ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
64
2181-3187
AN’ANAVIY MUSIQIY MEROS VA UNING TURLARI
FarDU magistranti
Abdullayeva Irodaxon Maxmudovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada an’anaviy musiqiy meros va uning turlari haqida ma’lumotlar
keltirilgan hamda an’anaviy milliy musiqiy merosning yorqin namunalari, o’zbek
kompozitorlari va bastakorlari asarlari, xorijiy mamlakatlar kompozitorlari asarlari,
xonandalik, bir yoki bir necha cholg’ular va janrlar yoritilgan.
Kalit so’zlar: musiqa, meros, an’anaviy xonandalik, mezonlar, kompozitorlar,
janr.
АННОТАЦИЯ
В статье дается информация о традиционном музыкальном наследии и его
видах, освещаются яркие примеры традиционного национального музыкального
наследия, произведения узбекских композиторов и аранжировщиков,
произведения композиторов зарубежных стран, пение, один или несколько
инструментов, жанры.
Ключевые слова: музыка, наследие, традиционное пение, критерии,
композиторы, жанр.
ANNOTATION
This article provides information about traditional musical heritage and its types,
and highlights vivid examples of traditional national musical heritage, works of Uzbek
composers and arrangers, works of composers from foreign countries, singing, one or
more instruments and genres.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
65
2181-3187
Keywords: music, heritage, traditional singing, criteria, composers, genre.
KIRISH
Hozirgi kunda pedagogik fanlar, “Oila mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi
jamoat kengashlari oldida o’sib kelayotgan yosh avlodga xalqimizning madaniyati,
san’ati, tarixi, adabiyoti, tili va milliy qadriyatlariga asoslangan, DTS talabiga to’liq
javob bera oladigan zamonaviy ta’lim va tarbiya berish – bosh vazifa qilib qo’yilgan.
Chunki, jismoniy sog’lom, axloqi pok, muayyan fanlarga oid bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lgan, xalqimizning moddiy va ma’naviy merosiga vorislik qila
oladigan, yetuk shaxsning shakllanishi zamonaviy pedagogik omillardan qay darajada
foydalanishimizga bog’liqdir.
Inson ongini boyitish, xususan yoshlar manaviy olamini yuksaltirish, madaniy
saviyasi va badiiy didini shakllantirishda san’at, ayniqsa musiqa san’ati muhim
ahamiyat kasb etadi. Taniqli fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo aytganidek, “So’z
tugagan joyda musiqa boshlanadi”. Musiqa xilma-xil tovushlar vositasida kuchli badiiy
obrazli ta’sir ko’rsatishi bilan inson qalbidagi ayrim so’z bilan tushintirish qiyin
bo’lgan chuqur his va tuyg’ularni yorqin ifodalashi mumkin.
Ko’pgina sozanda va xonandalar avlodi faoliyatining ijodiy mahsuli bo’lgan
o’zbek xalq musiqa ijodiyoti (folklor) va an’anaviy kasbiy musiqiy meros ko’p asrlik
tarixga ega. Uning ko’lami keng, nihoyatda boy va serjilo yuksak badiiy qimmatga ega
bo’lgan namunalari mavjud. Ularni to’plash, saqlash, notaga olish, taraqqiyot yo’li
hamda nazariy asoslarini o’rganish, tasniflash, o’zlashtirish, asosida uzluksiz musiqa
ta’limi jarayonining ijro amaliyotiga jalb etish borasida respublikamizda ijobiy
natijalarga erishilmoqda.
