ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
41
2181-
3187
NODAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARINING UMUMIY TASNIFI
Namangan davlat universiteti
yuridik fakultet o’qituvchisi
Qodiraliyeva.I
va
Muxammadjonov
Rahmatillo
yurisprudensiya 3- bosqich talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bugungi kunda oliy taʼlim tizimida olib
borilayotgan islohotlar va nodavlat oliy ta’lim muassasalariБ nodavlat oliy ta’lim
muassasalarining hozirgi zamon talablari asosida davlat oliy ta’lim muassasalari bilan
raqobatdoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, oliy taʼlim muassalariga
moliyaviy mustaqillik berish istiqbollari tahlil qilingan
Kalit so’zlar
:
Nodavlat ta’lim muassasi, maktab, pedagog, islohot,
International, Kasbiy kompetentlik, muassasa, ta’lim tizimi.
Kirish.
Dunyo tajribasida ta’lim sohasiga sarflangan investitsiya hech qachon
kasodga uchramasligi ko‘p karra isbotlangan. Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim,
jumladan, oliy ta’lim sohasini isloh qilish jadal bosqichga kirdi. Buning samarasini
hozirdanoq ko‘ra boshladik: bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat
topshirgan abituriyentlarning 40 foizi o‘qishga qabul qilindi. Bu rekord natija
hisoblanadi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 60 foizga chiqarish ko‘zda tutilgan.
Bunda
talay omillarning ahamiyati bo‘ldi, albatta. Shulardan eng muhimi – xususiy oliy
ta’limning joriy etilgani.
Ta'kidlash joizki, NTM xuddi davlat maktablari kabi davlat ta'lim standartlari
(davlat talablari), o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq davlat ta'lim normalari
shaklida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, samaradorlikni oshirish uchun xalqaro eng
yaxshi amaliyotlardan foydalanish mumkin. Bunday maktabni qanday topish mumkin?
Agar muassasa nomida «International» so‘zi ishlatilsa, unda siz bu yerda chet ellik
mutaxassislar ishlashi yoki xalqaro ta'lim tajribasi qo‘llanilishiga amin bo‘lishingiz
mumkin. Ushbu shakl, albatta, ta'lim oluvchilar uchun plyus bo‘ladi. Ammo, bu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
42
2181-
3187
NTMda ta'lim davlat maktablariga qaraganda yaxshiroq bo‘lishini kafolatlamaydi.
Shuni tushunish kerakki, ta'limda muassasa shakli emas, balki pedagog katta rol
o‘ynaydi.
Vatanimiz ta`limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga
oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko’zda
tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik
tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl
va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan
ta’lim to’la ma’noda yangicha tafakkur, sog’lom fikr demakdir. Hozirgi davrda
ta’limning qadr-qimmati, obro’ va nufuziga teng darajada uning ijrochilarida
tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo’lmogi zarur. Ta’limdagi
muvvaffaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo’ladi. Dadil harakat,
shijoat tufaylidir. Shijoatni esa insonga, o’zbek milliy pedagogikasining mumtoz
namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm- ma’rifat baxsh eta oladi.
Oliy ta'lim muassasalari, davlat tomonidan boshqarilgan va rivojlantirilgan
muhim o’quv institutlardir. Bu muassasalar, oliy ma'lumotlarni ta'lim berish va
tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga mo'ljallangan.
Oliy ta'lim muassasalari, jamoatning bilim va texnologiyalardagi ilm-hunarlarini
oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, texnologik innovatsiyalar va ilmiy
yutuqlarni olib borishga intilish imkoniyatini beradi. Ular yoshlarni ma'sul va
mutaxassislikka qaratish, ijodiy va intellektual potentsiallarni rivojlantirish, iqtisodiy,
ijmoliy va siyosiy sohalarda xizmat qiluvchi kadrlarni еtishtirishga ahamiyat bergan
organizatsiyalardir. Oliy ta'lim muassasalari kasbiy tayyorgarlikni oshirishda,
rivojlanishga yo'l qo'ymoqda va iqtisodiyotda to'g'ri yo'nalishga yo'l qo'yishda muhim
ahamiyatga ega. Ular mustaqil davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanib, yuqori sifatli
ta'lim tizimini ta'minlash, akademik kadrni rivojlantirish va hamkorlik bilan yiliga
ko'proq yutuqlar qilishga intilishadi.
