ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
181
2181-
3187
HOMILADORLIKDA OGʻIZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI
KASALLIKLARI: KLINIK TADQIQOT, STATISTIK TAHLIL VA
DAVOLASH YONDASHUVLARI
Mo’minova O’.Sh
EMU universiteti Toshkent O‘zbekiston
Annotatsiya.
Homiladorlik davrida ayol organizmida yuzaga keladigan
gormonal, immunologik va metabolik o‘zgarishlar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, shilliq qavat sezuvchan bo‘lib, bu davrda
yallig‘lanishli va infeksion kasalliklar, xususan stomatit, gingivit va kandidoz holatlari
keskin ortadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, homilador ayollarning 60% dan ortig‘ida og‘iz
bo‘shlig‘i bilan bog‘liq muammolar uchraydi (Silk et al., 2008; Han et al., 2022).
Ushbu tadqiqotda homiladorlikning turli trimestrlarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
qavatidagi kasalliklarning klinik xususiyatlari, etiologiyasi va ularning homiladorlik
kechishiga ta’siri statistik va laborator tekshiruvlar orqali o‘rganildi. Olingan natijalar
asosida diagnostika va davolash yondashuvlariga ilmiy asoslar taklif qilindi.
Kalit so’zlar: homiladorlik, og’iz bo’shlig’i, gingivit
ЗАБОЛЕВАНИЯ СЛИЗИСТОЙ ОБОЛОЧКИ ПОЛОСТИ РТА ПРИ
БЕРЕМЕННОСТИ:
КЛИНИЧЕСКОЕ
ИССЛЕДОВАНИЕ,
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И ТЕРАПЕВТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ
Муминова
У.Ш.
Университет EMU, Ташкент, Узбекистан
Аннотация.
Во время беременности в организме женщины происходят
гормональные, иммунологические и метаболические изменения, которые
напрямую влияют на ткани полости рта. В частности, слизистая оболочка
становится чувствительной, в результате чего резко увеличивается частота
воспалительных и инфекционных заболеваний, таких как стоматит, гингивит и
кандидоз. Согласно данным литературы, более чем у 60% беременных женщин
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
182
2181-
3187
наблюдаются проблемы, связанные с полостью рта (Silk et al., 2008; Han et al.,
2022).
В данном исследовании изучены клинические особенности, этиология
заболеваний слизистой оболочки полости рта на различных триместрах
беременности и их влияние на течение беременности с использованием
статистических и лабораторных методов. На основе полученных результатов
предложены научно обоснованные подходы к диагностике и лечению.
Ключевые слова:
беременность, полость рта, гингивит.
ORAL MUCOSAL DISEASES DURING PREGNANCY: CLINICAL
STUDY, STATISTICAL ANALYSIS, AND TREATMENT APPROACHES
Muminova
O.Sh
EMU University, Tashkent, Uzbekistan
Abstract.
During pregnancy, hormonal, immunological, and metabolic changes
occur in a woman’s div, which directly affect the tissues of the oral cavity. In
particular, the mucous membrane becomes more sensitive, leading to a significant
increase in inflammatory and infectious conditions such as stomatitis, gingivitis, and
candidiasis. According to data, more than 60% of pregnant women experience oral
health problems (Silk et al., 2008; Han et al., 2022).
This study examines the clinical characteristics and etiology of oral mucosal
diseases during various trimesters of pregnancy and their impact on pregnancy
outcomes through statistical and laboratory investigations. Based on the findings,
scientifically grounded approaches to diagnosis and treatment are proposed.
Keywords:
pregnancy, oral cavity, gingivitis.
Homiladorlik — ayol hayotidagi fiziologik, ammo kompleks o‘zgarishlar davri
bo‘lib, bu davrda organizmda yuzaga keladigan gormonal siljishlar butun tana
tizimlariga, xususan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati holatiga ham bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Progesteron va estrogen gormonlarining sezilarli darajada oshishi tufayli
qon tomirlar kengayadi, shilliq qavatda shish va giperemiyaga olib keladi, bu esa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
183
2181-
3187
yallig‘lanishli reaksiyalar rivojlanishiga zamin yaratadi (Lopez et al., 2002; Gürsoy et
al., 2013).Ayrim manbalarga ko‘ra, homiladorlik davrida gingivit 60–75% hollarda
uchraydi (George et al., 2020). Bu holat “homiladorlik gingiviti” deb atalib, ko‘pincha
ikkinchi va uchinchi trimestrda rivojlanadi. Og‘iz kandidozi esa immunitet pasaygan
holatlarda, antibiotik yoki gormonal terapiya fonida rivojlanadi. Shuningdek, og‘iz
bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi disbakterioz holatlarni kuchaytiradi
(Samaranayake, 2011).
Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining homiladorlik asoratlariga (erta tug‘ruq, amniotik
infektsiyalar, toksemiya) olib kelishi haqidagi dalillar ham mavjud (Offenbacher et al.,
2006; Xie et al., 2021). Shunga ko‘ra, stomatologik sog‘liqni saqlashni ginekologik
kuzatuvning ajralmas qismi sifatida ko‘rish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Aynan
ushbu omillarni hisobga olgan holda, homilador ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
qavati kasalliklarining tarqalishi, klinik ko‘rinishlari va profilaktika-davolash
yondashuvlarini o‘rganish ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqot materiali va usullari:
Tadqiqot 2023–2024 yillar davomida Toshkent
shahridagi “Ona va bola” xususiy klinikasida olib borilgan. Umumiy 90 nafar
homilador ayol (I–III trimestr) quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganildi:1) Klinik
stomatologik tekshiruv. 2) Mikroskopik, bakteriologik va PZR tahlillar. 3) Og‘iz
gigiyenasi indeksi (OHI-S). 4) Anketalar orqali anamnez yig‘ildi.Homilador ayollar 3
guruhga bo’lindi: I trimestr (n=30); II-trimestr (n=30) va III-trimestr (n=30 ) homilador
ayollar.
Tadqiqot natijalari: Kasalliklarning uchrash chastotasi va klinik taqsimoti
Ogʻiz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari quyidagi ko‘rinishlarda aniqlangan:
Kasallik turi
Umumiy
uchrash (%)
I
trimestr (%)
II
trimestr (%)
III
trimestr (%)
Kataral
stomatit
34
(37.8%)
12
(40%)
13
(43.3%)
9
(30%)
Og‘iz
kandidozi
25
(27.8%)
11
(36.6%)
9
(30%)
5
(16.6%)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
184
2181-
3187
Homiladorlik
gingiviti
20
(22.2%)
3
(10%)
7
(23.3%)
10
(33.3%)
Gerpetik
stomatit
11
(12.2%)
4
(13.3%)
3
(10%)
4
(13.3%)
I trimestrda kandidiaz ko‘rinishlari eng yuqori (36.6%) bo‘lib, bu davrdagi
immunitetning fiziologik susayishi (progesteron va kortizol ta’sirida) bilan bog‘liqdir.
Samaranayake (2011) ta’kidlaganidek, Candida albicans odatda oportunistik patogen
sifatida immunitet pasaygan holatlarda faollashadi. II va III trimestrda esa gingivit
chastotasi oshgani kuzatildi (III trimestrda 33.3%), bu esa gormonal yuklama va qon
aylanishining ortishi bilan tushuntiriladi. Gürsoy et al. (2013) bu bosqichda qon
tomirlar sezuvchanligining ortishini va shilliq qavatning mikrojarohatlanishini gingivit
rivojlanishida asosiy omil deb hisoblaydi. Gerpetik stomatit har uch trimestrda deyarli
bir xil foizda uchragan bo‘lib, bu virusning latent shakldan faollashuvi bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin (Lopez et al., 2002).
Gigiyena holati (OHI-S indeksi bo‘yicha):
Gigiyena bahosi
Bemorlar soni
(%)
Yaxshi
(0.1–1.2)
14
(15.5%)
Qoniqarli
(1.3–3.0)
39
(43.3%)
Qoniqarsiz
(>3.0)
37
(41.1%)
37 nafar bemorda (41.1%) yomon gigiyena indeksi aniqlanib, ularning 78%
holatida stomatit yoki gingivit qayd etilgan.
Bu natijalar Silk et al. (2008)
ma’lumotlariga mos keladi, ular og‘iz gigiyenasining homiladorlikdagi parodontal
kasalliklar rivojiga bevosita ta’sirini ko‘rsatgan.
3. Mikrobiologik va laborator natijalar: Candida albicans
25 bemorda
aniqlanib, bu ogʻiz kandidiazi tashxisining 100% holatlarida laborator asosga ega
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
185
2181-
3187
ekanligini tasdiqladi.
Streptococcus mitis, Fusobacterium nucleatum va Prevotella
intermedia
kabi anaerob mikroflora gingivit holatlarida asosiy patogenlar sifatida
ajratildi.
Herpes simplex virus 1 (HSV-1)
DNKsi gerpetik stomatit holatlarining
90%da PZR orqali tasdiqlandi.
Shilliq qavatdan olingan surtmalar asosida yiringli stomatitli 6 bemorda
polimikrobial flora aniqlangan bo‘lib, bu asoratlangan holatlar bilan bog‘liq bo‘ldi.
