Авторы

  • Abdulfaizova Durdona Ikromjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121395

Ключевые слова:

Iqtisodiy zo‘ravonlik struktural zo‘ravonlik gender tengligi ramziy kuch qonunchilik tahlili ayollar huquqlari oila barqarorligi moliyaviy nazorat ijtimoiy tengsizlik empirik tahlil

Аннотация

Mazkur maqolada iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchasining 
shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning zamonaviy ijtimoiy-huquqiy talqinlari 
tahlil qilingan. Nazariy asos sifatida Johan Galtungning struktural zo‘ravonlik 
nazariyasi va Pierre Bourdieu’ning ramziy kuch haqidagi qarashlari o‘rganilgan. 
Xalqaro va milliy qonunchilikdagi yondashuvlar solishtirilib, O‘zbekiston kontekstida 
iqtisodiy zo‘ravonlikning amaliy ko‘rinishlari empirik ma’lumotlar asosida ochib 
berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda qonunchilik, 
ta’lim va ijtimoiy ongni o‘zgartirish muhimligini ko‘rsatdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

127

2181-

3187

IQTISODIY ZO‘RAVONLIK HAQIDAGI QARASHLAR

EVOLYUTSIYASI VA UNING ZAMONAVIY TALQINLARI

Abdulfaizova Durdona Ikromjon qizi

Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

Email:

DurdonaAbdulfaizova2@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchasining

shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning zamonaviy ijtimoiy-huquqiy talqinlari

tahlil qilingan. Nazariy asos sifatida Johan Galtungning struktural zo‘ravonlik

nazariyasi va Pierre Bourdieu’ning ramziy kuch haqidagi qarashlari o‘rganilgan.

Xalqaro va milliy qonunchilikdagi yondashuvlar solishtirilib, O‘zbekiston kontekstida

iqtisodiy zo‘ravonlikning amaliy ko‘rinishlari empirik ma’lumotlar asosida ochib

berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda qonunchilik,

ta’lim va ijtimoiy ongni o‘zgartirish muhimligini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar.

Iqtisodiy zo‘ravonlik, struktural zo‘ravonlik, gender tengligi,

ramziy kuch, qonunchilik tahlili, ayollar huquqlari, oila barqarorligi, moliyaviy

nazorat, ijtimoiy tengsizlik, empirik tahlil

Annotation

This article analyzes the evolution and modern interpretations of the

concept of economic violence. It explores the theoretical foundations laid by Johan

Galtung’s structural violence theory and Pierre Bourdieu’s concept of symbolic power.

Comparative legal analysis of international and national legal frameworks is

conducted, with a focus on the current context in Uzbekistan. Empirical data is used to

reveal the practical manifestations of economic violence. The findings highlight the

need for legal reform, educational programs, and societal awareness to effectively

address economic violence.

Keywords:

economic violence, structural violence, gender equality, symbolic

power, legal analysis, women's rights, family stability, financial control, social

inequality, empirical analysis


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

128

2181-

3187

Kirish.

Zo'ravonlik zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan va tobora kuchayib

bormoqda. Iqtisodiy zo‘ravonlik inson huquqlari va gender tengligi bilan bog‘liq eng

sezilmas, ammo eng og‘ir zo‘ravonlik shakllaridan biridir. Bu zo‘ravonlik shakli

kishining iqtisodiy resurslardan foydalana olmasligi, daromad topish imkoniyatidan

mahrum etilishi yoki moliyaviy qarorlar qabul qilishdan chetda qoldirilishi orqali

amalga oshiriladi. Bu atama zamonaviy fan sohasida ayniqsa 20-asrning ikkinchi

yarmidan boshlab rivojlangan bo‘lsa-da, uning ildizlari tarixiy va struktural

zo‘ravonlik tushunchalariga borib taqaladi. Johan Galtungning "struktural zo‘ravonlik"

nazariyasi iqtisodiy zo‘ravonlikning chuqur ildizlarini tahlil qilish imkonini bergan.

Ushbu maqola iqtisodiy zo‘ravonlikka doir tushunchalarning evolyutsiyasini,

zamonaviy ilmiy yondashuvlar va milliy ijtimoiy muhitda bu hodisaning qanday talqin

qilinishini o‘rganadi.

