Ushbu maqolada mustaqil ta’lim konseptiyasining mohiyati, uning ta’lim
jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mustaqil ta’limning asosiy jihatlari,
metodlari va vositalari ko‘rib chiqilib, uning afzalliklari hamda cheklovlari
ta’kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda mustaqil ta’lim yondashuvining ta’lim
sifatiga ta’siri va talabalar shaxsini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, mustaqil ta’lim ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim
omil hisoblanadi.