Авторы

  • Xojiyeva Adolat Mirasatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124573

Ключевые слова:

psixologik xususiyatlar qiziqish mayl iqtidor psixodiagnostik faoliyat mezon intellektual daraja

Аннотация

Maqolada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostik faoliyati davomida amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlar tahlil qilingan. Shuningdek, samarali faoliyatni ta’minlashga yordam beruvchi asosiy axloqiy qoidalar mohiyati ochib berilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

315

2181-

3187

AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING PSIXODIAGNOSTIK FAOLIYATI

MEZONLARI

Xojiyeva Adolat Mirasatovna-

Toshkent viloyati Zangiota tumani №43-umumta’lim

maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Maqolada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostik faoliyati

davomida amal qilishi lozim bo‘lgan mezonlar tahlil qilingan. Shuningdek, samarali

faoliyatni ta’minlashga yordam beruvchi asosiy axloqiy qoidalar mohiyati ochib

berilgan.

Kalit so‘zlar:

psixologik xususiyatlar, qiziqish, mayl, iqtidor, psixodiagnostik

faoliyat, mezon, intellektual daraja

Psixodiagnostik ishlar asosan ta’lim muassasalarida shaxslarni psixologik-

pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual

xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyadagi nuqsonlar sababini aniqlashga mo‘ljallangan.

Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakkahol (individual) tarzda o‘tkaziladi. Bu borada

amaliyotchi psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi:

1.Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida, psixolog

o‘quvchilarni psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning kamolot darajasini

belgilaydi. Pedagog va xizmatchilarni kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning

shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuyg’ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati,

intellektual darajasini tekshiradi.

2. Psixolog o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqish, mayli,

iqtidorliligi, imkoniyati cheklanganlik holatlari kabilarni o‘rganadi, mutaxassis va

yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko‘rsatadi.

3.Ta’lim muassasalarida uchraydigan o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini

egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs

fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

316

2181-

3187

4. O‘quvchilarni o‘z tengqurlari va o‘zgalar bilan muomalasini o‘rganish uchun

ularni tekshiradi. Ularning etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda

psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtiradi.

5. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi

nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda, differensial-diagnostikani amalga

oshiradi: nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi; assotsial xulq-atvor

sabablari va shakllarini belgilaydi; giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm, o‘g‘irlik,

daydilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi va

boshqalar.

6. Rahbar kadrlar, pedagog va xizmatchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda

tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish.

7. Muassasa xodimlari va xizmatchilarning sinov (adaptatsiya) muddatini

o‘rganish va amaliy ko‘rsatmalar berish.

8. Ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo’yicha ilmiy psixologik bashorat

(prognoz) qilish, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfdan ma’muriyatni ogoh etish.

Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar

to‘plash va ularni umumlashtirib, yakkahol tavsiyalar yaratish.

9. Chet el bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intellektual

potensialini (imkoniyatlarini) aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati,

ta’lim muassasasining nufuzi to‘g‘risida materiallar yig‘ish, ularni psixologik tahlili

qilish va maslahatlar berish.

10. O‘quv qo‘llanmalarning sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar,

o‘quvchilarning davlat mulkiga munosabati haqida ma‘lumotlar to‘plash va ularni

umumlashtirish, ma’muriyatga, kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash.

11. O‘quvchilarning talabi, ehtiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiyasi,

maslagi, turmushga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularning faolligini

oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

12. O‘quvchilarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy, etnopsixologik bilimlari

saviyasini tekshirish va mustaqillikni mustahkamlash imkoniyatini o‘rganish,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

317

2181-

3187

vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab

chiqish.

13. An’anaviy ta’lim va tarbiya metodlari yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot

qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini sinab ko‘rish, ularga nisbatan

munosabatini aniqlash va shularga asosan o‘qitishni individuallashtirish,

differensiyalash bo‘yicha rahbatiyatga ko‘rsatmalar tavsiya qilish.

14. Iqtidorli yoshlar, yosh mutaxassislar, yosh ijodkorlarni tanlashda ishtirok

qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib ularga

rag‘batlantirishlar belgilashga tavsiyalar ishlab chiqish.

