ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
322
2181-
3187
YUQUMLI KASALLIKLARDA VETERINARIYA-SANITARIYA
EKSPERTIZASI
O‘rinova Moxira Baxromjon qizi
-Samarqand davlat veterinariya meditsinasi
chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Toshkent filiali talabasi
Annotatsiya:
Maqolada
yuqumli
kasalliklarda
veterinariya-sanitariya
Ekspertizasi jarayonida mutaxassislar bilishi lozim bo’lgan ilmiy asosli ma’lumotlar
tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur ma’lumotlarni har bir inson bilishi foydadan holi
emas.
Kalit so’zlar:
go‘sht mahsulotlari, yuqumli kasalliklar, hayvon, odam, kuydirgi,
sil, brusellyoz.
Yuqumli kasalliklar odamlar uchun havfliligidan kelib chiqib ikki guruhga
bo‘linadi: - Go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali odamlarga o‘tadigan kasalliklar
(kuydirgi, sil, brusellyoz, ovsul, leptosperoz, listerioz, ku-lihoradka, saramas
(cho‘chqa) tulyaremiya va boshqalar). - Go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali
odamlarga o‘tmaydigan kasalliklar, bu guruhni o‘zi ikkiga bo‘linadi. a) odamlar
kasallanadiganlar, lekin go‘sht mahsulotlari orqali o‘tmaydiganlar. (aktinomikoz,
qoqshol, xavfli shish, psevdotuberkulyoz va boshqalar. b) odamlarda uchramaydigan
yuqumli kasalliklar (pasterellyoz, cho‘chqa o‘lati, yomon sifatli kataral isitma va
boshqalar). Hayvonlarning yuqumli kasalliklarini bunday turkumlanishi sanitariya
ekspert vrachlarini asosiy e’tiborini birinchi guruh kasalliklariga qaratadi va agar
bunday kasalliklar so‘yishdan oldin va keyin aniqlanganda qanday chora tadbirlar
ishlab chiqish va bajarish kerakli haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
KUYDIRGI- (Anthrax).
Kuydirgi atropozoonoz kasallik bo‘lib, barcha qishloq
xo‘jalik xayvonlari, ko‘p turdagi yaylov hayvonlar va odamlar kasallanadi. Kasallik
og‘ir zaharlanish sepsimiya belgilari va karbunkulalar hosil bo‘lishi bilan
harakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi
- Basillis antrakcis. Harakatsiz, gramm musbat aerob
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
323
2181-
3187
tayoqcha bo‘lib, uzunligi 4-8 mkm gacha, qalinligi 1-1,5 mkm. Tashqi tomondan
kapsula bilan o‘ralgan zanjirsimon ip hosil qiladi. Organizmdan tashqari muhitda 15-
42
o
haroratda, 8-10 soatdan keyin, tashqi muhitga chidamli mustahkam qobiq (kapsula
) hosil qiladi. Kasallik mikroblari 60
o
C horaratda 1 soatda, 50 % li Xlorli ohak eritmasi
ta’sirida 15-20 daqiqada, 10 % li natriy va kaliyli ishqor eritmalari ta’sirida 2 soat va
avtoklavda 125-130
o
da 30 daqiqada halok bo‘ladi.
So‘yishdan oldin diagnoz qo‘yish:
Kuydirgi - o‘tkir, yashinsimon va surunkali
kechadi. Hamda teri va o‘pka va ichak formasi kuzatiladi. Qoramol va qo‘ylarda
ko‘pgina holatda kasallikni o‘tkir formasi hos bo‘lib, qo‘ydagi klinik belgilar namoyon
bo‘ladi. Tana horarati 40-42
o
C ga ko‘tariladi, holsizlanish, nafas olishi va yurak urishi
tezlashadi, tashqi shilliq qobiqlar ko‘karadi, ich qotishi yoki qon o‘tadi, ba’zida qon
siydik bilan ham ajraladi.Teri yoki karbunkulyoz forma ko‘pincha qoramollarda, ayrim
paytlarda qo‘ylarda uchraydi. Teri formasida tanani turli joylarida og‘riqli shishlar
paydo bo‘ladi, qoramollarda ba’zi hollarda og‘izda haltasimon shishlar hosil bo‘ladi
shilliq pardada. Bu formada ham tana harorati ko‘tariladi.
