ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
74
2181-3187
MILLIY VA MADANIY KOMPONENTLARNING
AVTOMATLASHTIRILGAN TARJIMADAGI IFODALANISHI
Yusupova Yulduz Yunus qizi
UzDJTU, Tarjimonlik fakulteti 1-kurs talabasi,
Ilmiy rahbari:
Abdulxakova Dilafro‘z Shamsiddinovna
Tayanch doktaranti,
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Toshkent, O’zbekiston
abdulkhakovadilafruz@gmail.com
ORCID ID: 0009-0006-0237-6193
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy va madaniy komponentlarning
avtomatlashtirilgan tarjima jarayonidagi ifodalanishi tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor
madaniy kontekstda murakkablik tug’diradigan ibora va tushunchalarning tarjima
sifatiga qaratilgan. Shuningdek, mashina tarjimasi vositalarining bu boradagi
imkoniyatlari va cheklovlari misollar asosida ko’rib chiqiladi. Maqola madaniyatlararo
muloqotda aniqlik va mazmuniy moslikni ta’minlashda avtomatlashtirilgan tarjima
tizimlarining o’rni haqida xulosa beradi.
Kalit so’zlar:
tarjima, iboralar, madaniyatlararo muloqot, tarjima sifati,
avtomatlashtirilgan tarjima, ekvivalentlik.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
75
2181-3187
Abstract:
This article analyzes the expression of national and cultural
components in the automated translation process. The main focus is on the translation
quality of phrases and concepts that create complexity in a cultural context.
Additionally, the capabilities and limitations of machine translation tools in this regard
are discussed with examples. The article concludes with the role of automated
translation systems in ensuring clarity and semantic correspondence in intercultural
communication.
Keywords
: Translation, phrases, intercultural communication, translation
quality, automated translation, equivalence.
Аннотация
: В данной статье анализируется выражение национальных и
культурных компонентов в процессе автоматизированного перевода. Основное
внимание уделено качеству перевода фраз и понятий, создающих сложности в
культурном контексте. Также рассматриваются возможности и ограничения
инструментов машинного перевода на примерах. Статья делает вывод о роли
автоматизированных систем перевода в обеспечении ясности и с емантической
соответствия в межкультурной коммуникации.
Ключевые слова
: Перевод, фразы, межкультурная коммуникация,
качество перевода, автоматизированный перевод, эквивалентность.
Tarjima — bu faqat tilshunoslik emas, balki madaniyatlararo muloqot
vositasidir. Har bir xalq o‘z madaniyati, urf-odati, tarixiy tajribasi orqali shakllangan
milliy va madaniy komponentlarga ega. Bunday elementlarning tarjimasi nafaqat til,
balki kontekst, madaniy tafakkur va ijtimoiy tafovutlarni ham e’tiborga olgan holda
amalga oshirilishi lozim. Bugungi kunda avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari,
xususan, Google Translate, DeepL, Yandex Translate kabi vositalar tez-tez ishlatiladi.
Biroq bu tizimlar ba’zan milliy va madaniy komponentlarni to‘liq yoki aniq ifodalay
olmaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
76
2181-3187
Mavjud sun’iy intellektga asoslangan tarjima modellari samaradorlikni
birinchi o’ringa qo'yadi, lekin ko’pincha madaniy nuanslarni, idiomatik iboralarni va
tarixiy ahamiyatga ega emas, bu lingvistik xilma-xillikni chetga surib qo’yadigan
tarjimalarga olib keladi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun biz kam ta’minlangan
til jamoalarida madaniy moslashuvchan tarjima uchun mo’ljallangan ko’p agentli AI
ramkasini taklif qilamiz. Bizning yondashuvimiz tarjima, talqin qilish, tarkibni sintez
qilish va noto’g’ri baholash uchun ixtisoslashgan agentlardan foydalanadi, bu
lingvistik aniqlik va madaniy ahamiyatga ega bo’lishini ta’minlaydi. Ekipaj va
LangChain(
AI sohasida ishlatiladigan Phyton kutubxonasi)
yordamida bizning
tizimimiz kontekstual sodiqlikni kuchaytiradi va tashqi tekshirish orqali noaniqliklarni
kamaytiradi. Qiyosiy tahlil shuni ko’rsatadiki, bizning doiramiz GPT-4o (Izoh:
Generative pre-trained Transformer
) dan ustun bo’lib, kontekstga boy va madaniy
jihatdan ko’milgan tarjimalarni ishlab chiqaradi, bu mahalliy, mintaqaviy va kam
resursli tillar uchun muhim yutuqdir. Ushbu tadqiqot ko’p agentli sun'iy intellektning
adolatli, barqaror va madaniy jihatdan sezgir NLP (Izoh:
Natural Language
Processing-bu kompyuterlar odamlar tilini (yoki yozuvini) tushunishi va qayta ishlashi
uchun yaratilgan texnologiya)
texnologiyalarini rivojlantirishda, AI (Izoh:
Artificial
intelligence
ya`ni
sun’iy
intelekt)
boshqaruvi, madaniy NLP va kam ta’minlangan
jamoalar uchun til modellarining barqaror NLP(
Natural Language Processing
)
ustunlariga mos kelish imkoniyatlarini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, “olimlar mashina
tarjimasining madaniy transferga ta'sirini o‘rganib, ayniqsa, badiiy matnlarda madaniy
elementlarning tarjimasida yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilgan. Ular GPT-4
kabi ilg‘or modellarni sinovdan o‘tkazib, madaniy elementlarning to‘g‘ri tarjima
qilinishini baholashgan”
.
