ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
95
2181-
3187
SHAXSNING KREATIV FIKRLASHI VA INTELLEKTUAL SALOHIYATI
O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK
N.O’Bobonazarova- University
of Economics and pedagogy NOTM,
”Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada shaxs kreativ fikrlashi va intellektual salohiyat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Kreativlik
va intellekt tushunchalarining psixologik tavsifi berilib, ular orasidagi farqlar va o‘zaro
ta’sirlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kreativlik darajasi
bilan intellektual salohiyat o‘rtasidagi muvofiqlikning individual rivojlanishga ta’siri
ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola pedagoglar, psixologlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun
foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
Shaxs, kreativ fikrlash, intellekt, salohiyat, divergent fikrlash,
emotsional aql, innovatsion tafakkur, intellektual rivojlanish mezoni .
Аннотация:
В этой статье рассматриваются как теоретические, так и
практические аспекты взаимосвязи между творческим мышлением человека и
интеллектуальными способностями. Дается психологическое описание
концепций креативности и интеллекта, а различия и взаимодействия между ними
анализируются на основе научных источников. В ходе исследования
рассматривается
влияние
соответствия
уровня
креативности
и
интеллектуальных способностей на индивидуальное развитие. Эта статья может
быть полезна педагогам, психологам и научным исследователям.
Ключевые слова:
личность, креативное мышление, интеллект,
потенциал, дивергентное мышление, эмоциональный интеллект, новаторское
мышление, критерий интеллектуального развития .
Abstract:
This article examines both theoretical and practical aspects of the
relationship between human creative thinking and intellectual abilities. A
psychological description of the concepts of creativity and intelligence is given, and
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
96
2181-
3187
the differences and interactions between them are analyzed based on scientific sources.
The study examines the impact of matching the level of creativity and intellectual
abilities on individual development. This article may be useful for educators,
psychologists, and researchers.
Keywords:
personality, creative thinking, intelligence, potential, divergent
thinking, emotional intelligence, innovative thinking, criterion of intellectual
development.
Kirish
Zamonaviy jamiyatda har bir insondan mustaqil fikrlash, yangicha yondashuvlar
kiritish, muammolarga innovatsion yechim topish kabi qobiliyatlar talab qilinmoqda.
Ushbu qobiliyatlar markazida esa shaxsning
kreativ fikrlash salohiyati
va
intellektual darajasi
turadi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori IQ
darajasi har doim ham yuqori kreativlikni bildirmaydi. Bu esa ushbu ikki fenomen
o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni chuqurroq o‘rganishni talab qiladi (Torrance, 1974,
51-bet).
Kreativlik – bu shaxsning yangi gʻoyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy
sxemasidan chetga chiqib, oʻziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi.
Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb
ta’rif bergan. Kreativlikni oʻrganish boʻyicha Rossiyada A.M.Matyushkin,
A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib
borganlar.D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va
kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt
kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik
intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning
asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans
Ayzenk kreativlikni qobiliyatning oʻziga xos koʻrinishi deb hisoblagan. Kreativlik
intellektning yuqori boʻlishi bilan belgilangan.Mazkur maqolqda aynan intelakt va
kreativlikning o’zaro bogliqligini ko’rib chiqamiz.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
97
2181-
3187
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar
fanlar yuzasidan qobiliyatga ega boʻlishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega
boʻlagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib
matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega boʻlishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni
aqilli deb aytishimiz mumkinmi. Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt
mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi oʻziga xos qobiliyatlari
bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bogʻliq
elementlarning muvaqqat bogʻlanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha
malakaning umumiy yigʻindisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bogʻliqdir deb
tushuntirgan. Shu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni
bir taraflama baholash nazariyasi koʻplab noroziliklarga sabab boʻlgan. Spirmendan
farqli oʻlaroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali
baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar
shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda
ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy
qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga koʻtarish boʻyicha jahon
chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shugʻullanishi mumkin. Chunki
undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida
koʻradi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda
yordam beradi.
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning
akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha,
shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan boʻlsa, demak u boshqa
sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy
omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt oʻtib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir
eta boshlaoʻidir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yigʻindisi deb qaragan.
U oʻz tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda oʻtkazgan. Miyaning shikastlanishi bir
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
98
2181-
3187
qobiliyatni soʻndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb
hisoblagan.
Gardner oʻz tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan
shikasitlangan sinaluvchilarda oʻtkazgan. Ular koʻpincha intellekt testlaridan quyi
ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin
qoʻshib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega
boʻlishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bogʻliq sanalarni yoddan bilishgan.
Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan.
Yuqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil
ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil koʻrinishdagi
qobiliyat borligini aytib oʻtadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak
u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib boʻtgan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi.