Surunkali - holatda
kasallangan hayvonlar tez oriqlaydi va pastki jag‘ ostida shish (infil’trat) paydo bo‘ladi,
keyinchalik bosh oblasti limfa tugunlari kattalashadi, bu formada kasallik 2-3 oy
davom etishi mumkun.
Ichak formasi
- kasallikni bu holatda kechishi ham uchraydi,
bunda hayvonlarda tinchsizlanish, ich ketish, ich og‘rig‘i kuzatiladi. Cho‘chqalarda
yuqorida keltirilgan belgilar bo‘lmasdan, balki holsizlanishi, charchash, yorug‘likdan
qo‘rqishi va ovqatlanmaslik kuzatiladi. ko‘pincha cho‘chqalarda kasallikni angina
formasi uchraydi, bunda hiqildoq yallig‘lanadi, bosh oblasti limfa tugunlari
kattlashadi. Yutish va nafas olishi qiyinlashadi, yo‘tal paydi bo‘ladi. Kasallikning
o‘pka formasi juda kam uchraydi. Bunda o‘pka shishlari paydo bo‘lishi bilan
harakterlanadi.
So‘yilgandan keyin diagnoz:
Kuydirgi kasalligida asosiy patologoanatomik
o‘zgarish teri osti klechatkasida, limfa tugunlarda, hamda ichki organlarda ko‘riladi.
Teri osti klechatkasida gemoragik yiringli shishlarni ko‘rish mumkin. Bunday
shishlar tananing turli joylarida masalan qorin, yelka, ko‘krak, yelin va boshqa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
324
2181-
3187
qismlarda paydo bo‘lishi mumkun. Shishlar atrofidagi limfa tugunlari ham
kattalashgan qattiq qisib ko‘rilganda gemmoragik -ekssudativ yallig‘lanish holatida
bo‘ladi. Ichki organlardan taloq 3-4 marta kattalashgan, yumshoq, parenhimasi ezilgan
qoramtir rangda. Jigar konsistensiyasi idragan, yuzasida ko‘p qon quyilishlar,
atrofidagi limfa tugunlari kattalashgan, buyrakda ko‘p qon quyilishlar kuzatiladi.
Cho‘chqalarda alohida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ularda surunkali angina formasida
kuzatiladi. Bunda halqum va hiqildoqda limfa tugunlari yiriklashadi, konsistensiyasi
yumshaydi, kesilganda yuzasi to‘q qizil rangda bo‘lib tugun atrofida esa shilimshiq
qonli shishlar va yiring ko‘rinadi.
Kuydirgi kasalligining boshqa o‘xshash
kasalliklardan farqi (differensal):
Kuydirgi kasalligi qoramollarda qorason,
pasterillyoz va piroplazmoz kasalliklariga o‘xshash tomonlari bor.Ular quyidagilar: 1.
Qorason kasalligida muskul to‘qimalarining kuchli infiltrasiyasi, gimoliz, muskul
hujayralarining tarkibiy o‘zgarishi natijada muskul to‘qimasida ko‘p gazni hosil
bo‘lishi sababli qo‘l bilan bosilganda g‘ijirlagan ovoz chiqarishi, bu kuydirgida
kuzatilmaydi. 2. Piroplazmozda to‘qimalarda sarg‘ayish, taloq kattlashgan lekin
kesilganda parenximasi ezilmagan oqmaydi. Teri osti klechatkasida gemmoragik
yallig‘lanishlar kuzatilmaydi. 3. Pasterellezda esa tanadagi yallig‘lanish shishlari
gemmoragiyasiz bo‘lib, bu shishlar bosh sohasida, bo‘yin va ayrim hollarda ko‘krak
pastida joylashadi. Kuydirgi kasalligida esa shishlar tananing har qanday joyidan
chiqishi mumkun. Pasterellyozning ko‘krak formasi ko‘pincha plevmoniya bilan
kechsa, kuydirgida pnevmaniya bo‘lmaydi. Taloq pasterellyozda kattalashmaydi va
konsistensiyasi qattiq bo‘ladi.
