ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
383
2181-
3187
SOFOKLNING “SHOH EDIP” ASARIDA DELAKUNIZATSIYA
Po‘lotova Gulmira Murodovna
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy
univeriteti 2-bosqich talabasi
gulmirapolatova01@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqola antik yunon yozuvchisi Sofoklning “Shoh Edip”
tragediyasini tahlil qilishga bag’ishlangan bo‘lib, unda asarning qadimgi yunon
madaniyati, mifologiyasi va diniy e’tiqodlari bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.
Aristotelning “Poetika” asariga asoslanib, “Shoh Edip”ning eng yaxshi tragediya
namunasi ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada asarning o‘zbek tiliga tarjima
qilinishi jarayonida delakunizatsiya hodisasi, ya’ni yunon madaniyatiga xos o‘ziga
xosliklarning yo‘qolishi yoki soddalashtirilishi masalasi o‘rganiladi. Adabiyotlar
tahlili orqali asarning falsafiy, adabiy va psixologik ahamiyati, shuningdek, o‘zbek
teatrida tutgan o‘rni yoritib beriladi. Delakunizatsiya hodisasining sabablari sifatida
yunon diniy tushunchalarining tushunarsizligi, qadimgi yunon jamiyatidagi farqlar,
matnning zamonaviy o‘quvchilarga moslashtirilishi va yunon mifologiyasining
murakkabligi kabi omillar ko‘rsatiladi.
Kalit so’zlar:
delakunizatsiya, deterministik falsafa, egzitensial ziddiyat,
interpretatsiya, ijobiy va salbiy jihatlar, egzistensial fojia.
Annotation.
This article is dedicated to the analysis of Sophocles’ tragedy "
“King Oedipus” examining the interconnection between the work and ancient Greek
culture, mythology, and religious beliefs. Based on Aristotle's “Poetics”, it emphasizes
that “King Oedipus” is the best example of tragedy. The article also explores the
phenomenon of delocalization during the translation of the work into Uzbek, that is,
the loss or simplification of the specific features inherent in Greek culture. Through an
analysis of the literature, the philosophical, literary, and psychological significance of
the work, as well as its place in the Uzbek theater, are highlighted. Factors such as the
incomprehensibility of Greek religious concepts, differences in ancient Greek society,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
384
2181-
3187
adaptation of the text to modern readers, and the complexity of Greek mythology are
indicated as reasons for the delocalization phenomenon.
Keywords:
delocalization, deterministic philosophy, existential contradiction,
interpretation, positive and negative aspects, existential tragedy.
Аннотация.
Данная статья посвящена анализу трагедии Софокла “Царь
Эдип”, в которой рассматривается взаимосвязь произведения с древнегреческой
культурой, мифологией и религиозными верованиями. Основываясь на
“Поэтике” Аристотеля, подчеркивается, что “Царь Эдип” является лучшим
образцом трагедии. Также в статье исследуется явление делакунизации в
процессе перевода произведения на узбекский язык, то есть вопрос утраты или
упрощения особенностей, присущих греческой культуре. Посредством анализа
литературы освещаются философское, литературное и психологическое
значение произведения, а также его место в узбекском театре. В качестве причин
явления делакунизации указываются такие факторы, как непонятность греческих
религиозных понятий, различия в древнегреческом обществе, адаптация текста
к современным читателям и сложность греческой мифологии.
Ключевые слова:
делакунизация, детерминистическая философия,
экзистенциальное
противоречие,
интерпретация,
положительные
и
отрицательные стороны, экзистенциальная трагедия.
Kirish.
Sofoklning “Shoh Edip” tragediyasi qadimgi yunon madaniyati,
mifologiyasi va diniy e’tiqodlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dramatik asardir.
Zero, Aristotel o‘zining “Poetika” asarida aytganidek, “Eng yaxshi tragediyalar ajoyib
inson haqida emas, balki kamchiliklarga ega bo‘lgan, lekin yomon emas, taqdir
taqazosi bilan fojia qurboniga aylangan shaxs haqida bo‘lishi kerak. Shuning uchun
ham “Shoh Edip” eng yaxshi tragediya namunasidir”[1]. Shunindek, ushbu asarni
tarjima qilish jarayonida delakunizatsiya hodisasi, ya’ni yunon madaniyatiga xos
o’ziga xosliklarning yo‘qolishi hamda umumlashtirilishi kuzatilishi mumkin.
Adabiyotlar tahlili.
