ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
329
2181-
3187
MAHMUD KOSHG
‘ARIYNING «DEVONU LUG‘ATIT TURK» ASARI –
NODIR TURKIY
TOPONIMIK MANBA SIFATIDA
Majitov Farrux Xasan o‘g‘li,
Zarmed universiteti Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Tangirov Sherzod Abduraxmonovich,
Zarmed universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning XI asrda yozilgan «Devonu lug‘atit
turk» asarining toponimika fanidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Asarda tilga olingan
200 ga yaqin turkiy toponimlar, etnonimlar va geografik atamalar asosida o‘sha davr
turkiy xalqlari yashagan hududlar, ularning madaniy hayoti va til xususiyatlari haqida
muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, «Devon»ga ilova qilingan xaritaning
toponimik qiymati, asarda joy nomlarining fonetik va semantik jihatdan tahlili ko‘rib
chiqilgan. Mazkur maqola orqali Mahmud Qoshg‘ariy asarining zamonaviy
toponimika uchun qanchalik dolzarb va noyob manba ekanligi asoslab berilgan.
Аннотация
В данной статье рассматривается значение труда Махмуда Кашгари
«Девону лугатит турк», написанного в XI веке, как уникального источника по
тюркской топонимике. На основе анализа около 200 топонимов, этнонимов и
географических терминов, упомянутых в произведении, раскрываются сведения
о территории расселения тюркских народов, их языковых особенностях и
культурной среде того времени. Особое внимание уделено историко-
топонимической ценности карты, прилагаемой к «Девону», а также
фонетическому и семантическому анализу названий населённых пунктов. Статья
подчёркивает актуальность и научную значимость наследия Махмуда Кашгари
для современных исследований в области топонимики.
Annotation
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
330
2181-
3187
This article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th-century work
Dīwān Lughāt al-Turk
as a unique and valuable source in the field of Turkic toponymy.
Based on the analysis of nearly 200 toponyms, ethnonyms, and geographical terms
mentioned in the work, the article provides insights into the settlement areas of Turkic
peoples, their linguistic characteristics, and cultural environment of that time. Special
attention is given to the historical and toponymic value of the map included in the
Dīwān
, as well as to the phonetic and semantic aspects of place names. The study
highlights the continued relevance and scientific importance of Mahmud al-Kashgari’s
legacy for modern toponymic research.
Kalit so‘zlar:
Mahmud Qoshg‘ariy, «Devonu lugatit turk»,
turk qabilalari,
200 ga yaqin
toponimlar, xarita.
Ключевые слова:
Махмуд Кашгари, «Диван лугат ат-турк», тюркские племена, около 200
топонимических названий, карта.
Keywords:
Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200 toponymies,
map.
Toponimika – xalqning tarixiy, madaniy va lingvistik xotirasini saqlovchi muhim
fan sohalaridan biridir. Har bir joy nomi o‘zida o‘tmish avlodlarning yashash tarzi, til
xususiyatlari va madaniy tasavvurlarini mujassam etgan bo‘ladi. Ana shunday bebaho
tarixiy-lingvistik manbalardan biri bu – XI asrda yashab ijod qilgan buyuk turkiy olim
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asaridir. Bu asar nafaqat tilshunoslik,
balki tarix, etnologiya, geografiya va ayniqsa toponimika sohasida ham g‘oyat katta
ahamiyatga ega.
Mahmud Qoshg‘ariy «Devon» orqali o‘z davrida mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar,
ularning yashash joylari, madaniyati va tili haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi.
Ayniqsa, unda tilga olingan 200 ga yaqin toponimlar bugungi toponimika fanining boy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
331
2181-
3187
manbaiga aylangan. Asardagi xarita va geografik izohlar orqali XI asrda turkiy
xalqlarning joylashuvi va o‘zaro aloqalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Shunday qilib, «Devonu lug‘atit turk» faqatgina lug‘aviy emas, balki tarixiy-toponimik
qo‘llanma sifatida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan noyob asardir.
O‘zbek milliy madaniyatining tobora gurkirab o‘sishi milliy madaniyat tarixini
yanada chuqurroq o‘rganish talabini qo‘yadi. Boy madaniy merosga ega bo‘lgan
o‘zbek xalqining tarixida «Devonu lug‘atit turk» asari alohida ahamiyat kasb etadi.
