ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
251
2181-3187
CHO’LPONNING HAYOTI VA IJODI-“MA’RIFATPARVARLIK
RUHIDAGI ADABIY IZLANISHLAR.
Ashurova Oftobxon Xoshimovna
Farg’ona shahar 1-sonli politexnikumi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya
: Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid
matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.Choʻlpon —
shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi.
Kalit so’z:
Taxallus, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi.
Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov)
) —
tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem
maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va
jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.
roʻy berishi taraqqiyparvar ziyolilar dunyoqarashini
oʻzgartirib yubordi. Ular, shu jumladan, Choʻlpon mustaqillik uchun kurash endi
targʻibiy-tashviqiy davridan amaliy faoliyat bosqichiga oʻtganini angladilar.
hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etib,
sheʼrini yozdi va bu sheʼr oʻzbek
boʻldi. Shu davrda Turkistondagi koʻp millatli
gʻoyasi keng tarqalgani sababli Choʻlpon ayni paytda
borib, Boshqirdiston muxtoriyat hukumatining
tashkil etilishida ham ishtirok etdi. Federalistlarning fikrlariga koʻra, Turkiston
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
252
2181-3187
tomonidan tan olinishi va birgalikda himoyalanishi
mumkin edi.
Muxtoriyat
tugatilgach,
ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda
oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish bilan istiqlol uchun kurashda
davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining 2-qurultoyi 1927-yildan keyin
Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto
1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga majbur
etdi.Jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi.
Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30-
ketgan va Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon
boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-
Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik
ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan
yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi.
Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham
oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy
voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning
hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir.
Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada
tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga
boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ
oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
253
2181-3187
tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham,
(1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.
Abdulhamid Cho‘lpon adabiy merosining ma’lum qismini nasriy asarlar tashkil
etadi. O‘z davri adabiy hayotida shoir sifatida tanilgan Cho‘lpon she’rlar bilan birga
«Qurvoni ja-holat», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz», «Oydin kecha-larda» kabi
hikoyalar yozadi. 30-yillarda «Kecha va kunduz» romani ustida jiddiy ishlaydi. Adib
bu asarni, nomidan ma’lum bo‘lganidek, ikki qismli qilib yozishni rejalashtiradi. 1936-
yil romanning birinchi qismi alohida kitob shaklida bosilib chiqdi. Ikkinchi qismining
taqdiri noma’lumligicha qoldi. Adib qatag‘onidan keyin uning boshqa ijod namu-nalari
kabi ushbu romanni ham uzoq yillar o‘quvchilar nazaridan berkitildi; uni o‘qish
taqiqlandi. Oradan yarim asr o‘tgach, kitobxonlar e’tiboriga qayta taqdim etildi.
Mustaqillik yillarida esa roman adabiyotshunos olimlar tomonidan jiddiy o‘rganildi.
«Kecha va kunduz» romani Cho‘lpon ijodiy biografiyasida ham, o‘zbek
romanchiligi tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asarda Cho‘lponning hayotda
orttirgan bilim va tajribalari, she’riyat va dramaturgiya sohasida erishgan badiiy
mahorati jamlandi. Shuning uchun romanni o‘qiganda uni shoirona ko‘ngil egasi
yozgani, ko‘p o‘rinlarda yozuvchining lirik kayfiyati yaqqol sezilib turadi.
Cho‘lpon XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy muhiti, xususan, chorizmning
bosqinchilik siyosatining ichdan yemi-rilib borayotgani, mahalliy amaldorlarning razil
qilmishlarini real aks ettiradi. Muallif millatparvar adib sifatida o‘zbek xalqining
turmushida boshlangan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni, yuragini
o‘rtagan hayotiy muammolarni zo‘r mahorat bilan bayon etadi. Asar boshidagi oddiy
bir oilaning ma’naviy muhit tasviri bora-bora romanning badiiy matni mohiyati-
negizida o‘zlik va dunyoni anglash, ma’rifat va hurlik kabi millat taqdiriga bog‘liq
haqiqatlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Nasriy asarlarda ijodkorning tasvirlanayotgan
voqea-hodisalarga nisbatan nuqtayi nazari muhim sanaladi. Bu jihat muallifning bosh
badiiy g‘oyasi uchun xizmat qila digan obrazlar tizimida, yaqin tarixdagi ijtimoiy
tuzumga tegishli masalalarning badiiy muhokama qilinishida ko‘rinadi. Shunga ko‘ra
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
254
2181-3187
romanni to‘liq o‘qigan o‘quvchi e’tiborga mo-lik bir qancha o‘ziga xos badiiy
qahramonlarni juda yaxshi eslab qoladi. Ularning muomala-munosabatlari, oralaridagi
ziddiyatlar, davr voqeligini baholashlari juda ishonarli badiiy talqin etiladi. Xususan,
romandagi Akbarali mingboshining o‘z baloyi nafsiga o‘ralashib, aysh-u ishratga
berilishi, Miryoqub epaqaning ijtimoiy-ma’naviy tarafdan dinamik o‘sa boshlash
jarayoni ko‘rsatiladi. Oxir-oqibat beg‘ubor bir qiz Zebining ayanchli qismati kitobxon
qalbini larzaga soladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
Vohidov A. Cho‘lpon: hayoti, ijodi va adabiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1989.
Karimov M. O‘zbek adabiyoti tarixi. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
G‘ulomov A. Cho‘lponning badiiy mahorati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1970.
Qodirova N. Millat uyg‘onishi va Cho‘lpon fenomeni. – Toshkent: Akademnashr,
2018.