ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
94
2181-
3187
TALABALAR ORASIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARIDAN
FOYDALANISH TENDENTSIYALARI
Namangan davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti
Moliya sohasida boshqaruv yo`nalishi 2- bosqich talabasi
Nasrullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li
E-mail: omonulloxon0408@gmail.com
Tel: +998949874707
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlarining talabalar hayotidagi
ahamiyati, ulardan foydalanishning hozirgi holati va asosiy tendentsiyalari tahlil
qilinadi. Tadqiqotda asosan elektron banking, mobil ilovalar, raqamli to‘lov tizimlari
va onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi, omillari hamda talabalarning
moliyaviy savodxonligi bilan bog‘liq jihatlar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank
xizmatlariga bo‘lgan ishonch, xavfsizlikka oid qarashlar va raqamli moliya vositalariga
talabning ortishi tahlil qilinadi. So‘rovnomalar va statistik ma’lumotlar asosida olib
borilgan tahlillar talabalar orasida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishning
izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari raqamli bank xizmatlarini
yanada rivojlantirish, talabalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda
moliyaviy texnologiyalar orqali yoshlar moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
ТЕНДЕНЦИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ
СРЕДИ СТУДЕНТОВ
Аннотация. В этой статье будет проанализировано значение цифровых
банковских услуг в жизни студентов, текущее состояние их использования и
основные тенденции. В исследовании в основном исследуются уровни и
факторы, связанные с использованием электронного банкинга, мобильных
приложений, цифровых платежных систем и финансовых онлайн-сервисов, а
также аспекты, связанные с финансовой грамотностью студентов. Он также
анализирует доверие к цифровым банковским услугам, взгляды на безопасность
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
95
2181-
3187
и растущий спрос на цифровые финансовые инструменты. Анализ, основанный
на опросах и статистике, показывает постоянный рост использования цифровых
финансовых услуг среди студентов. Результаты исследования послужат
дальнейшему развитию цифровых банковских услуг, расширению финансовых
возможностей студентов и укреплению финансовой стабильности молодежи с
помощью финансовых технологий.
TRENDS IN THE USE OF DIGITAL BANKING SERVICES AMONG
STUDENTS
Abstract. This article analyzes the importance of digital banking services in the
lives of students, the current state and main trends in their use. The study mainly
explores aspects related to the level, factors and financial literacy of students using
electronic banking, mobile applications, digital payment systems and online financial
services. Also analyzed are confidence in digital banking services, security views, and
increased demand for digital financial instruments. Surveys and statistical data-driven
analyses show a consistent growth in the use of digital financial services among
students. The results of the study serve to further develop digital banking services,
expand the financial capabilities of students, and strengthen youth financial stability
through financial technologies.
Kalit so‘zlar: Raqamli bank xizmatlari, talabalar, moliyaviy texnologiyalar, mobil
banking, elektron to‘lovlar, moliyaviy savodxonlik, fintech.
KIRISH
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bank xizmatlari
sohasida ham tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy bank operatsiyalarining
elektron ko‘rinishga o‘tishi mijozlar uchun qulaylik, tezlik va xavfsizlik darajasini
oshirdi. Ayniqsa, yoshlar, xususan talaba yoshlar orasida raqamli bank xizmatlaridan
foydalanish tendentsiyasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu holat, bir tomondan,
texnologik savodxonlik darajasining oshayotganidan, ikkinchi tomondan esa
moliyaviy xizmatlarning raqamli muhitda kengayganidan dalolat beradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
96
2181-
3187
Talabalar zamonaviy bank ilovalari, onlayn to‘lov tizimlari, raqamli kartalar va
mobil banking orqali o‘z moliyaviy faoliyatlarini samarali boshqarish imkoniyatiga
ega bo‘lmoqdalar. Ular uchun bu xizmatlarning mavjudligi faqatgina qulaylik emas,
balki vaqt va resurslarni tejash, moliyaviy xatoliklarning oldini olish, shuningdek,
iqtisodiy mustaqillik sari muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, pandemiya davri tajribalari raqamli xizmatlarga ehtiyojni yanada
oshirdi. Natijada, ko‘plab banklar talaba yoshlar segmentini o‘z mijozlar bazasiga jalb
qilish maqsadida maxsus raqamli mahsulotlar va ilovalarni ishlab chiqdi. Shu bilan
birga, bu sohada xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, raqamli savodxonlik
darajasi kabi masalalar dolzarbligicha qolmoqda.
