ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
272
2181-
3187
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA KASBGA YO‘NALTIRISHNING
MUHIM PSIXOLOGIK MASALALARI
Avliyoqulova Xafiza Murodullayevna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman MMTBga
qarashli 63-umumiy o'rta ta'lim maktabining psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kasb tushunchasining mohiyati, kasb tanlashning
psixologik va pedagogik asoslari hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa maktab va
psixologlarning bu boradagi o‘rni yoritilgan. Kasbga yo‘naltirish jarayoni
o‘quvchining shaxsiy salohiyati, qiziqishlari va moyilliklarini aniqlash orqali to‘g‘ri
yo‘l tanlashiga ko‘maklashuvchi muhim pedagogik faoliyat sifatida talqin etiladi.
Shuningdek, kasb tanlashda tibbiy, psixologik va falsafiy yondashuvlar uyg‘unligining
ahamiyati ta’kidlangan. Mazkur maqola ota-onalar, o‘qituvchilar, maktab psixologlari
va kasb tanlashga oid ish yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
Kasb tanlash, yo‘naltirish, psixologik maslahat, maktab, pedagog,
shaxsiy salohiyat, yetuk inson, falsafiy yondashuv, tibbiy-psixologik tayyorgarlik.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki
o‘quvchining shaxsiy kamoloti, hayotiy yo‘lini belgilash va kasb tanlashida ko‘mak
beruvchi rahnamo sifatida ham muhim o‘rin tutadi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari
bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot nafaqat bilish jarayoni, balki
ijtimoiy-psixologik hamkorlik, kasbiy yo‘naltirish va hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan.
Maktabning asosiy vazifasi – o‘quvchilarga fan asoslarini tizimli, ongli va
mustahkam o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish bilan birga, ularni kelajakdagi kasbiy
faoliyatga tayyorlash, kasbga yo‘naltirish jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdir. Bunda
o‘qituvchining o‘quvchiga individual yondashuvi, uning qiziqishlari, moyilliklari va
iqtidorini to‘g‘ri aniqlay olishi katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining psixologik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
273
2181-
3187
xususiyatlari, jismoniy salohiyati va ma’naviy-axloqiy yetukligi ham kasb tanlash
jarayonida hisobga olinishi lozim. Shu boisdan har bir o‘qituvchi kasbga yo‘naltirish
ishlarini olib borishda nafaqat umumiy tushunchaga, balki
kasbiy maslahat berish
ga
oid ilmiy-nazariy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Kasbiy maslahat – bu yoshlarning
qobiliyatlari, qiziqishlari, intilishlari va salohiyatidan kelib chiqib, ularga kasb
tanlashda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish jarayonidir. Mazkur yo‘nalish
mutaxassisdan o‘z kasbiy bilim doirasidan tashqariga chiqib, psixologiya, sotsiologiya,
pedagogika, gigiena va mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqidagi bilimlarni ham talab
etadi. Shuningdek, o‘quvchining kasbiy yo‘nalishini aniqlashda maktab psixologlari
va tibbiy xodimlarning hamkorlikdagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. O‘quvchining
jismoniy holati va ruhiy tayyorgarligi – u tanlagan kasbga qanchalik mos kelishini
aniqlashda asosiy mezonlardandir. Shu sababli o‘qituvchi kasbga yo‘naltirish
davomida o‘quvchining sog‘lig‘i, psixologik holati, qiziqish doirasi, oilaviy sharoiti va
ijtimoiy faolligini chuqur tahlil qilgan holda maslahatlar berishi lozim.
Kasbiy yo‘naltirish muvaffaqiyati nafaqat o‘quvchining shaxsiy salohiyatiga,
balki o‘qituvchining bu boradagi tayyorgarligi, ota-onaning ishtiroki va maktabda
yaratilgan muhitga ham bevosita bog‘liq. Zero, to‘g‘ri tanlangan kasb – baxtli kelajak
garovidir. Psixik xusuxiyatlari yoshiga qarab rivojlanib borayotgan o‘quvchi o‘zidagi
psixologik xususiyatlarni kuzatish orqali o‘zgarib borishini bilib boradi. Boladagi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
274
2181-
3187
diqqat, sezgi, fahm-farosat, xarakter, tafakkur qilish, qobiliyat va boshqa psixologik
xususiyatlar o‘quvchining rivojlanib borishi bilan o‘zgarib, takomillashib boradi.
Ayniqsa bu o‘smirlik davrida juda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sib borayotgan bolada
jismonan o‘zgarishlar ham sodir bo‘lib boradi. O‘quvchining jismonan imkoniyatlari
ko‘payadi. O‘zini va jismoniy kuchini boshqarish, tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatish
orqali, o‘zida kattalarga o‘xshash tomonlar paydo bo‘lishini ko‘radi. Bular esa uni
psixologik jihatidan kattalardek tutishga, o‘zini ma’lum bir kasbda ko‘rishga intiltiradi.