Haqiqiy musiqa asari haqiqiy ijro orqali tiglovchiga yetib borib, unga zo’r
tuyg’uli (emotsional) ta’sir ko’rsatishi, qalbidan joy olib, uni o’ziga maftun qilishi va
unga badiiy estetik zavq bag’ishlashi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
66
2181-3187
Hozirgi kunda turli axborot va aloqa vositalari orqali katta musiqiy axborot
oqimi oqib kelmoqda. Tinglovchilar yoshlari, didlari, ehtiyoj va xohishlaridan qat’iy
nazar ko’pincha shu musiqiy oqim ta’sirini sezib turadilar. Keyingi yillarda shu oqim
bilan rep janridagi qo’shiqlarga o’xshagan bir ga’ni yoki qo’shiq sarlavhasini qayta-
qayta takrorlash tamoyiliga asoslangan, so’zida ham, ohangida ham biror mantiqli
ma’no va mazmun kam bo’lgan “Qo’shiq”lar ko’plab paydo bo’lib kelyapti. Bu borada
respublikamiz televedinyasida namoyish etilgan “Ohang va ofat” ko’rsatuvida ham bir
qancha keskin tanqidiy fikr va mulohazalar aytilgan edi. Afsuski, birqancha har xil
yoshdagi bolalarimiz turli sabablarga ko’ra o’zlarining yoshlariga to’g’ri keladigan
haqiqiy musiqa asarlari bilan tizimli asosda tanishib, ularning ta’limiy va tarbiyaviy
imkoniyatlari, hamda kuchli emotsional ta’siridan bebehra qolmoqdalar. Oqibatda ular
har xil yengil-yelpi kuy va qo’shiqlarning nojo’ya ta’siriga tushib, musiqiy-estetik
didlarining shakllanishiga putur yetishi mumkin.
An’anaviy musiqiy merosimizning birinchi navbatda tur va janriy
xususiyatlari (qo’shiq, terma, yalla, lapar, ashula, cholg’u kuy va b.), so’ngra alla,
maishiy, mehnat, lirik, mavsumiy, marosim va hazil qo’shiqlari turlariga xosligi
aniqlanadi. O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari mavqei hamda hayotda tutgan o’rniga
muvofiq ikki guruhni tashkil etadi. Birinchi guruh ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitda
ijro etiladigan oilaviy-marosim, mehnat qo’shiqlari, alla va afsunli qo’shiqlar, yig’i-
yo’qlov qo’shiqlari hamda har xil tantana, tomosha va marosimlarda ijro etiladigan
cholg’u kuylarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi guruh tarkibiga istalgan vaqt, joy va
sharoitda ijro etiladigan o’zbek xalq an’anaviy musiqiy folklor janrlari – terma,
qo’shiqlar, yalla va ashula, shuningdek, xuddi ularga o’xshash cholg’u kuylar kiradi.
Milliy an’anaviy musiqiy merosimizning nisbatan murakkabroq qatlamini
og’zaki an’anadagi kasbiy (professional) musiqa janrlari tashkil etadi. Kasbiy musiqa
janrlari tuzilishi, mavqei, hajmi rivojlanganligi, baland avjlari va boshqa o’ziga xos
xususiyatlari bilan boshqa xalq kuy va qo’shiqlari (folklor)dan farq qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
67
2181-3187
O’zbek xalq musika ijodiyotining folklor kabi namunalarini yaratuvchilari
ham, ijrochilari ham, tinglovchilari ham shu marosim ishtirokchilari bo’lib, bunday
oddiy qo’shiqlar ijrosi uchun kuchli ovoz, musiqiy qobiliyat va iste’dodning
mavjudligi shart emas. Buning uchun qoniqarli musiqiy qobiliyatning o’zi kifoya.
Ammo an’anaviy kasbiy musiqiy meros namunalriga xos nola va qochirimlar kabi
musiqiy bezaklar ijrosini meyoriga yetkazib ijro etish uchun bu ko’rsatkichlardan
tashqari zo’r mahorat va kasbiy tajriba ham zarur.
Mahalliy
musiqiy uslublarni tilshunoslikdagi mahalliy “Sheva”lar
tushunchalari bilan qiyoslash mumkin. Barcha mavjud “Musiqiy shevalar”ning
o’xshash sifatlari o’z navbatida “umumiy musiqiy uslub” singari yig’ma tushunchani
yuzaga keltiradi. Milliy mahalliy musiqiy uslublar o’zlariga xos betakror xususiyatlari
bo’yicha asosan to’rtta mahalliy musiqiy uslubga ajratilgan bo’lib, o’zbek
musiqashunosligida nisbatan atroflicha o’rganilgan.Ular muayyan xudud nomi bilan
ya’ni, Toshkent- Farg’ona, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm
mahalliy uslublari deb yuritiladi.
