Авторы

  • Bozarov Umid Narzullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124559

Ключевые слова:

turkiston o‘lkasi zamonaviy tibbiyot tibbiy xizmat 19-asr oxiri 20-asr boshlari shifoxonalar poliklinikalar xalq tabobati rossiya imperiyasi tibbiyot islohotlari.

Аннотация

Mazkur ish Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan. Unda 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston o‘lkasida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan 
islohotlar, yangi davolash usullarining joriy etilishi, shifoxonalar va poliklinikalar tarmog‘ining rivojlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan munosabati, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotning o‘zaro 
aloqalari o‘rganilgan. Ishda arxiv hujjatlari, davriy nashrlar va o‘sha davr shifokorlarining ilmiy ishlari asosida Turkiston o‘lkasida tibbiy xizmatning taraqqiyoti 
yoritiladi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

65

2181-

3187

TURKISTON O’LKASIDA ZAMONAVIY TIBBIY XIZMAT TARIXI

(19-ASR OXIRI - 20 ASR BOSHLARI)

Bozarov Umid Narzullo o’g’li

Aniq va ijtimoiy fanlar unversiteti

2-bosqich magistranti,

ub9276806@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur ish Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning shakllanishi va

rivojlanishiga bag‘ishlangan. Unda 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiya

imperiyasi tarkibidagi Turkiston o‘lkasida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan

islohotlar, yangi davolash usullarining joriy etilishi, shifoxonalar va poliklinikalar

tarmog‘ining rivojlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy aholining tibbiy

xizmatga bo‘lgan munosabati, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotning o‘zaro

aloqalari o‘rganilgan. Ishda arxiv hujjatlari, davriy nashrlar va o‘sha davr

shifokorlarining ilmiy ishlari asosida Turkiston o‘lkasida tibbiy xizmatning taraqqiyoti

yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

turkiston o‘lkasi, zamonaviy tibbiyot, tibbiy xizmat, 19-asr oxiri,

20-asr boshlari, shifoxonalar, poliklinikalar, xalq tabobati, rossiya imperiyasi, tibbiyot

islohotlari.

ИСТОРИЯ СОВРЕМЕННЫХ МЕДИЦИНСКИХ УСЛУГ В СТРАНЕ

ТУРЦИЯ (КОНЕЦ 19 - НАЧАЛО 20 ВЕКА)

АННОТАЦИЯ

Данная работа посвящена становлению и развитию современной

медицинской службы в Туркестане. Анализируются реформы в области

медицины, внедрение новых методов лечения, развитие сети больниц и

поликлиник в Туркестанской области Российской империи в конце XIX - начале

XX веков. Также было изучено отношение местного населения к медицинскому

обслуживанию, взаимодействие народной медицины и современной медицины.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

66

2181-

3187

Работа освещает развитие медицинского обслуживания в Туркестане на основе

архивных документов, периодической печати и научных трудов врачей того

времени.

Ключевые слова:

Туркестанский край, современная медицина,

медицинское обслуживание, конец XIX века, начало XX века, больницы,

поликлиники, народная медицина, Российская империя, медицинские реформы.

HISTORY OF MODERN MEDICAL SERVICES IN THE COUNTRY OF

TURKEY (END OF THE 19TH - EARLY 20TH CENTURY)

ANNOTATION

This work is dedicated to the formation and development of modern medical

services in Turkestan. It analyzes the reforms in the field of medicine, the introduction

of new treatment methods, the development of the network of hospitals and polyclinics

in the Turkestan region of the Russian Empire at the end of the 19th and the beginning

of the 20th centuries. Also, the attitude of the local population to the medical service,

the interaction of folk medicine and modern medicine was studied. The work covers

the development of medical services in Turkestan on the basis of archival documents,

periodicals and scientific works of doctors of that time.

Key words:

the Turkestan region, modern medicine, medical service, the end of

the 19th century, the beginning of the 20th century, hospitals, polyclinics, folk

medicine, the Russian Empire, medical reforms.

