Авторы

  • Dehqonova Tursunoy Raxmatullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124688

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Renessans moziy shuur mumtoz adabiyot sanj ganj kalim Nizomiy Ganjaviy

Аннотация

Anotatsiya: Jahon adabiyotiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, unda o`z qalami, ijodi bilan nafaqat o`zi yashab o`tgan diyor uchun, balki butun dunyoga xizmat qilgan, dunyo tamadduniga katta hissa qo`shgan ijodkorlar talaygina. Biz ming chandon faxr etishimiz kerakki, bobomiz Alisher Navoiy ana shunday dunyo e`tirof etgan ijodkorlardandir.  Allomaning  birgina g`azal mulkining sultoni ekanligi yoki eng ko`p so`zdan foydalanganligi dalillari ham uning naqadar buyuk siymo ekanligi isbotidir. Biz bugungi maqolamizda ana shu ulug` siymoning ijod go`zalligi haqida bayon qilamiz. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

322

2181-3187

NAVOIY QALAMINING SEHRI

Dehqonova Tursunoy Raxmatullayevna

Andijon viloyati Ulug’nor tumani 13-maktab

E-mail:

tilshunosLADY@gmail.com

Telefon: +998(93)259-90-70

Anotatsiya

: Jahon adabiyotiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, unda o`z qalami, ijodi

bilan nafaqat o`zi yashab o`tgan diyor uchun, balki butun dunyoga xizmat qilgan,

dunyo tamadduniga katta hissa qo`shgan ijodkorlar talaygina. Biz ming chandon faxr

etishimiz kerakki, bobomiz Alisher Navoiy ana shunday dunyo e`tirof etgan

ijodkorlardandir. Allomaning birgina g`azal mulkining sultoni ekanligi yoki eng ko`p

so`zdan foydalanganligi dalillari ham uning naqadar buyuk siymo ekanligi isbotidir.

Biz bugungi maqolamizda ana shu ulug` siymoning ijod go`zalligi haqida bayon

qilamiz.

Kalit so’zlar

: Renessans, moziy, shuur, mumtoz adabiyot, sanj, ganj, kalim,

Nizomiy Ganjaviy,

O’tmish va kelajak. Bu ikki tushunchani bog’lovchi – bugun. Uchinchi

Renessansni barpo qilish uchun tarixga, aslimizga nazar tashlashimiz darkor. Qodiriy

ta’biri bilan aytganda “Moziyga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir”. Moziy qa’rida butun

dunyoni

ilm

va

ma’rifat

bilan

zabt

etgan

ajdodlarimiz

bisyor.

Buyuklar silsilasida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan Navoiy Hazratlarining bosib o’tgan

ibratli yo’lini tahlil qilishning o’ziyoq yoshlar shuurida o’zbeklar asliyatini

gavdalantiradi. Navoiyni tanimagan xalq, shoir sifatida e’tirof etmagan millat yo’q,

menimcha.

O’zbek mumtoz adabiyotining buyuk mutafakkiri va shoiri A.Navoiydan bizga

juda katta va ulkan adabiy meros yetib kelgan. Shoirning adabiy merosi asrlar

davomida avlodlardan avlodlarga katta bir xazina sifatida o’zining durlarini

sochmoqda. Bobomizning adabiy merosi bizga qadar qog’oz va qalam orqali yetib


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

323

2181-3187

kelgan. Sababi, shoir o’z his tuyg’ulari, ichki kechinmalarini qalam orqali qog’ozda

ifodalagan. Shuning uchun ham Hazrat Navoiy “Qalam”ga juda katta e’tibor bergan va

qalam haqida alohida ta’riflar bergan.

«Hayrat ul –Abror» dostonida esa qalam haqida shunday misralarni keltiradi:

Dema yilon, ajdar erur naqd sanj,

Muzmar aning javfida yuz turfa ganj.

Dud chiqib og’zidan ajdar kibi

Dudi aro har shaba gavhar kibi

Navoiy dastlab qalamni ilonga o’xshatadi; ilon egri-bugri yurish qilgani uchun

og’zida muhra va ostida xazina bo’lar ekan. Bu baytda esa mubolag’ani yanada

kuchaytirib,qalamni qimmatbaho xazinalar poyloqchisi ajdahoga o’xshatgan.Qalam

ajdahoday og’zidan tutun(siyoh) chiqaradi,tutun ichidagi munchoq (tomchi) gavharga

o’xshaydi.

Yana bir misrada shunday deydi:

Ajdar emaskim ,emas ajdar salim

Balkim degil oni,a soyi Kalim

Ya’ni: Kalim- Muso payg’ambarimizning laqabi, asoyi Kalim – Muso

hassasi.Afsonaga ko’ra Muso hassasi mo’jizalar ko’rsatgan ekan.Bu baytda qalam

o’sha hassaga o’xshatilgan. 44-bob 12-maqolat

“Farhod va Shirin “ dostonida ham Navoiy shunday deydi:

Qalam shunday bir chopqir otki,uning joyi falakning ustidadir.Lekin bu uchqur qora

ot podshoh Xusravning Shabdiz ismli to’riq oti darajasida har qanday odamni

qo’rquvga sola oladigan bo’lsada, uning ustiga insonning barmog’i chavandoz bo’lib

minib olgan. Barmoqdagi bo’g’inlar go’yo uning belbog’i, tirnoqlari esa uning yuzidir.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

324

2181-3187

U chopar ekan, o’z quyrug’ini bayroq qiladi. Uning boshidan oyog’i xuddi qulog’idek

tilingan.

Yo’q, uni Shabdiz deb atama. U bamisoli bir xushovoz. Qanotsiz bo’la turib, har

tomonga parvoz qila oladi. Uning tumshug’idan doim qora qahrabo tomib turadi. Lekin

bu qahrabodan insonlarga gavharlar sochiladi.

Qo’y, uni qush ham dema. Undagi jism qushda yo’q. San’atlar hakami uni hech

bir tengi yo’q tilsim qilib yaratgan. Umrida xastalik ko’rmagan bo’lsa ham, unda zaiflik

g’olib bo’lib, orasidagi bo’shliqda yuzlab ma’nolar xazinasi yashiringan.

Uning bu xazinalaridan hech kim Ganjada yashagan xazina sochuvchi Nizomiy

Ganjaviy kabi foydalanib, orzulariga yetgan emas.

U o’z ko’nglini ma’nolar xazinasiga aylantirgan bo’lib bu xazinaga har kim ham

yo’l topa olmaydi.

Xulosa qilib aytganda Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir.

Chunki hech kim unga qadar va undan keyin ham bu tilde “ko’p” va “xo’p” yozmagan.

So’zimni Abdulla Oripovning “O’zbekiston” she’ridan olingan misralar bilan

yakunlayman.

Temur tig’I yetmagan joyni, Qalam bilan oldi Alisher.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Alisher Navoiy “Xayratul-Abror” dostoni

2.

Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni

3.

A.Oripov “O’zbekiston” she’riy to’plami 1971-yil.