Kasallik aniqlanganda so‘yish joyidagi ko‘riladigan
veterinariya sanitariya chora tadbirlari:
Agar so‘yish joyida kuydirgi kasalligiga
gumon qilingan tana aniqlansa zudlik bilan jarayon to‘xtatiladi va gumon qilingan
tanadan limfa tugunidan va taloqdan namuna olinib labaratoriyaga bakterioskopik va
bakteriologik tekshirishga jo‘natiladi. Agar bakterioskopik tekshirish natijasi kuydirgi
kasalligini tasdiqlasa, bakteriologik tekshirish natijasini kutmasdan butun olingan
mahsulotlar veterinariya qonunchiligi asosida kuydirilib yo‘qotiladi. Sog‘
hayvonlardan olingan terilar, kasal hayvon terisiga tekkan bo‘lsa, ular dezinfeksiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
325
2181-
3187
qilinadi, veterinariya qoidalariga asosan. Gumon qilingan tanadan oldin o‘tgin
tanalar,bu tanadan uzoq bo‘lib tegmagan bo‘lsa, u paytda tegmagan tanalar sovitish
xonasiga olib kelinadi va umumiy qoidalar asosida sotish choralari ko‘riladi. Agar
oldin so‘yilgan mol tanalari kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi bilan dastlabki qayta ishlashda
zararlanganlikda gumon qilinsa 6 - soat ichida zararsizlantirish uchun qaynatiladi,
ochiq qozonlarda 3 - soat davomida, yopiq qozonlarda 2.5 soat. Agar zararsizlantish
uchun tezda imkoniyat bo‘lmasa unda gumon qilingan tanalar alohida 10
o
C haroratdagi
kameralarga joylashtirilib, 48 soatdan kechiktirilmasdan zararsizlantirilishi kerak. Bu
ishlarni amalga oshirish imkoniyati bo‘lmasa gumon qilingan go‘sht tanalari kuydirilib
yo‘qotiladi.Go‘sht korxonalarida shu smenada yig‘ishtirilgan qon kuydirgi mikrobi
bilan zararlangan bo‘lsa, unda qon 130-140
o
da avtoklavda 2-4 soat mobaynida
zararsizlantiriladi.Bordiyu avtoklav bo‘lmasa qonni zararsizlantirish uchun 100
o
da 2-
2.5 soat qaynatiladi va oqmaydigan idishlarga olinib yo‘qotish joyiga yuboriladi. Mol
bazalarida kuydirgi bilan kasallangan mol saqlangan bo‘lsa u binolar xlorli ohaklar
bilan dezinfeksiya qilinadi. Ishchilarning mahsus kiyimlarini zararsizlantirish uchun
avtoklavda 20 atm. bosimda 125-130
o
hororatda 1 soat davomida ushlab turiladi.
Ishlatilgan jihozlar (pichoq, vilka va boshqa) 5 % li sodada 1 soat qaynatiladi. Kasal
hayvonlar bilan ishlagan kishilar 6 kun mobaynida vrach nazoratida bo‘ladi.
Hayvonlarni so‘yish joylarida o‘tkazilgan barcha tadbirlar bo‘yicha dalolatnoma
tuziladi. Butun tozalash va dezenfiksiya ishlari tugatilgandan so‘ng korxona ish
boshlaydi. Bozorga sotish uchun olib kelingan tana go‘shtida kuydirgi aniqlansa.
Tezda ekspertiza labaratoriyasi binosidan bu tana va unga tegishli narsalar chiqariladi
va kuydirish kerak, bino esa tarkibida 5 % aktiv xlor bo‘lgan ohak bilan dezinfiksiya
qilinib, 1 soatdan keyin tozalanadi va chiqindilar kuydiriladi. So‘ng bino ishqoriy
(NaOH) eritma va hlorli ohak bilan 3 marta dezinfiksiya qilinadi.
