Авторы

  • Po’lotova Gulmira Murodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124618

Ключевые слова:

dekadentizm estetika falsafasi axloqiy indifferentlik dualizm dekadent tanqid individualizm egoizm erotizm

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning “Dorian reyning portreti” asaridagi dekadentizm tshunchasi, g’oyalari  hamda uning asosiy belgilari tahlil qilinadi. Bundan tashqari asarda qo’llanilgan tasvirlar, Uayldning til uslubi hamda badiiy vositalar haqida umumiy ma’lumotlar yoritib o’tiladi.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

376

2181-

3187

OSKAR UAYLD IJODIDA DEKADENTIZM UNSURLARI: ”DORIAN

GREYNING PORTRETI “ ASARI MISOLIDA

Po’lotova Gulmira

Murodovna

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy

universiteti

2-bosqich talabasi

gulmirapolatova01@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Oskar Uayldning “Dorian

Greyning portreti” asaridagi dekadentizm tushunchasi, g’oyalari hamda uning asosiy

belgilari tahlil qilinadi. Bundan tashqari asarda qo’llanilgan tasvirlar, Uayldning til

uslubi hamda badiiy vositalar haqida umumiy ma’lumotlar yoritib o’tiladi.

Kalit so’zlar

: dekadentizm, estetika falsafasi, axloqiy indifferentlik, dualizm,

dekadent tanqid, individualizm, egoizm, erotizm

Kirish.

Taniqli ingliz yozuvchisi Oskar Uayld 19-asrning eng

ko’zga ko’ringan

vakillaridan biri hisoblanadi. 19-asr oxirida Yevropa adabiyotida dekadentizm oqimi

kuchayib bordi. Bu oqim san’atning axloqdan ustun qo‘yilishi, go‘zallikni hayotning

yagona maqsadi sifatida ulug‘lash, ichki buzuqlik, pessimizm va individualizm bilan

ajralib turadi. Oskar Uayld bu davrning eng yorqin vakillaridan biri hisoblanadi hamda

uning ijodi ham o’sha davr adabiyotida muhim o’rin egallaydi. Uning yagona roman

asari —

Dorian Greyning portreti”— dekadentizmning yorqin namunasi hisoblanadi.

Qolaversa, Oskar Uayld haqida bir qancha olimlar, tanqidchilar hamda yozuvchilar o’z

fikrlarini bildirib o’tishgan. Harold Bloom – zamonaviy adabiyotshunos, Yale

universiteti professori u haqida shunday deydi : “Oskar Uayld ingliz adabiyotidagi eng

yorqin va murakkab shaxsdir. Uning "Dorian Greyning portreti" asari — zamonaviy

axloqiy drama va dekadentizm falsafasining namunasidir.” Bloom Uayldning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

377

2181-

3187

asarlarini psixologik chuqurlik va falsafiy izlanishlar bilan boy deb hisoblagan

olimlardan biri edi[1]. Bundan tashqari Uayldning mashhur biografi Richard Ellmann

Oskar Uayldni hayotini estetik tajribaga aylantirgan san’atkor deb hisoblaydi.

Darhaqiqat, Uayld chin ma’noda san’at shaydosi edi deydi ko’plab yozuvchilar.

Shuning uchun ham uning yagona romani ham dekadentizmning yorqin namunasi

sifatida baholanadi. Olimlar Uaylning tanqidiy fikrlari, estetik dunyoqarashini hamda

axloqiy qarama-qarshilikka nisbatan munosabatini yuqori baholaydilar.

Adabiyotlar tahlili.

Dastlab, biz dekandentizm atamasiga to’xtaladigan bo’lsak,

dekandentizm o’zi nima va Oskar Uayld nima maqsadda bu yo’nalishda aynan o’z

romanini yozgan. Dekandentizm, dekandentlik bu lotincha decandentis-tanazzul degan

ma’noni anglatadi. Aynan 19-20-asrlarda Yevropa madaniyatidagi umumiy bo’lgan

holatni ifoda etgan nom. Bunda tanazzulga yuz tutishlik, hayotdan bezishlik,

yolg’izlanib qolish kayfiyati, umidsizlik kayfiyati va boshqa shu kabi hissiyotlar o’z

aksini topgan. Shu asr boshlarida ro’y bergan jiddiy o’zgarishlar, yangilanish hamda

inqilobiy jarayonlarning kuchayishi ijtimoiy voqelikdagi ziddiyatlarning kuchayishiga

olib keldi. Eskilik hamda yangilik o’rtasidagi kurash aynan 19-20-asrlarda avj oldi.

