Авторы

  • Gulnora Umarova A’zam qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124596

Ключевые слова:

“Hayrat ul-abror” – Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi birinchi dostoni bo‘lib unda shoir tasavvufiy axloqiy va ijtimoiy masalalarni badiiy obrazlar orqali ochib beradi. Asarning asosiy maqsadi – odamzodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uni ezgulik sari boshlashdir. Dostonning deyarli har bir hikoyatida axloqiy bir saboq mujassam. Navoiy odobni inson kamolotining poydevori sifatida ko‘rsatadi.

Аннотация

O‘zbek mumtoz adabiyotida axloqiy-g‘oyaviy masalalarni yuksak badiiy darajada ifodalashda Nizomiy, Sa’diy, Alisher Navoiy singari ulug‘ shoirlarning hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, Alisher Navoiy yaratgan “Hayrat ul-abror” dostoni  nafaqat o‘z davrining axloqiy-me’yoriy qarashlarini, balki umuminsoniy qadriyatlarni teran anglatgan asarlardan biridir. Bu doston orqali shoir insoniy fazilatlar, odob-axloq, adolat, ilm, kamtarlik, to‘g‘rilik va halollik kabi yuksak tushunchalarni targ‘ib qiladi. Ushbu maqolada dostonning asosiy g‘oya va mazmuni doirasida odob-axloq masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

177

2181-

3187

“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI

Gulnora Umarova A’zam qizi,

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi

tayanch doktorant

u.gul.a786@gmail.com

O‘zbek mumtoz adabiyotida axloqiy-g‘oyaviy masalalarni yuksak badiiy

darajada ifodalashda Nizomiy, Sa’diy, Alisher Navoiy singari ulug‘ shoirlarning

hissasi beqiyosdir. Ayniqsa, Alisher Navoiy yaratgan “Hayrat ul-abror” dostoni

nafaqat o‘z davrining axloqiy-me’yoriy qarashlarini, balki umuminsoniy qadriyatlarni

teran anglatgan asarlardan biridir. Bu doston orqali shoir insoniy fazilatlar, odob-axloq,

adolat, ilm, kamtarlik, to‘g‘rilik va halollik kabi yuksak tushunchalarni targ‘ib qiladi.

Ushbu maqolada dostonning asosiy g‘oya va mazmuni doirasida odob-axloq

masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi.

“Hayrat ul-abror” – Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi birinchi

dostoni bo‘lib, unda shoir tasavvufiy, axloqiy va ijtimoiy masalalarni badiiy obrazlar

orqali ochib beradi. Asarning asosiy maqsadi – odamzodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni

ezgulik sari boshlashdir. Dostonning deyarli har bir hikoyatida axloqiy bir saboq

mujassam. Navoiy odobni inson kamolotining poydevori sifatida ko‘rsatadi.

Bas ani inson atag‘il beriyo-

Kim, ishidur sabr ila shukr-u hayo

.

(“Hayrat ul-abror”, 106-bet)

Bu misralar esa yuqoridagi misraga javoban bo‘lib, unda inson bo‘lishi uchun

sabr, shukr va hayosi bo‘lishi kerakligi, agar shu uch xislat kimdadir mavjud bo‘lsa,

shubhasiz, u inson deya atalmog‘i lozimdir, degan fikrlar bildirilgan. Navoiy bu uch

fazilatlarni dostondagi boshqa o‘rinlarda ham ta’riflab o‘tadi. Jumladan, 6-maqolat

odoblilik va hayoga bag‘ishlangan, 7-maqolatda esa sabr, shukr va qanoat haqidagi

fikrlar berilgan. 3-maqolatda sultonlarga aloqador fikrlar orasida ham shukronalik

haqida keltirib o‘tilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

178

2181-

3187

Biri – aning ne’matig‘a shukr erur,

Kimsaki, shukr aylasa ko‘prak berur. (3-maqolat, 131-bet)

Bu o‘rinda esa yana bir bor shukronalikka to‘xtalib o‘tilgan, Olloh banda shukr

qilgani sari yana ne’matlaridan beraveradi, deyilgan.

Bo‘lmasa ham shukr ila qoni’ bo‘lur,

Bazl ishidin nafsg‘a moni’ bo‘lur. (7-maqolat, 180-bet.)

Bu baytda aynan hech narsasi bo‘lmaganda ham odam shukr qilib qanoat qilsa,

shu ahvolida ham xayr-u ehson qilib nafsni jilovlay olsa, u shohdir deyilgan. Navoiy

dostonda har bir bobda axloqiy fikrlarini bildirib o‘taveradi. Aynan vafo bobida

vafodorlik, qanoat haqidagi maqolatda qanoat haqida yozish bilan cheklanmaydi.

