ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
69
2181-
3187
KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY
SHERIKCHILIKNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION
MEXANIZMLARI: XORIJIY TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON
QONUNCHILIGI ASOSIDA TAHLIL
Eshmuradov Najmiddin G‘aybullo o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
najmiddineshmuradov99@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada kiberxavfsizlikni ta’minlashda davlat-xususiy
sherikchilik (DXSh) mexanizmlarining innovatsion shakllari tahlil qilingan. AQSH,
Estoniya, Singapur, Isroil kabi ilg‘or davlatlarning tajribalari asosida O‘zbekiston
uchun mos model tavsiya etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
kiberxavfsizlik, davlat-xususiy sherikchilik(DXSh), innovatsion
mexanizmlar, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, axborot xavfsizligi
Аннотация.
В данной статье проанализированы инновационные формы
механизмов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в обеспечении
кибербезопасности. На основе опыта передовых стран, таких как США, Эстония,
Сингапур и Израиль, предложена адаптированная модель для Узбекистана.
Также рассмотрены существующие проблемы в законодательстве Узбекистана и
пути их устранения.
Ключевые
слова:
кибербезопасность,
государственно-частное
партнёрство, инновационные механизмы, законодательство Узбекистана,
международный опыт, ГЧП, информационная безопасность
Annotation.
This article analyzes innovative forms of public-private partnership
(PPP) mechanisms in ensuring cybersecurity. Based on the experiences of leading
countries such as the USA, Estonia, Singapore, and Israel, a suitable model for
Uzbekistan is proposed. The article also examines existing issues in Uzbekistan's
legislation and suggests ways to address them.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
70
2181-
3187
Keywords:
cybersecurity, public-private partnership, innovative mechanisms,
Uzbekistan legislation, international experience, PPP, information security
Kirish.
Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan bir
davrda, kiberxavfsizlik masalasi davlatlar uchun strategik xavfsizlik muammosiga
aylangan.
Axborot
texnologiyalarining
tezkor
rivojlanishi
nafaqat
yangi
imkoniyatlarni yaratmoqda, balki kiberxavflarni ham kuchaytirmoqda. Hozirgi kunda
davlat organlari, moliyaviy institutlar, sog‘liqni saqlash tizimi, energetika va boshqa
muhim infratuzilmalar tobora ko‘proq raqamlashtirilmoqda, bu esa ularni
kiberhujumlarga nisbatan zaif holatga keltirmoqda. Kiberxavfsizlik infratuzilmasini
yaratish va mustahkamlash esa katta mablag‘ va yuqori malakali kadrlar talab qiladi.
Aynan shu jihatdan davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) modeli zamonaviy
muammolarga zamonaviy yechim sifatida qaralmoqda.
DXSh – bu davlat va xususiy sektorning resurslarini, bilim va tajribasini
birlashtirib, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi
mexanizmdir. Kiberxavfsizlik sohasida esa bu sheriklik davlatning regulyatorlik roli
va xususiy sektorning innovatsion yechimlar ishlab chiqishdagi moslashuvchanligini
birlashtiradi. Ushbu maqolada kiberxavfsizlik sohasida DXSh modelining mohiyati,
xorijiy va mahalliy tajribalari, qonunchilik asoslari, mavjud muammolar va istiqbolli
takliflar yoritiladi.
Kiberxavfsizlik sohasi tobora kengayib borar ekan, bu boradagi global tahdidlar
ham o‘zgarib bormoqda. Hozirgi paytda APT (Advanced Persistent Threats),
ransomware, phishing, DDoS hujumlar kabi murakkab va uzoq muddatli
kiberhujumlar ko‘plab davlatlar, kompaniyalar va fuqarolarning axborot xavfsizligiga
tahdid solmoqda. Xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan hukumatlararo axborot
xavfsizligi tashkilotlari, masalan ITU (International Telecommunication Union) va
ENISA (European Union Agency for Cybersecurity) orqali davlatlar o‘zaro tajriba
almashmoqda, biroq milliy darajada ushbu tahdidlarni bartaraf etish uchun mahalliy
resurslar va imkoniyatlardan samarali foydalanish zarur.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
71
2181-
3187
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun davlat va
xususiy sektorni o‘zaro integratsiya qilish orqali milliy xavfsizlikni mustahkamlash
ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ayniqsa, xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan
ham DXSh mexanizmlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jahon banki, Yevropa tiklanish
va taraqqiyot banki (EBRD) kabi moliyaviy institutlar tomonidan DXSh loyihalariga
mablag‘ ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Demak, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya
sari yo‘nalgan strategik siyosatida DXSh asosida kiberxavfsizlikni rivojlantirish
innovatsion yondashuv sifatida qaralmoqda.
