ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
253
2181-
3187
ME’DA VA 12 BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI
Maxsudova Gulnora Saidovna
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
O‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligining
etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari tahlil
qilingan. Yara kasalligining rivojlanishida Helicobacter pylori infeksiyasi, stress,
noto‘g‘ri ovqatlanish va genetik moyillikning o‘rni ochib berilgan. Kasallikni erta
aniqlash va zamonaviy davo choralari orqali asoratlarning oldini olish mumkinligi
ta’kidlangan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining bu kasallikni profilaktika
qilishdagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Me’da yarasi, 12 barmoqli ichak yarasi, Helicobacter pylori,
ovqatlanish, stress, davo, profilaktika, simptomlar, endoskopiya.
Zamonaviy tibbiyot oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu ovqat hazm
qilish tizimi bilan bog‘liq surunkali kasalliklarning ko‘payib borayotganidir. Ular
orasida ayniqsa o‘n ikki barmoqli ichak yarasi eng keng tarqalgan va ko‘p uchraydigan
kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik hazm qilish tizimining ichki qavati –
ya’ni ichak va oshqozonning shilliq pardasi va uning ostidagi to‘qimalarda nuqsonlar
hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mazkur yara jarayoni inson salomatligiga katta ta’sir
ko‘rsatib, hayot sifati, mehnatga layoqatlilik, umumiy ruhiy holat va boshqa organ
tizimlariga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Bugungi kunda ushbu kasallik nafaqat yoshi katta insonlar, balki yosh avlod
orasida ham uchrab turibdi. Ayniqsa, mehnat faol bo‘lgan – 20 yoshdan 50 yoshgacha
bo‘lganlar orasida uchrashi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu davr inson hayotining
eng faollik davri hisoblanib, stress, noto‘g‘ri turmush tarziga bog‘liq omillar, asosan,
kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Kasallik og‘ir kechishi, hayot uchun xavfli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
254
2181-
3187
asoratlar bilan murakkablashishi, shuningdek, o‘z vaqtida aniqlanmasa, surunkali
shaklga o‘tishi mumkin.
Yaraning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillar:
Bakterial infektsiya: O‘n ikki barmoqli ichak va oshqozon yaralari ko‘pincha
Helicobacter Pylori deb nomlanuvchi mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atiladi. Bu
bakteriyalar oshqozon shilliq pardasiga zarar yetkazib, kislotaning bevosita ta’siriga
olib keladi.
Ovqatlanish tartibining buzilishi: Noto‘g‘ri, vaqtsiz, tartibsiz ovqatlanish,
ayniqsa, achchiq, sho‘r va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish shilliq pardaning
qo‘zg‘alishiga olib keladi.
Stress va ruhiy zo‘riqish: Uzoq muddatli stress holatlari, asabiylik, doimiy
tashvish va xavotirlar me’da kislotasi sekresiyasining ortishiga olib keladi, bu esa
shilliq parda himoyasini zaiflashtiradi.
Me’da shirasi sekresiyasining ortishi: Hazm qilish fermentlarining ortiqcha ishlab
chiqarilishi, bikarbonat va mukoproteinlar kabi himoya omillarining yetarli darajada
bo‘lmasligi, me’da devorining kislotali muhitdan zarar ko‘rishiga sabab bo‘ladi.
Tamaki chekish: Ayniqsa och qoringa chekilgan sigaretlar ichki shilliq qavatni
kuchli zararlaydi. Chekish qon aylanishiga, regeneratsiya jarayonlariga va yara
bitishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dori vositalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi: Uzoq muddat davomida yallig‘lanishga
qarshi steroid bo‘lmagan dorilarni (masalan, analgin, aspirin, ibuprofen, diklofenak va
boshqalar) iste’mol qilish shilliq pardani yemiradi, bu esa yara hosil bo‘lish xavfini
oshiradi.
Ichki sekretsiya bezlaridagi o‘zgarishlar: Ba’zi hollarda gastrin ishlab chiqaruvchi
o‘smalar (gastrinoma) me’dada kislota ishlab chiqarilishini haddan ortiq kuchaytirib,
yara rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari:
O‘n ikki barmoqli ichak yarasi ko‘pincha o‘ziga xos klinik simptomlar bilan
kechadi. Eng ko‘p uchraydigan belgi bu epigastral sohada – ya’ni ko‘krak qafasi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
255
2181-
3187
ostidagi sohada yoki kindik ustida simillagan, bosimli og‘riqning paydo bo‘lishidir.
