ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
191
2181-
3187
“ZAMONAVIY DUNYODA IJTIMOIY-GUMANITAR VA FILOLOGIK
TA’LIM ”
Shahrisabz davlat pedagogika
insituti Pedagogika fakulteti
Pedagogika kafedirasi o’qituvchisi
Rahmatullayev Botir Sobir o’g’li
Tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Ernazarov Firdavs Norbobo oʻgʻli
Rahmatullayevbotir70@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda ijtimoiy-gumanitar va
filologik ta’limning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyotida
insoniyatning ma’naviy va madaniy merosini saqlash hamda rivojlantirish muhim
vazifa hisoblanadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar jamiyatning ijtimoiy jarayonlarini
tushunishga yordam berib, inson tafakkurini rivojlantirishda asosiy omillardan biri
bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, filologik ta’lim tillarning o‘rganilishi,
madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shishda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot zamonaviy ta’lim jarayonlarining ahamiyatini
ochib berib, ijtimoiy va gumanitar sohalarning taraqqiyotiga e’tibor qaratadi.
Kalit so‘zlar:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar, filologik ta’lim, zamonaviy ta’lim
tizimi, madaniyatlararo muloqot, ma’naviy meros, ilm-fan taraqqiyoti, ta’lim
innovatsiyalari.
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль и значение социально-
гуманитарного и филологического образования в современном мире.
Сохранение и развитие духовного и культурного наследия человечества является
важной задачей общества. Социально-гуманитарные науки помогают понять
социальные процессы, формируя интеллектуальное развитие человека. В то же
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
192
2181-
3187
время филологическое образование играет ключевую роль в изучении языков,
укреплении межкультурного диалога и развитии науки. Данное исследование
раскрывает значение современных образовательных процессов, акцентируя
внимание на развитии социальных и гуманитарных дисциплин.
Ключевые слова:
Социально-гуманитарные науки, филологическое
образование, современная образовательная система, межкультурный диалог,
духовное наследие, развитие науки, образовательные инновации.
Annotation:
This article explores the role and significance of social-
humanitarian and philological education in the modern world. Preserving and
developing humanity’s spiritual and cultural heritage is a crucial societal task. Social-
humanitarian sciences help understand social processes and contribute to intellectual
development. At the same time, philological education plays a key role in language
studies, strengthening intercultural dialogue, and advancing scientific progress. This
research highlights the importance of contemporary educational processes,
emphasizing the development of social and humanitarian disciplines.
Keywords:
Social-humanitarian sciences, philological education, modern
education system, intercultural dialogue, spiritual heritage, scientific development,
educational innovations.
Ta’lim jarayonida yoshlarga iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, g‘oyaviy ta’lim-
tarbiya va bilim berish, ularni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda barcha fanlar qatori ijtimoiy-gumanitar fanlar –
tarix, falsafa, dinshunoslik, pedagogika, psixologiya kabi fanlar muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda ushbu fanlar oldida turgan muhim vazifa yot g‘oya va mafkuralardan
xoli bo‘lgan, yangicha jahon talablariga javob beradigan ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, jamiyatimizda va dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni yoshlar ongiga yetkazish kabi masalalardan iborat.
Respublikamizda yoshlar tarbiyasi, ularning ijtimoiy-siyosiy bilim darajasi, ma’naviy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
193
2181-
3187
va jismoniy kamoloti, ayniqsa, ma’naviy tarbiyasi masalalari 2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan yangi Taraqqiyot strategiyasida ham ilmiy-nazariy va metodologik
jihatdan asoslab berilgan. Jumladan, unda jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega
yoshlarni tarbiyalash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish muhim masala sifatida
belgilangan.
