ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
244
2181-
3187
MILLIY TARBIYANING PEDAGOGIK –PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Madiyeva Charos Dovutovna
Toshkent Amaliy fanlar universiteti
Katta o'qituvchisi.
Sotiboldiyeva Lola Qaxramon qizi
Toshkent Amaliy fanlar unversiteti
Tarix va filalogiya fakulteti
Tarix yo‘nalishi talabasi
Аннотация
: В статье анализируется понятие национального образования,
его содержание, цели и особенности с педагогико-психологической точки
зрения. Подчеркивается роль образования, основанного на национальных
ценностях, в развитии подрастающего поколения.
Ключевые слова:
национальное воспитание, педагогика, психология,
ценности, личность, семья, школа, социальная среда.
Annotation:
This article analyzes the concept of national education, its content,
purpose and specific features from a pedagogical and psychological perspective. The
role of education based on national values in the development of the younger
generation is highlighted.
Keywords:
national education, pedagogy, psychology, values, personality,
family, school, social environment.
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk,
komil inson qilib tarbiyalash milliy ta’lim siyosatining eng ustuvor vazifalaridan
biridir. Ayniqsa, milliy tarbiya orqali yoshlarda vatanparvarlik, o‘zlikni anglash,
ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Milliy tarbiya - bu xalqning tarixiy, madaniy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlariga
asoslangan holda, shaxsni har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
245
2181-
3187
faoliyatdir. Bu jarayonda oilaviy muhit, maktab va jamiyat muhim omil hisoblanadi.
Milliy tarbiya nafaqat pedagogik, balki psixologik jarayon hamdir.
Milliy istiqlol O’zbekiston maktablarida ta’lim va tarbiyani takomillashtirish
va buning uchun avvalo bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini
takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. Ushbu ijtimoiy buyurtmani bajarish
universitet va pedagogika institutlarida o’quv- tarbiyaviy jarayonni oqilona tashkil
qilishni, bo’lajak o’qituvchilarni milliy tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning samarali
shakl, uslub va vositalarini izlab topishni; talabalarni milliy istiqlolning pedagogik
ehtiyojlarini to’g’ri talqin qilishga o’rgatishni; milliy tarbiya nazariyasi va uslubiyati
haqidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirishni; milliy tarbiyachilik ko’nikma,
malakalarni maxsus shakllantirishni taqozo qildi. Boshqa tomondan, bu muammo
respublikamiz pedagog-olimlarining maqolalarida, munozaralarida dolzarb mavzuga
aylana bordi. O’zbekiston uzoq vaqt boshqa milliy pedagogikalar tarixini o’rganish urf
bo’lganligida va boshqalarda ekanligi chuqur asoslab berildi bo’lajak o’qituvchilarni
milliy tarbiyaning nazariy, uslubiy asoslari bilan qurollantirish; talabalarni nazariy
xulosalar chiqarish; pedagogik vaziyatlarni mustaqil tahlil qilish; pedagogik sabab va
oqibatlar orasidagi bog’lanishlarni kuzatish; pedagogik ta’sir mantiqini egallash;
pedagogik diagnostika, texnologiya, prognostika uslublarini qo’llash; o’rganilgan
nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashga o’rgatish kabi pedagogik-psixologik
vazifalarni hal qilish lozimdir.Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik-psixologik
tayyorlash jarayoni pedagogika institutlari va universitetlarida “O’qituvchilik kasbiga
kirish” kursini o’rganishdan boshlanadi. Mazkur kurs talabalarni ilk mashg’ulotlardan
boshlab o’qituvchi-tarbiyachilik kasbi haqida, unga milliy mustaqillik sharoitida
qo’yilayotgan talablar, milliy istiqlolni mustahkamlashda maktabning, yosh avlodlarni
milliy istiqlol ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida bilimlar beradi. Bu orqali
talabalarda pedagogik, psixologik, ma’naviy, g’oyaviy, mafkuraviy dunyoqarashni
