ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
395
2181-
3187
ADABIY TA'LIMDA O‘QUVCHILARNING TANQIDIY TAFAKKURINI
MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA
RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Xojimirzayeva Mohchehra Abrorjon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti,
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 1-bosqich magistranti
Annotatsiya.
Maqolada adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini
rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlari
yoritilgan. Shuningdek, tanqidiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy
metodlar tahlil qilingan hamda ta’lim jarayonida bu texnologiyaning samaradorligi
asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
adabiy ta’lim, muammoli ta’lim texnologiyasi, tanqidiy tafakkur,
mustaqil fikrlash, metodlar.
Kirish
Bugungi kunda ta’lim jarayonining asosiy maqsadi o‘quvchilarga tayyor
bilim berish emas, balki ularning mustaqil fikrlashi, tahlil qilish va tanqidiy yondashish
qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Xususan, adabiy ta’limda o‘quvchilarning asar
matnini chuqur o‘rganish, uni tahlil qilish va o‘z shaxsiy munosabatini bildira olish
ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Shu nuqtayi nazardan
muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish juda muhimdir.
Muammoli ta'lim texnologiyasining mohiyati va ahamiyati.
Muammoli ta’lim
texnologiyasi o‘quvchini bilim olish jarayonida faol ishtirok etishga, berilgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
396
2181-
3187
muammoli vaziyatni tahlil qilish va o‘z qarorini qabul qilishga yo‘naltiradi. Bu
texnologiya asosida o‘quvchi tayyor bilimlarni emas, balki o‘z mustaqil izlanishi
natijasida xulosaga keladi Adabiy ta’limda esa bu texnologiya o‘quvchilarni badiiy
asarlar mazmunini anglash va tahlil qilish jarayonida mustaqil fikrlashga undaydi.
O‘quvchi o‘qilgan asarga o‘z nuqtayi nazaridan baho beradi va adib fikriga nisbatan
tanqidiy munosabat bildiradi.
Muammoli ta'lim deganda beriladiga ma'lumotlarni
ta'lim oluvchilar ongiga ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga
keltiradigan yo'sinda o'rgatish tushuniladi. Ta'lim qachonki ushbu yo'sinda olib
borilsagina bolaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular
bolani ob'ektiv ravishda izlanishga, tafakkur qilishga va mantiqan to'g'ri ilmiy
xulosalar chiqarishni o'rganishga da'vat etadi.Muammoli ta’lim texnologiyasi asosida
adabiy ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish uchun quyidagi
metodlar muhim ahamiyat kasb etadi:Muammoli savollar berish. Asarni o‘rganishda
o‘quvchilarga oddiy faktlarni aniqlashga emas, balki voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatgan
sabab va oqibatlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan savollar beriladi.Muqobil yakunlar
yaratish. Asar tugashi bilan o‘quvchilardan voqealarni o‘z tasavvurlariga ko‘ra
yakunlab berish so‘raladi. Muammoli ta'lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini
ifodalashning sub'ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi
jarayonida bilish va bilmaslik o'rtasida ob'ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
Muammoli vaziyat bolaning ma'lum ruhiy holati bo'lib, bu holat ma'lum topshiriqni
bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
Muammoli ta’limning asosiy afzalliklari:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
397
2181-
3187
1. Tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi
O‘quvchilar mavjud muammoni tahlil qilish, baholash va unga mos yechim
topishga harakat qiladilar. Bu ularning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini
kuchaytiradi.
2. Faol o‘quv faoliyatini shakllantiradi
Darsda o‘quvchi passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘ladi. U
o‘rganayotgan mavzuga shaxsiy yondashadi, bu esa chuqurroq o‘zlashtirishga olib
keladi.
3. Mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga o‘rgatadi
Muammoni yechishda har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildirishga, asoslashga va qaror
qabul qilishga o‘rganadi.
4. Motivatsiyani oshiradi
O‘quvchilar uchun darslar qiziqarli va mazmunli bo‘ladi, chunki ular real
muammolar bilan shug‘ullanishadi va bu o‘z bilimlarining amaliy ahamiyatini his
qilishga yordam beradi.
5. Jamoada ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi
Ko‘p hollarda muammolar guruhlarda yechiladi, bu esa o‘zaro hamkorlik,
muloqot va fikr almashishga yordam beradi.
6. Hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi
O‘quvchilar darsda o‘rgangan muammo yechish uslublarini real hayotdagi
vaziyatlarda ham qo‘llashga o‘rganadilar.
7. Bilimlarni chuqur va barqaror o‘zlashtirishga yordam beradi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
398
2181-
3187
Mustaqil izlanish, tahlil va muhokama orqali olingan bilimlar uzoq vaqt xotirada
saqlanadi.
Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar.
Bahs va debatlar tashkil qilish.
Asarda ilgari surilgan asosiy g‘oyalar yuzasidan bahslar o‘tkazilib, o‘quvchilarning o‘z
fikrini mantiqan asoslab berish ko‘nikmasi shakllantiriladi.Qiyosiy tahlil. Turli
adiblarning bir mavzudagi asarlarini tahlil qilish orqali ularning estetik qarashlari va
badiiy yondashuvlari solishtiriladi.Rol o‘ynash. Asardagi qahramonlar obrazini
jonlantirish va ularning nuqtayi nazaridan vaziyatlarni baholash topshiriqlari beriladi
.Amaliy tajribalar va natijalar. Amaliyot ko‘rsatadiki, muammoli ta’lim texnologiyasi
asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning matn ustida mustaqil ishlash malakasi
rivojlanadi, ularda o‘z fikrini mustaqil ifoda etish, dalillar keltirish, mantiqiy tahlil
qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Xususan, adabiyot fanidan olib borilgan tajribaviy
darslar natijalariga ko‘ra, tanqidiy tafakkur ko‘rsatkichlari an’anaviy metodlarga
qaraganda 25-30% ga oshgani aniqlangan.
Muammoli vaziyat.
Muammoli vaziyat o‘quvchini bir qadar qiyin holatga soladi.
Vaziyatdan chiqish uchun u avval egallagan bilimlarini faollashtirishga majbur
bo‘ladi. Bularning ham yetarli emasligini bilgach, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi
kerakligini anglab etadi. Shu sabab muammoli vaziyat o‘quvchilarning aqliy
darajasiga mos kelishi, ayni vaqtda uni yangi bilimlar egallashga yo‘naltiradigan
bo‘lishi kerak. Muammoli vaziyat har bir bolaning hayotiy tajribasi va nazariy bilimini
hisobga olgan holda yaratilishi kerak. Bunday masalalar qiziqarli bo‘lishi ham kerak.
Qiziqarlilik shaxsning aqliy va ruhiy faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bu hol xotira,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
399
2181-
3187
diqqat, tasavvur va tafakkur jarayonining natijadorligi orttiradi. O‘qituvchi beradigan
savol-topshiriqlar o‘quvchining mustaqil fikrlashini talab qiladigan, tuyg‘ularini
junbishga keltirib, ruhiyatini qo‘zg‘aydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Muammo
yo‘li bilan o‘zlashtiriladigan bilimlar hayot, ilm-u fan va bola shaxsi rivojiga kerak
bo‘lishi, xilma-xil fikrlar, u yoki bu hodisaning turli qirralarini qiyoslashga imkon
beradigan xususiyatlarni o‘zida mujassam etishi kerak. Muammoli vaziyat yaratish
orqali o‘qituvchi o‘quvchini kuzatish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, tizimga
solish singari tafakkur jarayoni bosqichlaridan foydalanishga yo‘naltiradi. Bunda bola
o‘quv materialini shunchaki eslab qolishdan tashqari, bir qator fikriy yumushlarni ham
amalga
oshiradi. Ba’zan voqea-hodisa, tushuncha yoki qoidalarni qismlarga ajratib tahlil
qilish muammoli vaziyatni hal qilishga olib kelsa, ba’zan tushunchalarni
taqqoslash, faktlarni tasniflash orqali dalillarni sintezlash taqozo qilinadi.
O‘quv muammosini qo‘yish va uni yechish jarayoni o‘zaro chambarchas
bog‘langan didaktik zanjirdir. O‘quvchi oldiga muammo qo‘yilishi bilan uning
yechimi ustida o‘ylaydi, oldingi bilimlarini esga tushiradi, yangisini qidiradi, bu
jarayonda yangi muammolar ham kelib chiqadi. Shu tariqa, uzluksiz tarzda
yangi
bilimlarni
o‘zlashtirish
amalga
oshadi.