Barcha mahalliy uslublarda ko’pgina kuy va qo’shiqlar, musiqiy folklor
namunalari bir-biriga o’xshaydi. Shuning bilan birga ularning o’ziga xos
takrorlanmaydigan musiqiy janrlari ham mavjud. Masalan, Toshkent-Farg’ona
uslubiga xos katta ashula yoki yovvoyi maqom namunalari boshqa xududlarda
uchramaydi. Buxoro-Samarqand mahalliy musiqiy uslubiga xos sozandachilik san’ati,
“Buxorcha” (ayol sozandalar ijrosi) va “ Mavrigi (erkak ijrochilar san’ti), Xorazmda
tor yoki dutor, bo’lomon yoki qo’shnay, g’ijjak va doiradan tashkil topgan kichik
cholg’uchilar dastasi jo’rligida doston ijro etish, xalfalarning garmon va doirada o’ziga
jo’r bo’lib qo’shiq aytib raqsga tushish, doston nomalaridan aytishlari, Surxondaryo-
Qashqadaryo mahalliy musiqiy uslubiga xos do’mbirada o’ziga jo’r bo’lib sun’iy yopiq
(bo’g’iq) ovoz bilan dostonlar ijro etish san’ati ma’lum mahalliy uslub doirasida
shakllangan janrlardir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
68
2181-3187
Barcha mahalliy musiqiy uslublarga xos ijrochilik an’analarini nazarda tutib,
maktabgacha va maktab musiqa amaliyotidan boshlab, uzluksiz musiqa ta’limining
barcha bosqichlar uchun musiqiy material (repertuar) tanlashda asosiy e’tiborni o’sha
xududning mahalliy musiqiy uslubiga xos shuningdek ta’limning maqsad va
vazifalariga mos bo’lgan namunalarga qaratish lozim.
Respublikamiz mustaqillika erishganidan keyin ta’lim tizimi islohotlaridan
biri Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish bo’ldi. DTS
talablarida milliy musiqa namunalari umumbashariy musiqa san’ati bilan birgalikda
o’quvchilarda musiqiy- estetik tarbiyani shakllantirish vositasi bo’lishi qayd etildgan.
Shu asosda o’quvchilarda insoniy ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan
musiqa madaniyatini shakllantirish umumiy musiqa ta’limi va tarbiyasining bosh
vazifasi qilib belgilangan. Bu maqsadga erishish uchun musiqa muallimining oldida
quyidagi vazifalar qo’yiladi:
- har bir o’quvchining o’ziga xos (individual) xususiyatlarini hisobga olgan
holda ularni an’anaviy kasbiy musiqiy meros namunalari vositasida musiqiy qobiliyat
va qiziqishlarini rivojlantirish;
- dars va sinfdan tashqari to’garak ishlari jarayonida an’anaviy musiqiy meros
namunalarini o’rganish orqali o’quvchilarning bu ustozona san’at haqidagi bilim,
ko’nikma va malakalari doirasini kengaytirish;
- turli musiqiy faoliyatlar jarayonida an’anaviy musiqiy merosimizga hos
xususiyatlar (nolalar, qochirimlar, va h.k.)ni his etish hamda ijroda usulga rioya
qilishga intilishni shakllantirish;
- turli qo’shiqlar va mumtoz musiqa asarlarning badiiy-g’oyaviy mazmuni
(she’riy matnlari) vositasida o’quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyalash;
- darsda mehnat, kasb-hunar, xususan musiqa muallimligi va san’atkorligi
kasbiga nisbatan o’quvchilarda ishtiyoq uyg’otish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
69
2181-3187
O’qituvchi an’anaviy milliy musiqiy merosning yorqin namunalari, o’zbek