shakllantirishning ilk bosqichidir. “O’qituvchilik kasbiga kirish” kursining mazmuni
asosan, 1) o’qituvchilik kasbi va mustaqil O’zbekistonning o’qituvchiga qo’yayotgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
246
2181-
3187
talablari; 2) bo’lajak o’qituvchilar mutaxassis sifatida faoliyat ko’rsatishi lozim
bo’lgan o’quv muassasalari: gimnaziya, umumta’lim maktabi, litsey, kollej, maktab-
internatlar tavsifi; 3) pedagogik ta’lim tizimi, mustaqil ishlash o’z-o’zini
tarbiyalashning ahamiyati va shakllari; 4) kutubxonada ishlash, adabiyotlarni tahlil
qilish, ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari to’g’risidagi va boshqa
bilimlardan iborat. Mazkur kursning bo’lajak o’qituvchilarni milliy tarbiyaviy
faoliyatga tayyorlash katta ahamiyatidan kelib chiqib, o’qituvchilarga tavsiyalar
berildi. Jumladan: -talabalarni Sharqda o’qituvchi-ustozlarning jamiyatda egallagan
yuksak mavqei bilan tanishtirish: –Sharq madaniyati, ma’naviyat, ilmning shuhratida
ularning tutgan o’rnini ko’rsatish:-Al- Forobiy, Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy va boshqa allomalarimizning shakllanishida o’qituvchi-ustozlarning
tutgan o’rinlari ustoz-shogirdlik ananalari xaqida bilimlar berish: -Pedagogika va
pedagoglarning mamlakatimizdagi milliy davlatchilik, tiklanishdagi roli: -mustaqil
O’zbekiston o’qituvchisiga qo’yilayotgan talabalar, o’qituvchidan talab qilinuvchi
shaxsiy va kasbiy sifatlar tizimi haqida batafsil to’xtalish: -milliy tarbiyaviy
tushunchalar berish va h.k.Seminar mashg’ulotlarida odob-axloqdagi milliylik,
insonlarga xos ijobiy va salbiy sifatlarning pedagogik tabiatini asoslab, hayotiy
pedagogik vaziyatlar hosil qilib, talabalarning o’z kasblariga qiziqishlari oshirildi,
ularni maktab va o’quvchilar bilan uchrashuvga tayyorlab borildi.“Pedagogikaning
umumiy asoslari” bo’limining “Pedagogikaning predmeti va ilmiy-tadqiqot usullari”
mavzusini o’rganishda talabalarga pedagogikaning fan sifatidagi ob’ekti -inson,
predmeti -tarbiya ekanligiga alohida urg’u berildi. Insonning turfa xususiyatlaridan biri
- uning u yoki bu millat vakili ekanligi; sovet pedagogikasidagi jiddiy nazariy
kamchilik ham bartaraf qilindi - pedagogikaning ob’ekti masalasiga oydinlik kiritildi.
Pedagogikaning predmetini sharhlashda ham ob’ekt - inson va tarbiyaning milliy
xususiyati nazariy mantiqiy asoslandi. Bu g’oya pedagogikaning ilmiy-tadqiqot
uslublari: shaxs va uning kamoloti; pedagogik jarayonning qonuniyatlari; uzluksiz
ta’lim tizimi kabi mavzularda ham rivojlantirildi. Jumladan, o’quvchini o’rganishda u
o’sgan mahalliy, milliy muhitga e’tibor berish; milliy qadriyatlarga munosabati va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
247
2181-
3187
ularni egallaganlik darajasini qayd qilish; o’quvchida boshqa sifatlar bilan bir qatorda
milliy g’urur, vijdoniylik, vatanparvarlik, milliy odob, millatlararo muloqot
madaniyati, milliy mafkuraviy onglilikning shakllanganligini o’rganishning
ahamiyatiga urg’u berib o’tildi Masalan, tarbiyaning xalqchilligi haqidagi printsipi
atroflicha ochib berildi. “Chet el pedagogikasining ta’lim va tarbiya sohasidagi asosiy
yo’nalishlari va tizimiga qisqacha obzor” mavzusini o’rganish samaradorligini oshirish
uchun qiyosiy-pedagogik yondashuv usuliga e’tibor ko’chaytirildi. Ushbu masala
bizning “Xalq ta’limi”(1993yil 8-9son)da e’lon qilingan “Milliy tarbiya yo’riqnomasi:
G’arb va Sharq tarbiyaviy tajribalari namunalarining tahlili” maqolamizda atroflicha
yoritilgan.“Didaktika”bo’limida “O’zbekiston maktablarida ta’limning mazmuni”
maxsus mavzu qilib kiritildi. Bu orqali nafaqat tarbiya, balki ta’lim uning mazmuni
ham o’z mamlakati, Davlat manfaatlari bilan belgilanishi va ayniqsa gumanitar soha
bo’yicha o’quv predmetlari milliy tarbiyaviy imkoniyatlari misollar yordamida
namoyish qilindi.“Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uslubiyati” bo’limining boy milliy
tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Xususan, tarbiyaviy jarayon, uning
tamoyillari, o’qituvchining tarbiyaviy ishlari tizimini o’rganish kabi masalalarni tahlil
qilishda ularning juda boy imkoniyatlariga ega ekanligi namoyon qilindi. Talabalarga
tarbiya natijasiga bu jarayonning “qachon”, “qaerda”, “kimlar bilan”, “nima
maqsadda” olib borilishi bevosita ta’sir qilishi va yuqoridagi savollarga javoblar
asosida belgilanishi asoslandi.“Birligi” kabilarning milliylikka nisbatan sun’iyligi
ko’rsatildi. “Tarbiyaning hayot bilan birligi” bola shaxsiga hurmat va talab birligi”,
“Tarbiyaning uzviyligi, izchilligi”, va boshqalarning hozirgi zamonda, O’zbekiston
sharoitida qanday amalga oshirish yo’llari izohlandi. “Tarbiya va o’qituvchining
pedagogik mahorati”, “Tarbiyaning umumiy uslublari va pedagogik ta’sir”,
“O’quvchilar jamoasini shakllantirish va uning o’quvchi shaxsiga ta’siri” mavzularida
milliy pedagogika uslublari, vositalari bayoniga keng o’rin ajratildi. “Mehnat
tarbiyasi, kasbga yo’naltirish” mavzusida talabalar e’tibori xalqimizda har bir
insonning mohiyati uning mehnatga munosabati bilan baholanganligiga; milliy
hunarmandchilikda ustoz-shogirdlik, oilaviy kasbiy sulolalar an’analariga; milliy kasb-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
248
2181-
3187
kor, hunarlar va ularga o’rgatishning tarixiy va zamonaviy xususiyatlariga jalb
qilindi.“Estetik tarbiya”, “Jismoniy tarbiya” mavzularini ochib berish xalq amaliy
san’ati turlari; raqqoslik, qo’shiqchilik, gilamdo’zlik, kashtachilik, zardo’zlik,
me’morchilik, she’riyat bilan chambarchas bog’landi. Turli-tuman milliy o’yin-
musobaqalar - kurash, quloqcho’zma, tungi va kunduzgi, fasliy o’yinlar haqida
ma’lumotlar berib, o’zbek bolalarining jismoniy barkamol kishilar bo’lib
yetishishlarida bu o’yinlarning tafakkuriga singdirildi.“Yoshlar tashkilotlarining
tarbiyaviy ishlari. O’quvchilarning o’z-o’zlarini boshqarish” mavzusiga alohida e’tibor
berildi. Chunki nafaqat O’zbekistonda, balki barcha sobiq ittifoqdosh respublikalarda
pilner, komsomol tashkilotlari o’rnida qolgan bo’shliqni to’ldirish pedagogik
muammoga aylangan edi. Respublikamiz maktablarida to’plangan ilg’or tajriba
(Jumladan, Chirchiq shahri maktablarining amalga oshirayotgan “Vatan” harakati va
boshqalar) namunalaridan foydalangan holda O’zbekiston o’quvchilar va o’smirlar
uyushmasining maqsad va vazifalari milliy tarbiyaviy nuqtai-nazar bilan
boyitildi.“Hozirgi zamon o’qituvchisi” mavzusini bayon qilish mustaqil O’zbekiston
davlatining o’qituvchilariga qo’yayotgan istiqloliy talablari, undan kutilayotgan
shaxsiy va kasbiy fazilatlar tizimi bayon qilindi. Bunda mazkur ishimizning oldingi
moddasidagi “andaza”ga tayanildi. “Sifdan va maktabdan tashqari ishlar”, “Maktab,
oila va jamoatchilikning tarbiya sohasidagi faoliyati” mavzularini o’rganish respublika
“Mahalla” jamg’armasining tarbiyaviy vazifalari, 2000 yilgacha mo’ljallangan
“Meros” tadbirlar Dasturiga bog’lab amalga oshirildi. Shuningdek, ota-onaning bola
tarbiyasi uchun konstituttsiyaviy javobgarliklari va buning respublikamiz bozor
iqtisodiyotiga o’tayotgan hozirgi pallada g’oyat muhimligi alohida ta’kidlandi, ijobiy
va salbiy, hayotiy misollar keltirilib, qiziqarli bo’lishiga erishildi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–4_ июня–2025
249
2181-
3187
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Abdullaeva N.Pedagogik texnologiyalar va tarbiya nazariyasi. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2017.
3. Xaitov E., Turaqulov N. Milliy tarbiya asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot va huquq,
2020.
4. Juraev R. Psixologiya asoslari (pedagoglar uchun). – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
5. Mavlonova R.X. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent:
TDPU, 2015.
6. Avloni A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, 1913 (va qayta nashrlari).