Bugun dunyoda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlar, mafkuraviy xurujlar,
chegarabilmas ayrim buzg‘unchi va yot g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri,
diniy ekstremizm, terrorizm, turli radikal oqimlarning noqonuniy faoliyati barchamizni
doimo sergak, hushyor bo‘lishga, ayniqsa, yoshlar ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor
berishga undamoqda. Shu bois mamlakatimizning davlat siyosatida yoshlar tarbiyasi,
ularning ma’naviy va g‘oyaviy immunitetini mustahkamlash masalalari alohida o‘rin
tutadi.[1]
Oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri – nafaqat mutaxassislik
fanlaridan talabalarga bilim berish, balki jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida, dunyoda
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ularning ongiga yetkazish, o‘z ma’naviy-axloqiy
dunyoqarashiga ega yoshlarni tarbiyalash, kitob o‘qishga qiziqtirish, ular o‘rtasida
kitobxonlik madaniyatini hamda yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu esa
ijtimoiy-gumanitar
fanlarni yangicha asosda o‘qitishni hamda yanada
takomillashtirishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. Hozirgi shiddatli
o‘zgarishlar davrida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar talab darajasida emas. Kelajakda mazkur yo‘nalishda ko‘plab
vazifalarni amalga oshirish zarur. Bu o‘quv dasturlarini ma’no va mazmun jihatidan
qayta ko‘rib chiqish va o‘quv qo‘llanmalarining g‘oyaviy mazmunida bugungi kun va
yangilanishlar talablariga javob beradigan mutlaqo yangi avlodini yaratishni taqozo
etadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
194
2181-
3187
Birinchidan, Ijtimoiy-gumanitar sohaga yetarlicha eʼtibor qaratilmayotganligi
hamda ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitishdagi ba‟zi pedagoglarning mas‟uliyatsiz
yondoshuvlari; Ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar sohaning zamonaviy ruhini
ifodalovchi texnologiyalarni sohaga jalb qilish va ulardan foydalanish darajasining
pastligi; Uchinchidan, Ijtimoiy-gumanitar soha mutaxassislarini tayyorlash, ularni
jamiyatning faol qatlamiga aylantirish jarayoni voqelikdan ortda qolmoqda;
To’rtinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o„qitish tizimida nazariya va amaliyot
birligi didaktik qoidasiga yetarli e’tibor qaratilinmayotganligi. Muammolar aniq, biroq
ularga yechim ham, amaliy harakat mezoni ham aniq boʻlishi kerak. Zotan, boshqa
fanlar misolida tahlil qiladigan boʻlsak, masalan: aniq fanlar oʻz oʻquvchi, talabalari
va tadqiqotchilarini koʻzlangan maqsadlarga erishishida aniq formulalarga tayanib,
muayyan masalaning yechimini yechishadi. [2]
Tabiiy fanlar esa tadqiqotchilik jarayonlarida aniqlangan va tasdiqdan o‟tgan
maʼlumotlar asosida tajribaga tayanib ish koʻradi. Ijtimoiy- gumanitar fanlarning
boshqa fanlardan ajralib turuvchi jihatlari nimada? Mazkur savolga quyidagicha javob
beramiz: ijtimoiy- gumanitar fanlar nafaqat oʻz oʻquvchi, talabalari va
tadqiqotchilarida, balki jamiyatning barcha aʼzolarida insoniylik, axloqiylik, halollik
ezgulik kabi asl insoniy sifatlarni shakllantiradi va amalda namoyon qiladi.
Koʻpchilikning nazarida ijtimoiy-gumanitar soha chegarasi yo‟q, foydasiz, aniq
bo„lmagan, murakkab tizim. Aslida esa, haqiqat shuki, gʻoya sogʻlom boʻlsa, oʻz
ob‟yektiga toʻgʻri yoʻnaltirilsa kutilgan natijasini bermasdan qolmaydi. Agar g’oya
vayronkor boʻlsa, undan gʻaraz niyatlarda foydalanilsa u oʻzining salbiy hodisalarini
namoyon qiladi.