kompozitorlari va bastakorlari asarlari, xorijiy mamlakatlar kompozitorlari asarlari,
xonandalik, bir yoki birnecha cholg’ularda sozandalik. Dirijyorlik, musiqa o’qitish
metodikasi, musiqashunoslik, jo’rnavozlik va boshqa har bittasi alohida bir kasb
hisoblangan faoliyatlar bo’yicha hech bo’lmaganda qoniqarli bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lishiga to’g’ri keladi. Shu bois mohir musiqa muallimi o’z kasbi
va bolalarga sidqidildan mehribon, yuksak madaniyatli izlanuvchi va ijodkor, milliy
istiqlol mafkurasiga sodiq shaxs bo’lishi talab etiladi. U pedagogika, psixologiya,
bolalar fiziologiyasi, falsafaga asoslangan mantiq, etika, estetika, she’riyat, adabiyot
va boshqa fanlardan xabardor bo’lishi kerak. Sinfdan tashqari musiqa to’garaklari,
ma’ruza yoki suhbat konsertlar, taniqli san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar,
maktabda va maktabdan tashqari o’tkaziladigan turli tadbirlar va festivallarda ishtirok
etadigan iste’dodli o’quvchilarni tanlab tayyorlash kabi musiqiy tarbiyaning ommaviy
shakllarini amlga oshirishda faol qatnashish ham musiqa muallimining vazifalari
ko’lamiga kiradi.
Bunday ko’p qirrali ishlarni amalga oshirish uchun maktabda zamonaviy
talablarga javob beradigan darajada jihozlangan maxsus musiqa xonasi, ta’lim va
axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun zaruriy texnika vositalari, audio va
video yozuvlari fonotekasi, yaroqli cholg’u asboblari, ko’rgazmali va tarqatma o’quv
vositalari, yetarli miqdordagi darsliklar kabi shart-sharoitlar ham zarur. Afsuski,
bunday sharoitlarga ega bo’lgan maktablar soni juda oz.
Mustaqillik yillarida alohida ijrochilik salohiyatiga ega bo’lgan milliy estrada
musiqasi va qo’shiqchiligiga to’xtalib o’tish joizdir.
O’tgan asrning 70-yillariga kelib qo’shiqchiligimizning va musiqa
madaniyatimizning yangi yo’nalishi, yangi estrada janri tarkib topdi. Bu esa
san’atimizda yangilik deb qabul qilindi. Taniqli kompozitorlar M. Burhonov, I.
Akbarov, M. Leviev, A. Berlin, X. Izomov, e. Solihov, G’. Qodirov, A. Muhamedovlar
ommaviy estrada yo’nalishida ham muvaffaqiyatli ijod qildilar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
70
2181-3187
O’zbek estradasining dastlabki qaldirg’ochlari yetishib chiqdi. B.Zokirov,
L.Zokirova, K.Jalilova, B.Mavlonov, N.Zokirov, R.SHaripova, Yu.To’raev, S.Rahimov,
A.Ioshpe singari estrada xonandalari shular jumlasidandir.
Yuqorida tilga olingan kompozitor va xonandalar o’zbek estradasining maktabini
yaratdilar. estrada qo’shiqlari teleradio dasturlari, kino va sahnaviy asarlar, kontsertlar
orqali ommalashdi va o’zining muxlislariga ega bo’ldi. Hatto xalqaro sahnalarda ham
o’rnini topib oldi.
Mashhur estrada qo’shiqchisi, o’zbek estradasining so’nmas yulduzi Botir
Zokirovning jahon sahnalaridagi muvaffaqiyati o’zbek estrada san’atini jahonga
tanitdi. Uning o’z ona tili bilan bir qatorda turli tillarda aytgan qo’shiqlari estradamiz
jahon sahnasiga chiqib olishida ko’prik bo’lib xizmat qildi.
