ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
280
2181-
3187
UREMIYA KASALLIGI DAVOLASH USULLARI
Eshmurodova Dilrabo Xudoyberdi qizi
Sanakulova Muxayyo Zarif qizi
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat Salomatligi Texnikumi
Annotatsiya:
ushbu maqolada buyrak yetishmovchiligi va Uremiya, hamda
surunkali diffuz glomenilonefrit, buyrak yetishmovchiligi, uremiyalarni davolash va
profilaktikasi xususidagi fikrlar o’rin olgan.
Kalit so’zlar
: uremiya, surunkali diffuz glomenilonefrit, piyelonefrit, buyrak-
tosh kasalligi.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются вопросы лечения и
профилактики почечной недостаточности и уремии, а также хронического
диффузного гломенилонефрита, почечной недостаточности, уремии.
Ключевые слова:
уремия, хронический диффузный гломенилонефрит,
пиелонефрит, почечнокаменная болезнь.
Annotation:
this article covers aspects of kidney failure and uremia, and chronic
diffuse glomenilonephritis, kidney failure, treatment and Prevention of uremia.
Keywords:
uremia, chronic diffuse glomenilonephritis, pyelonephritis, kidney-
stone disease.
KIRISH
Buyrak yetishmovchiligi bu buyraklarning qonni tozalash va organizmdan
ortiqcha suyuqlikni chiqarish funksiyalarini bajara olmagan holatidir. Bu kasallik o'tkir
yoki surunkali shaklda bo'lishi mumkin.
Uremiya esa buyrak yetishmovchiligining og'ir asoratidir. Bu holatda qonda
zararli moddalar (mochevina, kreatinin) miqdori keskin ortadi va bu butun
organizmning zaharlanishiga olib keladi.
Buyrak Yetishmovchiligining Sabablari:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
281
2181-
3187
•
O'tkir buyrak yetishmovchiligi:
o
Og'ir infektsiyalar (sepsis)
o
Katta miqdorda qon yo'qotish
o
Zaharlanishlar
o
Shikastlanishlar
o
Ba'zi dori-darmonlarning yon ta'siri
•
Surunkali buyrak yetishmovchiligi:
o
Qandli diabet
o
Yuqori qon bosimi
o
Glomerulonefrit (buyrakning yallig'lanishi)
o
Piyelonefrit (buyrak havzasining yallig'lanishi)
o
Buyrak toshi kasalligi
o
Polikistik buyrak kasalligi
Buyrak yetishmovchiligini oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish
kerak:
✓
Qon bosimini nazorat qilish;
✓
Qandli diabetni nazorat qilish;
✓
Sog'lom turmush tarzini olib borish;
✓
Muntazam tibbiy ko'rikdan o'tish
ASOSIY QISM
Buyrak yetishmovchiligi. Uremiya
Etiologiyasi: surunkali diffuz glomerulonefrit, surunkali piyelonefrit, buyrak-
tosh kasalligi; siydik ajratish sistemalarining o‘smalari, gidronefroz, amiloidoz, qandli
diabet, podagra, polikistoz, kalsiy almashinuvining buzilishi, buyrak gipoplaziyasi.
Klinikasi. Buyrak yetishmovchiligida klinik manzarasi sistemasiga qarab
o‘zgarib boradi: nerv sistemasi, hazm organlari sistemasi, yurak-qon tomirlar
sistemasi, nafas olish sistemasi hamda qon tarkibida kuchli o'zgarishlar ketadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
282
2181-
3187
Nerv sistemasida uyquchanlik, tez charchash, holsizlik, befarqlik belgilari
ko‘riladi.
Hazm organlar sistemasida esa ko‘ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, ozib
ketish, ich ketishi, oshqozon-ichakdan qon ketishi kuzatiladi.
Qon aylanish sistemasida — qon bosimining ko‘tarilishi, yurak tez urishi,
og‘riq, yurak chegarasining chapga siljiganligi, ko‘ruv qobiliyatining pasayishi kabi
(qon bosimining oshganligi natijasida) belgilari namoyon bo’ladi.
Nafas sistemasida - plevrit va pnevmoniya rivojlanadi. Og'izdan siydik hidi kelib
turadi. Til quruq, mallarang karash bilan qoplangan bo'ladi. Qorin paypaslab
ko’rilganda, epigastral sohada og’riq kuzatish mumkin.
Laboratoriya tahlili. Zimnitskiy sinamasida o'zgarishlar ketadi, nikturiya
kuzatiladi, siydikning solishtirma og'irligi pasayadi — 1005—1008.
Siydik rangsiz va tiniq bo‘lib qoladi. Bu buyrakning siydik pigmenti ajratish
xususiyatini yo'qotganligiga bog'liq. Qonda qoldiq azot, mochevina va indikan miqdori
o'rtacha ko‘paygan.
Uremiya asta-sekin rivojlanadi. Bemorlar darmonsizlik, lohaslik, tez charchash,
ishtaha yo‘qligidan shikoyat qilishadi, keyinchalik, ko'ngil aynishi, qayt qilish, ich
ketishi, nafas qisishi kuzatiladi. Til quruq, qattiq chanqash kuzatiladi. Og'izdan
yoqimsiz urinoz hid keladi. Teri quruq bo‘lib, bemor ozib ketadi. Bunday hollarda
bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi. Mushaklar tortishib, uchib turadi, es-hush
xiralashadi, kamqonlik yuz beradi. Ba'zan qonli ich ketishga sabab bo‘ladigan yarali
kolit qo'shiladi. Nafas qisishi ham uremiya alomatidir. Nafas tez-tez, chuqur bo‘ladi.