KIRISH

Turkiston o‘lkasi 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiya imperiyasi tarkibida

bo‘lib, bu davrda ijtimoiy va iqtisodiy hayotning turli jabhalarida muhim o‘zgarishlar

yuz bergan. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar, tibbiy

xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarining joriy etilishi va mahalliy aholini zamonaviy

tibbiyot bilan tanishtirish jarayonlari katta ahamiyat kasb etdi.

Ushbu davrda Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida shifoxonalar,

poliklinikalar va sanitariya tashkilotlari tashkil etildi. Bu inshootlar ilgari mavjud

bo‘lmagan tibbiy xizmatlarni mahalliy aholi uchun taqdim eta boshladi. Shu bilan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

67

2181-

3187

birga, turli kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yicha zamonaviy usullar keng

miqyosda qo‘llanila boshlandi.

Ammo bu jarayon oddiy kechmagan. Mahalliy aholining zamonaviy tibbiy

xizmatga bo‘lgan munosabati, xalq tabobatining uzoq tarixiy ildizlari va bu ikki

sohaning o‘zaro aloqalari muhim masalalar sifatida ko‘tarilgan. Shuningdek, Turkiston

o‘lkasida shifokorlar yetishmasligi, tibbiy kadrlarni tayyorlashning sust rivojlanishi va

tibbiy xizmatlarning ba’zan faqatgina muayyan guruhlar manfaatiga xizmat qilishi kabi

muammolar mavjud edi.

Mazkur tadqiqotda Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning shakllanishi

va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Ishning maqsadi 19-asr oxiri va 20-asr

boshlarida tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlarini ochib berish va

ular Turkiston jamiyatining ijtimoiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqlashdan

iborat. Bu tadqiqot tarixiy, tibbiy va ijtimoiy jihatdan muhim masalalarni yoritib, o‘sha

davrning sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha qimmatli bilimlarni taqdim etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘rta Osiyoda tabobat va tibbiyot ilmining rivoji uzun tarixga ega bo‘lib, X-XI

asrlarda, ayniqsa Ibn Sino davrida, o‘lkaning tibbiy bilimlari o‘zining eng yuqori

darajasiga yetgan. Bu davrda dorishunoslik, jarrohlik va an’anaviy tabobat kabi sohalar

katta rivojlanish ko‘rsatgan. Ibn Sino 800 ga yaqin dori vositasini o‘rganib, turli

kasalliklarni davolashda samarali foydalanish usullarini ishlab chiqgan. Uning

mashhur “Tib qonunlari” asari asrlar davomida tabiblar va madrasalarda darslik

sifatida o‘qitilgan. Ibn Sinoning bu asari keyingi davrlarning Sharq tabiblari uchun

muhim manba bo‘lib, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ham tabiblar Ibn Sinoning

asarlariga, ayniqsa uning kasalliklarni tavsiflash va davolash usullariga keng murojaat

qilishgan. Misol uchun, Toshkentlik mashhur tabib Bositxon ibn Zoxidxon SHoshiy

(1878-1959) o‘zining “Favoid ul-adviyya va mavoid ul-ag‘ziyya” asarida Ibn Sinoning

“Qonun” va “Adviyat al-qalbiya” kabi asarlarini yuksak qadrlagan holda, turli

kasalliklar, ularni davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha boshqa mashhur asarlarni ham


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

68

2181-

3187

sanab o‘tgan. Ulardan biri Ibn Baytor tomonidan yozilgan “Jomi’” asari, yana

Antokiyning “Tazkirayi Antokiy” asari, Shayx Yusuf Bag‘dodiyning “Tazkira” si va

Shayx Ismoil ibn Haybatullohning “Irshod” kitoblari kabilardir.

Yuqorida tilga olingan mashhur tibbiy asarlar Turkistonda tabiblar uchun zarur

qo‘llanmalardan sanalib, madrasalarda tibbiyot fanidan o‘qitilgan. Tabib bo‘lish uchun

madrasada o‘qish majburiy bo‘lgan va an’anaviy tabobatni o‘rganish uchun tabiiy

fanlar bilan birga diniy va dunyoviy fanlarni ham mukammal o‘rganish lozim edi.