Istiqlol yillarida estrada ijrochilik san’atimiz yangi bosqichga ko’tarildi. Shu
yillarda «O’zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining tashkil etilishi, «O’zbekiston -
Vatanim manim» qo’shiqlar bayramining o’tkazilishi, «O’zbekistonda estrada
san’atini yanada rivojlantirish to’G’risida»gi Prezident farmonlari bu borada yuksalish
yo’lini belgilab berdi.
«Ofarin», «Ona zamin Yulduzlari», «Nihol» sovrinlari tahsis etildi. Yangi-yangi
ijrochilar kashf etildi. estrada kollektivlari, guruhlari, alohida ijrochi yoshlar xalqaro
festivallarda, tanlov va konsertlarda muvaffaqiyatga erisha boshladilar. O’zbek
estradasining Farruh Zokirov va «Yalla» vokal – cholg’u ansambli, Mansur
Toshmatov, G’ulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullayeva singari ustoz ijrochilari ketidan
yangi avlod estrada vakillari barakali ijod qilmoqdalar. Yulduz Usmonova, Kozim
QaYumov, Kumush Razzoqova, Nuriddin Haydarov, Ravshan Nomozov, Azim
Mullaxonov, G’iyos Boytoev, Mavluda Asalxo’jaeva, Yulduz Abdullaeva, Mardon
Mavlonov, Sofiya Saftarova, Salohiddin Azizboev, Mohira Asadova, Ozoda
Nursaidova Gulbahor Sulaymonova singari xonandalar shular jumlasidandir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
71
2181-3187
Hozirgi zamonaviy o’zbek estrada san’atining yorqin yulduzi bo’lmish Yulduz
Usmonovaning ijodi taxsinga sazovordir. Uning ijrosidagi o’nlab qo’shiqlar
xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning sevimli qo’shiqlariga aylanib ketdi. Ayniqsa,
«Xalqim», «Xalq bo’l, elim», «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston!», «Dunyo»
singari qo’shiqlari mustaqillik yillarining eng yaxshi qo’shiqlari deb tan olindi. Uning
xorijiy davlatlardagi gastrol-kontsert chiqishlari natijasida chet ellarda ham
muxlislarining ortib borayotganligi fikrimiz dalilidir.
Hozirda faoliyat ko’rsatayotgan yosh estrada guruhlari va xonandalarining
ijodlari ham barakali bo’lmoqda. Rashid Xoliqov, Nilufar Rahmatova, Ilhom
Farmonov, Sevara Nazarxon, SHahlo Rustamova, Doston Ubaydullaev, Anvar Sanaev,
Abdulaziz Karim, Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Anvar G’aniev, Abdulla
Qurbonov, Nodir Lutfullaev singari o’nlab yosh umidli estrada xonandalari ijodi bunga
misol bo’la oladi.
Mustaqillik yillarida bolalar musiqiy estrada janri ham yangicha ko’zgu bilan
namoyon bo’ldi. Bu sohada Nadim Norxo’jaev, Avaz Mansurov, Dilorom
Omonullaeva, Alisher Rasulov singari kompozitorlar faol ijodiy mehnat qilmoqdalar.
«Turkiston farzandimiz», «SoG’lom avlod», «Humo qushim», «Ramazon», «Oq
terakmi, ko’k terak», «Istiqlolim», «O’zim aylanay» singari qo’shiqlar misol bo’la
oladi.
Bugungi kunda Sarvar Qoziev va «Qars» guruhi, «Toshkent», «Manzur»,
Muhammadjon Ro’zimuhammedov va «SHofayz», Doniyor Mamedov va «Bayram»,
Abdulla SHomaG’rupov va «Nola», Rashid Xoliqov va «SHaxzod», Sevara Nazarxon
va «Sideriz», Abdulaziz Karim va «Asr», Tohir Sodiqov va «Bolalar», «Xo’ja», «Toj»,
«Setora» singari guruhlar hozirgi davr yoshlar estrada musiqasining asosiy bo’G’inini
tashkil etadi.