Boshqa maqolatlarda ham o‘rni kelganda qanoat haqida ham, yolg‘on so‘zlash haqida

ham hikmatli so‘zlar, misollar, o‘xshatish-u taqqoslashlar kiritib ketadi. Navoiyning

bir tushunchani turli o‘rinlarda turlicha berishida ham sabab bor. Kitobxon asarni

o‘qiganda bir tushunchaga takror-takror to‘qnash kelaveradi va bu tushuncha va u

tashiydigan ma’no o‘quvchi ongiga singib boradi.

Navoiy halol mehnat qilish, adolatli bo‘lish, hokimlar esa xalq oldida mas’uliyatli

bo‘lishlari lozimligini ta’kidlaydi. Doston ichida keltirilgan bir necha hikoyatlarda

zolim podsholar tanqid qilinadi, adolatli hukmdor esa maqtaladi. Bu orqali adolat

axloqning eng muhim bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Uchinchi maqolat sultonlar

haqida bo‘lib, bunda ham komil inson sifatlari berib o‘tiladi.

Xotami adlingg‘a sipehri baland,

“Rosti-yu rusti” bilan naqshband. (“Hayrat ul-abror”, 129-bet)

Ushbu baytda adolatlilik va rostlik ulug‘langan bo‘lib, bu fazilatlar ham Navoiy

asarlarini o‘qishliligini ta’minlab beradi. Bundan tashqari, Navoiy dostondagi 10-

maqolatni rostgo‘ylikka bag‘ishlagan bo‘lib unda to‘g‘riso‘zlikning foydalari va

yolg‘onchilikning zararlari haqida fikrlar berilgan va shu fikrlarni dalillash maqsadida

turli o‘xshatish, qiyoslashlardan, ilmiy ma’lumotlardan foydalanilgan.

O‘qki, tuz o‘ldi tayaroni aning,

Bo‘lsa yer egri, ne ziyoni aning?.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

179

2181-

3187

Nay tuz uchun istar ani hol,

Chun tuz emas, egri ko‘rar go‘shmol.

Nayza bo‘lub tuzlugidin sarbaland,

Chirmosh uchun bandg‘a qolib kamand. ( “Hayrat ul-abror”, 219-bet)

Maqolatda to‘g‘rilik va egrilik turli buyumlar vositasida tushuntirilgan. Bu har

qanday yoshdagi o‘quvchiga tushunarli bo‘ladi. Bu o‘rinda tekis o‘q va egri yer, nay

va chang (musiqa asbobi), nayza va arqon bir biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Dostonda

bundan tashqari, sham va parvona, sarv va sumbul kabilar ham bir biriga qarama-qarshi

qo‘yilgan. Bu hayotiy timsollar xayoliy misollardan ko‘ra yaxshi samara bera oladi.

Tushunishga, insonlarda to‘g‘rilikka, to‘g‘riso‘zlikka chorlashga, yolg‘on bilan

yashamaslikka undaydi. Keyingi misralarda bu davr egrilikni istaydi, shunday ekan sen

to‘grilikni, haqiqatni talab qilsang, bu davrga yoqmaysan. Bu davrda rost so‘zlagan

kishida doimo kamchiliklar, yetishmovchiliklar bo‘ladi, degan mazmundagi fikrlar

bitilgan. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, Navoiy davrida ham ko‘plab

adolatsizliklar bo‘lgan va Navoiy ham necha bor haqsizliklar qurboni bo‘lgandir.

Bugungi kunimizda ham haqiqatni gapiruvchilardan ko‘ra yolg‘on so‘zlovchilar

ulug‘langanining guvohi bo‘lib qolamiz. Navoiy bu so‘zlari bilan bizni bunday

qilmasligimizni, doimo adolat tomon bo‘lishimiz kerakligini uqtirmoqchidir. “Hayrat

ul-abror”da kamtarlik – chin donishmandlik belgisi sifatida talqin etiladi. O‘zini ulug‘

tutgan, lekin odobsiz kishilar qattiq tanqid qilinadi. Navoiy kamtar, halol, odobli

kishini har qanday maqom egasidan ustun qo‘yadi. Navoiy ilmni insonni to‘g‘ri yo‘lga

boshlovchi vosita sifatida ko‘rsatadi, biroq bu ilm odob bilan bezalmasa, zarar

keltirishi mumkinligini ham eslatadi. Shunday holatlar dostonda hikoyaviy shaklda

berilgan. Oltinchi maqolatda odoblilik haqida so‘z boradi. Bu maqolatda ham boshqa

maqolatlar singari turli go‘zal tashbehlar keltirib o‘tilgan. Sh. Sirojiddinov

“Navoiyshunoslik” kitobida ushbu maqolat haqida “Navoiy bu bobda turli ijtimoiy

munosabatlar – oila va er-xotin munosabatlari, farzand tarbiyasi, ota-ona oldidagi

burchni bajarish, jamiyatdagi turli qatlamlar orasidagi munosabatlar, podshoh


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

180

2181-

3187

xizmatida bo‘lish odoblari haqida aniq tavsiya va foydali maslahatlar beradi.”

