ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
38
2181-3187
ATOM ODATLAR: YAXSHI ODATLARNI SHAKLLANTIRISH –
MUVAFFAQIYAT KALITI
Xudoyqulov Sunnat Ismatillo o’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
Pedagogika yo’nalishi 23-02 guruh talabasi
Bobonazarova Sevinch Bobur qizi
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
57-umumiy o’rta ta’lim maktabi
11-sinf o’quvchisi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada yaxshi odatlarni shakllantirish va ularni hayot tarzimizga faol
tatbiq etish muhimligi tahlil qilinadi. Odatlar inson hayotiga qanchalik ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishi muhokama qilinadi. Shuningdek, yomon odatlardan xalos
bo‘lishning ilmiy asoslangan va samarali usullari yoritiladi.
Annotation
This article analyzes the importance of forming good habits and actively applying
them to our way of life. How positive or negative habits affect a person's life is
discussed. Also, scientifically based and effective ways to get rid of bad habits are
highlighted.
Kalit so‘zlar
Atom odatlar, signal, istak, javob, mukofot, motivatsiya, umidsizlik vodiysi,
prokrastinatsiya, perfektsionizm, ruhiy toliqish, zaharli samaradorlik, odatlar
psixologiyasi, kichik o‘zgarishlar.
Kirish
Zamon o‘zgarishi bilan hayotimizga turli yangi qoidalar va odatlar kirib
kelmoqda. Ayniqsa, texnologiya rivoji inson diqqatini bo‘lib, tartib-intizomga putur
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
39
2181-3187
yetkazmoqda. Atrofimizdagi ortiqcha axborot oqimi ongimizni charchatib, vaqtimizni
samarasiz o‘tkazishimizga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada inson stress, depressiya
kabi muammolarga duch keladi. Ko‘pincha bunday salbiy holatlarning ildizi biz e’tibor
bermaydigan mayda yomon odatlarga borib taqaladi. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun
shunday degan edi: "Eng buyuk g‘alaba – o‘z ustingdan g‘alaba qozonishdir." Bu fikr
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘z zaif tomonlarimizni yengish –
hayotimizni muvaffaqiyat sari yo‘naltirishning eng muhim qadamidir. Yomon
odatlarni yo‘qotish va ularning o‘rniga foydalilarini joriy etish inson hayotini izga
solib, unumdorligini oshiradi.
Odat – bu avtomatik ravishda takrorlanadigan harakat bo‘lib, odatda qandaydir
signal orqali boshlanadi, istak tufayli amalga oshiriladi, unga javob qaytariladi va
natijada mukofot hissi bilan yakunlanadi. Masalan, tushlik vaqti kelganda ochlik hissi
ovqatlanishga turtki beradi. Ushbu jarayon muntazam takrorlangani uchun u avtomatik
odatga aylanadi. Boshqa yaxshi odatlarni ham xuddi shu tamoyillar asosida
shakllantirish mumkin.
Yaxshi odatlar shakllantirishning ilmiy asoslangan usullaridan biri bu James
Clear tomonidan ishlab chiqilgan "Atom odatlar" tamoyilidir. Unga ko‘ra, yaxshi
odatni shakllantirish uchun quyidagi to‘rt oltin qoida amal qilishi kerak:
1. Signal – odat ko‘zga yaqqol tashlanadigan bo‘lishi kerak. Masalan, dars
qilishdan oldin stolingizni tartibga keltiring, kitob va daftarlaringizni oldindan
tayyorlang.
2. Istak – odat jozibali bo‘lishi kerak. Masalan, dars qilishdan oldin sevimli
qahvangizni ichish yoki o‘zingizga yoqadigan muhit yaratish orqali bu odatni yanada
yoqimli qilish mumkin.
3. Javob – odat bajarish uchun oson bo‘lishi kerak. Har kuni kichik qadamlardan
boshlab, uni asta-sekin tabiiy holga aylantirish lozim.
4. Mukofot – odat bajarilgandan so‘ng o‘zimizni mukofotlash muhim. Masalan,
ma’lum bir vaqt dars qilsangiz, o‘zingizga dam berish yoki yoqimli mashg‘ulot bilan
shug‘ullanish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
40
2181-3187
Yaxshi odatlarni shakllantirishga qanday erishish mumkin?
Ko‘p odamlar yangi odatlarni hayotiga tatbiq etishda muammo yuzaga kelishidan
shikoyat qiladi. Aslida, odatlar darhol natija bermaydi. Ular uzluksizlik va sabr talab
qiladi. Yozuvchi Yakob Rils shunday degan edi:
"O‘zimni chorasiz his qilganimda tosh
ustida ishlayotgan sangtaroshlarni kuzataman. Ular toshga bolg‘a bilan yuz marta
uradi, lekin hech qanday yoriq paydo bo‘lmaydi. Ammo bir yuz birinchi urishda tosh
ikkiga bo‘linadi. Biroq bu oxirgi zarbaning emas, balki undan oldingi barcha
harakatlarning natijasidir."
Ko‘plab odamlar aynan shu nuqtada – umidsizlik
vodiysida to‘xtab qoladi. Ular qisqa muddatda natija ko‘rishni kutishadi va hech
qanday o‘zgarish sezmagach, motivatsiyani yo‘qotib, odatni tark etishadi. Aslida esa,
natija to‘planib boraveradi va bir kun kutilmaganda yorqin muvaffaqiyatga aylanadi.
Yana bir muhim omil – prokrastinatsiya va perfektsionizm (ishni ortga surish va
mukammallikka haddan tashqari intilish). Ko‘pchilik o‘z oldiga yirik maqsadlar
qo‘yadi va ularni bir vaqtning o‘zida amalga oshirishga harakat qiladi. Bu esa ruhiy
toliqishga olib keladi. O‘rniga kichik qadamlardan boshlash, masalan, kuniga atigi 30
daqiqa yaxshi odat bilan shug‘ullanish, uzoq muddatda katta natijalar berishi mumkin.
XULOSA
Kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib keladi. Insonning hayoti uning kundalik
odatlarining yig‘indisidir. Agar biz har kuni yaxshilik sari harakat qilsak, uzoq
muddatda ulkan yutuqlarga erishamiz. Eng muhimi – barqarorlik va davomiylik.
Samaradorlik – bu marafon, sprint emas. Maqsad sari harakat qilishda yo‘lda to‘xtab
qolmaslik, yomon odatlarni bosqichma-bosqich foydalilari bilan almashtirish va
o‘zgarishlarni kichik qadamlar bilan amalga oshirish muhim. Shunday ekan, siz nega
hanuz yomon odatlardan qutula olmadingiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. James Clear. Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break
Bad Ones.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
41
2181-3187
2. Charles Duhigg. The Power of Habit: Why We Do What We Do in Life and
Business.
3. Stephen R. Covey. The 7 Habits of Highly Effective People.
4. B. J. Fogg. Tiny Habits: The Small Changes That Change Everything.
5. Aflotun (Platon). The Republic.
6. Yakob Rils. A Builder's Story.
7. Daniel Kahneman. Thinking, Fast and Slow.
8. Cal Newport. Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World.