Xulosa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
72
2181-3187
Bugungi kundagi estradamiz yutuqlari bilan bir qatorda kamchiliklarini aytib
o’tish joizdir. Chunki bu haqda juda ko’p fikrlar bildirilmoqda. Televidenieda debatlar
uyushtirilmoqda, matbuotda chiqishlar qilinmoqda. Avvalo, «Milliy estrada»
atamasining mazmuni va mohiyatini yaxshi tushunmoq darkor. Nima uchun «Milliy
estrada» atamasi qo’llanilmoqda? Ba’zi bir yosh estrada qo’shiqchilari - «Estradaning
millati bo’lmaydi, jahon estradasiga omuxta bo’lishi kerak», degan fikrni
bildirishmoqda. Bu albatta, bir tomondan jahon estradasiga chiqish yo’lida maum
nuqtai nazar bo’lishi mumkin, lekin jahon estrada sahnasiga o’zbek milliy estradasi
nomi bilan, xalqimizning juda boy musiqiy merosiga suyagan holda qo’shiqlar yaratib
ijro etgan holda chiqilsa, maqsadga muvofiq bo’lsa kerak.
Bu borada o’ttiz yildan oshiq davrdan buyon barakali ijod qilib kelayotgan Farruh
Zokirov rahbarligidagi xizmat ko’rsatgan «Yalla» ansamblini misol qilish mumkin. Bu
ansambl o’zining xalqona ijrosi bilan bugungi kunda ham estafetani qo’llarida mahkam
ushlab turibdi, bugungi kunning talabiga javob bermoqda.
Hozirda turk, eron, arab, frantsuz, ingliz, nemis estrada musiqasidan foydalanib,
o’zbekcha so’z qo’yib aytilayotgan qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Bu albatta,
achinarli holdir. Yana bir tomoni, disket musiqasidagi ohanglar usuliga o’lchab, sayoz
so’zlardan tashkil topgan, muallifi nomahlum shehrlardan ham foydalanilmoqda.
Bu albatta, qo’shiq saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada yuzlab esda
qolmaydigan bir martalik yoki mavsumiy qo’shiqlar ko’payib bormoqda. Yana shuni
aytib o’tish lozimki, milliy estrada ruhidagi qo’shiqlar ijrosiga qo’l urishda an’anaviy
qo’shiqlarni va xalqimizning sevimli qo’shiqlarini, xalq bastakorligining, mashhur
qo’shiqlarini estrada yo’liga solib, buzilgan holda ijro etishlar ham uchramoqda. Agar
xalqona ijro uslublariga tayanib, har bir ijroni yaxshi o’zlashtirib, ana shu ijrodan
leytmotiv singari foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’lur edi. Ushbu fikrlarni amalga
oshirishni estrada xonandalarining o’zlariga havola etamiz.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
73
2181-3187
Bugungi kunda Milliy estrada musiqasini ravnaq topishi uchun barcha
imkoniyatlar mavjud bo’lib, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi
bois, har bir ijodkordan samarali ijod qilishni, xalqimizga manzur bo’ladigan
qo’shiqlar va kuylar yaratishlikni talab etadi. San’atsevar xalqimiz o’zining haqiqiy
ijodkori, fidoyi san’atkorlarini hamisha ardoqlab kelgan. Zero, hozirgi zamon o’zbek
estrada san’ati fidoyi, iqtidorli yosh san’atkorlarga boy va xalqimiz ishonchini
oqlashdek salohiyatga ega.
Umuman olganda, milliy istiqlol tufayli musiqa madaniyatimizning barcha
jabhalari shag’dam qadamlar bilan yuksalish sari intilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining karori. "Barkamol avlod yili" Davlat
dasturi to’g’risida. 2010 yil 27 yanvar.
2. Karimov I.. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.2008.
3. Karimov I.. Vatan sajdagox kabi mukaddasdir. 3-jild. T.1996 .
4.Fayziev O.. Maktabda musiqiy tarbiya. T.1991
5.O’zbek folklori ocherklari. 1 tom. T. 1988