15. Xodimlar, o‘quvchilar ijodiy faoliyati mahsuldorligini, to‘garaklar faolligini

ko‘tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb

mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar, bahslar tashkil qilish va ularning mahsuli

to‘g‘risida bashorat qilish.

16. O‘quvchilar o‘rtasida bo‘sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan

foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazardan tekshirish va bo‘sh

vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo‘llari, ulardan etnopsixologik bilimlar,

ma’naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik tahlil qilish.

17. Ta’lim muassasasi xodimlari va o‘quvchilarida davlat mablag‘ini tejash

tuyg‘usini aniqlash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash hissini o‘rganish, nohush

kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mehnatni qadrlash burchini

shakllantirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g‘urur, millatlararo munosabat

madaniyatini tarkib toptirish.

18. Ta’lim muassasasi xodimlari va o‘quvchilarida ishbilarmonlik qobiliyatini

rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning moddiy boylik

ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish va boshqalar.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik ishlarni amalga oshirish uchun

amaliyotchi psixologlar psixodiagnostik metodlarga qo‘yiladigan talablarni bilishlari

va ularni o‘zlashtirishlari lozim. Tadqiqotchi testning tekshiruv texnologiyasi va test

matnini ishlab chiqishda qator mutaxassislik-ahloqiy tamoyillariga rioya etishga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

318

2181-

3187

majburdir. Bular: - mas’uliyatlilik, javobgarlik- tekshirishning mazmuni uchun

mas’ullik zarurati, psixologik tekshiruvning xulosasi va qo‘llanilgan usullarining

ishonchliligi; - bilimdonlik- psixologiya nazariyasi va uslublarini puxta egallash,

uslubiy va amaliy bilimlarini, shuningdek ilmiy yangiliklar bo‘yicha bilimdonligi; -

maxfiylik,

sir

saqlash-psixodiagnostik

tadqiqotning

o‘tkazish

vaqti

va

yakunlanganidan so‘ng mutaxassislik sirlarining maxfiy saqlanishi, axborotlarning

tarqalmasligi; - tekshiruvning ma’naviy, ijobiy o‘tkazilishi- shaxsning mutaxassislik

va insoniy rivojlanishiga har tomonlama yordam berishlik. Psixodiagnostik

tekshiruvning asosiy ahloqiy qoidalari:

1) Psixolog, odamlarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni shaxs unga to‘la ishongan

va tekshiruv natijalaridan foydalanish maqsadini bilgan holdagina olishi mumkin. Test

o‘tkazishdan asosiy maqsadni shaxsga avvaldan ma’lum qilish kerak. Yolg‘on ishlatib

test o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tekshiruv yanada samaraliroq bo‘lishi uchun test

o‘tkazishning haqiqiy maqsadini bayon etmoq lozim. Insonni aldov yo‘li bilan testdan

o‘tkazish mumkin emas. 2) Hamma insonlar ham psixologik tekshiruv yoki tajribaga

rozilik bermaslikka haqli, shuningdek o‘zini ichki dunyosiga noxush aralashuvlaridan

o‘zini himoya etgan bo‘ladi.3) Agar tekshiruv biror muassasa manfaati bilan

o‘tkazilayotgan bo‘lsa, tekshiriluvchi shaxs olingan natijalaridan foydalanish haqida

to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozimki, kishi shaxsiga munosib berilgan baho, o‘sha

inson uchun ham foydadan holi emas. 4) Shaxsning iltimosiga ko‘ra o‘tkazilgan

tekshiruv natijalari agar u shaxs rozi bo‘lmasa, boshqa muassasalarga berilishi mumkin

emas. 5) Test natijalari qat’iy nazorat ostida bo‘lishi shart. 6) Test natijalarini e’lon

qilganda, tekshirilayotgan shaxsning alohida tomonlarini e’tiborga olish lozim. 7)

Tekshiriluvchiga uning tushunish doirasidan tashqari test natijalarini e’lon etib

bo‘lmaydi. Bulardan tashqari psixodiagnostika metodlari bilan ishlashda testdan

foydalanuvchi boshqa shaxslar bilan bog’liq qator talablar ham mavjud. Bular:

a)

psixolog-foydalanuvchi, psixodiagnostik metodlar bilan bog‘liq ishlovchilar; b)

psixolog bo‘lmagan mutaxassislar, psixologiya sohasi bilan bog‘liq bo‘lmagan

tadqiqotchi va boshqalar. Ularga qo‘yiladigan talablar: Psixolog- barcha holdagi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

