ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
302
2181-
3187
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING XOTIN-QIZLAR
MASALARLARI BO‘YICHA INSPEKTORI BILAN HAMKORLIGINING
AHAMIYATI
IIV Akademiyasi Kunduzgi ta’lim
3-o‘quv kursi 321-guruh kursanti
G‘oyibnazarova Sevinchxon Baxodir qizi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
inspektori va profilaktika inspektorining samarali hamkorligini tashkil etish,
hamkorlikda yuzaga kelayotgan muammolar, ikkala inspektor o‘rtasida
kommunikatsiya kanallarini yaxshilash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
birgalikda ishlashda aniq vazifalarni belgilashda amaliy tavsiyalar va takliflar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
samarali hamkorlik, ayollarning huquq va erkinliklari, oiloa
ichidagi muammolarni hal qilish, kommunikatsiyani yaxshilash, axborot almashish,
malaka oshirish kurslari, birgalikdagi vazifalar
Annotation
. This article presents practical recommendations and suggestions for
organinzing effective cooperation between the inspector on
women's issues and the
inspector of prevention, problems arising in cooperation, improving communication
channels between the two inspectors, organizing tarining courses, and definng spesific
tasks for joimt work.
Keywords:
effective cooperation, women's rights and freedoms, solving
problems within the oiloa, improving communication, exchange of information,
training courses, joint tasks.
Profilaktika inspektorining xotin-qizlar masalarlari bo‘yicha inspektori bilan
hamkorligi juda muhim ahamiyatga ega. Bunday hamkorlik bir nechta asosiy
yo‘nalishlarda samarali bo‘lishi mumkin: huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish,
oila ichidagi muammolarni hal qilish, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash, ma’rifat
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
303
2181-
3187
va ta’lim berish, favqulodda vaziyatlarda yordam, jamiyatda muvozanatni saqlash va
shu kabilar.
Xotin-qizlar masalarlari bo‘yicha inspektori va profilaktika inspektori o‘rtasidagi
integratsiyalashgan faoliyat, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va
zo‘ravonlikka qarshi kurashishda alohida ahamiyatga ega. Bu o‘rinda xotin-qizlar va
profilaktika inspektorlari o‘rtasida kommunikatsiya kanalini yaxshilash, malaka
oshirish kurslarini tashkil etish, birgalikda ishlashda aniq vazifalarni belgilash zarur.
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar va profilaktika inspektorlari
o‘rtasida samarali kommunikatsiya – bu ayollarning huquqlarini himoya qilish va
oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashishda, jamiyatda ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi. Bunday yaxshilanish nafaqat o‘zaro tushunushni
kuchaytiradi, balki zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob berish imkonini
yaratadi. Bugunki kunda kommunikatsiyaning to‘liq va aniq bo‘lmasligi bir qator
muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan: axborot uzatishdagi kamchiliklar –
vaqtida aralashuv amalga oshirilmasligi va zo‘ravonlikni davom etishiga olib kelishi
mumkin, rol va mas’uliyatning noaniqligi – ular o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab
bo‘lishi bu esa hamkorlik samaradorligini pasaytirishi mumkin, har ikki inspektorlar
o‘rtasida ma’lumotlar almashish jarayonlari aniq va tartibli bo‘lmasligi, zarur choralar
ko‘rilmasligiga olib kelishi mumkin. Ikkala inspektor o‘rtasida o‘zaro axborot
almashish uchun yagona ma’lumotlar bazasi tashkil etish lozim. Bu platformada har
bir holat, shikoyat, tergov jarayoni yoki yordamga muhtoj ayollar haqida ma’lumot
to‘planadi. Shu tarzda har ikki guruh o‘zaro axborot olishda qiyinchiliklarga duch
kelmaydi.
Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori o‘rtasida
malaka oshirish kurslarini tashkil etish – o‘zaro tushunishni kuchaytirissh, ular
o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda ko‘proq
samaradorlikka erishish imkonini beradi. Bunday kurslarda xotin-qizlar masalalari va
gender tengligi, profilaktika inspektorlarining roli, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
inspektorlarning roli, hamkorlik va koordinatsiya, yangi texnologiyalarni qo‘llash kabi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
304
2181-
3187
yo‘nalishlarning bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ular o‘rtasida texnologiyalardan
foydalanish ikki muhim sohaga xizmat qiladigan samarali hamkorlik ta’minlash uchun
juda muhimdir. Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori
o‘rtasidagi hamkorlikda yangi texnologiyalardan foydalanish ijtimoiy muammolarni
hal qilishda samarali vosita hisoblanadi. Yangi texnologiyalar yordamida vaqt va
resurslardan tejomkor foydalanish, xavf-xatarlarni aniqlash va ta’sirchan choralarni
ko‘rish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatdagi xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy
adolatni oshirish imkonini taqdim etadi. Ma’lumotlar bazalari va monitoring tizimlari,
mobil ilovalar va GPS tizimlari, onlayn platformalar va elektron hijjatlar almashinuvi,
sun’iy intellect va ma’lumotlar tahlili, ijtimoiy tarmoqlar va axborot almashish, virtual
reallik va treyninglar, videokonferensiyalar va onlayn maslahatlar kabi yangi
texnologiyalar ularning ishlarini samarali va tezkor qilish, huquqni muhofaza qilish,
ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlarini yengillashtirishda katta
yordam beradi.
Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori o‘rtasida
birgalikda aniq vazifalarni belgilash orqali samarali hamkorlik, tezkor va
muvofiqlashtirilgan javob, muammolarni kompleks yondashuvda hal qilish, ijtimoiy
ximoyani kuchaytirishga erishish mumkin. Birgalikda profilaktik tadbirlarni amalga
oshirish zo‘ravonlikni oldini olish, ayollar huquqlarini himoya qilish, jamoatchilikni
xabardor qilish va hamkorlikni samarali rivojlantirish imkonini beradi. Profilaktik
tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlikning yo‘nalishlari bo‘lib ularni birma-bir sanab
o‘tamiz.
-
Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, xususan, zo‘ravonlikkka
uchragan ayollarga yordam berish, zarur huquqiy maslahatlar va yordamlarni taqdim
etish.
-
Huquqiy va psixologik bilimlarni oshirish- “Xotin-qizlar uchun huquqiy
yordam” yoki “Oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish” mavzusida onlayn yoki
oflayn tarzda seminarlar tashkil etish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
305
2181-
3187
-
oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va qurbonlarga yordam berish- bunday
holatlarni aniqlash uchun maxsus guruhlar va komissiyalar tashkil etish, qizlar va
ayollarga mo‘ljallangan psixologik maslahatlar beruvchi mutaxassislar chaqirish.
-
Jinoyatchlikni oldini olish va profilaktik tekshiruvlar- uyma-uy tekshiruvlar
o‘tkazish, o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitni tahlil qilish va xavfli oilalarni aniqlash
-
Ijtimoiy yordam va reablitatsiya dasturlari- ijtimoiy reabilitatsiya markazlari
tashkilo etish, ularni zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalar uchun yordam
markazlariga aylantirish.
-
Maxfiy shikoyat va maslahatlar tizimini tashkil etish- telefon yordam xizmati,
maxfiy shikoyatlarni qabul qilish va ayollarni himoya qilish bo‘yicha tizim yaratish.
-
onlayn va oflayn kompaniyalar- “Oilaviy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaylik!”
yoki “Ayollarga hurmat” mavzularida ijtimoiy tarmoqlarda va jamoat joylarida
reklama kompaniyalari o‘tkazish.
Profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari
o‘rtasidagi hamkorlik, profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda juda muhim rol
o‘ynaydi. Bu hamkorlik nafaqat huquqni muhofaza qilish, balki ijtimoiy adolatni
ta'minlash va jamiyatdagi barcha shaxslarning huquqlarini hurmat qilishda muhim
o‘rin tutadi. Ular birgalikda ish olib borish orqali xavf-xatarlarni minimallashtirish,
ijtimoiy xavfsizlikni oshirish va jamoatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga yordam
beradi. Yana, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, jamoatchilik xavfsizligini
ta'minlash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida katta ahamiyatga ega.
Ularning o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan tadbirlari jamiyatdagi o‘zgarishlarga,
xususan, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirish, huquqiy ongni
oshirish, hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha
inspektorlari o‘rtasidagi hamkorlik, ijtimoiy xavfsizlik va oilaviy muammolarni hal
etish borasida muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, bu sohada muhim ijtimoiy,
huquqiy va psixologik masalalar mavjud bo‘lib, ular birgalikda hal etilishi lozim.
O‘zbekiston hukumati xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilaviy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
306
2181-
3187
zo‘ravonlikni oldini olish, ayollarni ijtimoiy himoya qilish va ularga huquqiy yordam
ko‘rsatish borasida bir qator tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Ayni paytda, bu
hamkorlikning samarali bo‘lishi uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda,
lekin tizimli va uzluksiz o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi texnologiyalar va
resurslar yordamida samaradorlikni oshirish zarur. Yangi qonunlar, ijtimoiy
reabilitatsiya tizimlarining tashkil etilishi va malaka oshirish kurslari bu borada ijobiy
o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mirziyoyev Sh.M “Inson manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, uning
huquq va erkinliklari, osuda va farovon hayoti himoya qilinmog‘i kerak” // Xalq so‘zi
T. 2017 10 fev.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar
organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2896-son qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Jamiyatda
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahlla institutini yanada qo‘llab-
quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 5938-son farmoni.
4.
Soatov M.Z – Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha milititsiya tayanch
punktlari faoliyatining huquqiy asoslari // “Hozirgi zamon huquqshunoslik ilmini
egallash yo‘lida” – 2004 B. 208-212
5.
Soatov M.Z - Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda
militsiya tayanch punktlarining roli // “Huquqiy ongdan – huquqiy madaniyat sari” T.
2006 B. 92-96