Авторы

  • Saidova Dildora Baxtiyarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124589

Ключевые слова:

g‘oya talqin tahlil falsafiy yondashuv badiiy mahorat estetik ideal poetik joziba ijodkor fenomeni.

Аннотация

 Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan uumuminsoniy g‘oyalar, shoir g‘azallari, ruboiy va tuyuqlari misolida talqin qilinadi. Ijodkorning badiiy mahorati uning asarlari tahlili orqali aks ettiriladi. Shoir g‘azallarida tarannum etilgan mangulikka daxldor falsafiy fikr-mulohazalar keng  yoritib beriladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

215

2181-

3187

ALISHER NAVOIY IJODIDA UMUMINSONIY G‘OYALAR

TARANNUMI

Saidova Dildora

Baxtiyarovna

TDSI

akademik litseyi

o’zbek tili va

adabiyot fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin

olgan uumuminsoniy g‘oyalar, shoir g‘azallari, ruboiy va tuyuqlari misolida talqin

qilinadi. Ijodkorning badiiy mahorati uning asarlari tahlili orqali aks ettiriladi. Shoir

g‘azallarida tarannum etilgan mangulikka daxldor falsafiy fikr-mulohazalar keng

yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

g‘oya, talqin, tahlil, falsafiy yondashuv, badiiy mahorat, estetik

ideal, poetik joziba, ijodkor fenomeni.

Adabiyot olamida o‘zidan o‘chmas nom qoldirgan yorqin siymo, noyob iste’dod

sohibi Alisher Navoiy ijodiy merosidan o‘rin olgan turfa asarlarda ijodkorning

dunyoqarashi va estetik tafakkuri o‘z ifodasini topgan. Alisher Navoiy devonlaridagi

g‘azallarda va uning nasriy tarzda yaratilgan qator asarlarida bevosita ulug‘

mutafakkirning adabiy qarashlari bo‘y ko‘rsatib turadi. Shoir tomonidan qalamga

olingan mavzular tarkibiga singdirilgan umuminsoniy g‘oyalar ushbu asarlarning

umrboqiyligini ta’minlaydi.

Alisher Navoiy adabiy merosi bag‘oyat keng ko‘lamni tashkil etadi. Muallif o‘z

asarlarini yaratar ekan, davriylikdan chekinib, barcha zamonlarda ham dolzarblik kasb

etuvchu mavzularga yondashadi. Ularni yetuk tafakkuriga tayangan holda keng

yoritadi. Shoir asarlarida ifodalangan ezgu g‘oyalar uning hikmatlarida namoyon

bo‘ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

216

2181-

3187

Navoiy badiiy ijod olamida qalam tebratar ekan, bir qator go‘zal asarlar yaratdi.

Bu bebaho ijod namunlari uning nomini butun jahonga yoydi. Ta’kidlash joizki,

Navoiy shaxsi bashariyat oldida ulug‘ ustoz sifatida e’tirof etishga arzigulik hilqatdir.

Uning asarlari qatiga jo bo‘lgan, asrlar o‘tsa-da hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmay

kelayotgan teran mazmun va umumbashariy g‘oyalar uyg‘unligi ijodkorning adabiyot

olamidagi yuksak maqomini belgilaydi. Navoiy asarlari mutolaasi kishi ruhiyatiga ajib

sokinlik, zavq bag‘ishlaydi. Shoirning hikmatga yo‘g‘rilgan ijodini o‘rganish

jarayonida uning donishmandona falsafiylik aks etgan fikrlari ongimizga o‘rnashib

qoladi. Shoir she’riyati to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi mayoq kabi bizga o‘zligimizni

anglamoq va chin inson bo‘lmoq yo‘lini o‘rgatadi go‘yo.