Ushbu og‘riq odatda och qoringa, kechasi yoki tong oldida, me’da bo‘sh bo‘lgan
paytlarda kuchayadi. Bemorlar bu holatni ovqat yegach yengillashishini qayd etadilar.
Bundan tashqari quyidagi belgilar ham kuzatiladi:
•
Ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish;
•
Ishtahaning pasayishi yoki ayrim taomlardan voz kechish holati;
•
Ich qotishi yoki ba’zida diareya;
•
Og‘izda nordon ta’m, qorin dam bo‘lishi;
•
Uyqu buzilishi, ish faoliyatining susayishi.
Shuningdek, yara kasalligi davrlarga bo‘lingan tarzda kechishi mumkin: og‘riqli
bosqichlar, nisbiy tinchlik bosqichlari va surunkali tusga o‘tish bosqichlari. Agar
davolash o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qon ketishi, ichki organlarda teshilish
(perforatsiya), chandiq hosil bo‘lishi kabi xavfli asoratlar yuzaga kelishi
mumkin.Me’da va 12 barmoqli ichak yarasi — bu me’da yoki ichak devorida yuzaga
keladigan chuqur nuqson bo‘lib, u ko‘pincha og‘riq, dispepsik shikoyatlar va ovqat
hazm qilish tizimidagi boshqa buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik aholi
orasida keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa o‘rta yoshdagi erkaklarda ko‘proq uchraydi.
Yara kasalligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
•
Helicobacter pylori infeksiyasi – ko‘pchilik bemorlarda aniqlanadi;
•
Haddan tashqari stress va emotsional zo‘riqish;
•
Qayta-qayta og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini (NSAID) iste’mol qilish;
•
Nosog‘lom ovqatlanish tartibi (och qoringa ko‘p ovqat yeyish, achchiq va
yog‘li taomlar);
•
Chekish va spirtli ichimliklarga mukkasidan ketish;
•
Irsi moyillik.
O‘n ikki barmoqli ichak yarasi – bu murakkab, ko‘p omilli va qayta-qayta
takrorlanuvchi kasallik bo‘lib, uni erta aniqlash, profilaktika choralarini ko‘rish va
to‘g‘ri davolash bemor salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Zamonamizda
sog‘lom turmush tarziga amal qilish, stressdan yiroq bo‘lish, ovqatlanish madaniyatiga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–1_ июня–2025
256
2181-
3187
e’tibor berish, dori vositalarini shifokor nazoratisiz iste’mol qilmaslik bu kabi
kasalliklarning oldini olishda eng muhim omillardir.
Agar o‘n ikki barmoqli ichak yarasi o‘z vaqtida va to‘liq davolanmasa, bu holat
sog‘liq uchun bir qator jiddiy va xavfli asoratlarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Ushbu asoratlarning paydo bo‘lishi bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib,
jumladan yarali nuqsonning joylashgan joyi va uning kattaligi, bemorning yoshi hamda
u bilan birga kechayotgan boshqa surunkali yoki o‘tkir kasalliklarning mavjudligi
muhim rol o‘ynaydi. Yara jarayoni davomida ichak devorining chuqur qatlamlariga
zarar yetishi, qon ketishi, ichak devorining teshib ketishi (perforatsiya) yoki so‘rilish
funksiyasining buzilishi kabi og‘ir holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek,
bemorda umumiy holatning yomonlashuvi, immunitetning pasayishi va hayot
sifatining keskin pasayishi kabi holatlar ham kuzatiladi. Shuning uchun ushbu
kasallikni erta aniqlash, kompleks tarzda davolash va profilaktik choralarni ko‘rish
nihoyatda muhimdir.
1
Xulosa qilib aytganda, me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi murakkab va
ko‘p omilli kasallik bo‘lib, u zamonaviy tibbiy vositalar bilan erta aniqlansa, samarali
davolanishi mumkin. Sog‘lom turmush tarzi va muntazam profilaktika choralari bu
kasallikni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
World Gastroenterology Organisation. “Helicobacter pylori in developing
countries” – WGO guidelines, 2021.
2.
Bobonazarov A.T., “Ichki kasalliklar propedevtikasi”, TTA nashriyoti, 2019.
3.
Malaty H.M. “Epidemiology of Helicobacter pylori infection”, Best Practice &
Research Clinical Gastroenterology, 2007.
4.
Karimov A.M. “Gastroenterologiya asoslari”, Toshkent, 2020.
1
Karimov A.M. “Gastroenterologiya asoslari”, Toshkent, 2020.