Bilamizki, Sofokl va uning “Shoh Edip” tragediyasi asrlar
davomida falsafiy, adabiy hamda psixologik jihatdan eng chuqur va zalvorli asarlardan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
385
2181-
3187
biri bo‘lib qolmoqda. Muallif vafotidan yigirma asr o‘tgan bo‘lsa-da, u o‘z
mashhurligini, qimmatini yo‘qotmagan. Sofoklning zamondoshlari va donishmand
Arastu ushbu spektaklni “mualliflik mahoratining cho‘qqisi” deb hisoblaganlar hamda
Freyd undan”Edip kompleksi” nazariyasini rivojlantirgan. Bu asarni Asqad Muxtor
1958-yilda Moskva shahrida “Xudojestvennaya literetura” nashriyotida chop etilgan
ruscha tarjimasidan o‘zbekchaga o‘girgan. Asar o‘zbek tilidagi ilk va yagona
tarjimadir. Shunday qilib, “Shoh Edip” tragediyasi 1979-yilda G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan [5]. Qolaversa, bu asar asrlar
davomida jahon teatr sahnalaridan tushmay keladigan va eng nodir asarlardan biridir,
xususan, o’zbek teatrida ham o‘z tamal toshini qo‘ya olgan asardir. Bu xususda
yozuvchi Nazar Eshonqul “Shop Edip” va Shukur Burxonov haqida shunday fikr
bildiradi: “Tomoshabinlar, albatta, Sofoklning “Shoh Edip” asaridan va uning
televariantidan xabardor. Bu mashhur tragediyadagi Edip rolini ulug‘ san‘atkor Shukur
Burhonov o‘ynagandi. Ulug‘vor asarlar ulug‘ iste’dodlarni dunyoga keltiradi, ulug‘
sahna asarlari ulug‘ aktyorlarni yaratadi. Sofoklning ulug‘ligi o’zbek sahnasida yana
ham ulug‘vor qiyofaga kirdi”[2].
Delakunizatsiyaga tarjima jarayonida milliy, diniy va madaniy unsurlarni
soddalashtirish, neytrallash yoki boshqa moslashtirish jarayoni hisoblanadi. Bu hodisa
turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lish ehtimoli ko‘zda tutiladi, ammo “Shoh Edip” asarida
quyidagi sabablarga ko‘ra delakunizatsiya hodisasi kuzatilgan. Bular:
• Yunon diniy tushunchalarining boshqa madaniyatlarda tushunarsiz
bo‘lishi;
• Qadimgi yunon jamiyatiga xos ijtimoiy va siyosiy tizimlarning farqli
ekanligi;
• Matnning zamonaviy o‘quvchilarga moslashtirilishi;
• Yunon mifologiyasiga oid tushunchalarning ba’zan tushunarsiz
bo‘lishidir.
Asar nafaqat bizda, balki boshqa millatlarda ham turli xil farqlar hamda
o‘zgarishlar bilan, ya’ni ma’lum millat an’analari va madaniyatlariga moslashtirilgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
386
2181-
3187
holda tarjima qilingan. Xususan, 1900 va 1970-yillarda oralig‘ida asarning yettita turli
xil pyesalari Misrda nashr qilingan hamda sahna ko‘rinishi sifatida ijro etilgan. 19-20-
asrlarda Misr hamda Gretsiyaning tarixi o‘rtasida sezilarli farqlar kuzatilgan, shuning
uchun ham ular mustamlaka va mustamladan keyingi turli xil modellardan
foylananishgan [7]. Tarjima jarayonida esa yunon tilidan tarjima qilinganda mazmun,
madaniy kontekst va uslub jihatdan muayyan o‘zgarishlarga uchrashi turgan gap. Bu
jarayondagi asosiy o‘zgarishlar esa, til va uslub o‘zgarishi, madaniy va kontekstual
moslashtirishlar, taqdir hamda erkin iroda tushunchasining talqini hamda poetik va
dramatik strukturalarning moslashtirilishi kuzatiladi. Semiotik va tarjima
nazariyotchisi Umberto Eko ham tarjimada yo‘qolgan elementlar hamda intersektual
o‘zgarishlar haqida gapirgan. Unga ko‘ra, “Shoh Edip” tarjimalari o‘z vaqtining
madaniy paradigmasiga bog‘liq holda o‘zgargan. “Tarjima har doim asl matndan
chetlashadi. “Shoh Edip“ tarjimalarida ramziy ma’nolar va mifologik ishoralar ba’zan
yo‘qoladi yoki yangi kontekstda boshqa ma’no kasb etadi”[4]. Masalan, rus tarjima
asarlariga qaraydigan bo‘lsak, taqdir va majburiylik nuqtai nazaridan, ya’ni
deterministik falsafa asosida talqin qilinadi, holbuki, fransuzlarda Edipning erkin
tanlovi va fojia o‘rtasidagi egzistensial ziddiyat, ya’ni Edipning ichki azoblanishi
nisbatan soddaroq ifodalar bilan beriladi. Masalan,
Ingliz tilida - Asliyatda
O‘zbek
tilidaga
A.Muxtor
tarjimasida
“Dark, dark! The horror of
darkness, like a shroud, wraps me and
bears me on through mist and cloud”.
