Ushbu maqola, maktabgacha ta'limda STEAM yondashuvi (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San’at, Matematika)ni qo‘llashning ahamiyatini va samaradorligini o‘rganadi. STEAM ta’limi, bolalarga fan, texnologiya va san’atni integratsiya qilgan
holda, ijodiy fikrlash, masalalarni hal qilish va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Maqolada, an’anaviy ta'lim metodlari va ularning cheklanishlari, shuningdek, STEAM yondashuvining afzalliklari tahlil etiladi. Shu
bilan birga, STEAMni maktabgacha ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llash uchun zarur bo‘lgan yechimlar va takliflar keltirilgan. Maqolada, bu yondashuvning bolalar ta'limi jarayonidagi o‘rnini va uning kelajakdagi ta'lim tizimiga qo‘shadigan
yangi imkoniyatlarini ta'kidlanadi.