Авторы

  • Xursanmurodov Tolibboy Shukrullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124693

Ключевые слова:

Balog’at badiiyat bayon ma’oniy bade’ isti’ora majoz grammatika.

Аннотация

Ushbu maqolada dastlab, badiiyatshunoslik balog’at ilmining fan \sifatida shakllanishi bu borada asarlar yozgan olimlar haqida so’z boradi. Balog’at ilmi Qur’on va hadisning nozik jihatlarini tushunishda asosiy vosita ilm ekani ta’kidlanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

298

2181-

3187

ARAB ADABIYOTIDA BALOG’AT ILMINING SHAKLLANISHI VA

TADRIJIY RIVOJI

Hadis ilmi maktabi o’qituvchisi:

Xursanmurodov Tolibboy Shukrullo o’g’li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada dastlab, badiiyatshunoslik balog’at ilmining fan

sifatida shakllanishi bu borada asarlar yozgan olimlar haqida so’z boradi. Balog’at ilmi

Qur’on va hadisning nozik jihatlarini tushunishda asosiy vosita ilm ekani ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

Balog’at, badiiyat, bayon, ma’oniy, bade’, isti’ora, majoz,

grammatika.

Annotation:

This article first discusses the formation of the science of

rhetoric as a discipline, and the scholars who wrote works on this subject. It is

emphasized that rhetoric is a key tool in understanding the subtleties of the Quran

and Hadith.

Keywords:

Eloquence, art, statement, meaning, art, metaphor, simile,

grammar

Аннотация:

В статье впервые рассматривается становление

литературной критики как дисциплины и ученые, писавшие труды по этой

теме. Подчеркивается, что знание является главным инструментом в

понимании тонкостей Корана и хадисов.

Ключевые слова:

Красноречие, искусство, утверждение, смысл,

искусство, метафора, сравнение, грамматика.

Arab tili dunyodagi tillar ichida ko‘p o‘rganilgan va hanuz o‘rganilayotgan

tildir. Lug‘at boyligi, bir lug‘atning bir necha uslubda ishlatish imkoniyatlari

ko‘pligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shevalari ko‘p tillardan hisoblanadi. Bu til

Qur’oni karim tili bo‘lgani uchun ham uni o‘rganish yo‘llari ilgarigi zamonlardanoq

ishlab chiqilgan. Arab tilini o‘rganish uchun ham boshqa tillarni bilib olish uchun

kerak bo‘ladigan fonetika-grammatika, ya’ni arablar istelohidaga sarf va nahv ilmi

mukammal o‘rganiladi. Arab tilida mukammal gaplashish va uni yaxshi tushunish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

299

2181-

3187

uchun, albatta, “balog‘at fani” deb nomlanuvchi arab adabiyoti badiiyatshunosligi

qoidalarini yaxshi bilish kerak. Mazkur qoidalar arab tili ruhini to‘la ochib bergani

uchun ularni bilish Qur’oni karim, hadisi shariflar, shariat kitoblari hamda buyuk

arab shoirlarining ijodlari mahsulidan bahramand bo‘lish va tug‘ri idrok etish

imkonini beradi. Shuning uchun ham arab adabiyoti badiiyatshunosligi fanining arab

tilini o‘rganish, lug‘at unsurlarini mukammal tushunish, she’riyat, adabiyot, badiiy

janrlar va arab tili go‘zalligini ochib berishda ahamiyati yuksakdir. Tilshunos

olimlar badiiyatshunoslik ilmini ta’riflab, u haqda shunday deganlar:

1

« لاحلا تايضتقمل ملاكلا ةقباطم تغلابلا »

«Balog‘at

2

– kalomning holat taqozosiga muvofiq kelmog‘idir».

Asarlardagi ma’lumotlar turli xil bo‘lsada umumiy ma’no bir-biriga yaqin,

lug‘atda esa balog‘at so‘zi "لوصولا" va " ةياهنلا" - “(bir narsaga) yetish, oxiriga

yetish”

3

ma’nolarini anglatadi. Tilshunoslikda esa nutqdan ko‘zlangan yetuk

darajadagi ma’noni to‘g‘ri fasohat bilan yetkazishga aytiladi. Unda har bir gap

munosib o‘rinda keladi va eshitgan ko‘ngillarga yaxshi ta’sir etadi.

Arab adabiyoti badiiyatshunosligi ilmining til sirlarini ochishda betakror o‘rni

va uslublari bor. Til xazinalarini kashf etish, ya’ni ochib berishda, nozik, nafis va

daqiq jihatlarini o‘rganishda u beqiyosdir. Bu ilm aqllarni lol qoldiradigan so‘z

o‘yinlari, bir kalimani turli ma’nolarda nuqsonsiz ishlatish malakalarini

rivojlantiradi. Inson ko‘nglidagi maqsadini chuqurroq va kengroq, so‘z bezaklari,

tushunmovchiliklardan xoli qilib ifodalash tajribasini kamolga yetkazadi. Zero, shu

nozik jihatlari bilan arab tili boshqa tillarda uchramaydigan ma’nolarni ifodalashda

o‘ziga xoslik, go‘zallik, betakrorlik va ulug‘likka egadir.