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular oʻz
tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab oʻquvchilarini logityud metodi orqali tadqiq
etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi.
O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil
oraligʻida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori boʻlgan
sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarni koʻrsatishgan. IQ koeffitsenti
pastroq boʻlgan sinaluvchilar ulardan farqli oʻlaroq 30 marta kam yutuqlarga
erishishgan.
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bogʻliq emasligini boshqa
tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki
uni oʻzgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni
uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham
mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan
yolgʻizlanish deya ta’rif
berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
99
2181-
3187
mavjud boʻlgan, moslasha olmagan inson oʻzidagi yolgʻizlikni engib oʻtish uchun ijod
qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik
oʻzida mavjud boʻlgan notoʻliqlik kompleksini toʻldirish vositasi deb bilgan. Empirik
tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada
jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda
erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qoʻygan olimlardan yana biri Dj.
Gilvord boʻlib, u oʻz nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. Ya’ni konvergent va
divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha
vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur
intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini
yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy koʻrinishdagi ikki xil qobiliyatlar
boʻlib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bogʻlash mumkin. Kreativlik
insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi
modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa oʻsha ma’lumotni real amaliyotda
qoʻllashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Natija va muhokamalar
Intellekt va kreativlik oʻzaro uzviy bogʻlangan ikki xil faktor deb
qarashadi. Shaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va
boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga
qaraganda,
ba’zi
shaxsiy
xususiyatlarni
(qiziqish,
tavakkalchilik
) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon boʻlishi uchun shaxsda yuqori
darajadagi intellektual qobiliyat mavjud boʻlishi kerak . Ularning fikricha, quyi
intellektga ega boʻlgan kishi hech qanday kreativlikka ega boʻlmaydi. O‘rta intellekt
sohiblari oʻrtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq boʻlgan kishilar a’lo
darajadagi kreativlikka ega boʻlishishadi.
Evolyutsiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning oʻzaro bogʻliqligini
tahlil qilib koʻraylik.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
100
2181-
3187
Intellektni
goʻyo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan
moslashuvchi qobiliyat sifatida koʻramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir.
Psixologlarning fikricha bu gʻoya notoʻridir . Sababi evolyusion rivojlanish
nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining
rivojlanishidadir deb aytib oʻtilgan. Olovni oʻzlashtirish va qurollar yasash bunga
misol boʻla oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik
kabi sifatlarni kreativlikka moslab qoʻymoqda . Kim birinchi boʻlib buyuk kashfiyotni,
oʻq-yoylarni yaratgan, kim olovni oʻzlashtirish mumkinligini oʻylab topgan?
Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik boʻlsa, unda intellekt qaerga ketdi.
Demak,
bunday
mulohazalar
intellektni
insoniyatning
texnik
va
ilmiy
muvaffaqiyatlarini yaratishdagi oʻrnini pasaytirmoqda.
Xulosa
Xulosa o’rnida kreativ fikrlash va intellektual salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik
murakkab, ammo o‘zaro to‘ldiruvchi jarayonlardir. Yuqori IQ kreativlik uchun zamin
yaratishi mumkin, biroq kreativlikni rivojlantirish uchun alohida sharoit va motivatsiya
ham zarur. Shu bois, ta’lim tizimida har ikki salohiyatni uyg‘un holda rivojlantirish
strategiyasi ishlab chiqilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1.
Ravshanov A., Qodirova D. (2022).
Psixologiya asoslari.
– Toshkent: Fan va
texnologiya nashriyoti.
2.
Yo‘ldoshev M. (2018).
Shaxs psixologiyasi.
– Toshkent: TDPU nashriyoti.
3.
To‘rayev A. (2021).
Kreativ fikrlashni rivojlantirish metodlari.
– Buxoro: BDU
nashriyoti.
4.
Jo‘rayev A. (2017).
Intellektual rivojlanish va shaxs taraqqiyoti.
– Samarqand:
SamDU nashriyoti.
5.
Torrance, E.P. (1974).
Torrance Tests of Creative Thinking
. Scholastic Testing
Service.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–6_ июня–2025
101
2181-
3187
6.
Guilford, J.P. (1967).
The Nature of Human Intelligence
. McGraw-Hill.
7.
Gardner, H. (1983).
Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences
. Basic
Books.
8.
Jauk, E., Benedek, M., Dunst, B., & Neubauer, A.C. (2013).
The threshold
hypothesis: IQ and creativity
.
Intelligence
, 41(4), 212–221.
9.
Runco, M. A., & Acar, S. (2012).
Divergent thinking as an indicator of creative
potential
.
Creativity Research Journal
, 24(1), 66–75.