fikrlar xilma-
xilligi mavjud bo‘lishi mumkin, ularni mashinada ishlab chiqarilgan mahsulotga
nisbatan aniq baholash ancha qiyin kechadi. Xizmatlar sifatining o‘zgaruvchanligini
oldini olishga urinish bilan bog‘liq muammolar shu bilan kuchayib boradiki,
iste’molchilar xizmatlar sifatining nomuvofiqligiga rahbariyatning e’tibor berishi
kerakligiga urg‘u bermaydi, buning natijasida rahbariyat sifatsiz xizmat ko‘rsatish
darajasidan bexabarligi tufayli tegishli choralarni ko‘ra olmaydi.
Xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat turlari iqtisodiyotning deyarli barcha
sohalariga kirib borgan, shuning uchun xizmat ko‘rsatish sohasi chegaralarini aniq
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
234
2181-
3187
belgilash juda mushkul. Aslida, bu haqiqatan ham xizmat ko‘rsatish faoliyatining
“ommalashtirish sohasi” bo‘lib, u iqtisodiyotning ayrim sohalarida asosiy hisoblanadi,
boshqalarida esa qisman ishtirok etadi, masalan, tog‘-kon sanoati va ishlab chiqarish
sanoatida. Shunday ekan, xizmat ko‘rsatish sohasining eng muhim xususiyati uning
xilma-xilligi, statistika fani va amaliyot uchun uning “chegaralarini” belgilash
muammosi juda dolzarbdir, chunki ushbu hodisani talqin qilishning noaniqligi milliy
va jahon iqtisodiyotining tuzilishini aks ettirganda bevosita namoyon bo‘ladi, iqtisodiy
rivojlanish natijalari, uning iqtisodiy o‘sish sifati va aholi hayoti, iqtisodiy faoliyat
turlarining butun majmuasi, turli darajadagi iqtisodiy jarayonlar, shu jumladan,
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning
izchilligi va integratsiyalashuvi asosida ma’lum bir mamlakat reytingi aniqlanadi [2].
Servis sohasidagi korxonalarning o‘rni va ahamiyatini aniqlash uchun servis
iqtisodiyoti (xizmat ko‘rsatish sohasi bevosita unga tegishli bo‘lgan) va industrial
iqtisodiyot o‘rtasidagi asosiy farqlarini ajratish muhimdir.
Birinchidan, servis iqtisodiyotida korxonalar, birinchi navbatda, mijozlarning
o‘ziga xos ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun samarani oshirishga qaratilgandir.
Industrial iqtisodiyotda esa korxonalar mahsulotlarini maksimal darajada ishlab
chiqarishga intilishadi.
Ikkinchidan, xizmat ko‘rsatish iqtisodiyotida foydalilik tushunchasi ham
moddiy mahsulot, ham shunga mos keluvchi xizmatlarni o‘z ichiga oladigan
tizimlarning qanchalik mukammalligi, industrial iqtisodiyotda esa mahsulotlarning
faqat moddiy jihatlari hisobga olinadi.
Uchinchidan, servis iqtisodiyotida sifat deganda, ishlab chiqaruvchining
xaridorlar bilan ularning ehtiyojlarini qondirish darajasini maksimallashtirish
maqsadida munosabatlarni o‘rnatishi hamda ularni doimiy kuzatib borishga bo‘lgan
qobiliyati tushuniladi. Industrial iqtisodiyotda sifat deganda, korxonaning o‘z ishini
yaxshi bajara olish qobiliyati nazarda tutiladi.
To‘rtinchidan, servis iqtisodiyotida boshqaruv uslubi o‘zgarib borib, bunda
qabul qilinadigan qarorlarning moslashuvchanligi, tezkorligi, tarmoqli tashkil etish,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
235
2181-
3187
manyovr erkinligi va ochiqlik uning farqli jihati sifatida qaraladi. Industrial
iqtisodiyotda menejment sezilarli ravishda mexanizatsiyalashgan xususiyatga ega
bo‘lib, bu hal qiluvchi darajada tuzilmalarning iyerarxikligi va ularning haddan ortiq
tartiblanishi bilan belgilanadi. Hozirgi zamon xo‘jalik subyektlari ancha yuqori
darajada rivojlangan gorizontal aloqalar bilan ajralib turadigan va bunda ularning
bo‘linmalari o‘rtasidagi vertikal integratsiyalashuv darajasi kamroq bo‘ladigan
tashkiliy tuzilmalarni yaratishga intiladilar.
Beshinchidan, servis iqtisodiyotida asosiy e’tibor moddiy-xizmat ko‘rsatish
tizimlarining faoliyat yuritish samaradorligiga, industrial iqtisodiyotda esa
xomashyoning
tayyor
mahsulotga
aylantirilishiga
(asosiy
texnologiyalarga
yo‘naltirish) qaratiladi.
