Авторы

  • Musayeva Latofat Qodirnazarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124342

Ключевые слова:

oila jamiyat ota-ona farzand mas’uliyat tarbiya xulq-atvor ma’naviy kamolot sog‘lom avlod psixologik yondashuv.

Аннотация

 Mazkur maqola farzand tarbiyasining mohiyati, unda ota-onaning 
tutgan o‘rni, mas’uliyati, vazifalari va burchlari masalalarini chuqur tahlil etishga 
bag‘ishlangan. Unda farzand tarbiyasi nafaqat kundalik hayotiy tajriba va oddiy 
ko‘rsatmalarga asoslangan jarayon ekanligi, balki u murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya va 
pedagogika kabi ko‘plab fan sohalariga oid tushunchalarni qamrab olishi ta’kidlangan. 
Maqolada farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati, sog‘lom va maʼnaviy yetuk 
avlodni voyaga yetkazishdagi ota-onalarning beqiyos roli yoritilgan. Tadqiqot 
natijalari tarbiyachilar, o‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalar uchun amaliy jihatdan 
foydali bo‘lishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

194

2181-

3187

FARZANDLARIMIZ-KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Musayeva Latofat Qodirnazarovna

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman

MMTBga qarashli 4-sonli umumiy

o‘rta maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatasiya:

Mazkur maqola farzand tarbiyasining mohiyati, unda ota-onaning

tutgan o‘rni, mas’uliyati, vazifalari va burchlari masalalarini chuqur tahlil etishga

bag‘ishlangan. Unda farzand tarbiyasi nafaqat kundalik hayotiy tajriba va oddiy

ko‘rsatmalarga asoslangan jarayon ekanligi, balki u murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy

hodisa bo‘lib, o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya va

pedagogika kabi ko‘plab fan sohalariga oid tushunchalarni qamrab olishi ta’kidlangan.

Maqolada farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati, sog‘lom va maʼnaviy yetuk

avlodni voyaga yetkazishdagi ota-onalarning beqiyos roli yoritilgan. Tadqiqot

natijalari tarbiyachilar, o‘qituvchilar, psixologlar va ota-onalar uchun amaliy jihatdan

foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar

: oila, jamiyat, ota-ona, farzand, mas’uliyat, tarbiya, xulq-atvor,

ma’naviy kamolot, sog‘lom avlod, psixologik yondashuv.

O

‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:

“Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir.”

Bu so‘zlar hayotiy haqiqat bo‘lib, farzand tarbiyasining ildizlari aynan oiladan

boshlanishini ifodalaydi. Bugungi globallashuv davrida barkamol avlodni tarbiyalash

nafaqat ijtimoiy vazifa, balki har bir insonning axloqiy burchi sifatida qaralmoqda. Shu

sababli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab islohotlar va dasturlar zamirida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

195

2181-

3187

oilani mustahkamlash, bolalarga sog‘lom ma’naviy va jismoniy rivojlanish muhitini

yaratishdek ezgu maqsad mujassam.

Jamiyat taraqqiyoti bevosita uning eng kichik birligi bo‘lgan oilaning

mustahkamligiga bog‘liqdir. Oila sog‘lom bo‘lsa – jamiyat barqaror, jamiyat barqaror

bo‘lsa – davlat taraqqiy etadi. Shu boisdan ham farzand tarbiyasiga oid masalalar

nafaqat ota-onalar, balki ta’lim-tarbiya muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va

butun jamiyat e’tibor markazida bo‘lishi lozim.

Farzand tarbiyasi – bu oddiy ko‘rsatmalar, odatiy nasihatlar majmui emas, balki

murakkab va uzluksiz jarayondir. Bu jarayonning samaradorligi diniy-axloqiy bilimlar,

psixologik yondashuvlar, pedagogik metodika, ijtimoiy muhit va oilaviy

qadriyatlarning uyg‘unligiga bog‘liq. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Sog‘lom bola

yili”, “Yoshlar yili”, “Oila yili” kabi tematik yillar doirasida amalga oshirilgan keng

ko‘lamli islohotlar aynan farzand tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosatining izchil

davomidir. Bu orqali bolalarning sog‘lig‘i, ta’lim olishi, ma’naviy kamoloti va ijtimoiy

faolligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunning dolzarb

muammolaridan biri – ota-onasining e’tiboridan chetda qolayotgan bolalar masalasidir.

