ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
371
2181-3187
SONNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATI.
Durmatova Nilufar Shuxratovna
Shahrisabz davlat pedagogika
instituti pedagogika fakulteti talabasi
Roʻziyeva Nigina Sanʼat qizi
Shahrisabz davlat pedagogika
instituti pedagogika fakulteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada son soʻz turkumi haqida maʼlumot berilgan hamda
sonning leksik-grammatik xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.Bundan
tashqari son soʻz turkumiga oid birliklar , istisnoli holatlar va son soʻz turkumiga xos
barcha maʼlumotlar umumiy tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: Son soʻz turkumi , Rim raqamlari , sonning leksik xususiyati ,
sonning morfologik xususiyati , sonning maʼno turlari.
Predmetning miqdorini, sanogʼini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning
bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil soʼz turkumi son deyiladi.
Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so'roqlardan biriga javob beradi. Son
otga bogʻlanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga
bogʻlanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: to'rtta daftar, ikki oy
o ‘qidi, birinchi keldi kabi. Arifmetik amallarda esa son otga, fe’lga bogʻlanmagan
holda keladi. Bunda son ifodalagan miqdor mavhum ma’noga ega bolmadi: ikki
qo'shuv uch.Arifmetik hisoblashda qanday predmetlar miqdorining qo‘shilishi bilan
besh hosil boMishi aniq emas. Sonlar ko'pincha raqamlar bilan yoziladi: 1) arab
raqamlari bilan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ; 2) rim raqamlari bilan: birliklar: I (1), II (2),
111(3), IV(4), V (5), VI ,(6), VII (7), VIII (8), IX (9); o'nliklar: X (10), XX(20),
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
372
2181-3187
XXX(30), XL(40), L(50) LX (60). LXX (70), LXXX (80), XC(90); yuzliklar: С (100),
CC (200),CCC (300), CD (400). D (500), DC (600), DCC (700), DCCC (800),
CM(900):
mingliklar:
M
(1000),
MM
(2000),
МММ
(3000)
...
Badiiy asarlarda sonlar so‘z bilan yoziladi: To'rt yil kutdi. Nutqimizda tez-tez
ishlatiladigan 23 ta sodda son bolib, boshqa sonlar shularning qo‘shilishidan hosil
boladi: etti, sakkiz, to ‘qqiz, о ‘n, yigirma, о ‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson,
to ‘qson, yuz, ming, million, milliard. Eski yozuv tilida tuman (o‘n ming), lak (yuz
ming) kabi sonlar bolgan. Tarixiy asarlarda manna shu sonlar uchraydi. Son
predmetning aniq (beshta daftar) yoki noaniq (besh-oltita daftar) miqdorini bildirishi
mumkin. Lekin har ikki holda ham son yozuvda raqam bilan ifodalangan. Ravish so‘z
turkumiga doir ko'p, oz, kam, mo‘l kabi soʼzlar ham predmetning noaniq miqdorini
bildiradi, lekin bu so‘zlar raqam bilan ifodalanmaydi. Shuning uchun ham bu so‘zlar
son so‘z turkumiga oid emas.Son so'z turkumi o‘ziga xos quyidagi leksik-grammatik
xususivatlarga ega:
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Hamroyevning "Oʻzbek tili" oʻquv
qoʻllanmasida sonning leksik-semantik xususiyati uning belgi ma’nosini ifodalashi
degan fikrlar keltirilgan , ya’ni predmetning miqdor, sanoq va joylashish tartibiga ko'ra
(ba'zan harakatning joylashish tartibi ,miqdoriy belgisi) belgisini anglatadi. Demak,
son miqdor tushunchasining nomi bo'ladi. Son ma’no jihatdan predmetning sanog'ini,
donasini, taxminiy miqdorini, umumiy miqdori (jamligi), taqsimlanish miqdori,
joylashish tartibi; shuningdek ish-harakatning bajarilish tartibi, miqdori kabi modal
ma’nolarni ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga ko'ra son ikki turga: sanoq son va
tartib sonlarga bo'linadi. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi maxsus modal shakl
yasovchi affikslar mavjud: uchta, beshovlon, ikala, yuzlab, to 'rttadan, uch-to'rt, о
‘ninchi kabi. Bu affikslar faqat sonlargagina qo'shiladi.
Son morfologik jihatdan
oʻzgarmaydi, ya’ni egalik, kelishik, ko'rlik affikslarni olmaydi, chunki son asosan otga
bog'lanib kelib, aniqlovchi vazifasini bajaradi: Uy egasi Otabekning yoniga ikkita
yostiq olib qoʼydi va bittasini о 'z yonboshiga ham oldi. (A.Oodiriy.)Son hech qachon
belgi ifodalovchi so'zni o'ziga tobe qilib kelmaydi: -
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
373
2181-3187
aniqlovchi olmaydi.Son ba’zan fe’lga bog'lanib kelib, harakatning miqdoriy belgisini
anglatganda, hoi vazifasini bajaradi: Otabek qutidor tomonidan quvilganidan keyin, M
arg‘ilonga vetti-sakkiz marta kelibdi (A.Qodiriy.)Son bog'lanib kelgan ot
qoʼllanmaganda, otga qo'shilib kelgan so*z o'zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik,
kelishik hamda shakl yasovchi ko'plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik
jihatdan o'zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to'ldiruvchi,
qaratqichaniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul,
o'z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo ‘r birni yiqar , bilimi zoʼr mingni.
(Amir Temur о ‘gitlari). Оʼnning yarmi besh. Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan
ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi (maqol, matal, aforizmlarda ko'p
uchraydi). Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o'zgarmaydi (chama son
hosil qiluvchi -tacha, -lab, -lar qo'shimchalari kasr songa qo'shilmaydi). Sonlarning
hisob so‘zlari (numerativlar) bilan birga qollanishi uni boshqa so‘z turkumlaridan
ajralib turuvchi o‘ziga xos belgilaridan biri sanaladi. Hisob so‘zlari ot so‘z turkumiga
doir boʻlib, u son bilan bogʻlanib kelgan ot va fe’l orasida ishlatiladi: ikki ta daraxt,
besh kilogramm olma, о ‘n kilometr yurdi, to ‘rt sahifa о ‘qidi kabi. Sonlar hisob
so'zlari bilan ham, hisob so'zlarisiz ham qoMlanadi (Bu so'zlar haqida quyida
to'xtalamiz).
Natija va muhokamalar:
Son so'z yasalish tizimiga ega emas. Boshqa so‘z
turkumlaridan son yasalmaydi. Lekin sondan boshqa so'z turkumlari yasalishi mumkin:
birlik, beshlik (ot), ikkilan (fe 'I), bit talab (ravish) kabi. Son ma'no jihatdan va
grammatik xususiyatlarga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: sanoq sonlar va tartib sonlar.1
. Sanoq son predmet yoki ish-harakatning sonini, miqdorini,belgisini bildiradi: uch
bola. ikkita kitob. besh lonna paxta, olti kilogramm sotib oldi kabi.Sanoq sonlar hisob
so'zlarisiz va hisob so'zlari bilan qo'llanish xususiyatiga ega: ikkita qalam, besh talaba,
o'ntacha o'quvchi - hisob so zlarisiz; olti tup daraxt, uch litr sut, о 'n oy о 7c//. ikki
marta chaqirdi -hisob so'zlari bilan kelgan. Hisob so'zlari ko'p hollarda predmetning,
ba’zan ish-harakatning hisobini ko'rsatuvchi o'lchov birligi bo'lib, u orqali predmetning
ish harakatning miqdori belgilanadi. Hisob so'zlar sanoq son bilan sanaladigan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
374
2181-3187
predmet, ish-harakat anglatuvchi so'z orasida kelib, ularni og'irligiga, uzunligiga,
hajmiga, vaqtiga va shunga o'xshash xususiyatlarga ko'ra o'lchovini bildiradi: ikki bosh
uzum, uch kilogramm olma, bir qultum suv, ikki gektar yer kabi. O'zbek tilida hisob
so'zlari ot so'z turkumiga oid boʻlib, ular qo'llanilishiga ko'ra quyidagi ma’nodagi
otlarni o'z ichiga oladi: 1. Predmetni yakkalab, donalab hisoblash uchun ishlatiladigan
hisob so'zlari: dona, nusxa, bosh tun. nafar kabi. 2. Butunning bo'lagini hisoblash uchun
ishlatiladigan hisob so'zlari: burda, parcha. varaq, og'iz, luqma, siqim, tilim, chimdim,
xarch} qop, arava, mashina, chaqmoq kabi. 3. Juft predmetlar hisobini ko'rsatuvchi
hisob so'zlari: ju ft, par, jo'ra kabi. 4. Og'irlikni o'lchash uchun ishlatiladigan hisob
so'zlari: gramm, kilogramm, tsentner, tonna kabi. Eski o'zbek tilida misqol, qadoq.
botmon kabi otlar og'irlik miqdorini hisoblash uchun ishlatilgan: Namangan va
Andijon tumanlarida ikki ming botmongacha yer sug'orilar edi. (A.Oodiriy) 5. Uzunlik
o'lchovi uchun ishlatiladigan hisob so'zlari: millimetr, santimetr, metr, kilometr,
qadam, qarich, quloch kabi. Bu hisob so'zlarining gaz, tanob, tosh, chaqirim kabi
sinonimlari mavjud boʻlib, hozir bu so'zlar arxaiklashgan hisob so'zlari sanaladi. 6 .