Bunday holatni ko’rganlar esa tarix, tabiat, inson tanazzulga yuz tutmoqda degan fikrga

keldilar. Ular o’z asarlarida ana shu tanazzul, ijtimoiy inqirozlar va ularning

sabablarini, inson boshiga tushgan tashvish hamda qiyinchiliklarni aks ettirishni

maqsad qilib qo’ydilar hamda buning natijasida adabiyotda, ya’ni san’at sohasida

modernizmning yangi yo’nalishi dekandentizm paydo bo’ldi.

Dekandentlik yo’nalishi dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo’lgan.

“La’nati shoirlar “deb qozongan P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme kabi shoirlar

yetakchilik qilgan. Keyinchalik esa bu yo’nalishda ijod qilish Italiyada J. Paskoli

she’riyatida ko’zga tashlandi. Uning ijodi uchun mistik kayfiyat, simvolizm bilan

hamohanglik xos. 1900-yillarda D. taʼsirida Italiyada kuch-qudratga sigʻinishlik va

urush oldidagi qoʻrquv kayfiyatidagi yangi oqim paydo boʻladi (G. Gotssano, M.

Moretti, F. Martini va b.). D. boshqa qator mamlakatlarga ham yoyiladi. Mas,

Germaniyada shoir S. George toʻgaragi paydo boʻlali. Bu toʻgarak aʼzolari ijodida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

378

2181-

3187

Nitsshe gʻoyalari ruhidagi afsonaviylik hissiyoti ustunlik qiladi. Rossiyada D.

simvolizm oqimiga mansub shoirlar ijodida oʻz aksini topadi, lekin bulardagi D.

ekspressionizmga ancha yaqinlashib keladi [2]. Bundan tashqari hayotdan

qoniqmaslik, uning achchiq saboqlari, yomonliklarga qarshi tinimsiz kurash, mavjud

talabga javob bermaydigan narsalarni rad qilish kabi dekadentlarga xos boʻlgan

xususiyatlar hozirgi ham jahon adabiyotida oʻz ifodasini topmoqda.

Endi “Dorian Greyning portreti” asariga keladigan bo’lsak, Oskar Uayld asarda

bir qancha dekandentizm ifodalardan foydalangan hamda uning belgilarini ham

ko’rishimiz mumkin. Hozir asardan olingan bir nechta dekandentizm namunalarini

ko’rib chiqamiz. Bulardan birinchisi go‘zallikni ilohiylashtirish va estetikizm falsafasi.

Dastlab, estetikizm falsafasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu nafosat falsafasidir. Hamda

ba’zi o’rinlarda “san’at falsafasi”deya ham ishlatiladi. Bu dunyoni estetik idrok etish

va tushunishga qaratilgan falsafadir.

Dorianning o‘z portretiga bergan munosabati — go‘zallikni mutlaq qadriyat deb

bilishning timsolidir. Uayld Dorian tilidan quyidagi so‘zlarni keltiradi:

“Men hech qachon qarigim kelmaydi, Bezil. Bu rasm eskirsin, qarisin, lekin men

doim yosh va navqiron bo’lib qolay”

(“I shall stay young, and the picture will grow

old. That is all.”)

Bu so‘zlar Dorianning go‘zallik va yoshlikka bo‘lgan cheksiz ishtiyoqini

ifodalaydi. U hatto ruhini tashqi ko‘rinish evaziga qurbon qilishga tayyor. Bu —

dekadentizmning asosiy belgilaridan biri, ya’ni tashqi shakl va ko‘rinishga haddan

tashqari sig‘inish. Dorian portretini ko’rinishi bilan unga hasad qilishni boshlaydi

hamda yillar o’tib tasvir qarimaydi-yu, ammo uning yuzlariga ajinlar tushadi, u qariydi.