Arab badiiyatshunosligi fani qachon yuzaga kelganligi haqida turli fikrlar bor.

Dastlab, bu ilm alohida fan sifatida o‘rganilmagan. Johiliya davrida, ya’ni arablarga

1

.مولعلا حاتفم .يكاكسلا دمحم ركب يبا نب فسوي بوقعي وبا

،بتكلا راد :توريب

1983

.

188

2

Arab tilida badiiyatshunoslik fani “balog‘at fani” deb nomlanadi. Bu fan ritorika, aruz va shunga o‘xshash

badiiyatshunoslikning barcha bo‘limarini o‘z ichiga oladi.

3

“Ан-Наъйм ул-Кабир” арабча-ўзбекча луғат. – Наманган: “НАМАНГАН” нашриёти, 2014.

– Б.11.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

300

2181-

3187

islom kelishidan avval ham ular orasida badiiyatshunoslik ilmi bor edi. Lekin,

alohida fan sifatida o‘rganilmas, balki, she’rayat va so‘zlashuv munozaralarida keng

foydalanilgan va qo‘llab kelingan. Arablarga islom kelishidan avval bu ilm shu

darajada takomillashib ketganki, turli yig‘inlarda qabilalar o‘rtasida sheriyat

borasida musoboqalar o‘tkazilgan va bir qabilaning boshqasidan ustunligi she’riy

munozara va muborazalar orqali aniqlangan.

Badiiyatshunoslik ilmlarida hijratning II asridan boshlab kitoblar bitila

boshlangan. Ushbu ilmlardan birinchi bo‘lib bayon ilmida kitob yozilgan deyish

mumkin. 206 hijriy sanada vafot qilgan Abu Ubayda Ma'mar ibn Musanna at-

Taymiy

4

bo‘lib, uning “Majozul Qur'on” kitobini bayon ilmida yozilgan birinchi va

alohida ilm sifatida shakllanishiga tamal toshini qo‘ygan asar deyish mumkin. Abu

Ubayda Yunus ibn Habibning shogirdi bo‘lib, Sibavayhning ustozidir.

Balog‘at ilmlariga tegishli asarlar va ularning mualliflari maoniy ilmida

birinchi qalam tebratgan olimning nomi ma’lum emas. Ba’zi risola va asarlarida

Ja’far ibn Yahyo, Sahl ibn Horun kabi bir qancha olimlar maoniy ilmi haqida so‘z

yuritganlar. Maoniy ilmida birinchi bo‘lib alohida kitob yozib, uni mustaqil fan

sifatida o‘rgangan kishi Amr ibn Bahr Johizdir. Uning “Al-bayon vat-tabyin”

hamda “Ijozul Qur’on” (Qur’on mo‘jizalari) nomli kitoblari o‘z vaqtida mashhur va

mo‘tabar bo‘lgan. Undan keyin bu ilmda Abu Abbos Mubarrad va Qudoma ibn

Ja’far Kotib va boshqalar asarlar bitganlar.

U ilm sifatida to‘g‘ri va o‘rinli so‘zlash usullari va qoidalarini o‘rganuvchi

uchta ilmga bo‘linadi: ma’oniy, bayon va bade’. Arab tili va adabiyotiga oid fanlar

ichida badiiyatshunoslik eng oxirgi mustaqillikka erishgan. Chunki Qur’on badiatini

anglash uchun musulmon xalqlari, turli avlodlar bu masala ustida uzoq vaqt ish olib

borishlarini kutish, badiiyatshunoslikning tamoyillari, usuli va istilohlarini ochib

berish kerak edi. Biroq bu tarixiy jarayondan so‘ng balog‘at mustaqil fanga aylandi.

4

110- hijriy yilda Umaviylar halifaligi davrida Basra shahrida tug‘ilgan. Basra shahrida yashab ijod qilgan,

asarlar yozgan, ta’lim va tadris bilan shug‘illangan. Tarixchi, nasabshunos, olim kishi bo‘lgan. Horun ar-
Rashid u kishining shogirdi bo‘lgan. 209- hijriyda Abbosiylar davrida vafot etgan. “Kutubud-diyniyya”,
“Kutub fi axboril-arab”, “kutub fi tarixil-arab qoblal-islam”, “Kutub fi axboril-qobail” “kutub anil-ahadis”
va yana ko‘plab asarlari mavjud.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

301

2181-

3187

Badiiyatshunoslikning uchinchi qismi hisoblangan bade’ ilmida birinchi kitob

Abdulloh ibn Mo‘taz Abbosiyning (296 hijriy sanagacha yashagan) kitobi

hisoblanadi. Shungacha shoirlar she’rlarini bade’ ilmining ba’zi turlarida ijod

qilardilar. Ibn Mo‘taz bade’ning o‘n navini jamladi. Uning asrdoshi Qudoma ibn

Ja’far bularni o‘rganib chiqib, navlar sonini yigirmataga yetkazdi. Bularning yetti

navida Abdulloh navlariga muvofiq keldi. Qolgan o‘n uch navi yangilik edi.