“Qorong‘ilik... Meni qorong‘u
tuman bosmoqda, yuragimni vahima
chulg‘ab olgan”.
Tarjima asarning poetik tasvirining ham zaiflashishiga olib kelgan. Bundan
tashqari, tarjima nazarayotchisi Jorj Stayner ham bu borada o‘z qarashlarini ifoda
etgan. Stayner tarjimaning ma’daniy kontekstiga bog‘liq ekanligini ta’kidlab, “Shoh
Edip” tarjimalarida ba’zan yunon madaniyatiga xos tushunchalar yo‘qolib ketishini
alohida ta’kidlab ko‘rsatgan. “Har bir tarjima interpretatsiyadir. Stayner “Shoh
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
387
2181-
3187
Edip”ning turli tillarga tarjimalarida yunon mifologiyasi va taqdir tushunchasi ba’zan
soddalashtiriladi yoki boshqa madaniyatga moslashtiriladi”, degan fikrni ilgari suradi
[3]. Masalan, qadimgi yunon tilida “moira”(taqdir) tushunchasi ba’zi tarjimalarda
“Xudo irodasi” sifatida berilgan, bu esa yunon falsafasidagi erkin iroda va zaruriyat
o‘rtasidagi muvozanatni buzishi mumkin. Shu tufayli ham, tarjimaning madaniy
kontekstiga ham tarjima jarayonida e’tibor qaratilishi zarur va muhim hisoblanadi.
Olingan natijalar va ularning tahlili.
“Shoh Edip” asarida delakunizatsiya
kuzatilidagan holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, bular taqdir, bashoratchilik, Xudolar,
siyosiy tuzum bilan ham bog‘liq. Sofokling tragediyasida, ayniqsa, diniy mavzular
katta ahamiyat kasb etadi. Bu Edipning va uning ota-onasining bashoratga ishonishi va
taqdirni o‘zgartirishga urinishga harakat qilishi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tarjima jarayonnida esa ular ba’zan yo‘qotiladi yoki umumlashtitiladi. Xususan,
asarda Delfiy ibodatxonasidagi Apollon bashoratchisi (Pifiy orakuli) muhim rol
o‘ynaydi.
Tarjimada esa u ba’zan “bashoratchi” yoki “muqaddas voiz” sifatida beriladi, bu
esa asl diniy kontekstni pasaytirishi mumkin. “Zeus, Apollon, Dionis” kabi xudolar
nomi ba’zan umumiy “Xudo” yoki “taqdir” sifatida tarjima qilinishi mumkin.
Natijada Asarning yunon mifologiyasiga xosligi zaiflashadi. Chunki ularda har
bir Xudoning o‘z vazifalar yoki qandaydir insonga xos bo‘lmagan xislatlari borligi
ko‘rsatilgan. Zeus ularning Oliy hamda Olimp Xudosi bo‘lsa, Apollon esa bashorat
xudosi sifatida tushuniladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, moira, ya’ni qismat so‘zi
hamda ananke (taqdir) tushunchalari ham asarda muhim rol o‘ynagan. “Shoh Edip”da
qahramon o‘z qismatidan qochishga harakat qilsa ham, barcha harakatlari uni aynan
o‘sha taqdir sari yetaklaydi. Tarjimada esa moira ba’zan shunchaki “taqdir” yoki
“Xudoning irodasi” sifatida beriladi. Yunon dunyoqarashidagi qochib bo‘lmas taqdir
tushunchasi boshqa madaniyatlarda boshqacha talqin qilinishi mumkin. Natijada esa
asl matndagi falsafiy chuqurlik va tragizm darajasi kamayishi mumkin. Shuningdek,
tarjima jarayonida faqatgina madaniyatgagina ta’sir qilib qolmay, u siyosiy tizim va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
388
2181-
3187
jamiyatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, qadimgi
Yunoniston shohlarni ilohiy deb bilishmagan, chunki
ularda Xudolar ko‘p bo‘lgan va ular ilohiy kuchlarga ega deb qaralgan, shohlar
esa faqat hukmdor sifatida xalqqa xizmat qilishi kerak deb hisoblangan. Tarjimada esa
ba’zi shohlar oddiygina “qirol” yoki “imperator” shaklida berilgan yoki juda
soddalashtirilgan.
