Авторы

  • Azimov Ozod Mamatkulovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124583

Ключевые слова:

Yoshlar tarbiyasi falsafiy asoslar milliy qadryatlar umuminsoniy qadryatlar ma’naviy qadryatlar modiy qadryatlar ijtimoiy qadryatla r shaxssiy qadryatlar estetik qadriyatlar.

Аннотация

“Qadriyat” mazmun mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi va ijtimoiy hayotdagi roli va ahamyati haqida malumotlar keltirilgan. Milliy qadriyatlar yoshlarni tarbiyalashda, ularning manaviy dunyosini boyitishda katta ahamyat kasb etishi haqida fikrlar keltirilgan. Yoshlarning ongini buzuvchi yot g’oyalarga qarshi kurashishda milliy qadriyatning o’rni va ahamyati keltirilgan.  Vatanga muhabbat, ota onaga hurmat kabi tuyg’ularni yoshlar ongiga singdirishda “milliy qadriyat”larning roli.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

250

2181-

3187

YOSHLARNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARNI ROLI.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand

Davlat universitetining Urgut filiali

Pedagogika va jismoniy

madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

Azimov Ozod Mamatkulovich

Annototsiya “Qadriyat” mazmun mohiyati va uning yoshlar tarbiyasidagi va

ijtimoiy hayotdagi roli va ahamyati haqida malumotlar keltirilgan. Milliy qadriyatlar

yoshlarni tarbiyalashda, ularning manaviy dunyosini boyitishda katta ahamyat kasb

etishi haqida fikrlar keltirilgan. Yoshlarning ongini buzuvchi yot g’oyalarga qarshi

kurashishda milliy qadriyatning o’rni va ahamyati keltirilgan. Vatanga muhabbat, ota

onaga hurmat kabi tuyg’ularni yoshlar ongiga singdirishda “milliy qadriyat”larning

roli.

Kаlit sо‘zlаr: Yoshlar tarbiyasi, falsafiy asoslar, milliy qadryatlar ,umuminsoniy

qadryatlar ,ma’naviy qadryatlar modiy, qadryatlar, ijtimoiy, qadryatla,r shaxssiy

qadryatlar, estetik qadriyatlar.

Abstract: Information is provided on the essence of the content “Values” and its

role and significance in the upbringing of youth and in social life. The ideas are

presented that national values are of great importance in the upbringing of youth, in

enriching their spiritual world. The role and significance of national values are

presented in the fight against foreign ideas that corrupt the minds of youth. The role of

“national values” in instilling feelings such as love for the homeland and respect for

parents in the minds of youth.

Keywords: Youth education, philosophical foundations, national values,

universal human values, spiritual values, material, values, social, values, personal

values, aesthetic values.

Аннотация: Представлена информация о сути содержания «Ценности»,

его роли и значения в воспитании молодежи и в общественной жизни.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

251

2181-

3187

Представлены идеи о том, что национальные ценности имеют большое

значение в воспитании молодежи, в богатстве ее духовного мира.

Представлены роль и значение национальных ценностей в борьбе с

чужеродными идеями, разрушающими сознание молодежи. Роль «национальных

ценностей» в воспитании и образовании молодежи заключается в таких

чувствах, как любовь к семье и уважение к родителям.

Ключевые слова: Воспитание молодежи, философские принципы,

национальные ценности, общечеловеческие ценности, духовные ценности,

материальные ценности, социальные ценности, общечеловеческие ценности,

эстетические ценности

Kelajagimiz poydevorlari yoshlarni tarbiyalash ularni vatanga muhabbat,

ajdodlarga hurmat, avlodlarga ibrat ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o’rni

beqiyosdir. Milliy qadriyatlar yoshlar ongini turli xil yot g’oyalardan: buzg’unchilik,

yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik, kabi yomon illatlardan himoya qilishga ular ongiga

rostgo’ylik, ishbilarmonlik, hurmat, izzat kabi yaxshi illatlarni singdirishga yordam

beruvchi muhim omildir. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev “Biz o’z milliy

qadriyatlarimiz, ajdodlarimiz merosi, madaniyatimiz orqali yoshlarni har qanday yot

g’oyadan, axloqsizlikdan, beparvolikdan himoya qilishimiz kerak “ deya ta’kidlaydi.