Ayrim hollarda ota-onaning xorijga ishlash uchun ketishi yoki o‘z farzandlariga befarq

munosabati yosh avlodning jinoyatchilik, giyohvandlik yoki axloqiy buzuqlik yo‘liga

kirib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarning oldini olishda ota-onalarning

mas’uliyati, bolani foydali faoliyat bilan band etish, ularning ijtimoiy hayotga

integratsiyasini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi.

Farzand tarbiyasi – bu har bir jamiyatning ertangi taqdiri, har bir millatning

kelajagi. Shu bois bu masalaga jiddiy e’tibor qaratish, ota-onalarning mas’uliyatini

oshirish, ijtimoiy institutlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunning

zaruriyatidir. Barkamol, sog‘lom, fidoyi, ilmli va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash

orqali biz O‘zbekistonning porloq istiqbolini kafolatlaymiz. Ota-onaning farzand

tarbiyasidagi burchlaridan biri uni yoshligidan boshlab ilm olishga o‘rgatish,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

196

2181-

3187

ulg‘aygan sari biror o‘ziga munosib kasbu hunar tanlashga yo‘l ko‘rsatib borishlaridir.

Abdulla Avloniy aytganidek: “Hushyor va ziyrak kishilar kuch va quvvatlari bor

vaqtida keladurgan zamonlarini tushunib, pul va mollarini o‘rinsiz joylarga, to‘y va

ma’rakalarga haddan ortiqcha isrof qilmaslar, o‘zlarining rohati, bola-chaqalarining

saodati uchun kerak bo‘ladurgan yer va bog‘larini sotmaslar, zamonaga muvofiq kishi

qilmak uchun bolalarini o‘qitmak va tarbiya qilmak to‘g‘risida aqchalarini

aslo qizg‘anmaslar”.

Sharq mutafakkirlari ham bolaning oiladagi tarbiyasi xususida o‘z asarlarida juda

ko‘p to‘xtalib o‘tganlar. Jumladan, buyuk alloma va mutafakkir Abu Ali ibn Sino

o‘zining “Donishnoma” asarida bola tarbiyasi uchun avvalo ota-ona mas’ulligini

ta’kidlaydi. Shu bilan birga alloma o‘z asarida ota-onaning ilmli, fozil va dunyoqarashi

keng bo‘lishini alohida uqtirib, farzand tarbiyasidan mas’uliyatliroq ish yo‘qligini

ochib beradi. Ulug‘ mutafakkir Kaykovus ham o‘zining “Qobusnoma” asarida

farzandning aql egasi bo‘lishini hamma narsadan ulug‘ deb bilib, shunday nasihat

qilgan edi: “Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa harakat qil,

chunki mol ila boy bo‘lmoqdan, aql ila boy bo‘lmoq yaxshiroqdir. Aql ila mol jam etsa

bo‘lur, ammo mol ila aql o‘rganib bo‘lmas. Bilki, aql bir qimmatbaho narsaki, uni

o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas va suvda oqmas”. Mehr-muhabbat berishda ham

me’yorni saqlay bilish kerak. bolaning barcha aytganlarini qilish, barcha to‘g‘ri-

noto‘g‘ri xatti-harakatlarini ma’qullash yoki xatto indamaslik farzandning umuman

tarbiyasiz bo‘lib o‘sishiga olib keladi. Ortiqcha taltaytirib erkalash bolani har jihatdan

sustlashtirib qo‘yadi, mehr ko‘rsatish esa uni yanada faol bo‘lishga undaydi. Erka

o‘sgan bola faqatgina shaxsiy manfaatlarini ko‘zlaydigan, ma’suliyatsiz bo‘lib voyaga

yetadi. Shuning uchun farzandning barkamol inson bo‘lib yetishida onaning xizmati

juda zarur va muhimdir. Abu Ali ibn Sino yosh bolani yaxshi axloqli, jismonan

sog‘lom qilib kamol toptirishda shaxsiy namuna bo‘lish usulini ko‘p uqtiradi: “Bola

tarbiyasida, eng avvalo, oila hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Chunki oilada katta yoki kichik narsa bo‘lmaydi. Hammasi, hatto eng oddiy bo‘lib

ko‘rinadigan kundalik munosabatlar ham bolaga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, rostgo‘ylik,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