Metodologiya
. Tadqiqot metodologiyasi sifatida huquqiy hujjatlarni tahlil qilish,
komparativ (qiyosiy) tahlil, kontent-analiz va tizimli yondashuvlar qo‘llanildi. Tahlil
qilish jarayonida kontent-analiz orqali O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi (lex.uz)
va xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha strategiyalari o‘rganildi. Qonunchilik
hujjatlari matnida DXShga oid qoidalar, ularning sohalar bo‘yicha taqsimoti va
amaliyotdagi ko‘rinishlari sistematik tarzda tahlil qilindi. Shuningdek, AQSH,
Estoniya, Buyuk Britaniya va Singapur kabi ilg‘or mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Ushbu davlatlarda kiberxavfsizlikni ta’minlashda DXSh modeli qanday
qo‘llanilayotgani, qanday qonunchilik asoslari mavjudligi va qanday institutlar faoliyat
yuritayotgani o‘rganildi. Ma’lumotlar to‘plashda ochiq manbalar (hukumat saytlar,
xalqaro tashkilotlar hisobotlari, tahliliy markazlar ma’lumotlari) va ilmiy maqolalardan
foydalanildi. Olingan ma’lumotlar asosida mavjud muammolar, imkoniyatlar va
istiqbollar aniqlanib, tahliliy xulosalar chiqarildi. Tadqiqotda, shuningdek, SWOT
tahlil yondashuvi asosida O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi DXSh
imkoniyatlari va tahdidlari baholandi. Kuchli tomonlar sifatida hukumatning raqamli
transformatsiyaga qaratilgan siyosati, AKT sohasidagi kadrlar salohiyati va xalqaro
hamkorlik mavjudligi belgilandi. Zaif tomonlar esa – moliyaviy resurslarning
cheklanganligi, qonunchilikdagi noaniqliklar va institutsional muvofiqlashtirish
muammolaridan iborat.
Natijalar.
Tahlil natijalari quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlandi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
72
2181-
3187
Xalqaro tajriba: AQSHda Homeland Security va NIST (National Institute of
Standards and Technology) kabi institutlar DXSh asosida xususiy kompaniyalar bilan
hamkorlikda milliy kiberxavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqadi.
Estoniya, dunyoda
birinchi raqamli davlat sifatida, “e-Estonia” dasturi orqali butun davlat boshqaruvini
raqamlashtirishga erishgan va kiberxavfsizlikda xususiy sektor bilan yaqin
hamkorlikda ishlaydi.
Buyuk Britaniyada National Cyber Security Centre (NCSC)
xususiy kompaniyalar bilan birgalikda tahdidlar monitoringi, xavfsizlik bo‘yicha
treninglar va maslahat xizmatlari ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2019-yilda qabul qilingan DXSh
to‘g‘risidagi Qonun umumiy asoslarni belgilaydi, biroq kiberxavfsizlik sohasiga
alohida e’tibor qaratilmagan. UZCERT (Computer Emergency Response Team)
kiberxavfga qarshi markaz sifatida faoliyat yuritsa-da, uning xususiy sektor bilan
o‘zaro aloqalari cheklangan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida
ba’zi DXSh loyihalari amalga oshirilmoqda.
Muammolar: Birinchidan, normativ-huquqiy bo‘shliqlar, ya’ni DXSh modelini
kiberxavfsizlik sohasida qo‘llash bo‘yicha aniq reglamentlar yo‘q. Ikkinchidan, resurs
cheklanganligi, ya’ni davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ yetarli emas.
Uchinchidan, ishonch muammosi, ya’ni davlat va xususiy sektor o‘rtasida axborot
almashinuvi, maxfiylik va ishonch muammolari mavjud.
Shu bilan birga, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, agar DXSh kiberxavfsizlik
yo‘nalishida to‘g‘ri tashkil etilsa, u innovatsion rivojlanish, tezkor yechimlar ishlab
chiqish va milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarining afzalliklariga to‘xtaladigan
bo‘lsak, xususiy sektor ilg‘or texnologiyalarni tezda joriy qila oladi hamda nnovatsion
yechimlarning davlat xizmatlarida tez joriy qilinishiga zamin yaratadi. Jahon
bankining “Public-Private Partnerships in Cybersecurity” nomli hisobotida DXShni
“inclusive governance model” deb atab, bunda davlat va xususiy sektor birgalikda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
73
2181-
3187
milliy kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi
kerakligi ta’kidlanadi.
Xalqaro tajriba tahlili.