Zero milliy qadriyatlarimiz yoshlarni ma’nan yuksaltiruvchi, taraqqiyotga yetaklovchi

omildir. Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar nafaqat ularni ma’nan rivojlantirishga

balki ularni etika va estetikaga boy bolishlari uchun ham hizmat qiladi O’zbekiston

Respublikasi Prezedenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni

ma’naviy, ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat

tashkilotlarining

hamkorligini

kuchaytirish

masalasi

bo’yicha

o’tkazilgan

vidioselektor yig’ilishida “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bolsa uning joni

va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi o’zbekistonni barpo qilishga qaror qilgan ekanmiz

ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.

Birinchisi – bozor tomoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

252

2181-

3187

Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan

kuchli ma’naviyat deya e’tirof etdilar.

Milliy qadriyatlarga muhabbat, avvalo, yoshlarda ajdodlarga muhabbat ularga

qiziqish va ularni o’rganishdan boshlanadi. Yoshlarni muzeylarga, buyuk qadimiy

joylarga, ziyoratgohlarga olib borish orqali ham ulardan milliy qadriyatlarga nisbatan

muhabbat uyg’otish mumkin.

Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ularning milliy qadriyatlarga

bo’lgan munosabatini shakllantirishda musiqa tarbiya tasviriy sa’nat, tarix kabi fanlar

muhim orin tutadi.

Yurtimizda milliy bayramlar juda ko’p. Jumladan, Navro’z, Qurbon hayiti,

Musraqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar.Ushbu milliy bayramlarimiz ham

nafaqat yoshlar tarbiyasida, balki Yoshi ulug’ insonlar o’rtasida ham vatanga muhabbat

hissini uyg’otadi.

Xususan, Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida “Agar biz

yoshlarimizni milliy ruhda, axloqiy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalay olsak,

kelajagimiz porloq bo’ladi” __ deya ta’kidlaydi.Bu fikr ham o’z o’rnida yoshlar

tarbiyasida, balki vatan kelajagi uchun ham milliy qadriyatning o’rni va roli

muhimligini yana bir bor isbotlaydi.

Milliy qadriyat tushunchasini tor ma’noda tushunmaslik kerak.Milliy

qadriyatlarimizga nafaqat milliy liboslarimiz, milliy bayramlarimiz, balki inson etika

va estetikasi ya’ni salomlashish odobi, tashqi va ichki go’zallik, ota-onaga hurmat,

rostgo’ylik kabilar ham kiradi. Shu o’rinda Alisher Navoiyning ko’plab asarlarida

yolg’onchilik qoralangan.U “Sher bilan durroj” nasriy asarida “Navoiy nima desang

ham rost gapir; rostini kuylagan ohangga tahsin ayt” deya ta’kidlaydi. Bu esa insonni

rostgo’ylikka chorlovchi bir milliy qadriyat desak mubolag’a bo’lmaydi. Yoshlar

tarbiyasida milliy qadriyatlarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.Yoshlar qalbida milliy

qadriyatlarga nisbatan muhabbat uyg’otish uchun ko’plab ishlar olib borildi va olib

borilmoqda.. Milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni kun sayin kuchayib

bormoqda.Chunki, hozirgi ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan davrda yoshlar ongiga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

253

2181-

3187

milliylikni milliy liboslar , milliy bayramlar, an’analar , urf-odatlar bilan singdirib

borilmasligini yoshlar yot g’oyalarga qiziqib ketishlari ham mumkin.

Milliy qadriyatlar yoshlarni ko’p fanlarga: musiqa, tasviriy san’at, adabiyot, tarix

kabi fanlarga qiziqiShiga ham sabab bo’lishi mumkin.Milliy qadriyatlarni sevuvchi,

ularni biluvchi insonlarning tarbiyasi ham go’zal bo’ladi.Yoshlarda milliy

qadriyatlarga nisbatan mehr- muhabbat hissini nuyg’otish orqali ularda kattalarga

hurmat, kichiklarga izzat, salomlashish odobi, rostgo’ylik kabi xislatlarni uyg’otish

mumkin. Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning o’rni juda muhim hisoblanadi.

Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “ Bir bolaga yeti mahalla ham ota,

ham ona” degan Har qanday millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy

qadriyatlar uyg’unlashuvidan tarkib topadi. O’zbek xalqi bolajon xalq. Ularda

qadimdan bag’rikenglik, mehmondo’stlik kabi milliy qadriyatlar va an’analar saqlanib

qolgan va hozirga qadar bu an’analar avloddan avlodga o’tib davom etib

kelmoqda.Yoshlarimiz tarbiyasida o’zboshimchalik, loqaydlik, beparvolik kabi yomon

illatlarni paydo bo’ldi degani, bu milliy qadriyatlarimiz toptaldi deganidir.Shuning

uchun ham yoshlarda rosrtgo’ylik, ishbilarmonlik, jonkuyarlik kabi hislatlarni ularda

yoshligidan shakllantirib borish shart va zarurdir. Hozirgi shiddat bilan rivojlanib

borayotgan bir zamonda milliy qadriyatlarimiz nafaqat yoshlar tarbiyasida, balki katta

yoshdagi bobo- buvilarimizga ham ibrat bo’la oladi. Hamma narsa oiladan boshlangani

kabi, avvalo,, milliy qadriyatlar ham oiladan boshlkanmog’i kerak. “Qush inida

ko’rganini qiladi” deganlaridek, farzand ota-ona ko’zgusidir. Ota-onalar farzandlariga

salomlashish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ota-onaga, qarindoshlarga hurmat

kabi milliy qadriyatlarimizni bolalar ongiga yoshligidan singdirib bormog’i lozim.,

milliy qadriyatlarimizning yoshlarimiz tarbiyasidagi o’rni juda muhim. Har bir xalq

o’z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va milliyligi bilan xalqdir.

Yoshlar tarbiyasi zamon talablariga mos ravishda doimiy ravishda rivojlanib

boradi. Hozirgi kunda yoshlar ongida ekologik va estetik qadriyatlarni shakllantirish,

ularning tabiatga bo‘lgan munosabatini yuksaltirish, ayniqsa, ekoestetik idealni

rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ekoestetik ideal - bu tabiatni faqat tabiiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

254

2181-

3187

resurs sifatida emas, balki insonning estetik qadriga ega bo‘lgan, ruhiy va ma'naviy

qimmatga ega bo‘lgan bir butun sifatida qabul qilishdir. Bu, o‘z navbatida, ekologik

ongni rivojlantirishga va yoshlarni ekologik muammolarni yechishda faol ishtirok

etishga undaydi. Bunda ekologik tarbiya muhim o‘rin tutadi. Zero, “Ekologik tarbiya

deganda asosan yoshlarda ekologik madaniyatni shakllanishi ko'zda tutilmog'i lozim.

Chunki, ekologik madaniyat tushunchasi ham keng qamrovli bo'lib, inson faoliyatining

aksariyat

qismini

o'zida

mujassamlashtiradi.

Ekologik

madaniyatda

ham

insonparvarlik, axloqiy-ma'naviy xislatlar o'z aksini topadi”

Har bir davlatning o’z milliy bayramlari, o’z milliy liboslari va milliy urf-

odatlari bor. O’zining milliy urf-odatlarini, qadriyatlarini hurmat qilgan inson, boshqa

yurtning ham milliy qadriyatlariga hurmat bilan qarashi lozim.Yosh avlodlarga

milliylikni faqatgina nazariy jihatdan emas balki, uni ko’proq amaliy jihatdan singdirib

bormoq lozim. Milliykikni tarannum etuvchi turli kuy-qo’shiqlar tinglash, milliy

bayramlarni nishonlash, turli xil qadimiy qadamjolarga borish ham yoshlar ongida

milliylikka bo’lgan muhabbatning kuchayishiga sabab bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O’zb Res-I Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni

ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat

tashkilotlarining hamkorligini kengaytirish masalasi bo’yicha o’tkazilgan

videiselektordagi ma’ruzasi.(nutqi)

2.

Alisher Navoiy “lison ut-tayr” asari tarkibidagi “Sher bilan durroj” hikoyasi.

3.

Inomov Qodir Tursunovich “Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” maqolasi.

4.

“Toshkent shahrida milliylikni keng targ’ib qilishga doir qo’shimcha chora-

tadbirlar to’g’risida”gi 2025-yil 21-yanvardagi Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov

qarori.

5.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”.

Библиографические ссылки

O’zb Res-I Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni

ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat

tashkilotlarining

hamkorligini kengaytirish

videiselektordagi ma’ruzasi.(nutqi)

masalasi bo’yicha o’tkazilgan

Alisher Navoiy “lison ut-tayr” asari tarkibidagi “Sher bilan durroj” hikoyasi.

Inomov Qodir Tursunovich “Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” maqolasi.

“Toshkent shahrida milliylikni keng targ’ib qilishga doir qo’shimcha chora

tadbirlar to’g’risida”gi 2025-yil 21-yanvardagi Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov

qarori.

Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”.