Ta'kidlash joizki, Nodavlat oliy ta’lim muassasasi xuddi davlat ta’lim muassasasi
kabi davlat ta'lim standartlari (davlat talablari), o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
43
2181-
3187
muvofiq davlat ta'lim normalari shaklida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga,
samaradorlikni oshirish uchun xalqaro eng yaxshi amaliyotlardan foydalanish mumkin.
Bunday maktabni qanday topish mumkin? Agar muassasa nomida «International»
so‘zi ishlatilsa, unda siz bu еrda chet ellik mutaxassislar ishlashi yoki xalqaro ta'lim
tajribasi qo‘llanilishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Ushbu shakl, albatta, ta'lim
oluvchilar uchun plus bo‘ladi. Ammo, bu NOTMda ta'lim davlat maktablariga
qaraganda yaxshiroq bo‘lishini kafolatlamaydi. Shuni tushunish kerakki, ta'limda
muassasa shakli emas, balki pedagog katta ro’l o‘ynaydi.
Bugungi kunda nodavlat ta'lim muassasalari o'z faoliyatiga boshqaruv
funktsiyalarini joriy etib, bozor munosabatlarining to'liq ishtirokchilari hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari tarkibida tizimli tahlil va qaror qabul qilish alohida o'rin tutadi.
Ta'lim muassasasi faoliyatini tahlil qilish quyidagilar uchun zarur: uning samarali
faoliyati, faoliyat va rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va qarama-
qarshiliklarni aniqlash, ularning paydo bo'lish sabablari, haqiqiy imkoniyatlarni
aniqlash. Bugungi ishbilarmonlik dunyosida samarali raqobatlashish uchun ta'lim
muassasalari doimiy ravishda ta'lim sohasi, mehnat bozori va ta'lim xizmatlari, raqobat
va boshqa omillar to'g'risida juda ko'p ma'lumotlarni to'plashlari va tahlil qilishlari
kerak..
Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ham xalq orasida katta obro‘ga ega. Ayniqsa,
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Yeodju
texnika instituti, Inha, Akfa universitetlariga ko‘pchilik o‘quvchilar ikkinchi imkon
emas, orzu sifatida qarashadi. Nodavlat oliy taʼlim muassasalaridagi sharoitlar va
taʼlim tizimi davlatnikidan farqlanadi. Ko‘pchilik yoshlarga ularning erkin dasturi
maʼqul bo‘ladi. Lekin tan olish kerakki, barcha muassasalarda ham o‘qitish jarayoni
aʼlo darajada yo‘lga qo‘yilmagan, ayniqsa, yangi ochilgan OTMlarda.
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari o'zaro hamkorlik bilan kadrlarni tayyorlash, fan
va uslubiyatni oshirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar olib borish, ma'naviy-
ma'rifatli, intellektual va ijodkor jamiyatni shakllantirish uchun faoliyat yuritadigan
o'quv-tarbiyaviy muassasalardir. Ular talabalarga oliy malakali mutaxassislar,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
44
2181-
3187
muhandislar, texnologlar, tabiyyotshunoslar va boshqalar bo'lib chiqishlari uchun
ilmiy, amaliy va madaniy asoslar asosida tayyorlaydigan o'quv-uslubiy muassasalardir.
Bu muassasalar ilmiy еtuk, tadqiqotlar, innovatsiyalar va yangiliklar doirasini
kengaytirish, o'quv-uslubiy amaliyotni yanada rivojlantirish, kasbiy bilimlarni oshirish
va yangi malakani shakllantirish maqsadida faoliyat ko'rsatadi.
