ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
333
2181-
3187
TIKUVCHILIK FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
Boysun tuman 2-son politexnikumi
maxsus fan o‘qituvchisi
Boltaeva Manzura Majidova
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tizimida tikuvchilik fanini
o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.
Unda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida
o‘qitish, kompetensiyaviy yondashuv kabi zamonaviy yondashuvlarning dars
jarayonlariga tatbiqi va ularning amaliy samaradorligi yoritilgan.
Maqolada tikuvchilik fanining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni nazariya va amaliyotning
uyg‘unligi, ijodiy yondashuv va texnik ko‘nikmalarni talab qilishi asosida ta’lim
jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, zamonaviy
texnologiyalarning o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, darsga
qiziqishni oshirish va ularni real mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi roli keng yoritilgan.
Pedagogik tajriba va tahlillarga asoslangan holda maqolada o‘qituvchilar uchun amaliy
tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola, politexnikumlar va kollejlarning tikuvchilik fani
o‘qituvchilari hamda ta’lim metodistlari uchun foydali metodik manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar
Milliy kiyimlar, naqshlar, bezaklar, dizayn, texnalogiya, iqtsod;
ANNOTATION
This article analyzes the role and importance of modern
pedagogical technologies in teaching the subject of sewing within the vocational
education system. It highlights the application and practical effectiveness of interactive
methods, information and communication technologies (ICT), project-based learning,
and competence-based approaches in the teaching process.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
334
2181-
3187
The article emphasizes the specific characteristics of the sewing subject — such
as the integration of theory and practice, the need for creative approaches, and the
development of technical skills — and provides practical recommendations for
organizing lessons accordingly.
Furthermore, it outlines how the implementation
of modern technologies helps to develop students’ professional competencies,
increases their interest in the subject, and prepares them for real-world labor market
demands. Based on pedagogical experience and analytical observations, the article
offers actionable suggestions for sewing instructors.
This article serves as a useful methodological resource for teachers,
methodologists, and educators working in vocational colleges and polytechnic
institutions specializing in sewing and garment production.
Key words
National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy;
KIRISH
Hozirgi globallashuv jarayonida ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar
tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, kasbiy ta’lim sohasida o‘quvchilarning nafaqat
nazariy bilimlar bilan, balki amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan
bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyiliga
mos holda har bir soha mutaxassisini zamon talablari darajasida tayyorlash ta’lim
tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
335
2181-
3187
Tikuvchilik sohasi — yengil sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy
iqtisodiyotda alohida o‘rin egallaydi. Ayni vaqtda ushbu soha bo‘yicha malakali
mutaxassislarni yetishtirish uchun kasb-hunar maktablari, politexnikumlar va kollejlar
tizimi faoliyat yuritmoqda. Tikuvchilik — bu nafaqat kasb, balki san’at va
hunarmandchilikni o‘zida mujassam etgan murakkab faoliyatdir. U zamonaviy
texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishni, dizayn va modani his etishni, shuningdek,
milliy an’analarni saqlagan holda yangi mahsulot yaratishni talab qiladi. Shu boisdan,
bu sohada ta’lim berayotgan pedagoglarning roli beqiyosdir. O‘qituvchi zamon bilan
hamnafas bo‘lib, dars jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni, ilg‘or pedagogik
texnologiyalarni joriy etishi lozim. An’anaviy usullar o‘z samarasini to‘liq
bermayotgan
bir
sharoitda,
interfaol
metodlar,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish, kompetensiyaviy yondashuv kabi zamonaviy
yondashuvlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
336
2181-
3187
Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi nafaqat
o‘quvchilarning bilim darajasiga, balki ularning kasbiy kompetensiyalarining
shakllanishiga, mustaqil fikrlash qobiliyati va ijodiy salohiyatining rivojlanishiga olib
keladi. Ayniqsa, tikuvchilik fanini o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini
ta’minlashda bu usullar samarali hisoblanadi. Tikuvchilik sohasining o‘ziga xosligi —
bu kasbga oid bilimlarni amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lab o‘qitishni talab qilishi
bilan ajralib turadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan doimiy izlanish, yangilikka
ochiqlik, metodik kompetensiyani oshirishni talab etadi. Shuning uchun tikuvchilik
fanida o‘qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
o‘rni beqiyosdir.
