ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
364
2181-
3187
INSONIYAT TARIXIDA HADISLAR…
Xurramova Maxliyo Bahodir qizi
Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti I kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hadislarning yaralish jarayoni, jamiyatdagi
muammo va kamchiliklarga yechimlari, bugungi kundagi ahamiyati yoritilgan. Sahih
va nosahih hadislar, ishobchli hadisni ishonchsizdan farqlay olish singari
tushunchalarga to’xtalingan. Soxta hadislar nima sababdan yuzaga kelgani yoritilgan.
Abstract:
This article describes the creation process of hadiths, solutions to
problems and shortcomings in society, and their importance today. Concepts such as
authentic and inauthentic hadith, distinguishing reliable from unreliable hadith are
discussed. It is explained why the fake hadiths came about.
Аннотация:
В данной статье описывается процесс создания хадисов,
решения проблем и недостатков в обществе, а также их значение сегодня.
Обсуждаются такие понятия, как достоверный и недостоверный хадис, отличие
достоверного хадиса от недостоверного. Объясняется, почему появились
фальшивые хадисы.
Kalit so‘zlar:
hadis, ma’naviyat, muammo, yechim, dolzarblik, ishonchli,
o‘rnak, xulosa, ibrat.
Key words:
hadith, spirituality, problem, solution, relevance, reliable,
example, conclusion, lesson.
Ключевые слова:
хадис, духовность, проблема, решение, актуальность,
достоверный, пример, вывод, урок.
“Hadis” arab tilida “gap-so‘z” ma’nosini anglatadi. Demak, Hadis deganda
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning aytgan gap-so‘zlari ko‘zda tutiladi va
tushuniladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
365
2181-
3187
Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimni muhaddis deb ataymiz. Muhaddislar
asosan, hadisni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan qaysi yo‘llar bilan, kimlar
orqali rivoyat qilinib, o‘zlarigacha yetib kelganini aniqlaydigan olimlardir
1
.
Sunnat (hadis) esa ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir.
Din-diyonat, shariat va boshqa ma’nolarda Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘z shaxsiy
fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari bilan taqdim etganlar
2
.
Sunnat va Hadis bir-birining o‘rnida ishlatib kelingan istilohlardir. Ularga
yaxshilab diqqat qilinsa, Hadis xosroq, Sunnat umumiyroq ekani ko‘rinadi.
Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
Adabiyot darsligida hadislar haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: Hadis arabcha
so‘z bo‘lib, xabar, gap, yangilik kabi bir qancha ma’nolarni bildiradi.
Hadislar Qur’ondan keying muqaddas manba bo‘lib, payg‘ambarimiz
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, bergan
ko‘rsatmalari hisoblanadi.
Hadislarni roviylar (rivoyat qiluvchi, aytuvchilar) yig‘gan. Roviylar esa ikki
toifaga bo‘lingan: sahobalar va tobeinlar.
Sahobalar–payg‘ambarimizni ko‘rgan, u kishi bilan suhabatda bo‘lgan
insonlar.
Tobeinlar esa sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchi kishilardir.
Hadis ikki qism: sanad va matndan iborat bo‘lgan. Sanad hadisning qachon,
qanday sharoitda va kimlar huzurida aytilgani haqidagi asos, matn esa uning mazmuni
hisoblanadi.
Hadislarni to‘plab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shug‘ullangan
olimlar muhaddis deyiladi
3
.
Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
Adabiyot darsligida Imom al-Buxoriyning ilm olishdagi mashaqqatli hayot yo‘li
1
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990.
–
B.8.
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990.
–
B.12.
3
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.: Hilol nashr 1990.