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari, boshqaruvchi davlat tarkibidagi tashkilotlar
bo'lib, oliy o'quv muassasalariga misol qilinadi. Ular birlamchi vazifalari ta'limga
qiziqishni oshirish, oliy malaka va ilmiy bilimni еtishtirish, teorik bilimlarni
amaliyotga joriy etish, istiqbollarni tahlil qilib, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va
iqtisodiy, ijmoliy va siyosiy sohalarni rivojlantirishdir.
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari, yuqori darajada oliy ma'lumotlarni talab
qiladigan, bakalavr, magistr va doktorantura darajalaridagi o'quvchilarni qabul qiladi.
Bu muassasalarning o'quv dasturlari ilmiylik asosida tuzilgan bo'lib, talabalarni
istiqbolli mutaxassislar sifatida еtishtirish maqsadini kuzatadi.
Oliy ta'lim muassasalari, ilmiy faoliyat yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish,
yangi bilimlarni yaratish, oliy ma'lumotlarning tarqatilishida muhim ahamiyatga ega
bo'ladi. Ular o'quvchilarga ilmiy bilimlar, kasbiy ko'nikmalarni oshirish, ijodiy va
intellektual potentsiallarni rivojlantirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, nodavlat oliy ta'lim muassasalari, milliy va xalqaro
maqbuliyatga ega bo'lib, iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Ular mamlakatning savdo-sanoat potensialini oshirish, texnologik innovatsiyalarni
amalga oshirishga o'tishmoqda.
Nodavlat oliy ta’limini tubdan rivojlantirish hamda ta’lim sifatini taminlash
maqsadida shoshma shosharlik va ko‘r ko‘ronalikka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Darhaqiqat
son jihatdan ustunlikka erishish sifat unutilishi kerak degani emas. Bunga misol
tariqasida “VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” MCHJga nodavlat taʼlim
xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi. Fargʻona
tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan
“VALLEYINNOVATIVE UNIVERSITY” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
45
2181-
3187
yil 13-dekabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan
053546-sonli litsenziya bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy
taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar sudga taqdim etilgan
asosli hujjatlar bilan oʻz isbotini topdi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda har bir mamlakat raqobatbardoshligi
avvalo, uning ta’lim va fan darajasiga bog‘liq. Iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining
zamonaviy holati inson faoliyatining kasbiy va kasbiy tayyorgarlik sifati darajasiga har
qachongidan ham ko’proq talablar qo‘ymoqda. Zamonaviy xodimning ma’lum bir ish
faoliyatiga moslik darajasini baholash borasidagi talablar doimiy ravishda o’zgarib va
kuchayib bormoqda. Bunda “Kasbiy kompetentlik” sifatida uning nafaqat kasbiy
bilimlari, malaka va ko’nikmalari, balki mantiqiy fikrlashi, tashabbuskorligi,
uddaburonligi, guruhda ishlash va hamkorlik qilishga bo’lgan qobiliyati,
ma’lumotliligi va boshqa sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Nodavlat oliy ta’lim
muassasalarining tizimdagi kamchiliklarnianiqlash va ularni keyinchalik yo'q qilish,
shuningdek, ularning rivojlanish potentsiali va yo'llarini aniqlash uchun ba'zi
omillarning boshqalarga ta'siri mezonlarini belgilashga imkon beradi. Bularning
barchasi ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqishga
imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Elyor, Alimov. "Ta’lim turizmining mohiyati."
World of Science
6.4 (2023):
540-544.
2.
Вахабов А., Хўжаханов М. “Олий таълим сифати” Илмий категорияси ва
ижтимоий-иқтисодий моҳияти //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 2. – С.
335-341.
3.
Бокиев Ж. Алоҳида таълим эҳтиёжлари бўлган шахсларнинг олий таълим
олиш ҳуқуқини таъминлашнинг ташкилий-ҳуқуқий масалалари //Ижтимоий-
гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-
гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023. –
Т. 3. – №. S/5.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
46
2181-
3187
4.
Бородкина, Татьяна Александровна. "Педагогические условия развития
негосударственных вузов."
Вестник Тамбовского университета. Серия:
Гуманитарные науки
8 (2008): 47-51.