Mazkur maqolada tikuvchilik fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash zaruriyati, ularning turlari, qo‘llash mexanizmlari va
natijadorligi tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi — pedagogik tajriba va nazariy
yondashuvlar asosida tikuvchilik fani darslarining sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tikuvchilik fanining kasbiy ta’limdagi
o‘rni va o‘ziga xosligi.
Tikuvchilik fani kasbiy ta’lim tizimining amaliyotga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
337
2181-
3187
yo‘naltirilgan, yuqori darajada kasbiy malakalarni shakllantiruvchi muhim
komponentidir. Bu fan orqali o‘quvchilar libos modellarini ishlab chiqish, konstruksiya
va dizayn asoslari, tikuv mashinalari bilan ishlash, zamonaviy tekstil materiallari
xususiyatlarini o‘rganadilar. Tikuvchilik darslari odatda nazariy bilim va amaliy
mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirgan holda o‘tiladi.
So‘nggi yillarda moda sanoatining jadal rivojlanishi, bozor talabining ortishi,
milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani — tikuvchilik sohasida yuqori
malakali mutaxassislarni yetishtirish zaruratini kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z navbatida
fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni
talab qiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tushunchasi va ularning mohiyati.
Pedagogik texnologiyalar — bu ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil etish va nazorat
qilish usullarining tizimidir. Zamonaviy texnologiyalar orqali o‘quvchilarni faollikka
undash, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, mustaqil ishlashga o‘rgatish va ijodiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
338
2181-
3187
yondashuvni shakllantirish mumkin. Tikuvchilik fanida quyidagi pedagogik
texnologiyalar samarali hisoblanadi:
a) Interfaol o‘qitish texnologiyalari.
Interfaol metodlar o‘quvchilarni dars
jarayonining passiv ishtirokchisi emas, balki faol sub’ektiga aylantiradi. Tikuvchilik
fanida quyidagi interfaol metodlar keng qo‘llaniladi: “Aqliy hujum” (Brainstorming) –
libos modeliga g‘oya ishlab chiqishda. “Insert” texnologiyasi – matnli ma’lumotni
o‘qib tushunish, tahlil qilishda. “Guruhli loyiha” – biror libos turini loyihalash va tikish
bo‘yicha amaliy topshiriqlarda, “Bahs-munozara” – milliy va zamonaviy liboslar
orasidagi farq va ustuvorliklarni tahlil qilishda. Bu metodlar o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga, fikrini asoslab aytishga va jamoada ishlashga o‘rgatadi.
b) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT).
Raqamli vositalarni
darsga jalb qilish tikuvchilik fanini yanada qiziqarli, tushunarli va zamonaviy qiladi:
Multimediali taqdimotlar yordamida kiyim tikish bosqichlari vizual ko‘rinishda
tushuntiriladi. Virtual tikuvchilik dasturlari (masalan, CLO 3D, Optitex, Tukatech)
orqali libos dizayni 3D formatda yaratiladi. YouTube yoki boshqa platformalardagi
mashg‘ulot videolari orqali murakkab jarayonlar ko‘rgazmali o‘rganiladi. Google
Classroom, Moodle kabi platformalar orqali masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish
imkoniyati yaratiladi.
c) Loyiha asosida o‘qitish .
“Project-based learning” yondashuvi — bugungi
kunda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu usulda o‘quvchilar kichik
guruhlarga bo‘linib, aniq bir libosni ishlab chiqish va tikish bo‘yicha to‘liq loyihani
amalga oshiradilar. Jarayonda ular quyidagi bosqichlarni bajaradilar:
G‘oya yaratish
Dizayn chizmasi tayyorlash
Matolarni tanlash
Konstruksiya chizmasini tuzish
Tikuv jarayoni
Tayyor mahsulotni taqdim qilish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
339
2181-
3187
Bu texnologiya orqali nafaqat tikuvchilik ko‘nikmalari, balki mas’uliyat,
ijodiylik, jamoaviylik va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish kabi hayotiy
ko‘nikmalar ham shakllanadi.
Bugungi ta’lim konsepsiyasida bilim emas, balki kompetensiyaga (ya’ni bilim +
ko‘nikma + munosabat) e’tibor qaratilmoqda. Tikuvchilik fanida quyidagi
kompetensiyalarni shakllantirish muhim: Kasbiy kompetensiya – tikuv mashinalarini
ishlata olish, konstruktorlik bilimlari, modellashtirish. Ijtimoiy kompetensiya –
jamoada ishlash, mijozlar bilan muloqot qilish. Shaxsiy kompetensiya –
tashabbuskorlik, mas’uliyat, kasbga sadoqat. Pedagogik texnologiyalar aynan shu
kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tikuvchilik fanida dars samaradorligini baholash mezonlari.