4.Trimestrlarga nisbatan simptomlar intensivligi
Simptom
I trim. (%)
II trim. (%)
III trim. (%)
ogʻriq
56.6%
50%
46.6%
Shish,
qizarish
40%
53.3%
66.6%
Qonash
6.6%
20%
33.3%
yiring
36.6%
30%
16.6%
I trim. – diskomfort va og‘riq yetakchi simptom bo‘lib, toksikoz bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. III trim. – shish va qonash simptomlarining kuchaygani progesteron
va estrogen gormonlarining yuqori kontsentratsiyasi bilan izohlanadi (Lopez et al.,
2002).
5. Asoratlangan holatlar:
6 nafar bemorda yiringli stomatit qayd etilgan. 3
bemorda umumiy intoksikatsiya belgilari (isitma, holsizlik, limfadenit) kuzatilgan.
2
bemorda og‘izdagi og‘riq tufayli ovqatlanish buzilishi va tana vaznining 1–2 kg ga
kamayishi kuzatildi.
Bu natijalar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining homiladorlik fiziologiyasiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Offenbacher et al. (2006) periodontal infektsiyalarning
erta tug‘ruq xavfini oshirishini aniqlagan.
Xulosa:
Tadqiqot natijalari homiladorlik davrida ogʻiz bo‘shlig‘i shilliq qavati
kasalliklarining yuqori uchrash tezligi, ularning klinik ko‘rinishlari va homiladorlik
trimestrlariga xos farqlarini yaqqol namoyon qildi.
Tadqiqotda aniqlanishicha, homilador ayollarning 65.5%ida ogʻiz bo‘shlig‘i
shilliq qavati kasalliklari mavjud bo‘lib, eng ko‘p uchraydigan shakllar kataral stomatit
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
186
2181-
3187
(37.8%) bo’ldi.
Kasalliklar trimestrlarga qarab turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. I
trimestrda immunitet pasayishi fonida kandidiaz holatlari ko‘p uchragan bo‘lsa, III
trimestrda gormonlar ta’siri bilan gingivit chastotasi keskin oshgan.
Bemorlarning
41.1%ida ogʻiz gigiyenasi past darajada bo‘lgan va ularning ko‘pchiligida stomatit
yoki gingivit qayd etilgan. Bu ogʻiz gigiyenasi yomon bo‘lgan homilador ayollarda
kasalliklar rivojlanish xavfi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Candida albicans
100% ogʻiz kandidiazi holatlarida aniqlangan.
Gingivit
holatlarida anaerob mikrofloraning faolligi qayd etildi, bu kasallikning infeksion
etiologiyasini tasdiqlaydi. PZR orqali Herpes simplex virusining aniqlanishi
stomatitning virusli tabiatini ko‘rsatadi. Ayrim bemorlarda og‘ir og‘riq va ovqatlanish
buzilishlari natijasida vazn yo‘qotish holatlari, yiringli asoratlar, umumiy
intoksikatsiya kuzatildi.
Ushbu kasalliklar nafaqat homilador ayollarning umumiy
sog‘lig‘iga, balki tug‘ruq jarayoniga va homila rivojiga ham bevosita yoki bilvosita
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bu laborator asosli yondashuvlar stomatologik
kasalliklarning aniq tashxisini qo‘yish va individual davolash rejasini tuzishda muhim
ahamiyatga ega.
Amaliy tavsiyalar
: 1.Homiladorlik davrida ayollarni og‘iz bo‘shlig‘i holatini
baholash va zarur choralarni ko‘rish ginekologik kuzatuvning ajralmas qismi bo‘lishi
lozim. 2. Gigiyena vositalari (yumshoq cho‘tka, antiseptik chayqovlar) to‘g‘ri
tanlanishi kerak. 3.Har bir trimesterda stomatologik ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha milliy
va xalqaro yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. 4.Sog‘liqni saqlash tizimida
stomatolog, ginekolog va terapevtlarning kompleks yondashuvi muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1. Silk H., Douglass A. B., Douglass J. M., Silk L. (2008). Oral health during
pregnancy. American Journal of Public Health, 98(9), 1670–1676.
2. Han Y. W., Wang X. (2022). Mobile microbiome: oral bacteria in extra-oral
infections and inflammation. Journal of Dental Research, 101(2), 126–133.
3. Lopez N. J., Smith P. C., Gutierrez J. (2002). Periodontal therapy and preterm birth:
an exploratory study. Journal of Periodontology, 73(8), 911–924.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня–2025
187
2181-
3187
4. Gürsoy M., Pajukanta R., Sorsa T., Könönen E. (2013). Clinical changes in
periodontium during pregnancy and post-partum. Journal of Clinical Periodontology,
40(6), 527–533.
5. George A., Johnson M., Blinkhorn A. (2020). Promoting oral health during
pregnancy: current evidence and implications. Australian Dental Journal, 65(1), 26–
32.