Shuningdek, dorilarni tayyorlash va kasalliklarni tashxislashda tibbiyotning buyuk

namoyandalari bo‘lgan Zakariyo Ar-Roziy va Ibn Sinoning asarlarini chuqur o‘rganish

talab qilingan. Ularni o‘rganish uchun arab va fors tillarini bilish shart bo‘lgan. Bundan

tashqari, dorilarni tayyorlash va bemorlarni to‘g‘ri davolashda diniy bilimlar, Qur’on,

Hadis va fiqh ilmlarini o‘rganish zarur edi, chunki islomda halol va harom

tushunchalari juda muhim ahamiyatga ega edi.

Madrasalarda ta’lim olib, dori tayyorlash, tashxis qo‘yish va davolash usullarini

o‘zlashtirgan tabiblar bemorlarni samarali davolashgan. Bu jarayonda tajriba va

kuzatishlar ham katta rol o‘ynagan. Bilimli va tajribali tabiblar mustaqil ravishda

davolash bilan birga yangi dorilarni yaratganlar. An’anaviy tabobatda kasalliklarni

aniqlash va tashxis qo‘yish usullari turlicha bo‘lgan. Bunday tashxislar tashqi

ko‘rinish, alohida a’zolar holati, puls, til, peshob, qon, balg‘am kabi omillarga qarab

qo‘yilgan.

Xususan, SHarq tabobatida pulsni o‘lchash orqali kasalliklarni aniqlash keng

tarqalgan usul bo‘lgan. Shuningdek, tabiblar bemorning mizojini bilishi juda muhim

deb hisoblangan. Mizojni yaxshi tushungan tabib bemorni muvaffaqiyatli davolay

olgan. Bunda bemorning tana a’zolaridagi o‘zgarishlarni kuzatish, u nima tanovul

qilganini so‘rash, salbiy holatlarni ko‘rish yoki og‘zaki so‘rash kabi amaliyotlar ham

katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Turkistonga safar qilgan xorijiy elchilar va tadqiqotchilar o‘z asar va

safarnomalarida mahalliy tabobat usullari, dorilar turlari va davolash usullari haqida

ma’lumotlar keltirganlar. Masalan, YU. Skayler o‘zining qayd etishicha, mahalliy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

69

2181-

3187

tabiblarning birinchi tashxisi bemorning umumiy holatini tekshirish va uning mizojini

so‘rishdan iborat bo‘lgan.

O‘rta Osiyo tabiblari tomonidan ishlatiladigan dorilar asosan oddiy va

o‘simliklardan tayyorlangan bo‘lib, odatda kukun yoki damlama shaklida bo‘lgan.

Aralash dorilarga ehtiyoj paydo bo‘lganida esa, tabiblar turli moddalardan foydalanib,

bemorga dorini o‘zining tayyorlashiga ruxsat berganlar. Dorivor o‘tlardan

tayyorlangan dori turlari, jumladan, o‘tli damlama, ma’junlar, hapdorilar, surtiladigan

dorilar, sharbatlar, kukunlar, qo‘yiladigan dorilar va yara uchun plastırlar keng

tarqalgan. Shuningdek, har bir tabibning o‘ziga xos dori tayyorlash sirlari bo‘lgan, va

bunday dorilar faqatgina o‘z yaqinlariga yetkazilgan. Bu dorilar xalq orasida mashhur

bo‘lib, o‘zini sinovdan o‘tkazgan va ishonchli deb hisoblangan.

Xalq tabobatida, masalan, suyaklarning sinishi yoki lat eyishi kabi holatlarda

maxsus tabiblar, yoki "siniqchi" deb ataladigan shifokorlar, bemorlarni davolagan.

Ushbu tabiblar qo‘l yoki oyoqni sinishi holatida taxtakachlab, gilmoya surib qo‘yish

usulini mohirona qo‘llaganlar.

Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning shakllanishi Rossiya

imperiyasining mintaqadagi ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida

rivojlangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiya hukumatining Turkiston

o‘lkasida sog‘liqni saqlash tizimini joriy etish bo‘yicha olib borgan choralari natijasida

yangi tibbiyot muassasalari, jumladan, shifoxonalar, poliklinikalar va sanitariya

markazlari tashkil etildi. Ushbu muassasalar ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy

tibbiy yordamni aholiga yetkazishni maqsad qilgan edi.

Mahalliy aholining zamonaviy tibbiy xizmatga bo‘lgan munosabati bir xil

bo‘lmagan. Ko‘pchilik xalq tabobatiga tayangan holda davolanishni davom ettirgan.

Bu esa zamonaviy tibbiyotning aholi o‘rtasida asta-sekin ommalashganini ko‘rsatadi.

Shunga qaramasdan, ba’zi mahalliy shifokorlar zamonaviy tibbiy bilimlarni

o‘zlashtirib, ularni xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat yuritgan.

Tadqiqot davomida zamonaviy tibbiyot tizimining rivojlanishida bir qancha

muammolar aniqlangan. Avvalo, tibbiyot muassasalarining soni aholi ehtiyojlarini


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

70

2181-

3187

to‘liq qondira olmas edi. Bundan tashqari, shifokor va tibbiyot xodimlarining

yetishmasligi, malakali kadrlar tayyorlash tizimining sust rivojlanishi ham muhim

muammo bo‘lgan. Shuningdek, zamonaviy tibbiyot xizmatlari ko‘proq shahar

aholisiga yo‘naltirilgan bo‘lib, qishloq joylarda aholiga yetarlicha tibbiy yordam

ko‘rsatilmagan.

Muhokamalar quyidagi natijalarni keltirib chiqaradi:

1.

Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy

xizmatning joriy etilishi mintaqada sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirishga asos

bo‘ldi.

2.

Yangi shifoxonalar, poliklinikalar va sanitariya markazlari tashkil etilib,

mahalliy aholiga zamonaviy davolash usullari taklif etildi.

3.

Mahalliy aholi orasida zamonaviy tibbiyotga bo‘lgan munosabat turlicha

bo‘lgan bo‘lsa-da, asta-sekin tibbiy xizmatdan foydalanish ko‘lami kengayib bordi.

4.

Tibbiy xizmat ko‘rsatishda shifokorlar yetishmasligi va infratuzilmaning

zaifligi muhim muammolar sifatida saqlanib qolgan.

5.

Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot o‘rtasidagi aloqalar mintaqada sog‘liqni

saqlash tizimining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Turkiston

o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lgan. U

nafaqat Rossiya imperiyasi siyosatining natijasi, balki mahalliy jamiyatning o‘ziga xos

xususiyatlari bilan ham bog‘liq edi. Bu tadqiqot sog‘liqni saqlash tarixini o‘rganishda

muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy tibbiy xizmatning rivojlanishiga oid yangi

qirralarni ochib beradi.

XULOSA

Turkiston o‘lkasida zamonaviy tibbiy xizmatning shakllanishi va rivojlanishi

Rossiya imperiyasining mintaqadagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlari bilan

bevosita bog‘liq edi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Turkiston hududida

shifoxonalar, poliklinikalar va sanitariya markazlarining tashkil etilishi tibbiy xizmatni

yangi bosqichga olib chiqdi. Biroq, bu jarayon mahalliy aholining tibbiyotga nisbatan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

71

2181-

3187

an’anaviy munosabatini hisobga olgan holda amalga oshdi, shuningdek, xalq tabobati

va zamonaviy tibbiyot o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar bu jarayonning murakkabligini

oshirdi.

