ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
40
2181-3187
AQLIY RIVOJLANISHDA ORQADA QOLGAN BOLALAR
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Defektologiyaga Maxsus pedagogika yoʻnalishi talabasi
Tosheva Kamola Yusuf qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqola Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan
ishlash kuzda tutilgan. Psixologiyada koʻproq intelektual rivojlanishida koʻproq
orqada qolgan bolalar deb yuritiladi. Bu intelektual qobiliyatlari yoshiga nisbatan past
boʻlgan,bilim olishda orqada qolgan muloqot qilishda kundalik hayotdagi vazifalarni
bajarishda qiyinchiliklarga duch keladigan bolalardir.
Kalit soʻzlar:
Debil, Imbetsil, Idiot, pedagogik, psixologik, logopedik,
demensiya, patologik, individual, infeksion va boshqalar.
Aqliy rivojlanish bu bolaning atrof - muhitni idrok etishi, bilimlarni
oʻzlashtirishi,va fikrlarni muammolarni hal etish qobiliyatidir. Bunday bolalar aqliy
rivojlanishda orqada qolgan bolalar deb ataladi. Intelektual rivojlanishining sustligi bu
bolalar yangi olgan yani oʻrgangan bilimlarini oʻzlashtirishtiradilar.Ularni amaliyotda
yani oʻzlarining hayotlarida qoʻllashga qiynaladilar.Ularda nutqdagi cheklovlar soʻz
boyligi oz boʻladi va toʻgri gap tuzishda va eshitganini tushunishda ularda
muammolar seziladi. Ularda ijtimoiy koʻnikmalarning rivojlanmaganligi tufayli oʻz
tengdoshlari bilan muloqot qilganda noqulaylik sezadilar.Oʻz fikrini his -tuygʻularini
ifoda etishda qiynaladilar. Bunday bolalarni erta aniqlash nazoratda chetda
qoldirmaslik va oʻz vaqtida maxsus mutaxassislar logopedlar , psixolog, defektolog,
bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.Aqli zaif bolalar bolalarni oʻrganish jarayonida
Eskirol ularda nutq rivojlanish darajasini oʻziga xosligiga ahamiyat bergan.Uning
fikricha,nutqiy nuqson bolaning ruhiy rivojlanish jarayoniga salbiy taʼsir
koʻrsatadi.Eskirol ikkita olimni oʻz tasnifiga asos qilib oladi:ruhiy faoliyatning oʻz
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
41
2181-3187
tasnifiga asos qilib oladi: ruhiy faoliyatning zararlanish darajasi va nutq funksiyaning
holatidir.Burnevill Idiot bolalarni oʻrganib ,bu bolalarda ruhiyati zararlanishining oʻrta
darajasi ekanligini aniqladi.Bu bolalar bilan maxsus ishlarni olib borish jarayonida
ularning rivojlanishida sezilarli darajadagi oʻzgarishlarni koʻrish mumkin.Aqliy
faoliyati buzilgan bolalarning klinik maʼlumotlar asta -sekinlik bilan
toʻlangan.Bolalarga talim tarbiya berish maqsadida maktab tarmoqlari kengaytirildi
.Umum talim dasturlat ishlab chiqildi.Talim jarayonida qoʻyilgan talablarni uddalay
olmayotgan bolalar aniqlanib ularni ulgurmovchi oʻquvchilari qatoriga qoʻshib
qoʻyildi.Bu bolalarni oʻrganishda psixologlar faol ishtirok etadilar .
Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarda bir nechta sabablarini koʻrish
mumkin.Masalan irsiy omillar (genetik buzilishlar) homiladorlik va turgʻun
jarayonidagi asoratlar ,oʻgir kasalliklar ,bosh miya shikastlanishi , psixologik travmalar
kabi sabablar kelib chiqadi. Bolalarda oilaning va pedagoglarningg qullab quvvatlovi
zarur buladi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar koʻproq jamiyatning etibor
va mehriga muhtoj Aqliy rivojlanishda orqada qolgan intelektual rivojlanishida
nuqsoni boʻlgan bolalar bilan muloqotda boʻlishda sabir, tushuncha moslashuvchan
yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan
bolalarga hurmat mexir bilan yondashish kerak.Bolani kamsitmaslik yoki birov bilan
solishtirmaslik talab etiladi. Har doim har qanday vaziyatda ham yutuq yoki harakatini
ijobiy baholash talab etiladi . Hurmat bilan muloqotda boʻlish bu bolaning oʻziga
boʻlgan ishonchini yanada oshirishga yordam beradi. Aqliy rivojlanishda orqada
qolgan bolalarda soddalashtirilgan va ravon tilda spzlash kerak boladi. Kerak boʻlsa
soʻzlarni takrorlash yoki misollar bilan bolaga yetkazib berish kerak boladi
.Tushunmay qolgan mavzularni yaxwi oʻzlashtirishi uchun sodda usulda tushuntirishga
harakat qilish kerak. Koʻproq dars jarayonida vizual dasturlardan foydalanib bolani
yanada qiziqtirish,har xil metodikala oʻtkazish natijasida bolani chalp qilish va
qiziqishini yana oshirishga yordam beradi yanada osonroq uzlashtirishi osonlashadi.