SIL - TUBERKULOSIS:
Bu kasallik bilan barcha qishloq xo‘jaligi, yovvoyi
hayvonlar, parrandalar va odamlar kasallanadi. Sil kasalligi har xil organlarda kasallik
uchun mahsus bo‘lgan tugunchalar, ya’ni tuberkulinlar paydo bo‘lishi va bu
tugunchalarda tvorogsimon mahsulotni turlanishi va ohaklanishi bilan harakterlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
326
2181-
3187
Qo‘zg‘atuvchisi - Musobakterium tuberkulosis - aerob, harakatsiz, kamgina bukulgan
tayoqchamsimon uzunligi 1,5-5,5 mkm bulgan mikrob, qobiq va kapsula hosil
qilmaydi. Har xil fizik faktorlari past, yuqori temperaturalarga chidamli. Kasallik
mikroblar 60
o
da 1 soat, 70
o
da - 10 minutda, 100
o
da shu vaqtda o‘ladi. Ximiyaviy
faktorlar kislata va ishqorlarga ham chidamli bo‘lib 5% li kaliy va natriy ishqori
eritmasi ta’sirida 2,5-3 soatda o‘ladi. Tabiatda sil qo‘zg‘atuvchisini 3 tipi mavjud. 1.
Odam tipi (humanus). 2. Qoramol tipi (bovinus). 3.Parranda tipi (ovinus) deb yuritiladi.
Hayvonlarni so‘yishdan keyingi diagnoz:
Organ va to‘qimalarni tuberkulyoz (sil)
bilan jarohatlanishi 2 xil ya’ni; produktiv yoki ekssudativ formalarda kechadi.
Kasalliklarni produktiv formasi quyidagilar bilan harakterlanadi: ya’ni organ va
to‘qimalarda tugunchalar yoki tuberkulalar hosil bo‘ladi. Tugunlarni hosil bo‘lishida,
boshida yarim yaltiroq bo‘lib, keyinchalik qattiqlashadi. ya’ni tugunlarda jarayonni
ohiriga borib tvorogsimon massa to‘planadi va ohaklanish sodir bo‘ladi. Kasallikni bu
formasi veterinariya ekspertizasi nuqtai nazardan unchalik xavfli emas chunki bu
formada sil mikroblari go‘shtda oz bo‘ladi. Sil kasalligi eksudativ formasida, sil
mikroblari bilan zararlangan organ yoki to‘qimalarda tugunchalar hosil bo‘lmasdan, u
joylarda yarim suyuq fibrinli ekssudat va limfasit hujayralari yig‘iladi. To‘qimalarning
oralig‘iga yig‘ilgan ekssudat-limfositlar bilan birgalikda och -sariq bo‘tqaga aylanadi.
Och- sariq bo‘tqa ba’zan ohaklashib g‘ilofni ichiga o‘raladi. Ba’zi hollarda
quyuqlashib yiringa o‘xshab qoladi. Kasallikni ekssudativ formada o‘tishi ancha xavfli
bo‘lib, bu formada kasallik mikroblari go‘shtga va qonda ham ko‘p uchraydi.
Qoramollarda - ko‘p hollarda o‘pka sili uchraydi. Bunda o‘pkada tariq donidan kaptar
yoki g‘oz tuxumi kattaligidagi tugunchalarni ko‘rish mumkun. Tugunlar tashqi
tomondan biriktiruvchi to‘qimali qobiq bilan o‘ralgan bo‘lib, kesib qaralganda och
qizil-sariq rangda bo‘lib, ichida tvorogsimon bo‘tqa chiqadi. Tugunchalar avvalo
yumshoq bo‘lib, keyinchalik qattiq tugunchaga aylanadi. Silni surunkali formasida
tugunchalar ohaklashadi. Upkadagi sil ayrim vaqtlarda juda tezlik bilan taraqqiy qilib
yoyiladi. Bu jarohat yuzani kengayib ketishiga va kovernalar hosil qilishiga olib keladi.