Umuman olganda o‘quvchidagi psixologik va jismoniy tomonlar asosan uning nerv
fiziologik tomonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Insondagi yuz berayotgan psixologik va
jismoniy o‘zgarishlar uning miyasi bilan, psixofiziologik jarayonlar va nerv-fiziologik
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bularni o‘rgangan olimlar insonni kasbiga xos
tomonlarini ham ko‘rsatib berganlar. Insonni jismoniy va ruhiy sog‘ligini o‘rgangan
olimlar qatoriga I.M.Sechenov, I.P.Pavlovni ko‘rsatish mumkin.
Kasb tanlash masalasi psixologiya fanining muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib, bu boradagi ilmiy izlanishlar keyinchalik K.M. Gurevich nomi bilan
chambarchas bog‘liq holda rivojlangan. Gurevich o‘z tadqiqotlarida insonning kasb
tanlash jarayonida individual-psixologik xususiyatlari muhim o‘rin tutishini
ta’kidlagan. Uning fikricha, kasb tanlashga ta’sir etuvchi omillar asosan insonning
psixofiziologik jarayonlariga borib taqaladi. Bu esa o‘z navbatida I.P. Pavlovning oliy
nerv faoliyati haqidagi nazariyasi va B.M. Teplovning individual psixologik farqlarga
oid ilmiy ishlanmalari asosida tushuntiriladi.
K.M. Gurevichga ko‘ra, inson ulg‘ayib borishi bilan uning xarakteri, odatlari,
qiziqishlari va xatti-harakatlarida o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar shaxsning
jismoniy va ruhiy taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. B.M. Teplov o‘z navbatida
shaxslar o‘rtasidagi tafovutlarning sababini ularning psixofiziologik imkoniyatlarida
deb biladi. Uning fikricha, har bir insonning ish faoliyatiga yondashuvi, bilimlarni
o‘zlashtirish darajasi, hissiyati, motivatsiyasi va mehnatga bo‘lgan munosabati turlicha
bo‘ladi. Bu farqlar esa asosan I.P. Pavlov tomonidan ishlab chiqilgan nerv tizimi tiplari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
275
2181-
3187
va oliy nerv faoliyatining shartli bog‘lanishlari bilan izohlanadi. Kasb tanlashda
insonning aqliy salohiyati, ijtimoiy tajribasi, emotsional holati, sog‘lig‘i, qobiliyati va
qiziqishlari muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda ularning
imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, individual yondashuvni qo‘llash, shuningdek,
jismoniy va ruhiy salomatligini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
har bir inson mehnatga ijodiy yondashgan, o‘z kasbini sevgan, uni ijtimoiy jihatdan
foydali deb bilgan holatda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta oladi. Shuningdek,
kasbni erkin tanlash huquqi – shaxsiy rivojlanish va jamiyat farovonligining muhim
mezonidir. Inson o‘z kasbini sevib bajaradigan bo‘lsa, u nafaqat mehnatdan qoniqadi,
balki tashabbuskor, samarali va faol shaxs sifatida o‘z jamiyatiga katta foyda keltiradi.
Shu boisdan ham kasb tanlash jarayoni ijtimoiy–psixologik jihatdan murakkab, ammo
jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lgan jarayondir.
Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi va ayni vaqtda
jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo‘lida shaxsiy
mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo‘lish zarur,
hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas.
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishning
bunday imkoniyatlari ob‘yektiv zaminga ega bo‘lib, voqelikda har kuni amalda
oshirilmoqda. Kasbga yo‘naltirish – bu har bir individumning o‘ziga xos individual
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
276
2181-
3187
xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy
o‘rnini topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar
tizimidir. U insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq bir
kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgandir.
Kasbga yo‘naltirish – mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo‘naltirishni hal etish vazifalari bo‘yicha
ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy fiziologik va psixologikpedagogik mohiyatga ega
muammodir. Kasbga yo‘naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli
rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon
yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat
siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Kasbga yo‘naltirish
shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy
faolligini oshirish hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Kasbga yo‘naltirishning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari
Kasbga yo‘naltirish
– bu yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash,
ularning kasbiy malakasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va
mehnat mustaqilligini shakllantirishga qaratilgan muhim pedagogik jarayondir. Bu
jarayon o‘quvchilarning har tomonlama va barkamol rivojlanishining zaruriy sharti
bo‘lib, shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi bilan uzviy
bog‘liq holda olib boriladi.