XI asrning mashhur olimi, tilshunos Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk»
(Turkiy so‘zlar devoni) asari o‘z davridagi turkiy qabilalar lug‘atini izohlashga
bag‘ishlangan. Turkiy Mahmud Koshg'ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski,
undan har bir mutaxassis o‘ziga kerakli ma’lumot topa oladi.
Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold ta’kidlaganidek, «Mahmud Qoshg‘ariy
hayot voqealarini, fakt va dalillarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, bilib yozgani uchun» bu
asar hamon o‘zining ilmiy, tarixiy, ma’rifiy qimmatini saqlab kelmoqda
1
.
«Devonu lug‘atit turk»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish
mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan nomlar ham
hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin
bo‘ladi. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa,
shunchalik qimmatli sanaladi.
Ushbu asarning toponimika fani uchun ahamiyati shundan iboratki, 200 ga yaqin
turkiy toponimlar, ko‘plab etnonimlar, ko‘plab geografik atamalar aytib o‘tiladi
2
.
Unda yo‘l-yo‘lakay berilgan geografik ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Mahmud
Qoshg‘ariy o‘z asarida shuncha keng va katta hududda o‘sha davrda bo‘lgan hamma
shahar va qishloqlardan, dengiz va ko‘llardan, ularning tarixidan, geografiq
mavqeidan, ularda yashovchi xalqlardan ma’lumot beradi. Bu jihatdan asarning
qiymati benihoya ulug‘ va tensizdir
3
. Mahmud Koshg'ariyning «Devon»idagi
xaritada tilga olingan nomlar to‘g'risida I.I.Umnyakov, S.Umurzoqov, H.Hasanov
1
Homidjon Homidiy. Ko’hna sharq darg’alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil, 84 bet.
2
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006 yil, 47 bet
3
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 34 bet.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
332
2181-
3187
kabi olimlar qator asarlar yozganlar.
«Devon»da “Yuqori Chindan boshlab, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta
hududda yashagan xalqlar, Xorazm, Farg‘ona Qirg‘iziston hududi, Toshkent va butun
Movaraunnahr xalqlarining tili va umumiy tarixi (xususan toponomik ma’lumotlar)ga
oid ma’lumotlar ko‘p va benihoya qimmatlidir”
4
.
Mahmud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari
bilangina tugamaydi.
Ushbu asardadagi toponimik ma'lumotlarni asarda tilga olingan joy nomlari
etnonimlar, ya'ni turli xalq, elat, qabila, urug' nomlari, antroponimlar, ya'ni kishi
ismlari, geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari, so‘zlarning fonetik va
grammatik tuzilishiga doir fikrlar kabi bir qancha turlarga bo‘lish mumkin.
«
Devonu lug‘atit turk
»
doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari,
matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o‘tilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki
«Devonu lug‘atit turk»da 200 ga yaqin toponim tilga olingan. Shu o‘rinda aytish
joizki, asarda ayrim joy, ba'zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran
berilgan. Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta
5
.
«Devon»dagi nomlarning asosiy qismi O‘rta Osiyoga oid turkiy nomlardir.
Qoshg‘ariy
«
Devonu lug‘atit turk
»ida turk qabilalari va qabilalar bayoni haqida
shunday deydi: “Turklar aslida yigirma qabiladir… Har bir qabilaning
sanoqsiz urug‘lari bor… Sharqdan boshlab har bir qabilaning turar joylarini
birin-ketin tartib bilan ko‘rsatdim. Rumdan kun chiqargacha musulmon va
boshqalarni zikr qildim. … Bu qabilalar janub va shimol o‘rtasidadir. Bu
qabilalarning turar joylarini doirada ko‘rsatdim
6
. Bu orqali muallif joy nomlari
va ularning joylashgan o‘rnini bayot etganligini bildirmoqda. “Doira” deb
muallif “Devon”ga ilova qilingan xaritani nazarda tutmoqda.
Butun Movaraunnahr, Jankand (Dizrujin – Qoshg‘ariyning e’tiroficha sariqligiga
ko‘ra mis shahridir. Turkiy etimologiya)dan sharqqacha bo‘lgan turk shaharlaridan
4
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», II tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1981 yil, 423 bet
5
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006 yil, 300 bet
6
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 64 bet.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
333
2181-
3187
deb hisoblanishining asosi shuki, Samarqand – Semizkand, Tashkand – Shash,
O‘zkand, To‘nkand nomlarining hammasi turkchadir. “kand” turkcha “shahar”
demakdir. Hozirgacha shunday kelmoqda.