Ijtimoiy-gumanitar sohaning mazmunan boyishi va rivojlanishi uchun jadid
bobolarimiz shunchaki mehnat qilishmagan, aksincha, jonlarini oʻrtaga qoʻyib
fidoiylik koʻrsatishgan. Bugungi kunda ana shunday fidokorlik, natijadorlik kabi
amaliy harakatlarning yetishmasligi tufayli ham soha rivojida, ham oʻqitish tizimida
katta muammolarni tugʻdirmoqda. Aholi, ayniqsa, maʼnan shakllanmagan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
195
2181-
3187
yoshlarimizning turli yot gʻoyalarga ergashib, aldanib qolayotganligi ijtimoiy-
gumanitar fanlar tizimida kamchiliklar yaqqol koʻrinib qolayotganligidan dalolat
beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilgari surilayotgan "Yangi Oʻzbekiston
maʼrifatli jamiyat konsepsiyasi","Yangi Oʻzbekiston yangicha dunyoqarash" shiori va
"Inson qadri uchun" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-
mohiyatini keng ommaga yetkazish va tushunarli boʻlishida ijtimoiy-gumanitar
fanlarni oʻqitish masalasi real voqelikka mos amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Sharqona qarashlarda axloqiylik ezgu qadriyat sifatida shakllanib, xalqlar
hayotining ajralmas qismiga aylangan. Biroq bugungi kunda dilni xira qiluvchi axloqiy
buzgʻunchilik, turli nomaqbulgarchiliklarga taqlidan oʻzligini unutish holatlari
kuzatilayotganligi haqiqatdir. Bu muammolarni oldini olishda hamjihatlik,
birgalikdagi safarbarlik nihoyatda muhim va zarur. Ayni shu oʻrinda ijtimoiy -
gumanitar fanlarning integrativ xarakteri boshqa fanlarni oʻz ortidan ergashtira olish
salohiyatiga ega ekanligini koʻrsatadi. Qarashlar qarama-qarshiligi, ziddiyatli
jarayonlarning avj olishi, nafaqat gumanitar fanlarning rivojlanishiga, balki bu
fanlarning destruktiv kuchlar hamlalaridan himoya qila olish xususiyatiga ega ekanligi
ayni soha orqali milliylikni saqlab qolish, hatto yangi uygʻonish davriga oʻtish
imkoniyatlarini beradi.[3]
O
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Ma’muriy
islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini
samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200 qarori 9-bandi beshinchi
xatboshisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 6-iyun kuni
Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida
“Filologik ta’limda zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar: tadqiqot va o‘qitish
istiqbollari”
mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
o‘tkaziladi.
Konferensiya maqsadi:
dunyo hamjamiyati bilan integratsiya sharoitida uzluksiz
ta’lim tizimida
filologik ta’lim sifatini ta’minlash, sohaga oid innovatsion
tadqiqotlar
va zamonaviy til ta’limida sinergetik yondashuv hamda fanlararo
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
196
2181-
3187
aloqadorlikning axborot ta’lim muhitiga
doir xalqaro va mahalliy ilmiy tajribalar
natijalarini toʻplash, oʻrganish va ommalashtirish.[4]
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Zamonaviy dunyoda ijtimoiy-gumanitar va filologik
ta’lim insoniyatning madaniy, ma’naviy va intellektual taraqqiyotini ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishdagi ta’lim nafaqat yosh avlodga nazariy
bilim berish, balki ularda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini
shakllantirish, global va mahalliy ijtimoiy jarayonlarga to‘g‘ri yondashishni o‘rgatish
bilan ham ahamiyatlidir. Bugungi shiddatli rivojlanayotgan axborot asrida ijtimoiy-
gumanitar va filologik fanlarni o‘qitish metodikasi doimiy takomillashib borishi, ta’lim
mazmuni zamonaviy talablar asosida boyitilishi lozim. Ayniqsa, turli mafkuraviy
oqimlar, globallashuv jarayonlari, madaniyatlararo muloqot sharoitida yoshlarning
ma’naviy immunitetini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va milliy
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Shunday
ekan, kelajak avlodni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash uchun ijtimoiy-gumanitar va filologik fanlarni innovatsion yondashuv
asosida o‘qitish, ularni jamiyat rivojlanishining dolzarb muammolariga mos ravishda
yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kelgusida ta’lim tizimini isloh qilish,
yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish va fanlararo integratsiyani kuchaytirish
orqali amalga oshirilishi lozim deb uylayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1. Ш.Мирзиёев. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб,
янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. – Тошкент. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017.
2. Қ.Т.Олимов, С.Й.Ашурова. Замонавий таълим технологиялари. – Т., 2007.
3. Н.Х. Мамадиева. Олий таьлим тизимида ижтимоий-гуманитар фанларни
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–4_ Мая –2025
197
2181-
3187
ўқитишнинг ўзига хос хусусиятлари // Халк таълими, 2018.
4. Н.Х. Мамадиева. Маьнавий-марифий ишлар самараси ёшларимиз эришаётган
натижаларда ўз аксини топмоқда // Умумтаьлим фанлар методикаси,