Iqtisodiy zo'ravonlik-bu pul va boshqa moddiy resurslardan foydalanishni

nazorat qilish, bu moliyani mustaqil ravishda tasarruf etish imkoniyatidan mahrum

qiladi va odamni yaqiniga qaram qiladi. Agressorning maqsadi kuchni namoyish

etish, jabrlanuvchini ko'proq qaram qilishdir. Oiladagi zo'ravonlikdan jabrlanganlarni

himoya qilish bo'yicha Amerika markazlarining ma'lumotlariga ko'ra, boshqa har

qanday zo'ravonlik mavjud bo'lgan munosabatlarning 98 foizida moliyaviy bosim va

nazorat mavjud bo'ladi

1

.

Iqtisodiy zo'ravonlik ayollarga nisbatan zo'ravonlikning keng tarqalgan shakli

bo'lib, statistik ma'lumotlarga ko'ra "shaxsga iqtisodiy zarar yetkazadigan har qanday

harakat yoki xatti-harakat" deb ta'riflanadi

Adabiyotlar sharxi:

Iqtisodiy zo‘ravonlik ijtimoiy fanlar, ayniqsa

sotsiologiya, gendershunoslik va huquqshunoslik doirasida tobora ko‘proq

muhokama qilinayotgan murakkab hodisadirga ayanmoqda. Uning nazariy va

empirik asoslarini yoritishda bir nechta muhim adabiy manbalar mavjud.

Iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchasi ilk bor Johan Galtungning (1990) “struktural

zo‘ravonlik” modeli doirasida tahlil qilingan. Galtungga ko‘ra, agar biror shaxs yoki

1

https://nasiliu.net/pronasilie/chto-takoe-ekonomicheskoe-nasilie/


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

129

2181-

3187

ijtimoiy guruh tizimli darajada imkoniyatlardan mahrum qilinsa – bu bevosita emas,

lekin bilvosita zo‘ravonlikdir. Iqtisodiy zo‘ravonlik – resurslar, daromad, ta’lim yoki

ish imkoniyatlari bo‘yicha tengsizlik orqali inson salohiyatini cheklashning aynan

shunday shaklidir. Ushbu nazariya zamonaviy iqtisodiy zo‘ravonlik tahlillarining

nazariy poydevorini tashkil qiladi.

Bourdieu iqtisodiy nazoratni “symbolic violence” (ramziy zo‘ravonlik) bilan

bog‘laydi. Unga ko‘ra, ijtimoiy hukmronlik shakllari, jumladan iqtisodiy qarorlarni

nazorat qilish ham jamiyatda normal hol sifatida qabul qilinib, aslida ko‘rinmas

zo‘ravonlik sifatida amal qiladi. Bourdieu ayollarning iqtisodiy mustaqilligini

cheklovchi gender tizimlarni ham zo‘ravonlik manbasi sifatida ko‘rsatadi.

Shiffman o‘zining “The Economics of Violence” asarida iqtisodiy

zo‘ravonlikni ijtimoiy tengsizlik, patriarxal ijtimoiy tuzum va ayollarning iqtisodiy

resurslardan chetda qoldirilishi bilan bog‘laydi. U bu turdagi zo‘ravonlikni “kam

kuzatiladigan, ammo katta oqibatlarga olib keluvchi” hodisa sifatida baholaydi.

Uning fikricha, iqtisodiy mustaqillik – gender adolatining asosi.

CEDAW– Ayollarga nisbatan har qanday kamsitishlarga barham berish

to‘g‘risidagi konvensiya, ayollarning iqtisodiy hayotdagi teng huquqli ishtirokini

kafolatlaydi. Bu hujjat iqtisodiy zo‘ravonlikni bilvosita kamsitish shakli sifatida tan

oladi. BMTning 1993-yildagi “Inson huquqlari va gender zo‘ravonligi” bo‘yicha

deklaratsiyasi esa iqtisodiy resurslardan mahrum etishni ayollarga nisbatan

zo‘ravonlik shakli sifatida e’tirof etgan.

O‘zbekistonda ushbu mavzuga oid ilmiy yondashuvlar tobora shakllanib

bormoqda. G.A. Ishankhanova o‘z tadqiqotida iqtisodiy zo‘ravonlikka oid holatlarni

milliy qonunchilik doirasida tahlil qilib, amaldagi normalarning zamonaviy

ehtiyojlarga to‘liq javob bermasligini ta’kidlaydi. “Ayollar va bolalarni

zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun”da iqtisodiy zo‘ravonlik alohida

shakl sifatida qayd etilmagan, biroq uni qamrab oluvchi holatlar mavjud.