Pedagogik
texnologiyalar samaradorligini baholashda quyidagi mezonlar asos bo‘lishi mumkin:
O‘quvchilarning darsga faollik darajasi (savol-javoblarda ishtiroki, loyiha
ishlaridagi qatnashuvi). Amaliy ko‘nikmalar shakllanishi (tikilgan mahsulot sifati,
texnik talabga muvofiqligi). Mustaqil ishlash qobiliyati (uy vazifalarini bajarish sifati,
o‘z loyihasini taqdim eta olishi). Ijodiylik (original model yaratishi, milliy unsurlarni
tatbiq eta olishi)
Qiziqish va motivatsiya (darsga kechikmasdan qatnashish, mustaqil izlanish).
Shuningdek, o‘qituvchi o‘z ishini tahlil qilish uchun kuzatuv varaqalari,
so‘rovnomalar, portfoliolar, amaliy topshiriqlarni baholash rubrikalaridan foydalanishi
maqsadga muvofiq.
Amaliy tajribadan namunalar.
Ko‘plab kasb-hunar maktablari va
politexnikumlarda tikuvchilik fanidan loyiha asosida o‘qitish samarali natijalar
bermoqda. Masalan, “Zamonaviy milliy libos” mavzusidagi loyiha davomida
o‘quvchilar o‘z hududiga xos bezak va uslublarni tadqiq qildilar, loyihalashdi, tikishdi
va mahsulotni taqdim etdilar. Natijada ularning amaliy ko‘nikmalari, ifoda qilish
madaniyati va ijodiy salohiyati ancha oshdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tikuvchilik fani — kasbiy ta’lim tizimida nazariya
va amaliyot uyg‘unligini taqozo etuvchi, o‘quvchilarda texnik bilim bilan birga badiiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
340
2181-
3187
did, estetik qarash, aniqlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantiradigan
kompleks yo‘nalish hisoblanadi. Bugungi globallashuv, texnologik taraqqiyot va bozor
iqtisodiyoti sharoitida ushbu fan bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, zamon talablariga
mos kadrlar tayyorlash eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, tikuvchilik fanini an’anaviy usullar asosida
o‘qitish bilan cheklanib qolish ta’lim samaradorligini pasaytiradi, o‘quvchilarni
mustaqil fikrlash, amaliy muammolarni hal qilish, yangi modellarni yaratish kabi
muhim kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishiga to‘liq imkon bermaydi. Shu bois,
pedagogik faoliyatda zamonaviy, innovatsion va interfaol metodlar, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida o‘qitish texnologiyalari keng
qo‘llanilishi lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish orqali:
O‘quvchilar darsda faol ishtirok etadilar, bilimlarni passiv qabul qilmay,
o‘zlashtirishda ishtirokchi bo‘ladilar; Mustaqil ishlash, fikrlash, muammo yechishga
yondashish, loyihani boshidan oxirigacha rejalash kabi ko‘nikmalar shakllanadi;
O‘qituvchining roli o‘zgaradi — u bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi,
maslahat beruvchi, tashkilotchi rolini bajaradi; Darslar qiziqarli, samarali va
raqobatbardosh kasbiy malakalarni shakllantiruvchi muhim vositaga aylanadi;
Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan, ijodiy yondasha oladigan va
mustaqil ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlanadi. Pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etilgan tikuvchilik darslari nafaqat o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi, balki ularni hayotiy faoliyatga tayyorlaydi. Interaktiv darslar, multimedia
vositalari, virtual simulyatorlar, loyiha metodikasi orqali o‘quvchilarda kasbiy
tayyorgarlik yuqori darajaga ko‘tariladi.
Taklif
va
tavsiyalar.