AQSH tajribasi: AQSHda kiberxavfsizlik sohasida
davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Masalan,
CISA (Cybersecurity and Infrastructure Security Agency) tomonidan “Joint Cyber
Defense Collaborative (JCDC)” tashabbusi asosida yirik xususiy kompaniyalar,
jumladan Amazon, Microsoft, Google va boshqalar bilan hamkorlik qilinadi. Bu
platforma orqali kiberhujumlar bo‘yicha real vaqtda axborot almashinuvi amalga
oshiriladi. AQSHning NIST (National Institute of Standards and Technology) agentligi
tomonidan ishlab chiqilgan kiberxavfsizlik standartlari xususiy sektor uchun tavsiya
etiladi, lekin ko‘plab kompaniyalar bu standartlarga amal qiladi.
Estoniya tajribasi: Estoniya Yevropadagi eng raqamlashtirilgan davlatlardan biri
bo‘lib, bu yerda “e-Estonia” modeli doirasida kiberxavfsizlik infratuzilmasi davlat-
xususiy sherikchilik asosida shakllantirilgan. Xususiy texnologik kompaniyalar,
masalan, Guardtime, davlat xizmatlarining ishonchli ishlashini ta’minlashda muhim
rol o‘ynaydi. Estoniya kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus qonunchilik asosida davlat-
xususiy hamkorlikning shakllari va mas’uliyat doiralari aniq belgilanadi.
Singapur tajribasi: Singapurda Cyber Security Agency (CSA) tomonidan “Safer
Cyberspace Masterplan” qabul qilingan bo‘lib, unda DXSh modeli asosida “Threat
Intelligence Platform”, “Cybersecurity Labelling Scheme” kabi mexanizmlar joriy
qilingan. Singapur hukumati xususiy sektorga subsidiya va grantlar ajratib, yangi
texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun maxsus muhit yaratgan.
Isroil tajribasi: Isroil dunyoda kiberxavfsizlik startaplari eng ko‘p joylashgan
mamlakatlardan biri bo‘lib, bu yerda davlat harbiy sohada to‘plangan tajribani xususiy
sektor bilan baham ko‘radi. Isroilning Beer-Sheva shahridagi “CyberSpark” hududi
DXSh asosida tashkil etilgan bo‘lib, u yerda universitetlar, mudofaa sanoati va
texnologik startaplar bir joyda faoliyat yuritadi. Isroil hukumati DXShni
kiberxavfsizlikda innovatsiyalar uchun kalit omil sifatida ko‘radi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
74
2181-
3187
Bu davlatlarning har biri o‘zining institutsional modeliga ega bo‘lsa-da, ularning
umumiy jihati – davlat va xususiy sektor o‘rtasida ishonchli hamkorlik, normativ
bazaning aniq belgilangani va strategik yondashuv mavjudligi.
Muhokama.
Yuqoridagi natijalar asosida bir qator muhim xulosalar chiqarish
mumkin. Birinchidan, rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kiberxavfsizlik
masalasi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi faol hamkorliksiz samarali hal etilmaydi.
DXSh orqali birgalikda kiberxavfsizlik standartlarini ishlab chiqish, texnologiyalarni
sinovdan o‘tkazish, xavfsizlik protokollarini ishlab chiqish va joriy etish, treninglar
o‘tkazish kabi muhim vazifalar bajariladi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik
va DXSh bo‘yicha alohida aloqador normativ hujjatlarning mavjud emasligi hamda
xususiy sektorga ishonch pastligi bu modelni keng qo‘llashga to‘sqinlik qilmoqda.