Raqamli bank xizmtalaridan foydalanayotgan talabalar soni katta miqdorda
bo`lgani bilan, ammo ayrim yoshlar bu xizmatlardan foydalanish vaqtida, ma`lum bir
miqdordagi muammolarga duch kelmqda. Bu muammolarning asosiy sabablaridan
biri, yoshlarda boshlang`ich moliyaviy bilim bazasining yoqligi va ayrim elektron bank
xizmatlarning murakkabililigi sabab bo`lmoqda.
Metodlar. Mazkur maqolada talabalar orasida raqamli bank xizmatlarning ijobiy
va salbiy tomonlari va an`anaviy bank xizmatlaridan farqi. Elektron bank tizimidan
foydalanishda yosh avlodning moliyaviy bilim darajasi, qanday darajada ekanligi va
bu turdagi xizmatlardan qancha talabalar foydalanayotgani statistik, taqqoslama va
kuzatuv jarayonlari orqali tahlil qilindi.
Natijalar. Tadqiqot davomida raqamli bank xizmatlari, moliyaviy texnologiyalar,
mobil banking va elektron to`lov kabi tushunchalar borasida talaba yoshlar bilan
o`tkazilgan so`rovnoma, natijalar bilan tanishib chiqamiz.
Tadqiqot jarayonida 500 nafar talaba yoshlar o`rtasida Toshkent, Buxoro,
Farg`ona va Samarqand OTMlarida quyidagi savol bo`yicha so`rovnoma o`tkazildi.
“Siz raqamli bank xizmatlari tushunchasiga qanday darajada egasiz?”
Javob variantlari
Talabalar soni
Ulushi (%)
Ha, to‘liq tushunchaga egaman 165 33%
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
97
2181-
3187
Qisman tushunchaga egaman
235 47%
Juda kam tushuncham bor 76
15.2%
Hech qanday tushuncham yo‘q 24
4.8%
Jami
500 100%
1-rasm. Raqamli bank xizmatlari haqidagi savolga berilgan javoblar jadvali.
2-rasm. Raqamli bank xizmatlari haqidagi savolga berilgan javoblar diagrammasi.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Raqamli bank xizmatlari - bu tijorat banklari tomonidan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda taqdim etiladigan masofaviy
moliyaviy xizmatlar majmuasidir. Ular mijozlarga an’anaviy bank filialiga bormasdan,
internet va mobil qurilmalar orqali bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Bu xizmatlarga internet-banking, mobil banking, elektron hamyonlar, QR-kodli
to‘lovlar, raqamli kartalar va sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy maslahatlar kiradi.
Ushbu xizmatlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
3-rasm. Raqamli bank xizmatlarining afzalliklari.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Tadqiqot so‘rovnoma shaklida 2024-yilning dekabr oyida 5 ta oliy o‘quv yurtida
tahsil olayotgan 450 nafar talaba o‘rtasida o‘tkazilgan. Talaba yoshlar moliyaviy
texnologiyalar (fintech) tushunchasiga qanday darajada bilimga ega ekanligini
aniqlash maqsadida amalga oshirildi. Talabalarga quyidagi savol taqdim etildi.
“Siz moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasiga qanday darajada egasiz?”
Javob variantlari
Talabalar soni
Ulushi (%)
Ha, to‘liq tushunchaga egaman 108 24%
Qisman tushunchaga egaman
198 44%
Juda kam tushuncham bor 96
21.3%
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
98
2181-
3187
Umuman tushuncham yo‘q
48
10.7%
Jami
450 100%
4-rasm. Moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasi haqidagi savolga berilgan
javoblar jadvali.
5-rasm. Moliyaviy texnologiyalar (fintech) tushunchasi haqidagi savolga berilgan
javoblar diagrammasi.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Moliyaviy texnologiyalar (fintech) — bu moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
sohasida raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt,
blokcheyn va boshqa ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali an’anaviy bank
xizmatlarini innovatsion asosda taklif etuvchi tizimdir. Moliyaviy texnologiyalar
talaba yoshlar va mijozlarga arzon, tezkor, xavfsiz va foydalanuvchi uchun qulay
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Tadqiqot so`rovnoma shaklida 2024-yil noyabr oyida Toshkent va Samarqand
shaharlarida joylashgan 4 ta oliy ta’lim muassasasida 400 nafar talaba ishtirokida
o‘tkazilgan. Talabalarning iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy yo‘nalishlarda tahsil
olayotgani inobatga olingan. Talabalarga quyida savol berilgan.
“Siz mobil banking nima ekani, uning imkoniyatlari va xavfsizlik mexanizmlari
haqida to‘liq tushunchaga egamisiz?”