Avvalam bor bolalarga sabir toqatlik bilan yondashish mavjud. Bolani tezda
tushunishini kutmang xatolarini toʻgʻirlashda moyillik bilan yondashing tandiq
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
42
2181-3187
qilmang. Kundalik hayotdagi tartib va qoidalar bolaning oʻzini xavfsiz his qilishiga
yordam beradi. Bola gapirayotganida uni tinglang va soʻzlariga jiddiy
yondashing.Unga savollar berish orqali muloqotni rivojlantirish ,oʻyinlar va harakatlar
orqali bolaga oʻrgating .Koʻproq bolalar oʻyin orqali eslab qolishadi va tez oʻzlashtirib
oladilar. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarda dedaktik va sensor mashqlar va
oʻyinlar foydali boʻladi.Bolalarda ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantiriring navbat kutish
,salomlashish, kabi oddiy ijtimoiy qoidalarni mashq qiling. Aqliy rivojlanishda orqada
qolgan bolalar bilan pedagoglar va ota onalar koʻproq yondashishadi. Ular bilan
ishlash juda mashaqqatlidir. Juda katta kuch va eʼtibor talab qilinadi. Bolalarda
metodik usullarni aytadigan boʻlsak logopedik mashqlar,agar nutqida nuqson boʻlsa,
nutq muammolari boʻlsa, psixologik oʻyinlar, rasm chizish plastilinla bilan ishlash
.Guruhlarda ishlash orqali ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish mavjud.Harakatli
oʻyinlar orqali motorika va etibor ustida ishlash.
Har bir bola bu jamiyatning ertangi kuni uning porloq kelajagidir. Bola dunyoga
kelgach tulaqonli rivojlanish huquqi talim tarbiya olish huquqi beriladi. Biroq hayotda
aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalar ham uchraydi. Ular jamiyatning alohida
eʼtiborini talab qiladi .Chunki bu bolalar oddiy tengdoshlaridan farqli oʻlaroq oʻqish
,fikrlash ,muloqot qilish ijtimoiy hayotga moslashish jarayonida turli qiyinchiliklarga
duch keladi. Aqliy rivojlanishda orqada qolish bu nafaqat shaxs muammo balki
ijtimoiy masaladir.Bunday bolalar koʻpinch aalohida yondashuvni sabir toqatni talab
qiladilar . Shuning uchun ularning holatiga befarq qarash mumkin emas .Bu bolalar
jamiyatda
insonparvarlik
va
tenglik
mehir
oqibat
tushunchalarini
kuchaytiradilar.Ularning hayotiy ehtiyojlari davlat ,talim tizimi va butun jamiyat
tomonidan inobatga olinishi lozim .
Bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda , jumladan, bizning yurtimizda ham aqliy
rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar,markazlar reabilitatsiya
muassasalari tashkil etilgan . Shuningdek inkyuziv talim tizimi orqali ularning oddiy
tengdoshlari bilan birga talim olishi yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu jamiyatda teng
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
43
2181-3187
imkoniyatlar yaratish sari muhim qadamdir. Shuni unutmaslik kerakki bu bolalarning
jamiyatda munosib oʻrin egallashi, oʻz salohiyatini namoyon etishi uchun bz-ota
onalar, pedagogiklar va butun jamiyat birgalikda harakat qilishimiz zarur . Har bir
bolaning yuragida umid uchquni bor. Uning yoqish esa bizning qoʻlimizda. Aqliy
rivojlanishda orqada qolgan bolalarga mehir koʻzlari bilan qarashimiz ularni hayotga
boʻlgan umidlarini yanada oshirish umidlarini soʻndirmasligimiz kerak . Har qanday
vaziyatda ham yaxshilik qoʻlini uzatishimiz kerak. Nazoratdan chetda qoldirmaslik va
oʻz tengdoshlari bilan muloqot qilishga yordam berish lozim.
Xulosa
Aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar jamiyatimizning mehir sabir toqat va
etiborga eng koʻp muhtoj qatlamidir.Ularning har birida yashirin isteʼdod , oʻziga xos
dunyoqarash va insoniylik tuygʻulari bor. Biz pedagoglar ,ota-onalar jamiyat vakillari
sifatida bu bolalarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish ularni jamiyatga
moslashtirish va tulaqonli hayot kechirishlariga koʻmaklashishimiz shart. Har bir bola
kelajagimiz poydevori , shuning uchun ularning oʻsishi kamolotiga qoʻshgan har
qanday hissa aslida insoniy burchimizdir. Shunda ekan, mehir, sabir va ilm orqali ular
uchun yorqin kelajak sari yoʻl ochishimiz kerak. Aqliy rivojlanishda orqada qolgan
bolalar bu hayotning oʻziga xos sinovidir. Ularning rivojlanishida yuzga keldigan
muammolar faqat tibbiyot yoki psixologik emas, balki ijtimoiy pedagogik va axloqiy
yondashuvlarni ham talab etadi . Ularning ham huquqlari extiyojlari orzulari bor z biz
esa ularni tushunishga qoʻllab quvvatlashga harakat qilishimiz kerak.
Foydalangan adabiyotlar.
1. Poʻlatxoʻjayev M.R.Defektologiyaning klinik asoslari. Oʻquv qoʻllanma -T;TDPU-
2013
2. Sodiqova Qz.Aripova S.X Shaxmurova G .A.Yosh fiziologiyasiva gegiyenasi .T
.Yangi asar avlodi ,2009
3. Mamedov K,Poʻlatova,F.Oligofrenopedagogika .T:TDPU1996.