Uremik astma rivojlanadi.
Asorati. Kasallikning so‘nggi kunlarida quruq perikardit, plevrit, gemorragik
pnevmoniya asorati bo'lib qoladi. Uremiya goh pasayib, goh zo’rayib, bir necha
haftaga cho'zilishi mumkin. Biroq, oqibat natijasi o'limga olib boradi.
Laboratoriya tahlili: qon tekshirilganda qoldiq azotning oshganligi —
azotemiya, shuningdek, asidoz, giperkaliyemiya va giponatriyemiya qayd qilinadi.
Siydik ajralmaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
283
2181-
3187
XULOSA
Surunkali diffuz glomenilonefrit, buyrak yetishmovchiligi, uremiyalarni
davolash va profilaktikasi
Diyetoterapiya — 7-, 7a-, 7b-, 7v-parhez. Osh tuzi va suyuqlik miqdori
chegaralanadi. Sutli, mevali sho‘rvalar. Qaynatilgan, qiyma qilingan va maydalangan,
qaynatilgandan so‘ng pishirilgan bo‘lak - bo‘lak go‘sht va parrandaning yog‘siz xillari.
Pishirilgan sabzavotlar beriladi. Shifokor ko’rsatmasiga binoan, siydik haydovchi
(gipotiazid, furosemid, uregit), gipotenziv vositalar (magniy sulfat, gemiton, rezerpin),
antibiotiklar (benzilpenitsillin, oksatsillin, metatsiklin gidroxlorid, eritromitsin),
prednizolon, delagil, platifillin, atropin, no-shpa, vitaminlar (B
12
, B
1
B
6
, og’riq bartaraf
etish maqsadida promedol yuboriladi.
Asidozni bartaraf qilish uchun kuniga 3—9 g natriy gidrokarbonat yoki 3—5 %
300—500 li eritmasini tomir ichiga yuborish tavsiya qilinadi. Uremiyada qonda
ko'payib ketadigan moddalarni yarimo'tkazgich membranada ushlab qolishga
asoslangan gemodializ muolajalari 5 soatdan haftasiga 3 marta o‘tkaziladi.
Surgi dorilar buyurish, me'dani takror yuvish, haftasiga 2 marta sifonli huqnalar
qilish zaharlanishni bartaraf etish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda surunkali nefrit va uremiyani davolashning yangi usullari ishlab
chiqarilmoqda: peritoneal dializ, sun'iy buyrak, buyrakni ko‘chirib o'tkazish usullari
shular jumlasidandir.
Fiziolerapevtik davo tadbirlaridan UVCh, diatermiya, Gauffeni to‘rt kamerali
vannasi, parafinli applikatsiya, «Sollyuk» lampasi qo'llanishi mumkin.
Giyohlar bilan davolash. Bo‘tako‘z (savatchaguli), petrushka (urug‘i), qayin
(kurtagi), qora andiz (ildizi), toloknyanka (bargi), suv uchbargi (bargi): 2 choy qoshiq
yig‘mani 1 stakan qaynayotgan suvga solib, 10 minut qaynatiladi, dokadan o'tkazib,
kun davomida 3 mahal
1
/
2
stakandan ovqatlanishdan 20 minut oldin ichish zarur. Archa
(mevasi), qayin (bargi), qoqi (ildizi) 1 osh qoshiq yig‘mani 1 stakan qaynagan suvga
solib, 30 minut damlanadi, dokadan o'tkazib, kun davomida 3—4 mahal 1 osh
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
284
2181-
3187
qoshiqdan ovqatlanishdan 15 minut oldin ichiladi (siydik haydash maqsadida). Anjir,
anjabar (yerqo'noq), anor, meva suvlari va mevalari iste'mol qilinadi.
ADABIYOTLAR
Аsosiy adabiyotlar:
1. Gadayev A.G. Ichki kasalliklar. Darslik. –Toshkent. Turon Zamin Ziyo nashriyoti.
2018 y.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Ryabov S.I. Vnutrenniye bolezni 2 tomda. Sankt – Peterburg. SpetsLit. 2015y.
2. Bobojonov S.N. Ichki kasalliklar. Darslik. Toshkent. 2008; 2010 y.
3. Okorokov A.N. Diagnostika i lecheniye bolezney vnutrennix organov. Uchebnoye
posobiye.
Moskva. 2009.
4.Strutinskiy A.V., Baranov A.P., Roytberg G.Ye., Gapponkov Yu. P. Osnovi
semiotiki vnutrennix
organov. Uchebnoye posobiye. Moskva. MEDpressinform. 2013.
5. Muxammadova X.X., Umurova N.M., Boltayev K.J. Xronicheskiy pankreatit.
“Durdona” 2019.
6. Nosirova M.Sh., Muxammadova X.X., Naimova Sh.A., Umurova N.M.
Revmatologik kasalliklar.
“Durdona” 2020.