Alisher Navoiy asarlarida shoirning axloqiy qarashlari o‘z ifodasini topgan va bu

ijod namunalari o‘z o‘rnida muallifning shaxsiy fikr-mulohazalari, a’moli va

dunyoqarashini, xarakterini namoyon etgan. Navoiy o‘z asarlarida adabiyot zamiriga

singib ketgan umumbashariy g‘oyalarni mukammal yoritgan va keng targ‘ib qilgan.

Agar hikmatga bo‘lsa iltifoting,

Ki bo‘lsun Nuh umricha hayoting. [Navoiy, 1968: 20].

Yuqorida keltirilgan baytda ham Alisher Navoiyning shaxsiy qarashlari aks etgan.

Hikmat o‘rganishga, umuman, ilm olishga ixlosi mavjud bo‘lgan shaxslarga daho shoir

Nuh umri kabi uzoq umr tilaydi va bu bilan o‘zining ham hikmatga xayrixoh ekanligini

izhor qiladi. Qisqagina misralar orqali insoniyatni ilm-ma’rifatli bo‘lmoqqa chorlaydi.

Biyiklik keldi himmatdin nishona,

Ki himmatsizni past etdi zamona. [Navoiy, 1968: 23].

Keltirilgan baytda ham Navoiyga xos ulug‘vorlik mujassam. Shoir insonga

buyuklik kelarkan, bu uning himmatli zot ekanligidan nishonaligini, agar kishi

himmatsiz bo‘lsa, zamonaning o‘zi undan buyuklikni tortib olib, qadrini past qilajagini

bayon etadi. Oradan qancha vaqt o‘tishiga qaramasdan ushbu baytdagi mazmun hanuz

ohorini yo‘qotmagan. Inson atalmish bebaho yaratiqni himmatli bo‘lishga chorlar

ekan, shoir buyuklikka, yuksak martabaga erishmoqning sodda va to‘g‘ri yo‘lini

ko‘rsatadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

217

2181-

3187

Bo‘lmas adabsiz kishilar arjumand,

Past etar ul xaylni charxi baland. [Navoiy, 1968: 25].

Yuqoridagi baytda ijodkor beadab kishining el ichida qadrsiz bo‘lishi, obro‘

topolmasligini, uning martabasini falak yuksakka ko‘tarmasligini yozadi. Muallif

insonning yuksalishiga eng kerakli omillardan biri sifatida unda odobning yuqori

darajada bo‘lishi lozimligini bayon etadi. Adab tushunchasini Alisher Navoiy o‘zining

bir qator asarlarida tilga oladi va bu sifatni ahli basharga eng zarur sifatlar qatoriga

kiritadi. Darhaqiqat, kishi jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, boshqalar nazdida

o‘zining yaxshi xulq-atvorini ko‘rsatmog‘i kerak. Bunda esa uning tarbiyasi, odob-

axloqi birinchi o‘rinda turadi. Navoiyning pand-nasihatlari ana shu mazmunni o‘zida

mujassamlashtiradi.

Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur qolsa yaxshilik bila ot. [Navoiy, 1968: 25].

Shoir ta’kidlagani kabi, bu o‘tkinchi dunyoga ishonch yo‘q, inson umri g‘animat.

Ana shu g‘animat umrdan unumli foydalanmoq va uni ezgu maqsadlar uchun sarf

etmoq joizdir. Muxtasar hayot davomida yaxshiliklar qilib, yaxshi nom qoldirmoq

inson uchun eng buyuk saodatdir. Yuqoridagi misralarda shoir o‘z shiorini aks ettiradi.

Alisher Navoiy nuqtayi nazari bilan olib qaraganda bu olamda insondan qoladigani

faqat u qilgan ezgu ishlar va yaxshi nom, boshqa barchasi o‘tkinchi hashamat, sarob.