Shunday ekan, servis iqtisodiyotida korxona muvaffaqiyatini belgilab beruvchi
asosiy omil bo‘lib uni mijozning afzal ko‘rgan tizimlari va rivojlanish tendensiyalarini
tushunish qobiliyati hamda mijoz talab-ehtiyojlarini iloji boricha yaxshiroq
qondirishga qobilligi namoyon bo‘ladi.
Xizmatlar ko‘rsatish rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar yalpi
ichki mahsuloti tarkibida sezilarli ulushga ega bo‘la boshladi.
Butun dunyoda xizmatlar sohasi amalda inqilobiy hususiyatdagi o‘zgarishlar
bosqichini boshidan kechirmoqda, bunda an’anaviy biznes modellari tobora kam
darajada yaroqli bo‘lib qolmoqda. Yangi mingyillikning boshlarida xizmatlar
sohasidagi yangicha tendensiyalar ta’siri ostida odam hayoti va uning ish uslublari
keskin o‘zgarishlarga duchor bo‘lmoqda. Doimiy ravishda bu sohadagi talab-
ehtiyojlarni qondirishning yangidan yangi usullari ixtiro qilinmoqda, bunda kishilar
yaqin-yaqin vaqtlargacha ham mavjudligini hali o‘z tasavvurlariga keltira olmagan
talab-ehtiyojlarni qondirish yo‘llari ham paydo bo‘lib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Fayziev E.S. Servis tizimi faoliyati asoslari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand.
“Zarafshon”nashriyoti. – 2010. -23b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
236
2181-
3187
2.
Арупов А.А.Казахстан в системе мировых торговых рынков. – Алматы:
Университет «Туран», 2000.–с. 63.
3.
Amriddinova R.S. “Mehnat resurslarini boshqarish asosida turizm xizmatlarining
raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati turizm korxonalari
misolida)” // I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. - S.: SamISI, 2012. -
13 b.
4.
Qurbonov J.M. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish. Ma’ruzalar matni, I-qism.
Samarqand, SamISI, 2009.–126 b.
5.
Khakimov, B. J., AIimov, B. B., Kholmirzayev, U. A., & Polechov, A. X. (2013).
theory of Economic Analysis.
Tashkent" economics-finance"—2013
.
6.
Abdulazizovich,
X.
U.
B.
(2025).
BILIMLAR
IQTISODIYOTI
SHAKLLANISHINING USTUVOR YO ‘NALISHLARI.
Journal of new century
innovations
,
74
(2), 65-70.
7.
Abdulazizovich, X. U. B. (2025). MOLIYAVIY AKTIVLAR HISOBINING
USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
62
(3), 146-152.
8.
Abdulazizovich, X. U. B. (2025). INNOVASION FAOLIYATNING
MOLIYAVIY TA’MINOTINI KUCHAYTIRISH ZARURLIGI VA OMILLARI
TAHLILI.
Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
,
5
(03), 142-
146.
9.
Xolmirzayev, U. B., & Xakimova, G. Z. (2024). SANOAT KORXONALARIDA
INNOVATSION FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING MOLIYAVIY
MEXANIZMI.
QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
,
10
, 96-98.
10.
Abdulazizovich, X. U. B. (2023). Moliyaviy aktivlar hisobini yuritishda xalqaro
standartlar qoidalarini qo’llash masalalari.
Ilmiy monografiya. Toshkent–2023
.
11.
Xolmirzayev, U. A., & Xakimova, G. A. (2024). SANOAT KORXONALARIDA
INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI.
Экономика и социум
,
(5-1 (120)), 938-941.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
237
2181-
3187
12.
Khakimov, J. B., & Kholmirzayev, A. U. (2021). Positive Aspects Of Cash Method
In Small Enterprises In The Context Of Pandemic.
Turkish Online Journal of
Qualitative Inquiry
,
12
(7).
13.
Холмирзаев, У. А. (2023). ДЕБИТОР ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ: ДЕБИТОР
ҚАРЗЛАРИНИ АЙЛАНИШИ ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
МАСАЛАЛАРИ.
14.
Abdulazizovich, K. U. (2023). POSITIVE ASPECTS OF THE CASH METHOD
IN SMALL ENTERPRISES UNDER UNUSUAL CIRCUMSTANCES.
ASIA
PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-
2836 Impact Factor: 8.071
,
12
(11), 38-47.
15.
Qutbiddinovich, S. I., & Abdulazizovich, X. U. B. (2023). GAAP ASOSIGA
QO’YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI.
Interpretation and
researches
,
1
(3), 42-50.