Ba’zan kovernalar bronxlar bilan qo‘shilib ketishi ham mumkun. Bu holat kovernalar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
327
2181-
3187
ichida yig‘ilgan tvorogsimon bo‘tqani (maccani) shilimshiqlar bilan birgalikda
bronxlar orqali tashqariga chiqishiga olib kelishi ham mumkun yoki koverna ichida
qolishi mumkun. Agar kovernalar kesib ko‘rilsa, kesilgan yuza sarg‘ichroq yoki
oqimtir-qizg‘ish bo‘lib ichidan tvorogsimon yiringli suyuqlik chiqadi. O‘pka sili har
doim bronxlarni yallig‘lanishi bilan birgalikda kechadi, shuning uchun bronxlar ochib
ko‘rilsa uni shilliq qavati qizargan, shishgan bo‘lib ichki devori shilimshiq yiringli
ekssudat bilan qoplangan bo‘ladi. Shikastlangan plevrada ayrim holatda qorin
devorining tashqi seroz qoplamalarida donador to‘q qizg‘ish va qizil kulrangli
o‘simtalar bo‘lib ularning konsistensiyasi qattiq va ular ingichka oyoqchalari bilan
plevra yoki qorin devoriga yopishgan bo‘ladi. Bu o‘simtalar kesib ko‘rilganda ichida
tvorogsimon yoki ohaklangan fonuslarga ega bo‘ladi. Bu o‘simtalarni seroz qoplamasi
o‘sib har xildagi donador tasvirlarni hosil qilishi marvaridlar deb ataladi. Ayrim
hollarda marvaridlar butun plevrani yuzasini qoplaydi. Plevrani bu darajada
jarohatlanishi, keyinchalik yurakni bo‘lmachalarini tashqi yuzasini jarohatlanishiga
olib keladi. Bunda yurakni muskuli rangi oqish-kulrangga ega buladi. Sil kasalligini
bunday kechishida broix va o‘pkani oraliq linfa tugunlari ham jarohatlanadi, bunda ular
kattalashib - qattiqlashadi va g‘adur-budur notekis yuzalarni hosil qiladi. Kasallikni
o‘tkir formasida tugunlar ichida tvorogsimon massa yigiladi. keyinchalik surunkali
kasallik formasiga o‘tganda tugunchalar ichida ohaklanishni ko‘rishimiz mumkun. Bu
vaqtda tugunchalarning tashqi yuzasi qattiq biriktiruvchi to‘qima bilan o‘rab olingan
bo‘ladi.
Taloq , jigar va buyrakni
yuzasida ham qattiq tugunchalar bo‘lib, ular kesib
ko‘rilganda ichidan tvorogsimon bo‘tqa chiqadi yoki ohaklanishni ko‘rish mumkun.
Bu vaqtda tugunchalarning tashqi yuzasi qattiq biriktiruvchi to‘qima bilan o‘rab
olingan bo‘ladi. Taloq , jigar va buyrakni yuzasida ham qattiq tugunchalar bo‘lib, ular
kesib ko‘rilganda ichidan tvorogsimon bo‘tqa chiqadi yoki ohaklanishni ko‘rish
mumkun. Bu tugunchalarni ustki yuzasi qattiq biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan
bo‘ladi.
Ichaklarni sil kasalligida
jarohatlanishi juda kam uchraydi, faqat ularni
tutqichlaridagi limfa tugunlar jarohatlanib, ulardagi o‘zgarish boshqa tugunlaridagi
kabi kechadi.
Sut bezida
- sil kasalligi asosan ularni yuqori qismida kechadi va bu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
328
2181-
3187
joyda yiringli, tvorogli yoki ohaklashgan tugunchalar bo‘lib, yuzasi qattiq biriktiruvchi
to‘qima bilan qoplangan bo‘ladi. Natijada yelin qattiqlashib noteks bo‘ladi.
Cho‘chqalarda
sil bilan jag‘ osti, bo‘yin va oraliq limfa tugunlari jarohatlanadi,
kamdan kam holatlarda taloq, o‘pka, jigar va buyrakda jarohatlanish kuzatiladi.
Xiqildoqning shilimshiq pardasida kichik sarg‘omtil shishlar bo‘lishi, shishlarning ichi
esa kesilganda yiringli bo‘lib, ularni atrof to‘qimalari kuchli darajada qizargan bo‘ladi.
Ayrim hollarda shishlar ajralgan bo‘lib, ustki yuzasi biriktiruvchi to‘qima bilan
qoplangan bo‘ladi. Bunday shishlar kesib ko‘rilganda, kesilgan yuzada tvorogsimon
bo‘tqa yoki ohaklashishni ko‘rish mumkun.
Jag‘ osti, hiqildoq va bo‘yin
limfa
tugunlari bir hilda kattalashgan va noteks bo‘lib qattiq konsistensiyaga ega bo‘ladi. Bu
tugunlar kesilganda ichi juda qizargan yiringli, surunkali formada esa ichida
tvorogsimon bo‘tqa yoki ohaklangan holatda bo‘ladi.