Tibbiy muassasalar sonining yetarli emasligi, shifokorlar yetishmasligi va

malakali kadrlar tayyorlash tizimining sust rivojlanishi, tibbiy xizmatlarning faqat

shahar aholisiga xizmat qilishi kabi muammolar mavjud edi. Shu bilan birga, mahalliy

aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib borganligi, shifokorlar va tibbiyot

xodimlarining malakasi oshishi, xalq tabobati bilan zamonaviy tibbiyotning

uyg‘unlashishi jarayoni ham bor edi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy tibbiy xizmatning joriy etilishi

va rivojlanishi Turkiston o‘lkasida sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga olib

keldi. Shuningdek, bu davrda amalga oshirilgan islohotlar mintaqada tibbiy xizmatni

kengaytirish va uning sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Bu jarayon nafaqat tibbiyot,

balki Turkiston jamiyatining umumiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Turkistonda

zamonaviy tibbiyot kirib kelganiga qaramay, an’anaviy tabobatning o‘rnini butunlay

egallay olmadi. Bunda asrlar davomida sinovdan o‘tkazilgan SHarq tabobati, uning

qadimiy asarlari, tabiblik an’analarining avloddan-avlodga o‘tishi, mashhur tabiblar

tomonidan arab va fors tillaridagi tibbi asarlarning turkiyaga tarjima qilinishi,

toshbosma asarlarning ko‘plab chop etilishi va madrasalarda tibbiyot fanlari

o‘qitilishining katta ahamiyati bor edi.

Mahalliy aholi an’anaviy tabobatga, ayniqsa tashxis qo‘yish va turli dorilar bilan

davolash usullariga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmadi. Tibbiy ko‘rsatmalarni o‘z

ichiga olgan islom muqaddas manbalari, jumladan, hadislarga tayangan holda yozilgan

SHarq tabiblari, ayniqsa Ibn Sino va boshqa tibbiyot olimlarining davolash va tashxis

qo‘yish usullariga murojaat qilish davom etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Nazarov, K. A. (2017). Turkistonda tibbiy xizmatning rivojlanishi. Toshkent: Fan

va texnologiya.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

72

2181-

3187

2.

Abdullaev, T. S. (2018). Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot. Samarqand:

Zarafshon.

3.

Mahmudov, S. (2016). Rossiya imperiyasi davridagi Turkistonning ijtimoiy

tizimi. Toshkent: Oliy o‘quv yurtlari nashriyoti.

4.

Rakhimov, Z. (2019). Turkiston o‘lkasida sanitar va tibbiy xizmatlar: tarixiy

tahlil. Farg‘ona: Ilm va amaliyot.

5.

Toshmatov, M. S. (2017). 19-20 asr boshlarida Turkistonda tibbiyot. Toshkent:

Sharq.

6.

Jalilov, I. S. (2020). O‘zbekiston tibbiyoti tarixidan. Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

7.

Maxmudov, M. N. (2015). Turkistonning ijtimoiy tibbiy hayoti: Xalq salomatligi

va tibbiyot. Toshkent: Ilm.

8.

Sadiqov, U. (2018). Turkistonda tibbiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar. Toshkent: Fan

va ta’lim.

Библиографические ссылки

Nazarov, K. A. (2017). Turkistonda tibbiy xizmatning rivojlanishi. Toshkent: Fan

va texnologiya.2.

Abdullaev, T. S. (2018). Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot. Samarqand:

Zarafshon.

Mahmudov, S. (2016). Rossiya imperiyasi davridagi Turkistonning ijtimoiy

tizimi. Toshkent: Oliy o‘quv yurtlari nashriyoti.

Rakhimov, Z. (2019). Turkiston o‘lkasida sanitar va tibbiy xizmatlar: tarixiy

tahlil. Farg‘ona: Ilm va amaliyot.

Toshmatov, M. S. (2017). 19-20 asr boshlarida Turkistonda tibbiyot. Toshkent:

Sharq.

Jalilov, I. S. (2020). O‘zbekiston tibbiyoti tarixidan. Toshkent: O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Maxmudov, M. N. (2015). Turkistonning ijtimoiy tibbiy hayoti: Xalq salomatligi

va tibbiyot. Toshkent: Ilm.

Sadiqov, U. (2018). Turkistonda tibbiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar. Toshkent: Fan

va ta’lim.