Maqolada ekstruder qurilmalarida chastota o‘zgartirgichlarini
(VFD) o‘rnatishning texnik va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Chastota
o‘zgartirgichlarining ishlash prinsipi, ularning energiya samaradorligini oshirish
va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishdagi roli tahlil qilinadi.
O‘rnatishning asosiy usullari, jumladan, elektr tizimiga ulash, dasturiy ta’minotni
sozlash va xavfsizlik choralari muhokama qilinadi. O‘zbekiston sanoatida ekstruder
qurilmalarida VFD qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari,
shuningdek, ushbu texnologiyani joriy etishda duch kelinadigan muammolar va
ularni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi.