ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
288
2181-3187
O‘ZBEK TILI USLUBIYATI VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
Tangriyeva Umida Allaberganovna
Urganch davlat universiteti akademik litseyining
ona tili va adabiyot fani o
‘
qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘zbek tili uslubiyati, nutq uslublari tasnifi,
ularning xususiyatlari, qo`llanishi xususida so`z boradi.
Kalit so‘zlar
: uslubiyat, uslubshunoslik, uslubiy xoslangan so`zlar, uslubiy
betaraf so`zlar, so`zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub, badiiy uslub, ilmiy
uslub, neytrl leksika.
Til nutq sharoiti, qo‘yilgan maqsad, qo‘llanish doirasi, muloqot qiluvchilarning
kimligiga qarab turlicha voqelanadi. Bunda bir tushuncha har xil ifodalar, bir fikr turli
sintaktik qurilmalar bilan beriladi. Tilning bunday ko‘rinishi
nutq uslublari
deyiladi.
Nutq uslublari adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida
qo‘llaniladigan ko‘rinishidir. Nutq uslublarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi
o‘zbek
tili uslubiyati
yoki
uslubshunoslik
deyiladi. So‘zlar ham ma’lum nutq uslubiga
xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan so`zlar va uslubiy betaraf
so`zlarga bo`linadi.
O‘zbek tilining ichki tuzilishinigina o`rganish bizga bu til haqida to`la axborotni
berolmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana
bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan,
muhtaram, qimmatli, aziz
singari so`zlarni
ma’lum shaxs bildiruvchi so`zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo`shib
ishlatish mumkin:
Muhtaram, Abrorjon Azizovich! Qimmatli aka, aziz opajon
kabi.
Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan
kishilarga qo`llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo`llasangiz, noqulay ahvolga
tushasiz.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
289
2181-3187
Tilda so‘zlashuv, publitsistik, ilmiy, rasmiy hamda badiiy uslublar mavjud.
Bulardan so‘zlashuv uslubi og‘zaki, qolgan barcha uslublar yozma va og‘zaki nutqqa
xos. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma’ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma’ruzaning
o‘zi og‘zaki nutqqa xos; badiiy uslubning ham og‘zaki (xalq og‘zaki ijodi), ham yozma
ko‘rinishlari bor. Shuningdek, bu uslublarda qo‘llanuvchi birliklar so‘zlashuv (
anaqa
),
kitobiy (
o‘shal
) va betaraf (
bu, o‘sha
) birliklarga bo‘linadi.
Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar
(
binobarin, mazkur, qaroq, bayonnoma, nigoh, nota va hokazo
), bunday xususiyatga
ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlar (
uy, havo, daftar, odam, ovqat,
so‘zlamoq va hokazo
) sanaladi.
So‘zlashuv uslubi
. Bu uslub kundalik hayotda, oilada, ko‘cha-ko‘yda, ish joylari
va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llaniladigan nutq
uslubidir. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi.
Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan, tartibga solingan so‘zlashuv
uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan
erkin muloqot shakli esa oddiy so‘zlashuv uslubi sanaladi.
Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib axborot
uchun eng kerakli so‘zlarni ishlatadi, qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki
imo-ishora va mimikalar bilan to`ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta
olish uchun so`raysiz:
-
Oltinchidan ikkita
(menga oltinchi qatordan ikkita chipta bering deb
o`tirmaysiz).
Shuningdek, bu uslubda nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga bunga
teskari bo‘lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yiladi. Oddiy so‘zlashuv uslubida gap
bo‘laklarining tartibi ancha erkin bo‘ladi. Ba’zan shevaga xos so‘zlar, qo‘pol, dag‘al
so‘zlar ham kuzatiladi, biroq ularni qo‘llash so‘zlovchining madaniy nutq sohibi
emasligini ko‘rsatadi. So`zlashuv uslubining har ikkala turi ko`pincha dialog shaklida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
290
2181-3187
ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. Bunda
so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir
o`ziga xos xususiyati erkinligidir. Bu uslubda kitobiy uslublarda qo`llaniladigan
taklif
qildi, sobiq, masalan
kabi so`zlar o`rnida
chaqirdi, oldingi, burungi, misol uchun
kabi
so`zlar ishlatiladi. Unli tovushlarni cho`zish (bo:r, ke:l), ayrim undosh tovushlarni
cho`zib aytish (maza-mazza, haqi-haqqi) so`zlashuv uslubiga xosdir. Oddiy so`zlashuv
uslubida so`z tartibi qoidaga nomuvofiq bo`lishi (
kecha yig`ilish bo`ldi maktabda
);
ko`chma, obrazli emotsional vositalar ko`proq qo`llanilishi (
g`ayrat qil, shalvirama;
Shokirni qarang, og`zi qulog`ida
); dialogik shaklda bo`lib, to`liqsiz gap va imo-
ishoraning ko`p ishlatilishi (
Kelyapti, Ketdimi? –Ha
kabi); takrorlar (
kelib-kelib shu
gapni topdingmi?
); talaffuzda erkinlik
na’lat
(la’nat),
yangitdan
(yangidan),
opti
(olibdi) kabi) yaqqol namoyon bo`ladi. Oddiy so`zlashuv uslubi badiiy asarda
personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo`llanadi.
So‘zlashuv uslubida sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan
foydalaniladi.
Publitsistik uslub
ommaviy axborot vositalari - gazeta, jurnal, radio,
televideniye, shuningdek, Oliy Majlis yig‘inlarida, turli xil anjumanlarda
qo‘llaniladigan nutq uslubidir. Axborot berish, ta’sir etish, soddalik, ta’sirchanlik,
tushunarlilik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish bu uslubning muhim
xususiyatidir. Publitsistika davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o'quvchilarga,
tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniya orqali yetkazish,
ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo'layotgan voqealarni singdirish,
ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Publitsistik uslubning ham og‘zaki, ham yozma shakllari bor. Radio va
televideniyadagi siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari bu uslubning og‘zaki
shakliga xos bo‘lsa, ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan maqolalar, felyeton,
murojaatnoma, chaqiriq, deklaratsiyalar yozma shakliga xosdir. Bu uslubda hayotiy
voqea va dalillar oddiy shaklda keltirilmay, jo‘shqin misralarda ifodalanadi, ulardan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
291
2181-3187
umumiy xulosalar chiqariladi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga
ta’sir ko‘rsatiladi. Publitsistik uslubda ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol hamda
hikmatli so‘zlardan foydalaniladi, gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesim
buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi; darak, his-hayajon, ritorik so‘roq
gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan foydalaniladi.
Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o'zi, masalan, gazeta, radio,
televideniyada beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o'zida
berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy vositalari jihatidan farqlanadi. Shunga
qaramay, ularning hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli
ko'rinishlari hisoblanadi.
Publitsistik uslub, avvalo, tashviqot va targ'ibot uslubi bo'lgani uchun ham unda
siyosiy faollik, hozirjavoblik, o'tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar
bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi. Shunga ko'ra publitsistik uslubda
yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning,
intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli
ifodalar, bo'yoqdor so'zlarni qo'llash) ham o'zaro uyg'unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea
va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan
umumiy xulosalar chiqariladi, muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali
o'quvchiga ta'sir ko'rsatiladi. Publitsistik nutqda ta'sirchan so'z va birikmalardan, maqol
va hikmatli so'zlardan ham foydalaniladi.
Publitsistik nutq uslubiga misol:
- Vatan, istiqlol, ma'naviyat... Bu so'zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni
ifodalovchi purhikmat so'zlardir. Agar insonda shu so'zlarning birortasi yo'q bo'lsa,
hayotning qayeridir kemtik bo'lib turaveradi.
-Yer qish uyqusidan uyg'ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning
bo'yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli nafarmon
gullar bilan bezandi.
Ilmiy uslub
. Bu uslub daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar –
ta’rif-qoidalarga ega bo‘lish, atamalarning keng qo‘llanilishi bilan boshqa uslublardan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
292
2181-3187
farq qiladi. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har
bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil
shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub deyiladi.
Ilmiy uslub ikki guruhga bo‘linadi: sof ilmiy uslub hamda ilmiy-ommabop uslub.
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilar uchun mo‘ljallanadi. Shu bois
bu uslubda fanning ma’lum sohasiga oid atamalar keng qo‘llaniladi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad
qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo‘ladi. Ma’lum
fan sohasiga doir atamalar qo‘llanilsa ham, bu atamalar xalqqa tushunarli bo‘lishi
uchun izohlanadi.
Ilmiy uslub ilm-fanga oid fikrlarni bayon etishga mo‘ljallangan. Bu uslubdagi
matnlarda:
-
sohaga oid terminlar faol qo‘llanadi;
-
ta’rif-qoidalar keltiriladi;
-
bo‘yoqdor birliklar, iboralar va maqollardan foydalanilmaydi;
-
murakkab jumlalar, kirishlar va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi.
Ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari, dissertatsiya, monografiya kabilar ilmiy
uslubdagi matnlarga misol bo‘la oladi. Ilmiy ma’lumotlar mutaxassis bo‘lmaganlarga,
ya’ni keng ommaga ilmiy-ommabop shaklda yetkaziladi. Ommabop nashrlardagi ilm-
fanga oid maqolalar, bolalar ensiklopediyalari, maktab darsliklari shu shaklda
yaratiladi.
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farq qiladi.
Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas.
Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika
fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil
formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon etish kuchli bo'ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
293
2181-3187
Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma'lumotlarning xolis,
umumlashgan xususiyatlarini ta'riflash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan
ish ko'radi. Kitobxonning his-tuyg'ulariga emas, ongiga ta'sir etadi.
Ilmiy uslubda so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'z va iboralar, shuningdek,
qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi.
Sof ilmiy uslubga misollar.
- Tobe so'zning hokim so'z talabiga ko'ra ma'lum kelishik qo'shimchalari yoki
ko'makchi bilan kelishiga boshqaruv deyiladi.
- Atomlar kimyoviy bo'linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil
topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari
grafit, oltingugurt, barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.
Ilmiy-ommabop uslubga misol:
...Tovushdoshlikning ma'no bilan singishib ketgan oliy namunalarini Navoiy
asarlarida ko'rish mumkin. Masalan, shoir «Xamsa»sining Nizomiy Ganjaviyga
bag'ishlangan qismlaridan birida:
Ganja ganjurikim chekib ko'p ranj,
Qo'ymish erdijahonda besh ganj, -
deydi. Bu baytda «ishtiqoq» deb atalgan san'at
ham bor. «Ishtiqoq» so'zining badiiy termin bo'lishiga uning grammatik ma'nosi asos
bo'lgan. So'z yasalishi ishtiqoq deyiladi. Shunga asosan gapda bir o'zakdan yasalgan
so'zlarni keltirishni «ishtiqoq» deb ataganlar.
Rasmiy uslub
muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirgan shakllarga ega
nutq uslubidir.
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
sof qonunchilik uslubi;
-
idoraviy-devonxona uslubi;
-
diplomatik uslub.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
294
2181-3187
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda amalga oshiriladi. U har qanday tasviriy
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning bir qator vazifalari:
axborot berish, da’vat etish, buyurish kabilar amalga oshadi. Masalan,
ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topadi. Bu
uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud.
Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlarning
kesimi III shaxs majhul nisbatdagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin,
topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.
Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
Bu uslubning ham o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari mavjud: so‘zlar o‘z
ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi,
har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Masalan, sud ishida jinoyat,
hukm, qonun; maktab ish qog‘ozlarida maktab direktori, direktor o‘rinbosari, sinf
rahbari kabi so‘z va birikmalar ishlatiladi.
Ariza, rezyume, tilxat, dalolatnoma, ishinchnoma kabilar, shuningdek, qaror,
qonun, nizom, xalqaro hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi. Har bir hujjat matni o‘ziga
xos qolipi va maxsus so‘zlariga ega. Shu bois ularni yozishda namunaga yoki davlat
tilida ish yuritishga oid kitoblarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga bo'ysunadi.