Ijodkor yaratgan asarlari bilan nafaqat kishilarni yaxshilikka undagan, balki o‘zi ham

butun umr ushbu baytdagi hikmatga amal qilib yashagan. Shu bois, uning qilgan ezgu

ishlari unutilmas, nomi elda aziz va mo‘tabardir. Shoirlar shaxsiga xos oliyjanoblik va

haqgo‘ylik uning asarlaridagi mohiyatni yanada jilolantirib, nurlantirib turadi, buni biz

Alisher Navoiy ijodi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Navoiy asarlarida xalqimiz ongiga azaldan singib ketgan ezgu qadriyatlar va

tushunchalar yorqin aks etgan. Shoir ijodida o‘zgalarga beminnat yaxshilik qilish,

mehr-oqibat ko‘rsatish kabi oqilona fazilatlar taqin qilingan, bu kabi ezgu amallar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

218

2181-

3187

targ‘ibi nasihatomuz tarzda tasvirlangan. Shoirning falsafiy mushohada yuritish

qobiliyati uning pand-nasixat tarzida yozilgan hikmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Qil yaxshiligu, demakni dohil qilma,

Minnat bila yaxshlikni botil qilma. [Navoiy, 1968: 80].

Baytda ifodalangani kabi inson yaxshilik qilishni maqsad qilar ekan, uni elga

oshkor qilmasligi lozim. Agar bu ezgu amalni boshqalarga ko‘z-ko‘zlamoqchi bo‘lsa,

yoki minnat qilsa bu yaxshilik o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiqadi. Chin ko‘ngildan kimgadir

himmat ko‘rsatish uchun sahovatni yashirin yo‘l bilan amalga oshirish darkor. Navoiy

bu qisqagina baytda butun bashariyat uchun dars bo‘ladigan ulkan ma’noni

mujassamlashtira olgan daho shoirdir. Uning ijodiga xos falsafiylik va badiiy mahorat

uyg‘unligi shoir she’riyatining asl mohiyatini ochishga xizmat qiladi.

Desangki, taomim zoe bo‘lmag‘ay, yedur,

Va tilasangki, libosim eskirmagay kiydur. [Navoiy, 1968: 30].

Yuqorida keltirilgan satrlarda Navoiy asl insonning qay tartibda yashamog‘i

lozim ekanligini ifodalaydi. Agar kishi o‘zgalarga qancha sahovat qilsa, bu sahovat

Tangri taolo tomonidan uning o‘ziga ming barobar ortiq bo‘lib qaytadi. Kimgadir o‘z

rizqidan berish, o‘zining rizqi yanada ortishiga sabab bo‘ladi. Kim bilandir borini

baham ko‘rish, uning o‘z nasibasining bundan-da ziyoda bo‘lishiga yo‘l ochadi.

“Navoiyning nuqtayi nazariga ko‘ra, mol-u dunyoni yig‘ish emas, balki hayrli

ishlarga, xalq farovonligi yo‘lida sarflash kerak. Uning o‘zi shunday yo‘l tutadi va

boshqalarni ham shunga da’vat qiladi”. [Navoiy, 2011: 5].

Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,

Yetar yaxshliqdin anga yaxshiliq. [Navoiy, 1968: 40].

Kishiga o‘zining xulq-atvoriga ko‘ra muomala qilinadi. Agar u ko‘pchilikning

orasida yaxshi fe’l-atvorini, go‘zal fazilatlarini namoyon etsa, yaxshilik ko‘rguzsa,

unga yaxshlik bilan javob qaytadi. Har bir ishning javobi bo‘lgani singari adolat

tarozosida ham yaxshilik va ezgulik hamisha og‘ir tosh bosadi. Har kimga o‘z niyatiga

va bajargan amallariga yarasha ne’matlar nasib qiladi. Navoiy asarlari zamirida

shoirning hayotiy qarashlarini mijassamlashtirgan shu kabi g‘oyalar chuqur ildizga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

219

2181-

3187

ega. Navoiyni talqin qilmoq uchun, avvalo, uning ijodiy merosini o‘rganmoq va shoir

shaxsiyatini teran anglamoq lozim. Bu tahlil esa bizga ijodkor faoliyatining mohiyatini

to‘la tushunib yetishga ko‘mak beradi.