O‘pkada
tvorogsimon - yiringli
yoki quruq tvorogli tugunchalar topiladi, ular har xil kattalikda va qattiq konsestinsiyali
bo‘ladi.
Taloqda
-ko‘proq,
jigarda
-kamroq tugunchalar aniqlanib ular kesilganda
yuzasi sarg‘imtil yoki oq- kulrangli bo‘ladi.
Buyrakda
ham har xil nato‘g‘ri
shaklga ega bo‘lgan tuguncha bo‘lib kesilganda, kesilgan yuza oq-kulrang va oq-
sarg‘ish rangda bo‘ladi va ichida yiringli yoki tvorogsimon bo‘tqa bo‘lmaydi.
Tugunlarni atrofi qattiq biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Muskul
to‘qimalari ichida ham tariq donidek yoki no‘xot kattaligida tugunchalar bo‘lib,
tugunchalar kesilganda rangi oq-sarg‘ish yoki oq-kulrangda bo‘ladi.Ular markazida
esa yiringli yoki tvorogsimon bo‘rqa to‘planganligini ko‘rishimiz mumkun.
Qo‘y-
echkilarda
- sil tugunchalari o‘pkada, taloqda, jigarda va shularga tegishli limfa
tugunlarida ko‘rinadi. Tugunchalarni tashqi tomoni qattiq biriktiruvchi to‘qima bilan
qoplanadi, tugunchalar kesib ko‘rilganda ular markazida yiringli tvorogsimon bo‘tqani
ko‘rish mumkun, ayrim hollarda markazda ohaklanish tuzlari ham uchraydi.
Organizmda tuberkulyoz
- jarohatlarini (tugunchalarini) tarqalishiga qarab alohida
organlarni jarohatlanishi bilan yoki generalizasiyalangan (ko‘p organlarni) zararlanishi
bilan kechadigan formalarda uchraydi. Agar veterinariya - sanitariya ekspertiza
tekshirishlarida zararlanish bitta organda (o‘pkada, ichakda, limfa tugunlarida yoki
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
329
2181-
3187
biror organda) uchrasa, bunda lokalniy forma, yoki sil bilan zararlanish yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan bir nechra organ va to‘qimalarda uchrasa generalizlangan (tarqalgan)
forma deyiladi. Ekspertiza vaqtida tuberkulyoz o‘choqlari aniqlansa, bu vaqtda
tananing semizligiga e’tibor beriladi. Chunki tuberkulyoz bilan kasallangan
hayvonlarda intaksikatsiya natijasida tanada yog‘ to‘qimalari to‘planishi bo‘lmaydi,
hayvon ariqlagan xolatda bo‘ladi.
Sil kasalini boshqa o‘xshash kasalliklardan
farqlash (defrensial diagnostika):
Sil kasalligida hayvonlarni so‘yilganidan keyingi
potologanatomik o‘zgarishlari, bir necha kasalliklarga o‘xshash bo‘ladi. 1.
Aktinomikozda shishlar kesib ko‘rilganda ko‘pgina o‘choqlarda cho‘ziluvchan yiring
to‘plangani ko‘rinadi. Bu o‘choqchalarda tvorogsimon bo‘tqa bo‘lmaydi. Shu bilan
birgalikda aktinomikozda atrof linfa tugunlari zararlanmaydi. 2. Paratuberkulyozda
muskul oralarida kaptar tuxumi kattaligida shishlar bo‘ladi. Lekin bu tugunchalar kesib
ko‘rilganda ichida ko‘kimtir-sarg‘ish yiring bo‘lib, silda bunday bo‘lmaydi, yoki
asosan ichaklarda yallig‘lanish jarayoni yaxshi rivojlangan bo‘lib, ichak devorlari
qalinlashib el daraxtini po‘stlog‘ini eslatadi, silda bu holat bo‘lmaydi. 3. Exinakokkoz
kasalligida o‘pka, jigar, taloqda ko‘p kamerali exinakokkoz pufaklari bo‘lib, bu
pufaklar kesilganda ichidan suyuqlik chiqadi. Ba’zi holatlarda buyrak, taloq va o‘pkada
mayda ohaklashish tuzlari bo‘lgan o‘choqchalarni ko‘rishimiz mumkun. Bu kasallikda
atrof limfa tugunlarida zararlanishlar kuzatilmaydi.