Abdulloh bundan ilhomlandi va izlanib, yana o‘n yetti nav kashf etdi. Shunday qilib,

bade’ ilmining navlari jami o‘ttiztaga yetdi.

Ibn al-Muqoffa (vaf. 142/759)

5

, Johiz (vaf. 255/869), Qudoma ibn Ja’far

(vafoti 337/948) va Rummoniy (384/994)largacha notiqlik tug‘ma iste’dod va

san’atga moyillik sifatida tushunilgan. Aslini olganda, Ibn al-Muqoffa fikricha,

badiiyatshunoslik so‘zni hamma ham osonlikcha aytolmaydigan tarzda aytishdir.

Johizning fikriga ko‘ra, so‘z va ma’no bir-biri bilan go‘zallikda musobaqalashadi,

ya’ni so‘z ma’nodan oldin quloqqa, ma’no esa so‘zdan oldin aqlga tez yetib boradi

6

.

Rummoniyning fikricha, aksincha, goʻzal va oʻrinli iboralar bilan maʼnoni aqllarga

yetkazishdir.

Keyingi asrlarda har bir olim bu ilmning rivojiga hissa qo‘shib bordi. Natijada

bade’ ilmida mo‘tabar va nodir hisoblangan kitoblar birin-ketin dunyo yuzini ko‘ra

boshladi. Abu Hilol Xasan ibn Abdulloh ibn Sahl Askariyning (395 hijriy)

“Sanoatayn”, Abu Ali Hasan ibn Rashiqning (409 h.) kitoblari shular jumlasidandir.

Arab tilshunosligi tarixidan ma’lumki, arablar o‘z tillarining grammatikasini

tadqiq qilishni boshlaganlarida avval sintaksis ( وحنلا ملع ), keyin morfologiya bo‘limi

(

فرصلا ملع ) vujudga kelgan. So‘ngra ةغلابلا ملع – stilistikaning asoslari yaratilgan.

Ammo o‘sha davrda mazkur fan bo‘yicha alohida kitob mavjud bo‘lmay, faqatgina

5

To‘liq ismi Abu Muhammad Abdulloh al-Muqoffa Eronning Feruzobod shuahrida milodiy 724 yilda

tug‘ilgan. Fors majusiy oilasida tug‘ilgan va shu e’tiqodida bo‘lgan. Islom diniga kirishidan oldin forsiy
ismi Ruzba ibn Daziyya bo‘lgan. Keyinchalik islomni qabul qilgan. Hijriy ikkinchi, milodiy sakkizinchi
asrda Umaviy va Abbosiylar davrida Basrada istiqomat qilgan. 759- yil Iroqning Basra shahrida vafot etgan.
Fors va arab tillarida ijod qilgan. ريبكلا بدلأا va ريغصلا بدلأا nomli kitobi mavjud. Uning ةيلكلا nomli asarini
Imom Mubarradning لماكلا , Al-Jahizning نييبتلا va نايبلا asarlari, shuniungdek, ةدمعلا asarlari darajasida
deb xisoblashgan.

6

.لولاا زجلا .زنايبتلا و نايبلا .زهاج رحب نبا ورمع

-

،رارسلاا ةبتكم :ةرهاق

1993

.

115

.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

302

2181-

3187

ushbu ilmga oid alohida savollarga javob tariqasida yozilgan kichik hajmdagi

risolalargina mavjud edi. Keyinchalik stilistika fani rivojlana borgani sari alohida

asar yozish ehtiyoji tug‘ilgan.

Badiiyatshunoslik ilmiga oid birinchi kitobni yozgan olim Abu Ubayda (vaf.

825y.) bo‘ladi. Uning “نآرقلا زاجم”

7

nomli asari mashhurdir. Bu kitob Qur’oni

karimning ma’nolari va bayon uslublari haqida yozilgan, majozga bag‘ishlangan.

Keyingi asrlarda balog‘at ilmi rivojlanib borib, u haqida yozilgan asarlar ham

ko‘payib borgan.

7

Tarixchilar bu asarni muallif tomonidan yozganligini sababini quyidagicha keltirishadi: Fazl ibn

Robianing kotiblaridan biri Abu Ubaydan Qur’oni karimdagi majoz keltirilgan bir oyatning qaysi ma’noda,
ya’ni oyatdagi ma’nodan nima iroda qilinishi haqida so‘raydi. Abu Ubayda savolga javob beradi va
Qur’onning majoz o‘rinlarini ochib beruvchi bir asar yozishni maqsad qiladi.

Библиографические ссылки

Badiiyatshunoslik ilmiga oid birinchi kitobni yozgan olim Abu Ubayda (vaf.

y.) bo‘ladi. Uning “نآرقلا زاجم”7 nomli asari mashhurdir. Bu kitob Qur’oni

karimning ma’nolari va bayon uslublari haqida yozilgan, majozga bag‘ishlangan.

Keyingi asrlarda balog‘at ilmi rivojlanib borib, u haqida yozilgan asarlar ham

ko‘payib borgan.