Kasbga yo‘naltirish tizimi o‘z ichiga bir nechta tarkibiy qismlarni oladi:
Kasbiy axborot – bu o‘quvchilarni turli mutaxassisliklar, ularni egallash
sharoitlari, mehnat bozorining holati va ehtiyojlari, kasblarning istiqboli, malaka
oshirish imkoniyatlari hamda kasblarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar bilan
tanishtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu ma’lumotlar yoshlarning
kasbiy qiziqishlarini shakllantirish, shaxsiy istak va qobiliyatlarini to‘g‘ri
yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.
Kasbiy maslahat – bu shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, sog‘lig‘i,
moyilligi, kasbiy manfaatlari va mehnat bozori ehtiyojlari asosida unga kasb tanlashda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
277
2181-
3187
yoki faoliyat turini o‘zgartirishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qaratilgan ilmiy asoslangan
muloqot tizimidir. Bu jarayon psixolog-maslahatchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi
professional hamkorlik asosida tashkil etiladi.
Kasbiy tanlov – bu shaxsning ma’lum bir kasbga qiziqishi, iqtidorini aniqlashga
qaratilgan jarayon bo‘lib, uning psixofiziologik xususiyatlari asosida amalga
oshiriladi. Saralash esa – bu ma’lum bir kasbga qo‘yiladigan me’yoriy talablar asosida
shaxsning mos yoki nomosligini aniqlash tizimidir. Har ikki yo‘nalish orqali
o‘quvchining kasbiy faoliyatga yaroqlilik darajasi baholanadi.
Kasbiy moslashish – bu shaxsni ishlab chiqarishdagi ijtimoiy-psixologik va
texnik-tashkiliy sharoitlarga moslashtirishga, kasbni muvaffaqiyatli egallashi uchun
zarur bo‘lgan muhitni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. Bu jarayonda
o‘quvchi nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtiradi, mehnat muhitiga
singib boradi.
Kasbga yo‘naltirish jarayonining asosiy metodologik vositalaridan biri bu
professiografiya
bo‘lib, u kasblar haqidagi axborotlarni yig‘ish, tashxis qilish,
korreksiyalash va shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Yana bir muhim vosita –
kasbiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
278
2181-
3187
tashxis
, ya’ni o‘quvchilarning psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqa
ko‘rsatkichlarini baholash orqali kasb tanlashga tayyorlik darajasini aniqlashdir.
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:
➢
kasblarni chuqur tahlil qila olish,
➢
o‘zining individual qobiliyatlari, sog‘lig‘i, psixik holati va
qiziqishlarini to‘g‘ri baholay olish,
➢
kasbga qo‘yiladigan talablarni o‘z shaxsiy xususiyatlari bilan
taqqoslay olish,
➢
real va istiqbolli kasbiy reja tuzish.
Kasbga yo‘naltirish
– bu nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat uchun, balki jamiyatda
mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, inson resurslaridan oqilona foydalanish va
iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda ham muhim o‘rin tutadi.
Xulosa
Kasbga yo‘naltirish
– yosh avlodning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini
ta'minlovchi, ularni mehnat bozoridagi real ehtiyojlarga muvofiq holda yo‘naltiruvchi
muhim pedagogik va psixologik jarayondir. Bu jarayon nafaqat kasb tanlashda yordam
beradi, balki shaxsning o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va salohiyatini to‘g‘ri
baholashiga, maqsadli rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Kasbiy axborot, maslahat,
tanlov va moslashish bosqichlari orqali o‘quvchilar nafaqat o‘z kasbini ongli ravishda
tanlaydilar, balki uni sevib, ishonch bilan egallab boradilar. Shuning uchun ham
maktab, pedagog-psixologlar, ota-onalar va boshqa mutaxassislar tomonidan
o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan kasbiy yo‘naltirish yordami – yoshlarning hayotda o‘z
o‘rnini topishida poydevor vazifasini o‘taydi.
Kasbni to‘g‘ri tanlash
– bu shaxsiy baxt va ijtimoiy foydaning uyg‘unligidir.
Shu boisdan kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli, ilmiy asoslangan va uzluksiz tarzda
olib borish – zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasidir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
279
2181-
3187
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon
hayotning, O‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” mavzusidagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so‘zi” gazetasi 2018-yil 8-
dekabr
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son Qarori.
3.
Asqarova
O‘.M,
Usmanova
S.U.,
Zamilova
R.R.,
M.X.Tashibekova,D.A.Abdusamiyev Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism) /
Darslik /– Namangan: Usmon Nosir media, 2022. – 376 b
4. Asqarova O‘. va boshqalar. “Pedagogika va psixologiya fanlarini
o‘qitishmetodikasi” darslik Navro‘z, 2020 y. 456.
5. Asqarova O‘., Xayitboyev M., Nishonov M. Pedagogika. – T.: Talqin, 2008.