319

2181-

3187

talablarga muvofiq ravishda ish yuritishi lozim. U e’lon qilgan materiallarga yangilik

yoki tuzatish kiritishga haqli. Pochta orqali test o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi. Bu usul

yuqoridagi barcha talablarga rioya etishlikka va shartlarga mos kelmaydi. Bunday

holda test natijalari foydasiz va hatto zararli bo’lishi mumkin. Psixolog- test

natijalaridan foydalanishda katta mas’uliyatli shaxs hisoblanadi. Bahsli va gumonli

hollarda psixolog shu sohadagi ekspert mutaxassislar bilan maslahatlashib, olingan

natijalarga bevosita to’g’ri qarashi lozim. Psixolog shu metodika bo’yicha nashr etilgan

materialni ilmiy maqola chop etish maqsadida to‘plashga haqli.

Mutaxassisligi psixolog bo‘lmagan, psixologiya bilan aloqador sohalarda

ishlovchilar nazariy va psixometrik puxta asoslangan va interpretatsiya (psixologik

tahlil) natijalarini olishda faqat maxsus bilim talab qilmaydigan metodikalardan

foydalanish huquqiga egadir. Psixolog bo‘lmagan mutaxassislar muayyan yo‘riqqa ega

bo‘lmagan yuqori malakali ekspert usulidan foydalana olmaydilar. Agar metodika

psixodiagnostika bo’yicha umumiy bilim, metodikani qo’llashda maxsus tayyorgarlik

talab etsa, undan foydalanayotgan kishi alohida maxsus tayyorgarlik olishi yoki bu

metodikani boshqasi bilan almashtirishi lozim bo‘ladi. Psixolog mutaxassisligiga ega

bo’lmagan shaxs psixodiagnostik metodlarni qo’llashda barcha talablarga rioya etishi

lozim va shuningdek mutaxassislik sirini fosh etmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga

oladi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, psixodiagnostika bo‘yicha mutaxassis

bo‘lmagan holda o‘tkazilgan testga asosan xodimlarni ishga qabul qilish yoki

bo‘shatish masalalariga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.Yuqoridagilarni e’tiborga olib

psixolog bo‘lmagan mutaxassis quyidagi maqsadlarda test o‘tkazishi mumkin: o‘zini

anglashni kengayishiga kasbiy sifatlar va shaxsning o‘zini beg‘araz baholashning

shakllanishida; o‘z ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, boshhalar va o‘zini noto‘g‘ri

tushunishdan saqlashda; jamoat ichida, shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun yo‘l topa

bilishida; oila va jamoadagi munosabatlar muammosi va psixologik muammolarni

oldindan baholashda; o‘z hulqini to‘g‘rilash, ish faoliyatida hamkasblar bilan

munosabatda va to‘siqlarni hal qilishda hamda insonlarga yordam berish uchun test

o‘tkazishi mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

320

2181-

3187

Test yoki metodikaning o‘ziga ham quyidagi talablar qo‘yiladi:

a) Metodikani qo‘llashdan maqsad, predmet va o’rni shakllangan bo‘lishi zarur,

metodikani qo‘llash o‘rni ya’ni ijtimoiy muhit yoki jamiyat amaliyoti muhiti (ishlab

chiqarish, tibbiyot, oilaviy hayot, tajribada tekshirilayotganlarning soni, jinsi, yoshi,

ma’lumoti, mutaxassislik tajribasi, ish lavozimining darajasi) nazarda tutilishi kerak.