Masalan,
Polis(shahar,
davlat)
haqidagi
tushunchalar
soddalashtirilganini ko‘rishimiz mumkin. “Shoh Edip” asarida xalq va shoh o‘rtasidagi
munosabat demokratiya ruhiga yaqinroq. Tarjimada esa bu monarxiya shaklida talqin
qilinishi mumkin. Buning natijasida Yunon jamiyatiga xos boshqaruv tizimi o‘quvchi
tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmasligi mumkin. Yana bir tarjima jaryonidagi muhim
o‘zgarishdan biri bu Edip ismining ramziy ma’nosi. Ya’ni asar o‘zbek tiliga tarjima
qilinganda Edip ismining ramziy ma’nosiga alohida to‘xtalib o‘tilmagan. Edip – yunon
tilida “shishgan oyoq” degan ma’noni anglatadi. Bu isming ma’nosi uning bolalikda
oyoqlari bog‘lanib tashlanganidan kelib chiqadi. Holbuki, tarjima jarayonida bunga
alohida to‘xtalib o‘tilmagan. Bu ma’no Edip shaklida qolavergan. Bu esa o‘quvchining
ramziy detaldan bexabar qolishiga yetaklashi mumkin. Natijada esa Edip obrazining
mohiyati va fojialigi tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki,
tarjima jarayonida delokunizatsiya hodisasi sodir bo‘lishi muqarrar jarayondir. Shu
o‘rinda tarjima nazariyotchisi Umberto Eko aytib o‘tganidek, “Shoh Edipning
tarjimalari orqali biz qadimgi yunon dunyosining diniy va falsafiy asoslaridan
uzoqlashib boramiz. Har bir tarjimon o‘z davri mafkurasiga mos ravishda uni talqin
qiladi”, degan fikrni aytib o‘tgan hamda yo‘qolgan elementlar va interpretatsion
o‘zgarishlar haqida ham gapirgan [6]. Bundan tashqari eng muhim tarjima jarayonida
sodir bo‘lgan o‘zgarish bu shubhasiz, she’riy ifodaning nasrga aylantitilganligidir.
Asar tragediya shaklida yozilgan bo’lib, u choruslar, ya’ni bu bir guruh aktyorlar
bo‘lib, ular birgalikda qo‘shiq, she’r yoki dialog orqali spektakldagi voqealarga
munosabat bildiradi. (yoki xorlar) hamda she’riy ko‘rinishda, ammo tarjimada asar
nasrga aylantirilgan va natijada garchi o‘quvchining tushunishiga osonroq shaklga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
389
2181-
3187
aylantirilgan bo‘lsada, she’riy ritm, estetik go‘zallik va dramatik kuch yo‘qolganini
ko‘rishimiz mumkin.
Masalan,
-“Fear? What has a man to do with fear who has firm belief in fate?” deya she’riy
shaklda keltirilgan.
-“Taqdirga ishongan odam qo‘rquv nima ekanini bilmaydi”, shaklida nasriy
bayon qilingan.
Yana bir muhim o‘zgarishlardan biri bu til darajasidagi farqlar, ya’ni yunon
tilidagi murakkab grammatik qurilmalar ritorik so‘roq gaplar, metaforalar o‘zbek tiliga
oddiy gaplar orqali tarjima qilingan, bu esa asarning ta’sirchanlik darajasining
pasayishiga olib kelgan. Masalan,
-“Who is he, whose fate the god pronounces with such dread?”
-“Kim u? Xudo bunchalik dahshatli taqdir aytgan kishi kim?” deya oddiy gap
shaklida tarjima qilingan, bu esa ritorik kuchni pasaytirgan, shunga qaramay mazmun
saqlanib qolgan.
Muhokama.
Yana bir narsa bu o‘quvchilarni o‘ylantirishi tabiiy hol, ya’ni
delokunizatsiya hodisasi sodir bo‘lishi bu ijobiy jarayonmi yoki salbiy?! Aytish joizki,
bu hodisaning salbiy tomonlari ham, ijobiy tomonlari ham birdek kuzatilishi mumkin.