197

2181-

3187

samimiylik, sadoqatlilik va shirinsuxan bo‘lish bola kamolotidagi muhim hayotiy

vositalardan biridir”.

Farzandning shaxsiyati, dunyoqarashi va xulq-atvori shakllanishida ilk bolalik

davri eng muhim poydevor hisoblanadi. Bu davrda bola qalbi o‘ta sezuvchan,

ta’sirchan bo‘lib, tashqi muhit, oila va jamiyatning har qanday ijobiy yoki salbiy

ta’sirlarini tezda qabul qiladi. Shu sababli, azaldan diniy manbalarda va xalq og‘zaki

ijodida farzandga mehr ko‘rsatish, bolalikni quvonchli o‘tkazish muqaddas qadriyat

sifatida ulug‘lanadi.

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarda ta’kidlaganlaridek:

“Farzandlaringizga ta’lim bering, chunki ular sizniki bo‘lmagan vaqt uchun

tug‘ilganlar.”

Bu hikmatli so‘zlar har bir ota-onani farzandining zamonaviy bilimlar,

texnologiyalar, axloqiy me’yorlar va diniy-ma’naviy qadriyatlarga ega bo‘lib

ulg‘ayishiga e’tiborli bo‘lishga undaydi. Ayniqsa, bugungi raqamli asrda bu chaqiriq

yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Farzand tarbiyasida sabr-toqat, xotirjamlik va

oila ichidagi hamjihatlik alohida o‘rin tutadi. Aksincha, oilaviy nizolar, notinch muhit

va befarqlik bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning ijtimoiylashuvi, bilimga

bo‘lgan qiziqishi va xulq-atvori shakllanishiga to‘siq bo‘ladi. Ruhiy bosim ostida

ulg‘ayayotgan bola asabiy, tajovuzkor, o‘ziga ishonchsiz bo‘lib yetishadi. Natijada,

voyaga yetganda u jamiyatga zid bo‘lgan, qonunga hilof xatti-harakatlarga moyil

bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ota-onaning mas’uliyati nafaqat farzandini

boqish yoki kiyintirish bilan chegaralanmaydi, balki uni har tomonlama sog‘lom va

yetuk inson sifatida shakllantirishga qaratilgan quyidagi vazifalarni ham o‘z ichiga

oladi:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

198

2181-

3187

bolaga sog‘lom turmush tarzi asoslarini o‘rgatish, gigiena va

axloqiy me’yorlarga amal qilishga undash;

bolalikdan iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni shakllantirish;

bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, qiziqishlariga mos faoliyatlar

bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish;

sport mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar va ekologik tarbiya orqali

jismoniy va estetik kamolotni qo‘llab-quvvatlash;

jinsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda, o‘g‘il va qiz bolalarga

individual yondashuv asosida suhbatlar va tarbiyaviy faoliyatlar olib borish;

diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda, bolalarda

vatanparvarlik, insonparvarlik va halollik kabi fazilatlarni tarbiyalash.

Farzand tarbiyasida bu mezonlarga rioya etish nafaqat mustahkam oila, balki

barkamol jamiyat barpo etishning ham muhim shartidir. Zero, bugun o‘z farzandiga

mehr, e’tibor va sabr bilan yondashgan ota-ona ertaga yuksak insoniy fazilatlar sohibi

bo‘lgan farzandga ega bo‘ladi.