–
B 28
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
366
2181-
3187
haqida va “Al jome’ as-sahih” to‘plamidan hadislar berilgan. “Hadislar haqida”
sarlavhasi ostida hadislar haqida quyidagilarni o‘qiymiz:
Shu o‘rinda hadisga berilgan ta’rifga e’tibor qaratamiz. Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ning aytganlari, ko‘rsatmalari, biror masala (narsa, voqea-hodisa,
xatti-harakat) yuzsidan bergan qarorlari hadis sanaladi. Hadislarning ahamiyatini ham
chuqur idrok etishimiz lozim.
Darslikda hadislar haqida, ularning hayotimizda tutgan o‘rni haqida asosli
fikrlar keltirilgan. Fikrni dalillash uchun hadislardan ham foydalanilgan. O‘quvchi
bilishi kerak bo‘lgan yana bir jihat sunnat tushunchasi va uning tarkibidir. Biz
quyidalarni keltirishni lozim topdik:
Sunnat so‘zi arab tilida “tariqat–ma’naviy yo‘l” degan ma’noni anglatadi.
“Falonchining sunnati” deganda o‘sha odamning hayotiy yo‘li tushuniladi. . Shundan
kelib chiqib, “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari” deganda u
zotning tariqatlari, yo‘llarini tushunamiz. Sunnat muhaddislar istilohida quyidagicha
ta’rif qilinadi:
“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir,
xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar “Sunnat”
deyiladi”.
1.
Gap–bunga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning turli holat va
munosabatlarda aytgan gaplari kiradi.
Misol uchun, u zot sollallohu alayhi vasallam “Albatta, ishlar niyatga
bog‘liqdir”, deganlar.
Mana shu muborak gapni eshitgan odamlar uni omonat tariqasida
eshitmaganlarga yetkazganlar vas hu tarzda avloddan avlodga o‘tib, muhaddis
olimgacha yetib kelgan. Muhaddis esa ilmiy yo‘llar bilan tekshirib, uning hadis
ekaniga ishonch hosil qilgandan so‘nggina kitobiga kiritgan. Bu “qavliy (gap)
sunnat” deyiladi.
2.
Ish–deganda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qilgan ish-
amallari tushuniladi. Aytaylik, tahorat qilishlari, namoz o‘qishlari, haj ibodatini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
367
2181-
3187
ado etishlari va boshqa ishlari. U zotning shunga o‘xshash amallarini ko‘rganlar
ko‘rmaganlarga aytib, ko‘rsatib berganlar. Bunday ma’lumotlar shu tariqa hadis
olimiga yetib kelgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qilgan
ishlari sifatida asar bo‘lib qolgan. Buni “amaliy (ish) sunnat” deyiladi.
3.
Taqrir–bir narsaga iqror bo‘lish, uning to‘g‘riligini tasdiqlash–
ma’qullash ma’nosini anglatadi. Sunnatdagi taqrir esa Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallamning sahobai kiromlar tomonidan sodir bo‘lgan ba’zi narsalarni
ma’qullashlaridan iborat.
4.
“Xalqiy” sifat deb tana tuzilishidagi sifatlarga aytiladi. Payg‘ambar
sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan kishilar uz otning bo‘y-bastlari, tana
tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va boshqa a’zolarini batafsil vasf qilib berganlar.
Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib, muhaddislarga, ular orqali islom ummatiga
yetib kelgan. Imom Termiziyning “Shamoili Muhammadiya” asarlari shu
masalaga bag‘ishlangan kitobdir.
5.
“Xulqiy-axloqiy sifatlar”. Sahobai kiromlar Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallamning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari kabi barcha
axloqiy fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu haqdagi ma’lumotlar
sunnatga kiradi.
6.
Tarjimai hol. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning muborak
hayotlari, u zotning tavallud topganlaridan boshlab, to Robblari dargohiga
yetgunlaricha bo‘lgan tarjimai hollari o‘ta aniqlik va butun tafsilotlari bilan
rivoyat qilingan.