Alisher Navoiy ijodi chin ma’noda ma’naviyat xazinasiga qiyoslanadi. U o‘z

asarlarida insonlarni ilm-u hunar o‘rganishga da’vat qiladi. ilmsiz va o‘rganishni

istamaydigan kishilarning holi tang bo‘lishini ta’riflaydi:

Kishi ta’limdin topsa malolat,

Topar ilm ahli olinda xijolat. [Navoiy, 1968: 43].

Kishining salohiyatini oshiruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va ruhini

uyg‘otguvchi omil bu ilmdir. Navoiy ta’rificha, agar biror kimsa ta’lim olishni o‘ziga

malol keltiradi deb bilar ekan, u hech narsaga erishmaydi, balki ilmli kishilar oldida

hamisha xijolatda qoladi. Shaxsning qalb ko‘zi ochilmog‘i, ongi uyg‘onmog‘i uchun

ilm suv va havodek zarurdir. Ilmli inson hamisha elda aziz va tabarruk bo‘lg‘ay.

Har kishi komil erur, bas anga Haq bandalig‘i,

Mundin o‘zga ta’mai kasbi kamol aylamangiz. [Navoiy, 2011: 106].

Yuqoridagi baytda o‘z-o‘zidan daho shoirning umri davomida amal qilib kelgan

aqidasi aks etgan. Chinakam komil inson uchun Haqning oddiy bandasi bo‘lib

yaralishning o‘zi bir saodat. Boshqa narsalardan ta’ma qilmoq o‘rinsizdir. Inson neki

ishga qo‘l urmasin, uni Tangri taolodan madad olgan holda qilmog‘i lozim. Bu yo‘lda

o‘zgalardan yordam olmoqqa hojat bo‘lmas. Alisher Navoiy asarlarida ta’magirlik eng

yaramas illatlardan biri sifatida qaraladi. Shoirning o‘zi esa insonlarni bu illatdan uzoq

yurishga chorlaydi.

Komillik darajasiga yetgan shoirning pandnomasi butun bashariyatning

nigohida jonlanmoqda. U yaratgan asarlarning mazmunida insoniyat uchun hanuz

jumboq bo‘lib kelayotgan savollarning javobi va hayot mohiyatiga oid purma’no

fikrlar majmuyi o‘z ifodasini topgan.

Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish komillikka yetishishni maqsad qilgan

insonlar uchun to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi ma’rifat nurlariga intilish kabidir. Bu

hikmatlar ziyosidan bahramand bo‘lgan qalb shoir asarlaridan zavq tuyadi, undagi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

220

2181-

3187

umuminsoniy g‘oyalariga ergashadi, yaxshilikka yor bo‘ladi, o‘z umri davomida

ezgulikni bosh mezon qilib oladi. Bunday darajaga yetmoqlik uchun hazrat Navoiyni

anglamoq kerak, bu barhayot siymoning bitiklarini dilga jo qilmoq lozim. Zero,

komillikning asl belgisi ezgulikka esh bo‘lmoqlikdir. Alisher Navoiy asarlari esa butun

insoniyatga ezgulik taratayotgan badiiyat yodgorliklaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт

нашриёти, 1968. – Б.88.

2. Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 408

3. Абдуғофуров А. Буюк бешлик сабоқлари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти, 1995. –Б. 184.

4. Қаюмов А. Ишқ водийси чечаклари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти, 1985. – Б. 256.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт

нашриёти, 1968. – Б.88.

Алишер Навоий. Ҳикматлар. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 408

Абдуғофуров А. Буюк бешлик сабоқлари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти, 1995. –Б. 184.

Қаюмов А. Ишқ водийси чечаклари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти, 1985. – Б. 256.