O‘qituvchilarning
malakasini
oshirish
Tikuvchilik fani o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha
malaka oshirish kurslarini tashkil etish lozim. Bu kurslarda interfaol metodlar, AKT
vositalaridan foydalanish, loyiha asosida dars tashkil etish, kompetensiyaviy
yondashuv bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lishi kerak. Raqamli resurslar yaratish
Tikuvchilikka oid interaktiv videodarslar, elektron darsliklar, mobil ilovalar va 3D
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
341
2181-
3187
simulyatsiyalar yaratilib, dars jarayoniga integratsiya qilinishi kerak. Bunda
o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasiga mos holda mustaqil shug‘ullanish imkoniga ega
bo‘ladilar. Innovatsion jihozlar bilan ta’minlash. Tikuvchilik xonalarini zamonaviy
tikuv mashinalari, lazerli kesish qurilmalari, mato simulyatsiya dasturlari bilan
jihozlash orqali o‘quvchilarning real ishlab chiqarish sharoitiga yaqinlashgan muhitda
bilim olishiga erishiladi. Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik Mahalliy tikuv
korxonalari, dizayn studiyalari bilan hamkorlikda o‘quvchilarga amaliyot tashkil etish,
real buyurtmalar ustida ishlash tajribasini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu nafaqat ularning
amaliy ko‘nikmasini oshiradi, balki kasbga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Talab va
taklifni o‘rganishga asoslangan ta’lim Tikuvchilik yo‘nalishida ta’lim dasturlarini
ishlab chiqishda mehnat bozori talabi, zamonaviy moda tendensiyalari, iste’molchi
ehtiyojlari inobatga olinishi lozim. Bunda o‘quv dasturlarining mazmuni doimiy
ravishda yangilanib boradi.
Xulosa qilib aytganda, tikuvchilik fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida o‘qitish — o‘quvchilarning kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga, ularni raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat
qiladi. O‘qituvchilar ushbu yo‘nalishda ijodkorlik, yangilikka intilish va metodik
jihatdan izlanishda bo‘lsalar, albatta, ta’lim sifati sezilarli darajada oshadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. MaxmudovaDva boshqalar “Muxandislikva kompyuter grafikasi”.-T.: “History and
Page”,2022y.
2. KomilovaX.H.,HamrayevaH.Q.“Kiyimloyihalashasoslari”.-T.:“Ilmziyo”,2014y.
3. Toshpo‘latov S.Sh. va boshqalar. “Keng assortimentdagi kiyimlami loyihalash,
modellashtirishvabadiiybezash”.-T.:“Faylasuf”,2014y.
4. Abdullayeva Q.M. va boshqalar. “Tikuv buyumlami loyihalash, modellash va badiiy
bezash”.-T.:“Noshir”,2016y.
5.Q.M.Abdullayeva.Tikuvehilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari.
Nizomiy nomidagi TDPU bosmaxonasi,2003.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
342
2181-
3187
6. Faxriddin B., No‘monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1
TOIFALI
AVTOMOBILLARNING
TORMOZ
SAMARADORLIGINI
MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 333-337.
7.Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF
MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD
SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science
and Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 8. – С. 45-50.
8.Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI
TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI
TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 4. – С. 81-
87.
9. Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI TURLI
MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA PARAMETRLARINI
O ‘RGANISH.
10. Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLAНГАН M1 TOIFALI
AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic
research in educational sciences. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 787-791. 11.Каршиев
Фахридин Умарович, Н.Абдуқаҳоров ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ
СТАЛИ
В
МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//https://www.iupr.ru/6-121-2024
https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_15c4798c874a4ddab326a52bd3af34ea.pdf?ind
ex=true
12. Абдуқаҳоров Н., Турдиалиев Ж., Мўминов Н. АВТОМОБИЛИ M1 В
РАЗНЫХ УСЛОВИЯХ АНАЛИЗ И ПАРАМЕТРЫ ТОРМОЖЕНИЯ УЧИТЬСЯ
//Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане. – 2024. – Т. 2. –
№. 4. – С. 377-386.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
343
2181-
3187
13. Каршиев Ф. У., Абдукахоров Н. ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ
В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИИ //Экономика и социум. – 2024. – №. 6-2 (121). – С.
1142-1145.
14. Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI
TURLI
MUHITLARDA
TORMOZLANISHINI
TAHLIL
QILISH
VA
PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.
15M.Jabborova.Tikuvehilik texnologiyasi.—Т.,«O‘qituvchi»,1989.
16. T.M.Poshshaxo‘jayeva. Xizmat ko‘rsatish mehnati. 5-7-sinflar uchun o‘quv
qo‘llanma.— Т.,«O‘qituvchi»,199