Ayniqsa, xususiy kompaniyalarning hukumat bilan axborot almashishdagi cheklovlar
va xavotirlari, ularning ishtirokini cheklaydi. Uchinchidan, yurtimizda yuqori malakali
kiberxavfsizlik mutaxassislariga ehtiyoj katta. Bu sohada universitetlar, ilmiy-tadqiqot
institutlari va xususiy IT-kompaniyalar o‘rtasida strategik sheriklik zarur. DXSh
modeli aynan shu jihatdan innovatsion bilim va texnologiyalar almashinuvini
rag‘batlantiradi. To‘rtinchidan, raqamli infratuzilmani himoya qilishda faqat texnik
vositalar emas, balki institutsional mexanizmlar, qonunchilik, inson kapitali va ijtimoiy
ishonch ham muhim rol o‘ynaydi. DXSh bu komponentlarning o‘zaro uyg‘unligini
ta’minlovchi platforma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu sababli, DXSh
mexanizmlarini
kiberxavfsizlik
sohasiga
moslashtirish,
qonunchilikni
takomillashtirish, ishonchli axborot almashinuv tizimlarini yaratish hamda xususiy
sektorni rag‘batlantirish – bu boradagi asosiy vazifalardandir.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha samarali DXShni tashkil etish uchun shaffoflik va
hisobdorlik tamoyillari ustuvor bo‘lishi kerak. Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashdagi
ishonchni ta’minlash uchun normativ hujjatlarda shartnoma asoslari, ma’lumotlarni
himoya qilish bo‘yicha standartlar, va favqulodda vaziyatlarda javobgarlik masalalari
aniq belgilanishi kerak. Shuningdek, DXSh subyektlarining huquq va majburiyatlari,
moliyaviy risklarni taqsimlash mexanizmlari, loyiha monitoringi va baholash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
75
2181-
3187
indikatorlari belgilanmasa, bu mexanizm samarali ishlamaydi. Shu bois xorij
tajribasidagi kabi o‘ziga xos “regulatory sandbox”lar tashkil etish va kiberxavfsizlikka
doir texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan platformalarni yo‘lga
qo‘yish lozim. Muhokama davomida, shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik
loyihalarida fuqarolik jamiyati ishtirokini ham ta’minlash masalasi muhim ekani
ta’kidlanadi. Bu ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi.
O‘zbekistonda DXSh amaliyotlari: O‘zbekistonda davlat-xususiy sherikchilik
sohasida umumiy huquqiy asos 2019-yilda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik
to‘g‘risida”gi Qonun bilan shakllantirilgan. Kiberxavfsizlik sohasiga bu qonun
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lmasa-da, unda AKT yo‘nalishidagi loyihalar uchun
imkoniyatlar mavjud. Misol sifatida, “Xavfsiz shahar” loyihasini ko‘rsatish mumkin.
Bu loyihada videokuzatuv tizimlari, transport monitoring tizimlari va sun’iy intellekt
asosida ishlovchi xavfsizlik platformalari joriy etilgan. Loyihada xususiy texnologik
kompaniyalar infratuzilmani yetkazib bergan va texnik xizmat ko‘rsatmoqda. Bu
DXShning noformal ko‘rinishidir. Shuningdek, 2022-yildan boshlab Raqamli
texnologiyalar vazirligi huzurida “Cybersecurity Center” tashkil qilindi va u yerda ham
xususiy sektor bilan hamkorlikda treninglar, sertifikatlash va axborot almashinuvi
yo‘lga qo‘yilgan. Bu DXSh uchun muhim poydevor sanaladi.
Qonunchilik tahlili – O‘zbekiston va xorij: O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bilan
bog‘liq huquqiy asoslar quyidagilar: “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun;
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun; “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonun; “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun;
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun (15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son).
Xorijiy huquqiy modellar bilan taqqoslanganda, O‘zbekiston qonunchiligi hali
yangi bosqichda ekanini ko‘rish mumkin. Masalan: AQSHda NIST tomonidan ishlab
chiqilgan “Cybersecurity Framework” mavjud bo‘lib, unda xususiy sektor ishtiroki
rasmiylashtirilgan. Yevropa Ittifoqida GDPR doirasida xususiy kompaniyalarning
axborot himoyasi bo‘yicha aniq mas’uliyatlari va javobgarlik doiralari belgilangan.
Singapurda esa “Cybersecurity Act” asosida tan olingan “critical information
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
76
2181-
3187
infrastructure” obyektlari ro‘yxati yuritiladi va ularga nisbatan qat’iy xavfsizlik
talablari qo‘yiladi. O‘zbekistonda esa bu boradagi segmentatsiya hali zaif, ammo
DXSh doirasida shunday infratuzilmalarni aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy
qilinishi kutilmoqda.
Xulosa.
Yuqoridagi tahlillarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin,
kiberxavfsizlik sohasida DXSh modeli muhim innovatsion vosita bo‘lib, davlat va
xususiy sektor resurslarini birlashtirishga xizmat qiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, DXSh nafaqat moliyaviy, balki bilim, tajriba va texnologik
hamkorlik imkoniyatlarini ham yaratadi. O‘zbekistonda mavjud qonunchilik bazasi
DXShni umumiy asosda belgilagan bo‘lsa-da, kiberxavfsizlik sohasida uni amalda
qo‘llash uchun maxsus normativ hujjatlar ishlab chiqilishi zarur. Xususiy sektorni jalb
qilishda ishonch muhitini yaratish, ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha kafolatlar zarur. Innovatsion sheriklik platformalarini yaratish, grantlar va
soliq imtiyozlari orqali xususiy kompaniyalarni rag‘batlantirish – istiqbolli
yo‘nalishlardandir.