Ayni shu paytda Dorianning hislari dekadentizmning yaqqol tasviri misolidir.

Keyingi misol esa axloqiy buzuqlik va ruhiy yemirilishdir.

Dorian tashqi tomondan go‘zal, lekin ichki olami tobora axloqan yemirila boradi.

U qilgan har bir gunohi portretiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, u buni birinchi qilgan

vijdonsizligi, ya’ni sevgan qizi Sibilni tashlab ketganda payqaydi, aynan o’sha paytda

portretda xunuk irjaygan tabassumdagi Dorian paydo bo’ladi, u shu kabi dahshatli


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

379

2181-

3187

ishlarni juda ko’p sodir etadi, hattoki o’z do’sti Bezilning qotiliga ham aylanadi, rasm

esa tobora dahshatli tus ola boshlaydi. Roman davomida Dorian shunday deydi:

“Men qanday bo‘lishni xohlasam, portret shunday ko‘rsatadi. Portret — mening

vijdonim.”

Bu yerda portret ramz sifatida ishlatiladi: u insonning ko‘zdan yashirilgan axloqiy

ahvolini ifodalaydi. Dorian go‘zallikni saqlab qolish uchun qanchalik tubanlashmasin,

u bunga tayyor. Bu esa dekadentizmning axloqiy indifferentlik (befarqlik) tamoyiliga

mos keladi.

Yana bir misol sifatida san’at va hayot o‘rtasidagi qarama-qarshilikni olishimiz 1

Romandagi salbiy qahramonlardan biri Lord Genri Uottonning vazifasi bu

jamiyatdagi qadryatlarni yo’q qilish, yoshlarning ongini zaharlash hamda go’zallikni

targ’ib qilish. U shunday deydi:” Axloq bu jamiyat tomonidan o’ylab topilgan narsadir,

bu hayotdan faqat zavq olib yashash kerak.”

(“The only way to get rid of a temptation

is to yield to it.”)

Bu g‘oya — Uayld estetik qarashlarining mahsuli. U Genri orqali shuni

ko‘rsatadiki, san’at va estetik hayot ko‘p hollarda axloqiy tamoyillar bilan to‘qnashadi.

Bu to‘qnashuv Dorian taqdirida halokat bilan tugaydi.

Ikkilik (dualizm) – tashqi va ichki o‘rtasidagi tafovut

Romanda Dorianning tashqi ko‘rinishi doimo go‘zal bo‘lib qoladi, ichki dunyosi

esa tobora chiriydi. Bu ikkiyuzlamachilik orqali yozuvchi dekadent insonning ruhiy

holatini ifodalaydi. Portret esa buni vizual tarzda ko‘rsatadi:

“Uning yuzi hali ham farishtadek edi, lekin rasm... rasm dahshatli edi. Ko‘zlar —

nafrat, og‘iz — jirkanchlik to‘la edi.”

Bu iqtibos orqali Uayld inson ichki olamining tashqi go‘zallikka zid bo‘lishi

mumkinligini fosh etadi. Bu esa psixologik dekadensiyaning timsolidir.

Jamiyatga tanqidiy qarash va dekadent tanqidga keladigan bo’lsak, bu, ya’ni

dekandent tanqid jamiyatdagi dekandent oqimga qarshi bildirilgan tanqidiy fikrlar,

qarashlardir. Uayld asar davomida Viktorian Angliyasining ikkiyuzlamachiligini,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

380

2181-

3187

nojo‘ya axloqiy standartlarini tanqid qiladi. Lord Genri obrazi orqali yozuvchi shunday

fikrni bildiradi:

“Zamonaviy jamiyat bu — yolg‘onlar ustiga qurilgan maskarad.”

Bu tanqid orqali Uayld jamiyatda haqiqat va axloqiy me’yorlar emas, balki tashqi

ko‘rinish va obro‘ga asoslangan qadriyatlar hukmronligini ko‘rsatadi. Buni asarda ham

ko’rishimiz mumkinki, Lord Genri va Dorian har doim zodagonlar davrasida

bo’lishadi, Dorianning go’zalligiga barcha oshiq bo’ladi, chunki uning ichki emas

tashqi go’zalligi u jamiyat a’zolar uchun muhim edi.