Hadislar sahih, hasan va zaif deb nomlangan uch turga bo‘linadi:
“Sahih hadis–to‘g‘ri va aql-idrokli kishi to‘g‘ri va aql-idrokli kishidan rivoyat
qilgan, Sanadi boshidan oxirigacha uzilmay muttasil bo‘lgan, shoz(z) va muallal
bo‘lmagan uzilmagan va nuqsonsiz musnad hadisdir”.
4
4
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-
mufrad. (Adab durdonalari). T.: O‘zbekiston 1990. –
B.197.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
368
2181-
3187
“Hasan hadis–odil, sidq va omonatda mashhur, ammo qamrovda sahih talabi
darajasiga ko‘tarilmagan roviy rivoyat qilgan, Sanadi muttasil bo‘lib, tobiinlardan
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha yetib brogan, illatlardan salomat bo‘lgan
hadis”.
5
“Zaif hadis–tarkibida “sahih” va “hasan” hadislarining sifati bo‘lmagan
hadis”.
6
Hadis ikki qismdan iborat bo‘ladi: sanad va matn. Roviylar silsilasi sanad,
Payg‘ambarimizning aytgan gaplari esa matn bo‘ladi.
Ulamolar tilida Payg‘ambarimiz tomonidan aytilmagan narsani hadis taqdim
etishni “hadis va’z qilish” (qo‘yish) deyiladi. To‘qilgan soxta hadis “mavzu’”–soxta,
to‘qilgan hadis deb ataladi. Payg‘ambarimiz davrlarida ham, biz yashayotgan zamonda
ham nosahih hadislarni uchratamiz. Hadisxon hadislarning sahihini nosahihdan ajrata
bilishi kerak. Kishilar orasida shuhrat orttirish, odamlarni o‘ziga qaratish kabi bir
qancha sabablar yolg‘on to‘qishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu sabablar quyidagicha:
1.
Siyosiy ixtiloflar. Bu borada Rofiza mazhabidagilarning soxta hadis
aytishda haddan oshganliklari alohida ta’kidlanadi.
2.
Zindiqlik. Ya’ni zimdan Islom diniga va davlatiga qarshi kurash olib
boruvchi harakat tomonidan hadis to‘qish.
3.
Qavmiga, qabilasiga, tiliga, yurtiga va imomiga mutaaassib bo‘lish.
Bunda har kim o‘z qavmini, qabilasini, tilini, yurti va imomini maqtab,
boshqalarni yomonlab, soxta hadis to‘qiydi.
4.
Qissachilik va va’zxonlik. Ba’zi bir johil kishilar odamlarni og‘ziga
qaratib, shuhrat qozonish maqsadida turli narsalarni to‘qib, ularni hadis deb
da’vo qiladilar.
5.
Fiqhiy va e’tiqodiy mazhablardagi ixtiloflar. Bunda ham o‘z mazhabi
haq, to‘g‘ri ekanini isbot qilish maqsadida soxta hadis to‘qiydilar.
5
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-
mufrad. (Adab durdonalari). T.: O‘zbekiston 1990. –
B.197.
6
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-
mufrad. (Adab durdonalari). T.: O‘zbekiston 1990. –
B.198.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
369
2181-
3187
6.
Johil kishilarning dinga xizmat qilaman, deb urinishlari sababli
soxta hadislar to‘qiladi;
7.
Podshoh va amirlarga yoqish maqsadida ham soxta hadislar to‘qilgan
ekan.
Hadislarda jamiyatdagi har bir muammo va masalaga yechim mavjud. Ular zamon
va makon tanlamaydi, qaysi asrda yashamang, u muammolaringizga o‘rinli javob
beradi. Insoniyat tarixida hayot yo‘li ibratli, mashaqqatli bo‘lgan zot Payg‘ambarimiz
Muhammad s.a.vdir. U kishining og‘izlaridan chiqqan har bir so‘z, harakat nasihat,
ko‘rsatma sifatida qabul qilingan. Shu o‘rinda ilk hadislar qachondan kitob holiga
keltirilgan, degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi. Birinchi hijriy asr boshida xalifalik
qilgan, ko‘pchilik tomonidan beshinchi roshid xalifa deb tan olingan Umar ibn
Abdulaziz Ibn Shihob az-Zuhriydan va boshqa muhaddislardan omma uchun hadis
kitobi yozishni so‘radi. Ibn Shihob az-Zuhriy sodda qilib, bir kitob ta’lif qildi.