1

degan

fikrlarni bildirib o‘tgan.

Chunki tavozu’g‘a xam o‘ldi hilol,

Bo‘ldi fuzunroq anga har kun kamo.

“Tarki adabdin biri kulgu durur,

Kulgu adab tarkiga belgu durur.

Qahqahadin kabk navo kelturub,

Boshig‘a ul kulgu balo kelturub. (“Hayrat ul-abror”, 167-bet)

Bu parchalarda oyning qaddi bukikligi odoblilikka mengzalib, aynan shu

kamtarligi uchun kundan kun mukammallashib boradi. Kulgu – odobsizlikning bir

ko‘rinishidir. Bunga misol tariqasida kaklikning sayrashi, atirgulning kulib ochilishi,

chaqmoqning chaqishi kabi misollar berilgan. Kaklik qattiq sayragani sabab ovchilar

uni ovozidan payqab qolishadi va tutib olishadi. G‘uncha esa kulib ochilgani sabab har

yerga sochilib xazon bo‘ladi. Chaqmoq esa kulib-kulib tog‘ ichiga yoki yer qariga kirib

ketadi. Shu kabi hayotiy dalillar keltirilgan. Yettinchi maqolatda qanoat borasida

Navoiy qarashlari berilgan bo‘lib, barchasi inkor qilib bo‘lmaydigan hikmatlardir.

“Kulbada darveshki, qoni’ durur,

Foyiq erur shahg‘aki, tomi’ durur.”(“Hayrat ul-abror”, 179-bet)

Kulbada yashasa ham qanoat qiluvchi darvesh, qasrda yashasa-da qanoatsiz

bo‘lgan shohdan afzaldir. Bu o‘rinlar ham inson ma’naviyatini oshirib, nafsni jilovlashi

kerak ekanligini eslatib turadi.

O‘n birinchi maqolat ilm ahli haqida bo‘lib, Navoiy olim va johil odamlarni

qarshilantirish asosida ta’riflaydi. Bunda olim odamning xorligi, ilm yo‘lida chekkan

jafolari va johil odam insonlar qonini to‘ksa ham hurmat-e’tibordaligi, zarlarga

burkanib, rohatda yashashi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, Navoiy olim odam

mansabga uchmasligi kerakligi, pastkashlik qilmasligi, bu dunyo moliga muhabbat

qo‘ymasligi, agar bularga amal qilmasa, u bilimsiz bo‘lgan bo‘ladi, deb aytib o‘tadi.

1

Sirojiddinov Sh. va boshq. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2020. –B. 97.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

181

2181-

3187

“Hayrat ul-abror”da tasavvufiy g‘oyalar asosida axloqiy yetuklik – Allohga

yaqinlik yo‘lida zaruriy shart sifatida ko‘rsatiladi. Bu yo‘l esa nafsni tiyish, sabr, shukr,

tavoze, muhabbat va qanoat orqali amalga oshadi. “Hayrat ul-abror” dostoni – odob-

axloq darsligi sifatida ham qabul qilinishi mumkin. Alisher Navoiy ushbu asar orqali

zamonasining muhim ijtimoiy, axloqiy muammolarini teran yoritib, o‘quvchini nafaqat

badiiy zavq bilan to‘ldiradi, balki uni fikr yuritishga, komil inson bo‘lishga undaydi.

Doston bugun ham dolzarbligini yo‘qotmagan, balki yosh avlod tarbiyasida bebaho

manba sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan asardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2020. –384 b.

2.

Ishoqov Y. So’z san’ati so’zligi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 320 b.

3.

Shamsiyev P., Ibrohimov S. Navoiy asarlari lug’ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,

1972. – 784 b.

4.

Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent:

Akademnashr, 2020. – 576 b.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2020. –384 b.

Ishoqov Y. So’z san’ati so’zligi. – T.: O’zbekiston, 2014. – 320 b.

Shamsiyev P., Ibrohimov S. Navoiy asarlari lug’ati. – Toshkent: G‘afur G‘ulom,

– 784 b.

Sirojiddinov Sh. Yusupova D. Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent:

Akademnashr, 2020. – 576 b.