Go‘sht va boshqa mahsulotlarni
veterinariya - sanitariya jihatidan baholash:
Sil kasalligini generalizlangan (bir
vaqtda bir necha organ va to‘qimalarni zararlanishi) formasida so‘yilgan hayvonni
semizlik darajasiga qaramasdan, uning go‘shti va ichki organlari texnik utilizatsiya
qilinadi. Bundan tashqari oriq tana go‘shti va ichki organlari, hamda biror bir organ
yoki limfa tugunida jaraxatlanish aniqlansa texnik o‘til qilinadi. Agar yuqori va o‘rta
semizlikdagi tanani tekshirishda faqat bitta organ yoki limfa tugunida jarohatlashish
aniqlansa, unda jarohatlangan organ texnik yo‘qotilib, qolgan go‘sht va ichki
organlaridan, qaynatilgandan so‘ng konserva tayyorlanadi. Sil bilan kasallangan
hayvonlar terisi ham, oddiy usulda tuzlanadi.
Cho‘chqalarda
- pastki jag‘ yoki
hiqqildoq limfa tugunlarida sil tugunlari aniqlansa, unda bosh qismi qaynatishga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
330
2181-
3187
yuboriladi, ichki organlar va go‘shti to‘xtovsiz ishlatiladi. Bir vaqtda organlar yoki
tanada sil jarohati aniqlansa, kasallikni qaysi formada kechishidan qatiy nazar
o‘tilizasiya qilinadi. Faqat ichakni limfa tugunlari zararlangan bo‘lsa, unda ichak
o‘tilizasiya qilinib qolgan organ va go‘sht to‘liq ishlatiladi.
Parranda va quyon
sil
bilan kasallanishi aniqlansa, o‘rta darajadagi semizlikka ega tana go‘shti 100
o
C da1
soat qaynatilib ishlatiladi, ichki organlari o‘tilizasiya qilinadi. Sil bilan kasallangan
hayvon tanalarini qayta ishlashda ishlatilgan jihozlar, 5 % li gidrokarbonat natriy
eritmasida 10 daqiqa qaynatilib sterillanadi.
BRUSELLYOZ:
Brusellyoz surunkali kechadigan yuqumli kasallik bo‘lib,
barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari, ko‘pgina yovvoyi hayvonlar va odamlar
kasallanadi. Odamlar brusllyoz bilan hayvonlar bilan ishlash, ular tanasini kayta
ishlash vaqtida, shaxsiy gigiyenaga to‘liq rioya qilmaslik natijasida va shu bilan
birgalikda zararsizlantirilmagan go‘sht va sut mahsulotlarini istemol qilishi oqibatida
kasallanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi
- brusellalar, mayda sharsimon, uzunchoq, ovalsimon
aerob bakteriya, uzunligi 0,5 dan - 1,5 mkm gacha, spora hosil qilmaydi, grammanfiy,
anilin bo‘yog‘ida och- qizil ranga yaxshi bo‘yaladi. Brusellalar 70
o
Cda 50 minutda
o‘ladi, sho‘r kislatali muhit brusellalarga o‘ldiruvchi tasir qiladi. Yangi so‘ndirilgan
ohakni 5 % li eritmasi mikroblarni 2 soatda o‘ldiradi. Brusellalarni 6 ta
turi mavjud:1.
B. mellitenzis
- qo‘y va echkilar kasallanadi.2.
B. abortus
–
qoramollarda. 3.
B. suis
- cho‘chqalarda. 4.
B. kanis
– itlarda. 5.
B. ovis
- qo‘chqorlarda.
6.
B. neotomiye
- kalamushm sichqonlarda. Brusellar past temperaturada o‘z tirikligini
uzoq vaqt saqlab qoladi. Sut go‘sht va sut mahsulotlarida ular tirikligini ko‘p kungacha
saqlab qoladi.