[J.E. Washington, 2023]
“Tadqiqotchilar madaniy o‘ziga xoslikni saqlab qolish uchun kontekstga mos
tarjima qiluvchi ko‘p agentli sun’iy intellekt tizimini taklif qilishgan. Ular til xilma-
xilligini saqlash va madaniy sezgirlikni oshirishga qaratilgan yondashuvni ishlab
chiqqanlar. Bizning yondashuvimiz tarjima, talqin, mazmunni sintez qilish va
tarafkashlikni baholash bo‘yicha maxsus agentlardan foydalanadi, bu esa tilning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
77
2181-3187
aniqligi va madaniy moslikni saqlab qolishni ta’minlaydi” deb takidlab o’tadi Ahmed
Anik, M.Rahman, A. T, Ahsan
[A. Anik and et al.,(2025)]. A.
Madvaliyev tarjimaning
mohiyatini quyidagicha tasniflaydi
; "Tarjima –bu ikki tilda emas,ikki madaniyatda
fikrlash san’atidir."
Bu fikr tarjimon faqat til vositalarini emas, balki madaniy
tafakkurni ham o‘zlashtirishi lozimligini ko‘rsatadi
[A.Madvaliyev, 2006: 2].
Sh. Shomahmudov esa tarjimonning vazifasi haqida quyidagi fikrlarini bergan;
"
Har bir millatning tili –uning ruhiyati, madaniyati va tarixining ko‘zgusidir. Tarjimon
esa bu ko‘zguni boshqa xalqlarga o‘girish vazifasini bajaradi"
[Sh.Shomahmudov,
2012].
Bundan tushunish mumkinki, milliy-madaniy komponentlarning tarjima
jarayonida saqlanib qolishi faqatgina tilni emas,balki xalqning madaniyatini ham
boshqa tilga,boshqa madaniyatga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.
Aslida, milliy
komponentlar — bu muayyan xalqning hayoti, urf-odati, qadriyatlari bilan bog‘liq
ibora va tushunchalar. Masalan, o‘zbek tilidagi “tandirda pishgan non” yoki “navro‘z
bayrami” kabi iboralar boshqa tillarga tarjima qilinayotganda madaniy izoh talab
qiladi.
Madaniy komponentlar esa ko‘proq ma’naviy qadriyatlar, diniy tushunchalar
yoki tarixiy voqealarni qamrab oladi. Bular tarjimada noto‘g‘ri tushunilish xavfiga ega.
Sun’iy intellekt asosidagi avtomatik tarjimonlar tobora takomillashib bormoqda.
Masalan,
DeepL
( Izoh: sun’iy intelekt asosida ishlaydigan tarjima vositasi) tarjima
vositasi ko‘pincha kontekstga qarab tarjima qiladi. Shunga qaramay, “do‘ppi kiygan
bola Navro‘zda sumalak tarqatmoqda” jumlasi ingliz tiliga to‘g‘ri tarjima qilinishi
uchun madaniy tushunchalar alohida tushuntirilishi kerak bo‘ladi.
Ko‘plab hollarda,
milliy iboralar so‘zma-so‘z tarjima qilinadi va bu mazmunni buzadi. Masalan:
- O‘zbekcha:
“Ko‘ngli xira bo‘ldi”
- Inglizcha avtomat tarjima:
“His heart became cloudy”
- To‘g‘risi:
“He became sad”
yoki
“He felt down”
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
78
2181-3187
Quyidagi jadvalda o‘zbek tilidagi ba’zi idiomatik ifodalar, ularning ingliz tiliga
so‘zma-so‘z tarjimasi va tabiiy ekvivalentlari keltirilgan. Bu misollar til va madaniyat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib beradi hamda idiomalarni kontekstda to‘g‘ri
tushunish va tarjima qilish zarurligini ko‘rsatadi
.