ACTED (2024) va Ijtimoiy Tadqiqotlar Markazining (2023) tadqiqotlari

asosida O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida iqtisodiy mustaqillik darajasi, moliyaviy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

130

2181-

3187

resurslarga kirish imkoniyati va mehnat bozorida to‘siqlarga uchrash holatlari

statistik jihatdan aniqlangan. Jumladan, ACTED ma’lumotlariga ko‘ra, ayollarning

38% daromadlarini mustaqil boshqara olmaydi, 41% esa ishlashiga erlari yoki oila

a’zolari to‘sqinlik qilmoqda.

Yuqorida keltirilgan adabiyotlar iqtisodiy zo‘ravonlikni nazariy va empirik

jihatdan o‘rganishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy yondashuvlar

bu zo‘ravonlik shaklini faqat ayollarga emas, balki har qanday iqtisodiy jihatdan zaif

guruhlarga nisbatan amalga oshiriladigan tizimli cheklov sifatida ko‘radi.

O‘zbekiston sharoitida bu boradagi huquqiy va amaliy tahlillar hali davom etmoqda

va kengaytirilgan empirik tadqiqotlar zarurligini ko‘rsatadi.

Metodologiya:

Mazkur tadqiqot iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchasining nazariy

asoslari, tarixiy shakllanishi, zamonaviy ijtimoiy talqinlari hamda O‘zbekiston

sharoitida qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘layotganini tahlil qilishga

yo‘naltirilgan. Shu maqsadda quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi:

Tarixiy nazariy tahlil metod orqali iqtisodiy zo‘ravonlik atamasining

evolyutsiyasi, uni belgilagan nazariy asoslar (Johan Galtungning

struktural

zo‘ravonlik

nazariyasi, Pierre Bourdieu’ning

ramziy kuch

tushunchasi) tahlil qilindi.

Ayniqsa, Galtung (1969, 1990) tomonidan zo‘ravonlikni bevosita (jismoniy) va

bilvosita (tizimli) shakllarda tasniflash yondashuvi, ushbu tushunchaning ilmiy

ildizlarini anglashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qildi. Ushbu yondashuvlar

yordamida iqtisodiy zo‘ravonlikning ilmiy-nazariy kontseptsiyasi shakllantirildi.

Solishtirma huquqiy tahlil metodi yordamida xalqaro huquqiy hujjatlar

(CEDAW, BMT konvensiyalari) va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik

bazasi (Oila kodeksi, Jinoyat kodeksi, “Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya

qilish to‘g‘risida”gi qonun) solishtirildi. Bu yondashuv orqali quyidagilar

aniqlashtirildi:

-

Iqtisodiy zo‘ravonlik xalqaro huquqda alohida tan olinganini;

-

O‘zbekiston qonunchiligida bu tushuncha to‘liq yoki aniq yoritilmaganini;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

131

2181-

3187

-

Ammo ayrim huquqiy normalar orqali bilvosita tartibga solinayotganini

ko‘rsatdi.

Matnli tahlil. Ommaviy axborot vositalarida (internet portallari, ijtimoiy

tarmoqlar, jurnalistik maqolalar) iqtisodiy zo‘ravonlikka doir yoritilgan holatlar

tanlab olinib, kontent-analiz usulida tahlil qilindi. Jumladan:

-

ayollar ishi, daromadi yoki mulki ustidan erlari yoki ota-onalari tomonidan

nazorat qilinishi;

-

iqtisodiy mustaqillik masalasi jamiyatda qanday talqin qilinayotganligi;

-

iqtisodiy erkinlikni yo‘qotgan ayollarning psixologik va ijtimoiy oqibatlari.

Bu metod ijtimoiy qarashlar va stereotiplarning mavzuga ta’sirini o‘rganish

imkonini berdi.

Tadqiqot davomida bir nechta cheklovlarga duch kelindi:

Iqtisodiy zo‘ravonlik alohida qonuniy atama sifatida O‘zbekiston qonunchiligida

mavjud emasligi sababli, tegishli ma’lumotlarni umumiy “oilaviy zo‘ravonlik”

doirasida ajratib olishga to‘g‘ri keldi.