Tayyor nutq formulalari (shu asosida, shunga ko'ra, ma'lum qilamizki,... biz,
quyida imzo chekuvchilar,... ga asosan (muvofiq),... uchun,... dan kelib chiqib,... sharti
bilan,... berilsin,... taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-axborot xarakterida
bo'lishini, so'zlaming bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning
bo'lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak shakllari qo'shma gap turlarining keng
qo'llanilishini talab qiladi, til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Badiiy uslub
ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli
ifodalovchi va shu yo‘l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubidir.
Bu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
295
2181-3187
uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini
o‘z ichiga olish bilan birga o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga oid leksik birliklar,
bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi
orqali ishlatilishi mumkin. Badiiy uslub orqali ro‘yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-
hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish)dan tashqari o‘quvchiga
ta’sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Bu uslubdan boshqa barcha uslublar
ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan. U inson amaliy hayotining
barcha tomonlarini qamrab oladi, shuning uchun unda ilmiy uslubning ham,
publitsistik uslubning ham, so‘zlashuv uslubining ham, rasmiy uslubning ham
elementlari namoyon bo‘lishi mumkin.
Badiiy uslub tilning bor imkoniyatini namoyish qiladigan uslub hisoblanadi. Bu
uslubdagi matnlarda:
-
ko‘chma ma’noli so‘zlar, bo‘yoqdor birliklar faol qo‘llanadi;
-
inversiya, parallellik, tavtologiya (ortiqcha takrorlar)dan ta’sirchanlikni
oshirishda foydalaniladi;
-
ritorik so‘roqlar hamda his-hayajon gaplardan foydalaniladi;
-
eskirgan so‘zlardan aniq maqsadlarda foydalanilishi mumkin;
-
muallifning yangi so‘z va ma’nolar ijod qilishi kuzatiladi.
Nasriy va she’riy badiiy asarlar, insholar shu uslubda yoziladi. Badiiy uslub uchun
obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslubda muallif asarning estetik
ta'sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va
ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo'llashi yoki o'zi yangilarini yaratishi mumkin
bo'ladi. Shuning uchun bu uslubda yozuvchilar mavjud so'zlarni obrazli ishlatishdan
tashqari o'ziga xos so'z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter,
manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon etishga xizmat qiladi.
Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko'lami, ijod usuli, poetik
mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
296
2181-3187
ko'ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o'ta qamrovli va boy nutq
ko'rinishidir.
A.Qahhorning «O‘jar» hikoyasidan olingan parchada badiiy uslubning o'ziga xos
xususiyatlarini ko`rishimiz mumkin.
- Hozir, hozir! - dedi. - Suyar! Ho Suyar! Bu yoqqa chiq, o'g'lim! E, yotganmiding!
Mayli, bu yoqqa o'tir. Bizga bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shedrin
katta yozuvchimi?
Suyar goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.
-
Yo'q, siz savolni noto'g'ri qo'ydingiz, - dedi Zargarov. - Bunday: Saltikov ilgari
o`lganmi, Shedrin?
-
Ikkovi bitta odam-ku! - dedi Suyar nima ekanini bilolmay.
Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay o'rnidan turib
o'yinga tushdi. Qutbiddinov do'q urdi:
-
Saltikov bilan Shedrin-a? Kim aytdi senga?
-
O'zim bilaman, kitobda bor.
-
Kitobda bor? Shaxmatni ko'proq o'yna, itvachcha! Qutbiddinov bola bechorani ko'p
urishdi... Suyar yig'lab yubordi... Anchadan keyin Suyar kattakon bir kitob ko'tarib chiqdi.
-
Mana, - dedi portretni ko'rsatib, - mana, Saltikov-Shedrin!
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
A.Nurmanov, A.Sobirov, N.Qosimova. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Akademik
litseyning 1-bosqich talabalari uchun darslik. T.: “Ilm Ziyo”, 2010
2.
A.Q.G`ulomov. Ona tili o`qitish prinsiplari va metodlari. – T.: “O`qituvchi”,
1992.
3.
Erkaboyeva N. O`zbek tilidan ma’ruzalar to`plami. – T.: “Akademnashr”, 2016.
4.
O.Roziqov va boshqalar. Ona tili didaktikasi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
5.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi: Nasaf, 2000.
6.
WWW.ZiyoNet.uz.
7.
WWW. Ta’lim.uz.