7
. Chunonchi, “Tarkan” – Shosh
(Toshkent) ning ismi. Uning asli Tashkand bo‘lib, toshdan qurilgan shahar demakdir.
Abu Bakri Kaffol Shoshiy shu shahardandir
8
. “Sajram” – Oq shahar deb ham
ataladigan, “Ispijab” deb ham ataladigan shahar nomi
9
. Muallif bu shaharning
Sayram shahri ekanligini va turkiychaligini ta’kidlaydi. Bu o‘rinda so‘zdagi tovush
o‘zgarishlari ro‘y berganini anglash mumkin. Misol uchun,
ayiq
o‘sha zamonlarda
azigi
deb atalgan. Mahmud Koshg'ariy
Azig'
degan joyni tilga oladi
10
, bu nom
«ayiq»
degan ma'noni anglatgan bo‘lishi mumkin.
Bu kabi toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi,
Oqsoy, Oqterak
kabi nomlarni hozir ham uchratish mumkin.
Buxoro, Farg'ona,
Samarqand, Xo‘jand, Xorazm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqkol
kabi
toponimlar deyarli
o‘
zgarishsiz yetib kelgan.
Ilа, Qorayalg'a, Ala, Ertish
kabi
nomlar fonetik jihatdan biroz o‘zgarib ketgan va hozir
Ili, Qorajilg'a, Olay, Irtish
shaklida yoziladi.
Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, O‘zkand
kabi
shahar nomlari,
Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavagart, Yafg'uart
kabi
dovonlar,
Ikkio‘kuz, Qoraqosh O‘kuz, O‘rungqosho‘kuz
kabi daryolar
etimologiyasiga «Devon»ning o‘zidan
javob
topish mumkin.
Bulg'or, Qifchoq,
Uyg'ur, Tavg'ach, Yag'mo
kabi etnotoponim,
Barsg'on, Barman, Qazvin
singarilar esa antrotoponimlardir. Ba'zi bir toponimlarning etimologiyasini taxminan
aniqlash mumkin.
Ushbu maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning
«
Devonu lug‘atit turk
» asarida
keltirilgan Toponomik ma’lumotlar orqali Mintaqada XII asrga qadar mavjud
bo‘lgan va hozirgi vaqtda ham o‘z nomini deyarli o‘zgartirmagan ayrim turkiy
tildagi joy nomlari keltirib o‘tildi. Chunki ushbu asar bir qancha toponimlar
7
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1963 yil, 164 bet.
8
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 414 bet
9
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1963 yil, 191 bet
10
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 94 bet.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
334
2181-
3187
ma’nosini tushunib yetishga, joy nomlarining uzoq davrlar davomida fonetik
jihatdan o‘zgarishini aniqlab olishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk»
asari – nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnologiya va toponimika fanlari uchun ham
beqiyos manba hisoblanadi. Asarda keltirilgan toponimlar va ko‘plab etnonimlar va
geografik atamalar o‘zbek va umuman turkiy xalqlarning qadimgi joy nomlarini
o‘rganish, ularning semantik va fonetik taraqqiyotini tahlil qilishda muhim ahamiyat
kasb etadi. «Devon»dagi toponimik ma’lumotlar orqali biz nafaqat qadimgi turkiy
qabilalarning joylashuvi, balki ularning ijtimoiy, madaniy va til xususiyatlari haqida
ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ayniqsa, asarda ilova qilingan xarita va
unda tilga olingan joy nomlari toponimik tahlil uchun mustahkam poydevor bo‘lib
xizmat qiladi.
Shunday qilib, Mahmud Qoshg‘ariy merosi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan bo‘lib, turkiy xalqlarning tarixiy xotirasini tiklashda, ularning madaniy
va til taraqqiyotini o‘rganishda bebaho ilmiy manba sifatida alohida o‘ringa ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Homidjon Homidiy. Ko‘hna sharq darg‘alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil
2.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi,
Toshkent, 1980 yil
3.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», II tom, S.M.Mutallibov tarjimasi,
Toshkent, 1981 yil
4.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov tarjimasi,
Toshkent, 1963 yil
5.
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti, 2006 yil