Empirik tadqiqotlar ikkilamchi ma’lumotlarga asoslangan; birlamchi anketalar

va intervyular o‘tkazilmadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi holatlarni tahlil qilishda sub’ektiv fikrlar va noaniq

ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu ayrim natijalarning ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatgan

bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy kontekstida iqtisodiy zo‘ravonlikning

quyidagi ko‘rinishlarini qamrab oldi: ayollarning ishga chiqishiga to‘sqinlik qilish;

daromadni o‘zlashtirish yoki cheklash; mulk ustidan erkin tasarruf qilishni taqiqlash;

oilaviy moliyaviy qarorlarni bir tomonlama hal qilish.

Natija

Tadqiqot natijalari iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchasining rivojlanish

bosqichlari va uning zamonaviy talqinlarida bir nechta muhim tendensiyalarni

aniqladi: Tushunchalar evolyutsiyasi 1960–1980-yillarda iqtisodiy zo‘ravonlik

“struktural tengsizlik” doirasida muhokama qilingan. 1990-yildan boshlab Galtung va

Bourdieu nazariyalari asosida zo‘ravonlikning ramziy va tizimli shakllari mustaqil


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

132

2181-

3187

atama sifatida rivojlanmoqda. 2000-yillarda esa bu tushuncha ayollarga nisbatan

gender asosidagi iqtisodiy bosim sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan.

Milliy kontekstdagi zamonaviy yondashuvlar: O‘zbekiston Respublikasi

qonunchiligida iqtisodiy zo‘ravonlik alohida shakl sifatida nomlanmagan bo‘lsa-da,

uning ayrim turlari “Oilaviy zo‘ravonlik” tarkibida ko‘zda tutilgan. Ayollar va

bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun (2020) asosida 2023-yilda

21,871 ta himoya orderi berilgan, ularning 80% dan ortig‘i oilaviy zo‘ravonlik bilan

bog‘liq.

Empirik ma’lumotlar:

ACTED (2024) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda

ayollarning 38% moliyaviy qarorlar qabul qilish imkoniyatidan mahrum. So‘rovdan

o‘tgan ayollarning 41% ishga chiqishga turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi tomonidan

ruxsat etilmasligini bildirgan. 63% ayollar oilaviy budjetni nazorat qilishda ishtirok

etmasligini tan olgan.

Muhokama.

Johan Galtungning struktural zo‘ravonlik nazariyasi iqtisodiy

resurslarga teng kirish imkoniyati yo‘qligini zo‘ravonlik shakli sifatida ko‘rsatgani

hozirgi kun tadqiqotlari uchun ham muhim nazariy asos bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa,

bu nazariya rivojlanayotgan davlatlar kontekstida ijtimoiy tengsizlik va gender

adolatsizligini chuqur tahlil qilish imkonini beradi.

Zamonaviy jamiyatda iqtisodiy zo‘ravonlikning ko‘rinmasligi:Zamonaviy

talqinda iqtisodiy zo‘ravonlik asosan ko‘rinmas shaklda — ishga chiqishga ruxsat

bermaslik, daromadni o‘zlashtirish, ayolning moliyaviy mustaqilligini cheklash orqali

amalga oshirilmoqda. Bunday shakllar jamiyatda “oddiy oilaviy muomala” sifatida

qabul qilinishi, uni aniqlashni yanada murakkablashtiradi.

Milliy ijtimoiy-tarixiy kontekst: O‘zbek jamiyatida patriarxal qadriyatlar kuchli

bo‘lib, bu ayollarning iqtisodiy erkinligi ustidan nazoratni “an’anaviy” me’yor

sifatida saqlab qolgan. Qonunchilikda bu holatga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri

yondashuv yo‘q, ammo Gender strategiyasi (2021–2030) orqali moliyaviy tenglikka

erishish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.

Amaliy tavsiyalar:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

133

2181-

3187

-

Qonunchilikda iqtisodiy zo‘ravonlikni alohida shakl sifatida e’tirof etish

lozim.

-

Ayollar uchun moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik va yuridik himoya

vositalarini kengaytirish zarur.