Javob variantlari
Talabalar soni
Ulushi (%)
Ha, to‘liq tushunchaga egaman 136 34%
Qisman tushunchaga egaman
192 48%
Juda kam tushuncham bor 52
13%
Umuman tushuncham yo‘q
20
5%
Jami
400 100%
6-rasm. Mobil banking tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar jadvali.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
99
2181-
3187
7-rasm. Mobil banking tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar
diagrammasi.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Mobil banking — bu tijorat banklari tomonidan mijozlarga mobil qurilmalar
(smartfon, planshet) orqali bank xizmatlaridan masofaviy foydalanish imkoniyatini
beruvchi raqamli moliyaviy xizmatlar tizimidir. Ushbu xizmatlar maxsus mobil
ilovalar orqali amalga oshiriladi va mijozlarga o‘z hisobvaraqlari ustidan nazorat
o‘rnatish, to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini bajarish, balansni kuzatish, omonatlar ochish,
kreditlarni boshqarish, QR kod orqali to‘lash va boshqa moliyaviy operatsiyalarni
bajarish imkonini beradi.
Mobil banking xizmatlari foydalanuvchilarga 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatish,
geografik cheklovsiz ishlash va tranzaksiyalarni tezkor amalga oshirish imkonini
yaratadi. Bu xizmatlar ayniqsa yoshlar, talabalar va raqamli texnologiyalarga
moslashuvchan foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan.
Biroq, ushbu xizmatlarning samarali ishlashi uchun foydalanuvchilardan minimal
darajadagi raqamli moliyaviy savodxonlik, xavfsizlik choralariga rioya qilish
(biometrik autentifikatsiya, PIN-kod, ikki bosqichli tekshiruv) va ilovalarning to‘g‘ri
ishlatilishi talab etiladi. Shu sababli, mobil bankingning keng tarqalishi bilan birga,
foydalanuvchilarning raqamli bilimlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish
muhimdir.
Tadqiqot 2024-yil dekabrda 5 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan so‘rovnoma
natijalari asosida 480 nafar talaba ishtirokida amalga oshirilgan. Savollar talabalar
raqamli moliyaviy xizmatlardan, xususan elektron to‘lovlar tushunchasi bo‘yicha bilim
va foydalanish darajasini aniqlashga qaratilgan. Talabalarga quyidagi savol taqdim
etildi.
“Siz elektron to‘lov tushunchasiga to‘liq va aniq tushunchaga egamisiz?”
Javob variantlari
Talabalar soni
Ulushi (%)
Ha, to‘liq tushunchaga egaman 174 36.2%
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
100
2181-
3187
Qisman tushunchaga egaman
202 42.1%
Juda kam tushuncham bor 72
15%
Umuman tushuncham yo‘q
32
6.7%
Jami
480 100%
8-rasm. Elektron to`lov tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar jadvali.
9-rasm. Elektron to`lov tushunchasi haqidagi savolga berilgan javoblar
diagrammasi.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Elektron to‘lovlar — bu tovar va xizmatlar uchun hisob-kitobni naqd pulsiz
shaklda, elektron vositalar orqali amalga oshirishni nazarda tutuvchi zamonaviy to‘lov
tizimi hisoblanadi. Ushbu to‘lovlar internet, mobil ilovalar, bank terminallari, elektron
hamyonlar, QR-kodlar va boshqa raqamli vositalar orqali amalga oshiriladi.
Elektron to‘lovlar moliyaviy tizimda tezlik, qulaylik, xavfsizlik va shaffoflikni
ta’minlash orqali iqtisodiyotning raqamlashtirilishiga bevosita hissa qo‘shadi².
Ayniqsa, elektron bank ilovalari (Payme, Click, Apelsin, Oson), xalqaro platformalar
(PayPal, Stripe, Apple Pay, Google Pay), shuningdek kontaktless texnologiyalar orqali
to‘lovlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda bu tizimlar kundalik moliyaviy hayotda
muhim o‘rin egallamoqda.
Elektron to‘lovlar tizimi quyidagi asosiy turlarni o‘z ichiga oladi:
10-rasm. Elektron to‘lov tizimining asosiy turlari.
(Muallif tomonidan ishlab chiqilgan)
Mobil to‘lovlar — mobil telefon ilovalari orqali to‘lovlar;
Internet to‘lovlar — veb-platformalar orqali (masalan, onlayn do‘konlarda);
Elektron hamyonlar (e-wallets) — oldindan to‘ldirilgan raqamli hisoblar orqali;
Bank kartalari orqali to‘lovlar — POS terminallar va onlayn interfeyslar
yordamida;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
101
2181-
3187
QR-kodli to‘lovlar — mobil qurilma yordamida skanerlash orqali amalga
oshiriladi.
Bundan tashqari, elektron to‘lovlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim
rol o‘ynaydi. Ular naqd pul muomalasini kamaytirish, soliq tushumlarini oshirish,
moliyaviy hisobdorlikni kuchaytirish va noqonuniy iqtisodiy faoliyatlarni cheklash
imkonini beradi.
XULOSA.
Bugungi raqamli transformatsiya jarayonlari moliyaviy xizmatlar sohasida tub
o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Xususan, bank xizmatlarining raqamli formatga o‘tishi
— ya’ni moliyaviy texnologiyalar, raqamli bank xizmatlari mobil banking, internet
banking, QR-kodli to‘lovlar, onlayn kreditlash va boshqa masofaviy xizmatlar —
talabalar orasida moliyaviy faoliyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatmoqdaki, talabalar orasida raqamli bank xizmatlaridan foydalanish
darajasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Ushbu tendentsiyaning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• Zamonaviylik va qulaylik: Talabalar bank xizmatlariga mobil qurilmalar orqali
24/7 kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
• Naqd pulsiz jamiyat sari harakat: To‘lovlarning raqamli shaklga o‘tishi
talabalarni tezkor, izchil va xavfsiz moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatmoqda.
• Moliyaviy savodxonlik darajasining oshib borishi: Raqamli texnologiyalar bilan
ishlash talabalarning mustaqil moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalarini kuchaytirmoqda².
• Raqobatbardosh bank ilovalari: Bozorda Payme, Click, Apelsin, Anorbank, TBC
Bank va boshqa raqamli xizmatlar o‘zaro raqobatda bo‘lib, doimiy innovatsiyalar joriy
etmoqda.
Shunga qaramay, ayrim muammolar ham mavjud bo‘lib qolmoqda. Xususan,
barcha talabalar raqamli bank xizmatlarining xavfsizlik choralari, huquqiy himoyasi
yoki texnik jihatlari haqida yetarli tushunchaga ega emas. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, talabalarining 20% dan ortig‘i bu xizmatlardan foydalanishda muayyan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
102
2181-
3187
qiyinchiliklarga duch kelmoqda — bu ularga xizmatdan to‘laqonli foydalana
olmaslikka sabab bo‘lmoqda.
Kelajakda raqamli bank xizmatlarining talabalarga yanada samarali ta’sir
ko‘rsatishi uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Oliy o‘quv yurtlarida raqamli moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan fanlar
va seminarlar joriy etilishi;
Banklar tomonidan talabalar uchun maxsus raqamli mahsulotlar va interaktiv
o‘quv platformalari ishlab chiqilishi;
Mobil bank ilovalarining foydalanuvchi interfeysini soddalashtirish va
xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish;
Davlat siyosati doirasida moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan tashabbuslarning kuchaytirilishi.
Xulosa qilib aytganda, raqamli bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha talabalar
orasidagi tendentsiyalar ijobiy yo‘nalishda shakllanmoqda va bu jarayonni qo‘llab-
quvvatlash nafaqat moliyaviy xizmatlarning samaradorligini oshiradi, balki
yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy bilimini mustahkamlashda ham muhim
o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.
World Bank. (2021). Digital Financial Services.
https://www.worldbank.org/en/topic/financialinclusion/brief/digital-financial-services
2.
Nurmatova, M. (2023). Talabalarning raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish
darajasi: Empirik tahlil. Science Box, 2023.
https://www.sciencebox.uz/index.php/journal/article/view/975
3.
Karimov, N. (2022). Raqamli bank xizmatlari va ularning yoshlarga ta’siri.
TDIU Ilmiy jurnali.
https://journal.tdiu.uz/article/view/1453
4.
Uzbekistan Ministry of Digital Technologies. (2023). Raqamli transformatsiya
bo‘yicha hisobot.
https://digitaleconomy.uz/uz/analytics/strategy2023
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
103
2181-
3187
5.
Statista. (2024). Mobile Banking Usage among Students Worldwide.
https://www.statista.com/statistics/1108391/student-mobile-banking-usage-
worldwide
6.
OECD. (2022). Digital Financial Services and Consumer Protection.
https://www.oecd.org/finance/digital-financial-consumer-protection.htm
7.
IMF. (2020). The Role of Digital Payments in Tax Revenue Mobilization.
https://www.imf.org/en/Publications/WP/Issues/2020/04/30/Digital-Payments-and-
Tax