Individualizm va egoizmga keladigan bo’lsak,

Dekadentizmda shaxsiy zavq va individual istaklar jamiyatdan ustun qo‘yiladi.

Misol (Lord Genri):

“O‘zingga

sodiq

bo‘lish

bu

yagona

axloqiy

burchdir.”

(“To be good is to be in harmony with oneself.”)

Bu jumla axloqiy individualizm tamoyilini ifodalaydi. Dorian aynan shu g‘oya

ta’sirida o‘z zavqi uchun boshqalarni qurbon qilishga tayyor bo‘ladi (masalan, Sibil

Veynning o‘limi).

Olingan natijalar va ularning tahlili.

Shuningdek, asardagi dekandentlik

g’oyalari tasviriy vositalar, asardagi xarakterlar va boshqa bir qancha o’rinlarda ochib

berilgan. Asardagi tasviriy vositalar yordamida dekandentlik ruhiyati yoritib

berilganiga kerladigan bo’lsak, bular portret vijdon va axloq timsoli sifatida qaralgan;

Dorianning tashqi ko‘rinishi – go‘zallik bilan niqoblangan ichki buzuqlik;

Sibil Veynning o‘limi – estetik mukammallikdan chekinish evaziga jazolanish

ko’rinishida o’z aksini topgan.Uayld estetik shakllar orqali insoniy qadriyatlarning

yemirilishini, ruhiy inqirozni ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, asardagi xarakterlar ham dekandentizm g’oyalarining timsoli

sifatida tahlil qilinadi. Bunda asardagi qahramonlar muhim o’rin egallaydi Dorian

Greyn– zavqparast, individualist va axloqiy beparvo obraz Lord Genri – dekadentizm

falsafasining targ‘ibotchisi, hayotdan go‘zallik orqali ma’no izlovchi Bezil –

san’atning muqaddasligini saqlab qolishga intiluvchi, lekin qurbon bo‘luvchi idealist


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

381

2181-

3187

sifatida dekandentizm g’oyalarining timsollariga aylangan. Bu roman Oskar Uayldning

yagona romani bo’libgina qolmay, dekandentizm g’oyalrini aks ettirgan romandir.

Zero,

Bloom Uayldni “murakkab va dualistik shaxs” deb ataydi. Uningcha, Dorian

obrazida inson tabiatidagi qarama-qarshi tomonlar — nafosat va tubanlik

to‘qnashadi[3]. Oskar Uayld hayotining o’zi estetikaga boy edi deb baholaydi boshqa

ko’pgina shoir va yozuvchilar. Ba’zi zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Uayld

asarida dekandentizmga doir psixologik jihatlar ham o’z aksini topgan, masalan,

narsistik shaxsiy tip va uning halokatli oqibatlari ham tahlil qilingan. Buni asar

so’ngidagi Dorian Greyning dahshatli o’limi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Yana

bir misol sifatida esa Dorianning qilmagan birgina yomon ishi, ya’ni oddiy qishloq

qiziga zarar keltirmaganini u yaxshilik deb o’ylaydi hamda suratda o’zgarish sodir

bo’lishini kutadi, bularning barchasi uning psixologiyasidagi o’zgarishlar bilan

bog’liq. Bu asarda dekadentizm estetikasi, erotizm (bu insoniy ehtiros, jinsiy istak va

joziba bilan bog‘liq estetik va ruhiy holatni ifodalovchi tushunchadir, u ko‘pincha

san’at, adabiyot va falsafada jismoniy muhabbat, romantik ilhom, yoki go‘zallikning

jinsiy timsoli sifatida tasvirlanadi)va o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Prazga

ko‘ra, Dorianning hayoti — go‘zallik ortida yashirinayotgan o‘limning

estetikasidir.[4]. Darhaqiqat, Dorian qanchalik go’zal bo’lmasin, uning ichki dunyosi

tubanlashib ketgan. Buni portretning shu darajada xunush tusga kirishidan ham

ko’rishimiz mumkin.