Suyuqlik hajmini ifodalovchi hisob so'zlari: litr, kosa, stakan, piyola, qoshiq, ho'piam,
hovuch, chelak kabi. 7. Pul qiymatini ifodalovchi hisob so'zlari: tiyin. so'm, dollar
kabi.Tanga, chaqa. tilia so'zlari ilgari pul qiymatini hisoblash uchun ishlatilgan bo'lib,
hozirgi kunda arxaik so'zlar qatoridan o'rin olgan: Solih maxdum ... bir tangalik go'sht.
sakkiz pullik piyoz olib hovliga kirdi.(A.Qodiriy) 8 . Vaqt oʻlchovi uchun
ishlatiladigan hisob so'zlari: asr. yil. oy.hafta, sutka. kun so'zlari hamda sutkaning
bo'laklarini ifodalovchi soat, daqiqa. minut. sekund kabi so'zlar kiradi.Asr, yil. oy,
hafta, sutka, kun so'zlari turli kelishik affikslarini olib kelishi, shuningdek,
koʼmakchilar bilan birga ham qoʻllanishi mumkin: Oybek 30-yillardan boshlab Alisher
Navoiy hayoti va ijodi to'g'risida materiallar yig'a boshlagan edi (Z.Saidnosirova). 9.
Yosh hisobi uchun qoMlanadigan hisob so‘zlari: yosh, yashar. kunlik, oylik kabi. 10.
Harakat miqdorini ko'rsatish uchun ishlatiladigan hisob soʼzlari: marta, karra, bor,
hissa, qatla, d a f a, sidra kabi.Sanoq son ma’no xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga
boMinadi: 1) miqdor son; 2) dona son; 3) chama son; 4) jamlovchi son; 5) taqsim son.1)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
375
2181-3187
miqdor son bir turdagi predmetlaming umumiy miqdorini, ba’zan ish-harakatning
umumiy miqdoriy belgisini anglatadi: uch kishi. ikki qop guruch, besh yil o'qimoq
kabi.Sizga munosib yigit, balki etti iqlimda ham yo'qdir (P.Qodirov).Tejamkor kishi
pulini keragidan ortiqeha sarflamaydi. о 'n so 'mga olinadigan narsa uchun hovliqib
yuz soʼm sarf etmaydi («Odob bo 'stoni va axloq gulistoni»). Miqdor sonlar hisob
so‘zlarisiz va hisob so'zlari bilan qollanadi. Miqdor sonni hosil qiluvchi shakl yasovchi
affikslar mavjud emas. 2 ) dona son bir xil predmetlaming yakkalab, donalab
sanaladigan umumiy miqdorini anglatadi. Dona son miqdor son negiziga -ta affiksini
qo‘shish bilan yasaladi: o'nta o'quvchi, beshta daftar kabi. Shuningdek, dona son
miqdor sondan so‘ng donalikni ifodalaydigan dona, tup, nusxa, nafar, tuyoq, bosh kabi
hisob so‘zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: yuz nusxa kitob, ikki bosh qo 'y, besh
dona qalam, uch tup daraxt kabi. G 'awoslarning rahmi kelib, unga bitta qimmatbaho
tosh hadya qildilar («Oz-oz o'rganib dono bo'lur»). Vaqti kelsa, o'nta quruq gapdan
bitta dalil, о ‘nta qonun-qoidadan bitta amaliy mashg'ulot a ’lo (A.Soliyev). Gulshan
kirganida uch nafar kaniz sanoliya tikmoqda edi (A. Qodiriy).Javonda Abu Ali ibn
Sino hazratlarining tibbiyot masalalariga oid yigirma jildlik «Kitob ush shifo»si turardi
(O Yoqubov)..
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. R.Ikramova , D.Muhammedova , M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar toʻplami.
Toshkent - 2009.
2.M.Hamroyev,
D.Muhammedova,
D.Shodmonqulova,
X.Gʻulomova,
Sh.Yoldosheva. Toshkent "IQTISOD-MOLIYA"2017.