Shu asosda quyidagi takliflar ilgari surishimiz mumkin:
Birinchisi, kiberxavfsizlik sohasida DXSh uchun maxsus qonunchilik bazasini
yaratish;
Ikkinchisi, xususiy sektor vakillari bilan muntazam strategik uchrashuvlar va
hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish;
Uchinchisi, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va IT-kompaniyalar o‘rtasida
hamkorlik platformasini yaratish;
To‘rtinchisi, davlat-xususiy sheriklik asosida raqamli suverenitet va ma’lumotlar
xavfsizligi bo‘yicha kodeks ishlab chiqish;
Beshinchisi, Raqamli tahdidlarni monitoring qilish uchun markazlashtirilgan
“Cyber Threat Intelligence Platform” yaratish.
Bu takliflar amalga oshirilsa, O‘zbekistonning kiberxavfsizlik infratuzilmasi
yanada barqaror, zamonaviy va innovatsion asosda rivojlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
77
2181-
3187
Yakuniy xulosalardan biri sifatida, DXSh asosidagi yondashuv nafaqat
texnologik yechimlar, balki strategik boshqaruv, moliyaviy barqarorlik va milliy
xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Kelgusida quyidagi tavsiyalarni amalga
oshirish muhim hisoblanadi, ya`ni DXSh asosidagi kiberxavfsizlik infratuzilmasini
moliyaviy va institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun milliy fond tashkil etish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi
ko‘magida maxsus “Cyber PPP Taskforce” tashkil etish, hamda Xalqaro donor
tashkilotlar bilan sheriklik asosida grant asosidagi startap loyihalariga kiberxavfsizlik
inkubatorlarini yo‘lga qo‘yish. Xulosa qilib aytganda, kiberxavfsizlikda DXSh modeli
O‘zbekiston uchun nafaqat zarurat, balki innovatsion imkoniyatdir.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat-xususiy
sherikchilikni institutsional darajada rivojlantirish uchun alohida DXSh agentligi
tashkil etish zarur. Ushbu agentlik davlat va xususiy sektor o‘rtasida vositachilikni
amalga oshiradi. Xavfsizlik infratuzilmasining muhim qismlarini – internet
provayderlar, moliyaviy texnologiyalar, raqamli to‘lov tizimlari – “tan olingan
strategik infratuzilma” deb belgilab, ularga nisbatan DXSh asosida sertifikatlash tizimi
joriy etish kerak. Xorijiy tajribalarga asoslanib, “sandbox” tizimini joriy etish orqali
innovatsion texnologiyalarni real muhitda sinovdan o‘tkazishga imkon beruvchi
platforma yaratish lozim. Raqamli tahdidlarni monitoring qilish uchun
markazlashtirilgan “Cyber Threat Intelligence Platform” yaratish zarur. Bu
platformada xususiy sektor vakillari ham axborot almashinuvida ishtirok etadi. Davlat
xaridlari doirasida kiberxavfsizlik yechimlarini ishlab chiquvchi startaplar uchun
imtiyozli yo‘nalishlar belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston sharoitida kiberxavfsizlikni kuchaytirish va xalqaro standartlarga
mos infratuzilma yaratishda davlat-xususiy sherikchilik eng maqbul va innovatsion
yo‘nalishdir. DXSh modeli orqali davlat resurslaridan oqilona foydalanish, xususiy
sektordan ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, hamda umumiy xavfsizlik madaniyatini
shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
78
2181-
3187
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari:
1.
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun .
2.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun.
3.
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun.
4.
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun.
5.
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun.
6.
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun.
7.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi.
Xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik strategiyalari va qonunchiligi hamda
Xalqaro tashkilotlar hisobotlari va materiallari:
8.
Jahon bankining “Public-Private Partnerships in Cybersecurity” hisoboti.
9.
ITU (International Telecommunication Union) materiallari.
10.
ENISA (European Union Agency for Cybersecurity) materiallari.
11.
EBRD (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) hisobotlari.
12.
AQSHning Milliy kiberxavfsizlik strategiyasi.
13.
NIST (National Institute of Standards and Technology) Cybersecurity
Framework.
14.
Estoniyaning “e-Estonia” dasturi va kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchiligi.
15.
Buyuk Britaniyaning National Cyber Security Centre (NCSC) materiallari.
16.
Singapurning “Safer Cyberspace Masterplan” va Cybersecurity Act.
17.
Isroilning kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy strategiyasi.
18.
Yevropa Ittifoqining GDPR (General Data Protection Regulation).