Natijalardan foydalanish maqsadi aniqlashtirilgan bo‘lmog‘i lozim, mutaxassislik

faoliyatini muvaffaqiyatli bashorat qilish uchun, psixologik aralashuvlar uchun,

huquqiy va ma’muriy qarorlar qabul qilish va shu kabilar uchun aniq ko’rsatilishi

kerak. b) Test o’tkazish vazifalarini laborantga ishonib topshirish yoki EHM

(kompyuter) orqali o‘tkazish munosib topshiriq yoki javoblarga mos kelishi lozim; v)

Testni qayta ishlab chiqib ko‘rishida oldindan tasdiqlangan statistik bir andozaga

solingan test ballar e’tiborga olinishi lozim. g) Testni baholash ko‘rsatkichlari

tekshirilgan, ishonchli, berilgan talabga javob berishi shart; d) Test o’tkazish hisobi

nazorat qilinishi va tuzilajak bayonning xatolari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim; e)

Bosh uslubiy tashkilot haqqoniy hisobot yuritilishi, test bo‘yicha yig’ilgan uslublarni

doimiy to’g’rilab borishi shart. Mazkur xizmat xodimi quyidagilar oldida javobgardir:

1)Ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatadigan psixolog qo’yilgan diagnozning to’g’riligiga,

qo’llanilgan diagnostik va korreksion metodlarning ommakorligiga, tavsiyalarning

ilmiy jihatdan asoslanganligiga javobgardir.2)Psixolog tadqiqot va kuzatish ishlarining

qaydnomasi, xizmat xujjatlarining saqlanishiga javobgar shaxs hisoblanib, ularning

muayyan qoidaga binoan ma’lum tartibda rasmiylashtirishi va berishi shart.

Ma’lumotlardan foydalanishda mutaxassislarga talablar: 1) Psixologik xizmatlar tijorat

prinsiplariga emas, faqat kasbiy prinsiplarga bo’ysunishi lozim. 2) Psixologlar o‘zlari

yaxshi egallamagan yoki samaraliligi kasbiy yoki ilmiy jihatdan shubhali bo‘lgan

maxsus muolaja, metodikalar yoki boshqa uslublarni taklif qilmasliklari kerak. 3) Agar

psixologga unga ma’lum bo‘lmagan qandaydir imkoniyatlarni bilishi haqida ma’lumot

xabar qilinsa, u bunday ma’lumotni rad qilishi lozim. 4) Psixologlar mijozlarga o‘zlari

ko‘rsatayotgan xizmatning samaraliligini mubolag‘a qiladigan ma’lumot bermasliklari

lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

321

2181-

3187

Umuman amaliyotchi psixologdan psixodiagnostik jarayonda har bir shaxsning

individualligini hisobga olichi va uning holatiga mos - xos munosabatda bo‘lish talab

etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G’oziev.E.G‘. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. Toshkent-2004.

2. Xayitov O.E.,Abdullaeva R.M. Psixodiagnostika. Darslik. T.2021. 200 b.

3. Abdullayeva R.M. Amaliyotchi psixolog ishining qoidalari va etik tamoyillari.

Maktab va hayot ilmiy-metodik jurnali.№3(159) 2021.2-3-b.

4. Abdullayeva R.M. Psixodiagnostika.Uslubiy qo’llanma. T.2021. 192 b.

5. Khimmataliev D.O., Khakimova M. F., Hkamidov J., Abdullaeva R.M. Improving

the professional competence of professional teachers. Journal of Critical Reviews,

Vol.7, ISSUE, 11, 2020, 1131-1137 p.

6. Abdullaeva R.M. Requirements for choosing a profession. International Journal of

Early

Childhood

Special

Education

(INT-JECSE)

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. 2150-

2153.

Библиографические ссылки

G’oziev.E.G‘. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. Toshkent-2004.

Xayitov O.E.,Abdullaeva R.M. Psixodiagnostika. Darslik. T.2021. 200 b.

Abdullayeva R.M. Amaliyotchi psixolog ishining qoidalari va etik tamoyillari.

Maktab va hayot ilmiy-metodik jurnali.№3(159) 2021.2-3-b.

Abdullayeva R.M. Psixodiagnostika.Uslubiy qo’llanma. T.2021. 192 b.

Khimmataliev D.O., Khakimova M. F., Hkamidov J., Abdullaeva R.M. Improving

the professional competence of professional teachers. Journal of Critical Reviews,

Vol.7, ISSUE, 11, 2020, 1131-1137 p.

Abdullaeva R.M. Requirements for choosing a profession. International Journal of

Early

Childhood

Special

Education

(INT-JECSE)

DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. 2150