So‘yilgandan keyin diagnoz:
Brusellyoz kasalligiga so‘yilgandan
keyin ham diagnoz qo‘yish ancha murakkab, chunki tanani birlamchi qayta ishlash
vaqtida jinsiy organlarni to‘lig‘icha ko‘rilmaydi. Kasallikda patologoanatomik
o‘zgarishlar quyidagicha nomoyon bo‘ladi. Bola tashlashdan oldin va keyingi holatda
ham qinni shilliq pardasi rangi qizil va shishgan bo‘ladi. Bachadon shilliq qavatida
yiringli yallig‘lanish, bachadonda shilimshiq yiringli va fibrindan tashkil topgan
ekssudat to‘planadi. Sut bezida fibrinli, yiringli mastit, sut bezi biriktiruvchi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
331
2181-
3187
to‘qimalarni o‘sishi hisobiga konsistensiyasi qattiqlashgan. Limfa tugunlari
kattalashgan holatda, kesilgan yuzasida nuqta-nuqta dog‘lar va sariq rangda nekroz
o‘chog‘lari ko‘rinadi. Ichki parenhimatoz organlarda ham (jigar, buyrak, taloq va
boshqa organlarda) har xil kattalikdagi yiringli va nekroz o‘chog‘lari ko‘rinadi. Bu
organlar atrofi limfa tugunchalari ham kattalashadi va boshqa o‘zgarishlar bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan patalogoanatomik o‘zgarishlardan tashqari oldingi oyoq
bo‘g‘inida bursit, orqa oyoq bo‘g‘imida absess, erkak hayvonlarda arxit- urug‘donni
yallig‘lanishini ko‘rish mumkun.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini sanitariya
jihatidan baholash:
Aniq klinik belgilarga va patalogoanatomik o‘zgarishlarga ega
bo‘lgan hayvonlardan olingan go‘sht qaynatilgandan so‘ng ishlatishga ruhsat beriladi.
Qoramollar - chuchqalar qonini seralogik tekshirilganda (RSK, RA) musbat natija
bergan bo‘lib, lekin so‘yilgandan keyin uning go‘shti va ichki organlarida o‘zgarishlar
bo‘lmasa, go‘sht va ichki organlari to‘xtovsiz ishlatiladi. Qo‘y va echkilarda seralogik
reaksiyalarga musbat natija ko‘rsatgan bo‘lsa, ulardan olingan go‘sht kalbasa va
konserva ishlab chiqarishga jo‘natiladi. Bunday go‘shtdan faqat qaynatilgan kalbasa
tayyorlanadi va tayyorlash vaqtida batonlar 88-90
o
C da qaynatilib, batonni ichki
harorati 75
o
C ga chiqqunicha davom ettiriladi. Qo‘y turi uchrab turadigan
xo‘jaliklardan olib kelingan qoramol va cho‘chqalar, RA va RSK reaksiyasiga musbat
natija berib, ichki organlarida o‘zgarishlar bo‘lmagan taqdirda ham ulardan olingan
go‘sht kalbasa uchun jo‘natiladi. Bunday mollar go‘sht korxonalariga
jo‘natilayotganida veterinariya guvohnomasida serologik reaksiya natijalari va
xujalikni epizotologik holati ko‘rsatiladi. Klinik belgilari aniq hayvonlarni ichki
organlarida o‘zgarishlar va jarohatlar bo‘lsa, bu organ va to‘qimalar texnik o‘tilizasiya
qilinadi. Brusellyoz hayvon go‘shtidan ajratilgan suyaklardan, suyak uni tayyorlanadi.
RSK va RA reaksiyalari natijalari musbat bo‘lsa, hayvonlardan olingan ichaklar,
oshqozon, qizilo‘ngach va siydik xaltasi, tarkibida 0,5% xlorid kislatasi bo‘lgan 1%
natriy xlor eritmasida 15-20
o
haroratda 48 soat ushlab turiladi. Klinik belgilari aniq
bo‘lgan mollardan olingan ichak, oshqozon, qizilo‘ngach util qilinadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
332
2181-
3187
Umuman, mazkur kasallik turlarini barcha bilishi va undan o‘zini himoya
qilishi lozim bo‘ladi. Bu borada mutaxassislarning hissasi kattadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
S.M.Murodov. Veterinariya -sanitariya ekspertizasi. Darslik. Samarqand 2006.
2.
Ibragimov F.B. va boshqalar. “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” fani o‘quv
uslubiy majmuasi. T-2024.