O‘zbekcha ifoda
So‘zma-so‘z
tarjima (Literal)
To‘g‘ri
ifoda
(Natural English)
Ko‘ngli xira bo‘ldi
His heart became
cloudy
He became sad /
He felt down
Ko‘ngli yorishdi
His
heart
brightened
He felt happy / He
was cheered up
Ko‘z tegdi
The eye touched
It was jinxed / He
got the evil eye
Boshi
osmonga
yetdi
His head reached
the sky
He was overjoyed
/ He was on cloud nine
Yuragi
orqaga
tortdi
His heart pulled
back
He lost courage /
He hesitated
Tili
og‘ziga
sig‘madi
His tongue didn’t
fit in his mouth
He couldn’t stop
talking / He was very
talkative
Qo‘li kaltalik qildi
His hand was short
He couldn’t afford
it / He lacked resources
Quloq solmoq
To give ear
To listen
Oyoq-qo‘li
qaltiradi
His hands and feet
trembled
He
was
very
scared / He was nervous
Qorni ochdi
His
stomach
opened
He became hungry
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
79
2181-3187
Bunday holatlar tarjimaning mazmuniy sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunga
sabab shuki,avtomatik tizimlar hali ham emostsional kontekst va madaniy kodlarni
yetarli darajada anglay olmaydi. “
Ushbu elementlarni to’g’ri tarjima qilish nafaqat
lingvistik tajribani, balki madaniyatni chuqur tushunishni ham talab qiladi”
[B. Yao
and at al., 2023].
O‘xshatishlarda asosiy muammo — ularning madaniy asoslanganligi. Ya’ni,
har bir til va madaniyatda o‘xshatish uchun tanlanadigan predmet yoki obraz
boshqacha bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi
“oqqushdek go‘zal”
degan o‘xshatish
ingliz tilida
“beautiful like a swan”
tarzida ishlatilsa-da, uni har doim ham o‘sha
konnotatsiyada qabul qilishmaydi. Bundan tashqari, o’zbek asarlari ham ingliz tiliga
tarjima qilinayotganda ba’zi milliy, an’aviy so’zlar tarjima qilinmaydi kontekst
saqlanib qolishi uchun. Masalan,
Mehmonlarga palov suzildi - Guests were served
pilaf
(a traditional Uzbek rice dish).
Milliy-madaniy komponentlarni tarjimada aks ettirishda eng ko‘p uchraydigan
muammolar quyidagilardan iborat:
Ekvivalentlikning yo‘qligi
–ko‘plab realiyalar
va madaniy tushunchalar boshqa tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladigan birlikka ega
emas;
Madaniy noaniqliklar
–ba’zi elementlar qabul qiluvchi auditoriya uchun
begona bo‘lib, tushunarsiz qoladi;
Konnotatsion farqlar
–bir xil leksik shakl, lekin
har xil madaniy yuklama. Shu sababli avtomatlashtirilgan tarjima vositalari stilistik
muvofiqlikni saqlashda anchagina ojizlik qiladi. Ular grammatik muvofiqlikni
ta’minlasa-da, badiiy tasvir va emotsiyani yetkazib bera olmaydi. Stilistik vositalarning
tarjimasi nafaqat lug‘aviy bilim, balki madaniy tafakkur, matn janri va maqsadli
auditoriyani hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, avtomatlashtirilgan tarjima vositalari
zamonaviy tarjimonlar uchun qulaylik yaratsa-da, ular milliy va madaniy
komponentlarni to‘g‘ri ifoda etishda hali ham cheklovlarga ega. Madaniy kontekstni
hisobga olgan holda ishlangan tarjima matnlari ancha to‘g‘ri va ta’sirli bo‘ladi. Shu
bois, kelajakda tarjima texnologiyalarini yanada madaniyatga moslashtirish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
80
2181-3187
yo‘nalishida tadqiqotlar davom ettirilishi zarur. Kelajak tarjimonlari uchun bu
yo’nalish katta ahamiyatga ega bo’lib madaniy tafovutlarni yengib o’tishda asosiy
vositaga aylanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Anik, M. A., Rahman, A., Wasi, A. T., & Ahsan, M. M. (2025). Preserving
cultural identity with context-aware translation through multi-agent AI systems. arXiv.
https://arxiv.org/abs/2503.04827
2.
Madaliyev, A. (2006). Tarjima nazariyasi asoslari [Fundamentals of Translation
Theory]. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
3.
Yao, B., Jiang, M., Bobinac, T., Yang, D., & Hu, J. (2023). Benchmarking
machine translation with cultural awareness. arXiv.
https://arxiv.org/abs/2305.14328
4.
Shomahmudov, Sh. (2012). Til va madaniyat [Language and Culture]. Toshkent:
Fan.
5.
Washington, J. E. (2023). The impact of machine translation on cultural transfer
in literary texts. ResearchGate.
https://www.researchgate.net/publication/374910874