Boshqalar ham unga ergashdilar. Rasmiy ravishda hadis kitoblar yozish shundan
boshlandi
7
.
Hadislarni sahih va nosahihga ajratish nihoyatda mas’uliyatli ishdir. Bu
haqida Imom al-Buxoriy o‘zining “Jome’us-Sahih” kitoblarida keltirgan birinchi hadis
misolida keltiramiz:
“Bizga al-Humaydiy Abdulloh ibn az-Zubayr ushbu hadisni aytdi. U
Sufyondan eshitgan ekan. Sufyon Yahyo ibn Sa’id al-Ansoriydan eshitgan. U
“Muhammad ibn Ibrohim at-Taymiy menga xabar berdi” degan. U esa Alqama ibn
Vaqqos al-Laysiydan eshitgan. Al-Laysiy aytadiki, u Umar ibn Xattob “Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim”, deydi:
“Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir. Har bir odamga niyat qilgani bo‘ladi.
Kimki dunyo uchun hijrat qilsa, unga erishadi. Xotin uchun bo‘lsa, uni nikohlab oladi.
Bas, uning hijrati –nima uchun hijrat qilsa, shuning uchun bo‘ladi.
7
7
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. 1-juz.T.: Hilol nashr 1990.
–
B 25
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
370
2181-
3187
Ushbu hadisning muallifi Payg‘ambarimiz bo‘lib, olti kishidan o‘tib Imom
Buxoriyga yetib kelgan. Buxoriy al-Humaydiydan hadisni eshitishi bilan darhol uni
yozib qo‘ymaydi. Balki hadisni sanad va matnga bo‘lgan.
Sanad so‘zi arab tilida “suyanchiq” ma’nosini anglatadi. Muhaddislar
istilohida esa hadis matniga olib boruvchi suyanchiq yo‘lga sanad deyiladi.
Musulmonlarning bunday jihati musulmon bo‘lmaganlarda kamdan kam uchraydi.
Hadislarning yaralish tarixi, ular kim tomonidan aytilgani, hadislarni rivoyat
qiluvchilar haqida ma’lumot bera turib bir haqli savol paydo bo‘ladi. Adabiyot
darslarida, darsliklarida hadislarni o‘rganishdan, o‘rgatishdan maqsad nima? Bundan
maqsad bugun biz yashayotgan, Kundan kunga golaballashayotgan dunyodagi har bir
muammoga hadislar bilan javob topamiz. Vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgan
millionlagan yoshlar vaqt qadrini hadisdan anglaydi. Ilm olishdan maqsadni to‘liq
anglab yetmagan o‘qirman ilm olish islom dinida farz ekanligini hadislar orqali anglab
yetadi. Bugun biz yoshlarimizning har tomonlama yetuk, har tomondan esadigan
shamollarga yengil uchib ketadigan “barg” kabi bo‘lishini xohlamas ekanmiz
hadislarni o‘rgatishimiz, o‘qitishimiz kerak. Eng avvalo, pedagoglar o‘rganishimiz,
hadislarni o‘qitish metodikasini to‘liq anglab yetishimiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Adabiyot. 5-sinf. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik. T.:
2024.
2.
Adabiyot. 9-sinf. Umumiy o‘rta ta;lim maktablari uchun darslik. T.:
O‘zbekiston NMIU 2019.
3.
Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad. (Adab durdonalari). T.:
O‘zbekiston 1990.
4.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.:
Hilol nashr 1990.
5.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. T.:
Hilol nashr 1990.