Farzandni qanday bo‘lsa shundayligicha, ya’ni o‘zining alohida xususiyatlari,

odatlari bilan qabul qilinishi bola shaxsining takrorlanmasligini, o‘ziga xosligini

tushunish ota-onaga sabr va mas’uliyatni yuklaydi. Farzand ota-ona ongida ular

istagandek mukammal shaxs bo‘lmasligi mumkin, lekin ularning dunyoqarashini

rivojlantirish, kamchiliklarini, hissiyotlarini, har bir bolaning o‘ziga xosligini, tabiatan

berilgan iqtidorini sezib tarbiyalash ota-onaga yuklanadigan vazifadir. Bunda oiladagi

keksalarimiz, ya’ni buva va buvilarning ham farzand tarbiyasida katta hissasi bo‘ladi.

Oiladagi

bolaning

rivojlanishida,

o‘ziga

bo‘lgan

ishonchning

mustahkamlanishida, atrofidagilarini hurmat qilish, mehr-muhabbat ko‘rsatish va

birdamlikda harakat qilishga o‘rgatishda ularning o‘rni beqiyosdir. Ota-ona, buva-

buvilar o‘z hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklar, yo‘l qo‘ygan xatolarni

to‘g‘ri talqin qilib, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonch, mehnatsevarlik va sabr-toqat hissini

shakllantiradilar. Ota-ona o‘z bolasining xato va kamchiliklarini yuziga solishdan,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

199

2181-

3187

boshqalarga namuna qilib ko‘rsatishdan qochishi kerak. Shunda bolada kelajakka

bo‘lgan ishonch va intilishlarni ta’minlaydi. Bolaga “Seni bugungi ishing yaxshi,

ertaga bundan ham yaxshi bo‘ladi” – degan fikrni bildirib turish yaxshi natijalar beradi.

Tarbiyaning bu yo‘li bolaning ruhiy va jismoniy salomatligini mustahkamlaydi, oldiga

qo‘ygan maqsadi yo‘lida sabot bilan harakat qilishini ta’minlaydi.

Bugungi globallashuv va axborot oqimi tobora kuchayib borayotgan davrda,

ma’naviy immunitetga ega, erkin fikrlaydigan, o‘z nuqtayi nazarini aniq va ravon

ifodalay oladigan, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etuvchi barkamol avlodni tarbiyalash

ota-ona va oilaviy muhitning bevosita ta’siriga bog‘liqdir. Chunki aynan oila – farzand

tarbiyasining ilk maktabi, ma’naviy shakllanishining bosh manbaidir. Yoshlar qalbi va

ongini turli buzuq g‘oyalar, yot illatlar bilan zabt etishga urinishlar kuchayib

borayotgan hozirgi zamonda, har bir farzand kim ekanligini, qanday buyuk

ajdodlarning vorisi ekanligini anglab yetmog‘i, vatanga muhabbat, e’tiqodga sadoqat

bilan yashashi dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu bois biz, ota-onalar va tarbiyachilar

zimmasida muqaddas bir vazifa – yosh avlodni o‘z milliy qadriyatlari, diniy e’tiqodi,

tarixiy o‘tmishi va ona tiliga sadoqat ruhida tarbiyalash burchi turibdi. Shunday tarbiya

beraylikki, farzandlarimiz yot va begona g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitet bilan

qarshi tura olsin, Vatan ravnaqi uchun intiluvchan, vijdonan pok, iymon-e’tiqodli

insonlar bo‘lib yetishsin. Zero, kelajagimiz ularga bog‘liq!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi

“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va

jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 472-sonli

qarori.

2. Мирзиёев М.М.–“Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган

энг олий баҳодир. - Т: «Ўзбекистон» НМИУ, 2018. 143-144 б


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–4_ июня–2025

200

2181-

3187

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi

“O’quvchilarni

psixologik-pedagogik

qo’llab-quvvatlash

ishlarini

yanada

takomillashtirish to’g’risida”gi 577-sonli qarori.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi

“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va

jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 472-sonli

qarori.

Мирзиёев М.М.–“Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган

энг олий баҳодир. - Т: «Ўзбекистон» НМИУ, 2018. 143-144 б 3.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi

“O’quvchilarni

psixologik-pedagogik

qo’llab-quvvatlash

takomillashtirish to’g’risida”gi 577-sonli qarori.