Muammoli
ta’lim
tarbiyalanuvchining shaxsiga o‘quv faoliyatining yadrosi sifatida qaraydi. Muammoli
vaziyatdan chiqishga urinish o‘quvchini ta’lim kechimining subyektiga aylantiradi.
Ma’lumki, muammoli vaziyat shaxsdan tashqarida bo‘lmaydi. Bunday ta’limda
muammoli vaziyatni hal etish alohida bir o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasidagi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
400
2181-
3187
muloqotdan iborat bo‘lmay, butun sinf jamoasining qizg‘in aqliy faoliyatiga aylanishi
zarur. Buning uchun sinfdagi har bir bolaning individual xususiyatlarini ham maksimal
darajada inobatga olish kerak bo‘ladi.
Muammoli vaziyat metodi.
Muammoli vaziyat
metodi - ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish
hamda ularning bir qancha echimini topish, eng to'g'ri xulosaga kela olish
ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir .Eng avvalo "Muammoli vaziyat"
metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi darajasi ta'lim oluvchilarning
bilim darajalariga mos kelishi lozim. "Muammoli vaziyat" lar tanlanganda bolaning
yosh jihati, bilim darajasi inobatga olinishi muhimdir. Ular qo'yilgan muammoning
echimini topishga qodir bo'lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta'lim
oluvchilarning qiziqishlari so'nishiga, o'ziga bo'lgan ishonchlarining yo'qolishiga olib
keladi.
"Muammoli vaziyat" metodining tuzilmasi
- guruhlarga bo'lish
- muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash
- muammoli vaziyatning oqibatlari to'g'risida fikr yuritish
- muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish
- to'g'ri yechimlarni tanlash
"Muammoli vaziyat" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
- pedagog mavzuga oid muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni
aniqlaydi.
- pedagog o'quvchilarga muammoni bayon qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
401
2181-
3187
- o'quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
- o'quvchilar kichik guruhlarga ajratadi.
- kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o'rganadilar, muammoning kelib
chiqish sabablarini aniqlaydilar.
- muammoning oqibatlari to'g'risida fikr-mulohazalar olib boradilar.
- muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil
qiladilar, muammoli vaziyatni echish yo'llarini ishlab chiqadilar.
- kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo'yicha o'z takliflarini
bildiradilar.
- barcha xulosalardan so'ng bir xil echimlar jamlanadi.
-o'qituvchi rahbarligida muammoli vaziyatni echish yo'llarining eng maqbul
variantlarini tanlab oladi.
Muammoli vaziyat metodining mohiyati shuki, u bola tanish bo'lgan ma'lumotlar
va yangi faktlar, hodisalar o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy
o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Xulosa.
Muammoli ta’lim texnologiyasi o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurni
rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar
tayyor bilimlarni o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmay, balki mustaqil ravishda savollar
qo‘yish, muammolarni aniqlash, tahlil qilish va asosli yechimlar topish ko‘nikmasini
egallaydilar. Ayniqsa, adabiy ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar asosida
fikrlashga undash o‘quvchilarning adabiy asarlarni chuqur tahlil qilish, yozuvchining
g‘oyasini anglash va o‘z munosabatini bildirish salohiyatini oshiradi. Demak,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
402
2181-
3187
muammoli ta’lim — tanqidiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi, shaxsga
yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim metodidir. Bu esa zamonaviy ta’limning asosiy
maqsadi — ijodkor, fikrlovchi va faol shaxsni tarbiyalashga zamin yaratadi Muammoli
ta’lim texnologiyasi o‘quvchilarning adabiy matnni o‘zlashtirish darajasini oshirish
bilan birga, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ham samarali vosita
hisoblanadi. Bu texnologiya asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarni
mustaqil fikr yuritishga, tahliliy yondashishga va adabiy asarlarni chuqurroq anglashga
undaydi. Kelgusida adabiy ta’limda muammoli metodikani yanada kengroq qo‘llash
va uni zamonaviy innovatsion usullar bilan boyitish maqsadga muvofiqdir.