Dastlab, ijobiy tomonlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, u bir qancha xulosalar kelishi
mumkin bular:
1.
Tarjimaning tushunarli va ommabop bo‘lishini ta’minlaydi.
Ba’zida asar juda murakkab hamda tushunishi qiyin bo‘lgan an’anaviy va
tarixiy hodisalarni o‘z ichiga olganda, tarjima jarayonida tushunarliroq qilish
hamda qadimiy va notanish madaniy kontekstni soddalashtirish orqali asarni global
auditoriya uchun yaqinroq qilishi mumkin.
2.
Turli madaniyatga moslashish imkoniyati.
Ba’zi madaniyatlarda asarning asl nusxasidagi diniy va ijtimoiy tushunchalar
biroz qarama-qarshiliklar va tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin, bu esa
asarning o‘qishlilik darajasini kamaytirihi mumkin. Shuning uchun madaniyatga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
390
2181-
3187
moslashtirib tarjima qilish, bir jamiyatga begona bo‘lgan elementlarni olib tashlab,
universal tushunchalarga asoslangan talqin yaratish imkonini beradi. Masalan,
Edipning o‘z taqdirini qabul qilishi ba’zan yunon falsafasidagi taqdir tushunchasi
emas, balki ekzistensial fojia-insonning erkinligi, tanlovi, mas’uliyat va
mavjudlikning noaniqligi bilan bog‘liq muammo, sifatida talqin qilingan.
3.Tarjimada ortiqcha tafsilotlarni kamaytirish.
Ba’zan asarda ko‘p madaniy va diniy detallardan foydalaniladi, bu esa
asarning asosiy mazmuniga putur yetkazishi mumkin, shu tufayli ham ortqicha
ma’lumotlarni kamaytirish va asosiy mazmunni saqlab qolish orqali asarning
yanada rivojiga olib kelishi mumkin.
Salbiy tomonlariga muhokama qiladigan bo‘lsak, ular quyidagilardan iborat:
1.
Sofokl yaratgan yunon mifologiyasi hamda madaniy qatlamlar
yo’qolishi mumkin.
Tarjima jarayonida yunon madaniyatiga xos bo‘lgan madaniy jihatlar va ba’zi
mifologik afsonalar masalan, ular Xudolarga tegishli bo‘lishi mumkin, yo‘qolishi
mumkin.
2.
Asarning tragik ruhiyati va falsafiy mazmuni zaiflashishiga olib
kelishi mumkin.
3.
O‘quvchi asliyat bilan tarjima o‘rtasidagi tafovutni sezmasligi
mumkin.
Shunday qilib, delakunizatsiya natijasi shu va shunga o‘xshash ijobiy va salbiy
oqibatlarga yetaklaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Sofoklning “Shoh Edip” asarining
tarjima jarayonida delakunizatsiya hodisasidan foydalanilgan. Bu hodisa matnning
tushunarli bo‘lishiga yordam beribgina qolmay, asarning globallashuviga ham katta
yordam beradi, ammo shu bilan bir qatorda ortiqcha delakunizatsiya asar mohiyatini
o‘zgartirib yuborishi hamda falsafiy mazmun zaiflashishiga ham olib kelishi
mumkin. Ideal tarjima esa katta mahorat talab qiladi, bu madaniy qatlamlarni
saqlagan holda, zamonaviy o‘quvchi uchun tushunarli bo‘lishi lozim. Shu sababli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
391
2181-
3187
ham tarjima jarayonida delokunizatsiya hodisasidan ehtiyotkorona hamda asosiy
g‘oyani saqlagan holda, asliyat va tarjima o‘rtasidagi muvozanatni topgan holda
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblan
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Aristotel “Poetika” Malcolm Heath tarjimasi:chapter 13, Penguin Classics,
1996. 50-55 b.
2.
Azizbek Yusupov daryo.uz.
3.
After Babel: Aspects of Language and Translation. chapter 2 “Understanding as
Translation”. 1975. 27-45.b
4.
Interpretation vs. Translation. Chapter 8. – pp.250-280.
5.
Qoryog‘diyeva Z. (2022). SOFOKLNING “SHOH EDIP” FOJIASIDA EDIP
PSIXOLOGIYASI.
FILOLOGIYA
UFQLARI
JURNALI,
7(7).
https://art.jdpu.uz/index.php/hp/article/view/4811
6.
Saying Almost the Same Thing. Chapter 3. The Myth of Perfect Translation.
2003. – pp. 50-70.
7.
http://hdl.handle.net/1842/23624