Muhokama.

Asarga tanqidiy yondashuv ham juda muhim hisoblanadi. Muallif

Dorianning halokatini ko’rsatish orqali ham bu oqimning, ya’ni go’zallikka intilish

hamda hayotni shu darajada sevish va undan zavq olishning ham qanchalik axloqiy

yemirilishga, manaviyatning buzilishgiga olib kelishini ochib beradi. Dorianning o‘z

portretini yo‘q qilishga uringani orqali uning o‘z vijdoni, o‘z ruhiy inqirozini yo‘q

qilishga intilishi yaqqol ko’rsatiladi, biroq bu harakat o‘zining o‘limi bilan

yakunlanadi. Bu sujet yechimi orqali muallif dekadentizm falsafasini tanqid ostiga

oladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–1_ июня–2025

382

2181-

3187

Shuningdek, san’atning jamiyatdan uzilishi masalasi ham muhokama qilinadi.

Asar nafaqat shaxsiy inqiroz, balki jamiyatdagi axloqiy tamoyillarning zaiflashuvi

haqida ham mulohaza yuritadi. Bu orqali Oskar Uayld o‘z zamonasidagi san’at va

axloq o‘rtasidagi ziddiyatni badiiy ifodalagan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Oskar Uayld 19-asrda aynan o’zining

romani orqali dekandentizmni, ya’ni go’zallikka intilishni targ’ib qilgan

yozuvchilardan biridir. Uning asari aynan dekandentizmning yorqin misoli bo’la oladi.

Bunda bir inson hayotining qay darajada tubanlikka kirib ketishini, atrofidagi salbiy

insonlar ham bir insonning hayotini, vijdonini shu qadar tubanlikka olib kelganini

ko’rishimiz mumkin. Qolaversa, Uayld bu g‘oyalarni biryoqlama targ‘ib etmaydi,

aksincha, dekadentizm falsafasining halokatli oqibatlarini chuqur badiiy vositalar

orqali fosh etadi. Bu borada mashhur adabiyotshunos Richard Ellmann quyidagi fikrni

bildirgan: “Oskar Uayld o‘zining yagona romanida estetikizm va axloqiy tanazzul

o‘rtasidagi ziddiyatni shu darajada kuchli ochib berganki, bu asar faqat o‘z davri uchun

emas, balki har bir zamon uchun axloqiy ogohlantiruv sifatida xizmat qiladi.”[5]

Darhaqiqat, garchi Oskar Uayld bu asarini yozish uchun bor-yo’g’i 13 kun vaqt

sarflagan bo’lsa-da, hali-hanuz bu asar salkam 3-4 asrlardan beri o’z ahamiyatini

yo’qotgani yo’q, bu asar nafaqat o’z davri uchun, balki bugungi kun uchun ham axloqiy

ogohlantiruv sifatida xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Bloom Harold. Bloom's How to Write about Oscar Wilde. Edited by Amy S.

Watkin, New York: Infobase Publishing, 2009. ISBN: 978-1-60413-693-1.

2.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

3.

Bloom Harold. Bloom's How to Write about Oscar Wilde. Edited by Amy S.

Watkin, New York: Infobase Publishing, 2009.

4.

Praz Mario. The Romantic Agony. Translated by Angus Davidson, Oxford

University Press, 1933.

5.

Wilde Oscar. A Reply to the Criticism of The Picture of Dorian Gray.

St.

James’s Gazette, July 1890.

Библиографические ссылки

Bloom Harold. Bloom's How to Write about Oscar Wilde. Edited by Amy S.

Watkin, New York: Infobase Publishing, 2009. ISBN: 978-1-60413-693-1.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

Bloom Harold. Bloom's How to Write about Oscar Wilde. Edited by Amy S.

Watkin, New York: Infobase Publishing, 2009.

Praz Mario. The Romantic Agony. Translated by Angus Davidson, Oxford

University Press, 1933.

Wilde Oscar. A Reply to the Criticism of The Picture of Dorian Gray. St.

James’s Gazette, July 1890.