-

OAV va ta’lim muassasalari orqali iqtisodiy tenglik va moliyaviy erkinlik

g‘oyalarini ommalashtirish lozim.

Mazkur tadqiqot iqtisodiy zo‘ravonlikning nazariy asoslari, evolyutsiyasi va

zamonaviy talqinlarini tahlil qilish orqali ushbu muammo ko‘lami va murakkabligini

ochib berdi. Tarixiy va zamonaviy manbalar tahlili asosida quyidagi muhim

xulosalarga kelindi:

Iqtisodiy zo‘ravonlik mustaqil zo‘ravonlik shakli sifatida Galtung va Bourdieu

kabi nazariyotchilarning ishlarida asoslangan bo‘lib, bu holat jamiyatda ko‘rinmas,

tizimli zo‘ravonlik sifatida namoyon bo‘ladi.

Xalqaro yondashuvlarda,

iqtisodiy zo‘ravonlik gender tengsizlik bilan uzviy

bog‘liq bo‘lib, BMT, CEDAW kabi tashkilotlar tomonidan tan olingan va unga qarshi

kurashish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.

Milliy kontekstdagi holat,

O‘zbekiston qonunchiligida bu tushuncha aniq

belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa-da, ayrim qonuniy normalar orqali bilvosita tartibga

solinmoqda. Shunga qaramay, ayollarning iqtisodiy erkinligini cheklovchi holatlar

keng tarqalgan.

Empirik natijalar,

ayollarning ishga chiqish huquqi, daromad ustidan nazorat

va moliyaviy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki cheklanganligini ko‘rsatadi. Bu esa

iqtisodiy zo‘ravonlikning jiddiy ijtimoiy muammo ekanligidan dalolat beradi.

Tavsiyalar:

-

Iqtisodiy zo‘ravonlikni alohida tushuncha sifatida qonunchilikda aks ettirish

zarur.

-

Ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni iqtisodiy jihatdan mustaqil

qilish uchun amaliy dasturlar ishlab chiqish lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–6_ июня–2025

134

2181-

3187

-

Tahliliy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, birlamchi empirik tadqiqotlar

o‘tkazish dolzarbdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Galtung, J. (1969).

Violence, Peace, and Peace Research

. Journal of Peace

Research, 6(3), 167–191.

2.

Galtung, J. (1990).

Cultural Violence

. Journal of Peace Research, 27(3), 291–

305.

3.

Bourdieu, P. (1998).

Masculine Domination

. Stanford University Press.

4.

Shiffman, G. (2020).

The Economics of Violence: How Behavioral Science Can

Transform Our View of Crime, Insurgency, and Terrorism

. Cambridge University

Press.

5.

CEDAW (1979).

Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination

Against Women

. United Nations.

6.

O‘zbekiston Respublikasi “Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish

to‘g‘risida”gi Qonuni. (2020).

7.

ACTED Uzbekistan. (2024).

Women Empowerment and Economic

Participation Report

.

8.

Ijtimoiy Tadqiqotlar Markazi. (2023).

O‘zbekistonda ayollar holati bo‘yicha

sotsiologik hisobot

.

9.

Ishankhanova, G. (2024).

Economic Violence in Uzbek Families: Legal and

Social Challenges

. (nashr etilayotgan maqola).

Библиографические ссылки

Galtung, J. (1969). Violence, Peace, and Peace Research. Journal of Peace

Research, 6(3), 167–191.

Galtung, J. (1990). Cultural Violence. Journal of Peace Research, 27(3), 291

Bourdieu, P. (1998). Masculine Domination. Stanford University Press.

Shiffman, G. (2020). The Economics of Violence: How Behavioral Science Can

Transform Our View of Crime, Insurgency, and Terrorism. Cambridge University

Press.

CEDAW (1979). Convention on the Elimination of All Forms of Discrimination

Against Women. United Nations.

O‘zbekiston Respublikasi “Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish

to‘g‘risida”gi Qonuni. (2020).

ACTED Uzbekistan. (2024). Women Empowerment and Economic

Participation Report.

Ijtimoiy Tadqiqotlar Markazi. (2023). O‘zbekistonda ayollar holati bo‘yicha

sotsiologik hisobot.

Ishankhanova, G. (2024). Economic Violence in Uzbek Families: Legal and

Social Challenges. (nashr etilayotgan maqola).