Авторы

  • Kamalova Vasilaxon Djamaliddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125018

Ключевые слова:

kichik bizness tadbirkorlik rejalashtirish biznes reja munosabat hamda tavakkalchilik ekstrapolyatsiya usuli delfi usuli sarmoyador hissador homiy

Аннотация

Ushbu maqolada tadbirkorlikka qo’l urmoqchi bo’lgan yoshlarga kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari, kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning ahamiyati, ekstropolisiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, eksport baholash usulidan foydalanib bashoratlash va rejalashtirishnining ahamiyati to’g’risida 
ma’lumotlar beriladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

18

2181-3187

O’QUVCHILARDA KICHIK BIZNESS VA TADBIRKORLIK

FAOLIYATINI REJALASHTIRISH KO’NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH.

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum

maxsus fan o’qituvchisi,

Kamalova Vasilaxon

Djamaliddinovna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tadbirkorlikka qo’l urmoqchi bo’lgan yoshlarga

kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari,

kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va uning

ahamiyati, ekstropolisiya, mantiqiy tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, eksport

baholash usulidan foydalanib bashoratlash va rejalashtirishnining ahamiyati to’g’risida

ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar

: kichik bizness, tadbirkorlik, rejalashtirish, biznes reja, munosabat

hamda tavakkalchilik, ekstrapolyatsiya usuli, delfi usuli, sarmoyador, hissador, homiy

.

Kichik bizness va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va

vazifalari.

Bozor iqtisodiyotida kichik biznesni rivojlantirishni samarali rejalashtirmasa

undan barqaror muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Rejalashtirish - korxona yoki

tashkilotning o‘z tadbirkorlik faoliyatiga obyektiv baho berishdir. Kichik biznes va

tadbirkorlik korxonalari o‘z faoliyatini yuritishda mahsulot yetishtirish va unga ketgan

sarf-xarajatlarning hisobini olib borish, ishni tashkil etish, bozor ehtiyojlariga mos

mahsulotlrni sotish, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun investitsiya

mablaglaridan samarali foydalanishni rejalashtirish orqali amalga oshiriladi.

Rejalashtirish maqsadi: mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan

maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotda yangi

tendensiyalarini kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

19

2181-3187

faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan

xavf-xatarni oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti - rejalashtirishni ham bashorat

qilishni ham inkor etmaydi. Bunda kelgusidagi ekstropolisiya, mantiqiy tahlil,

iqtisodiy-matematik usullar, eksport baholash usulidan foydalanib bashoratlash va

rejalashtirishni mutaxassislar yordamida belgilab olinadi. Rejalashtirishning haqiqiy

holati ilmiy va amaliy tahlil olib borilib asoslanmasa, oddiy rasmiyatchilikka aylanib,

asoslanmagan xarakterga ega bo‘ladi, ishlab chiqarishning kelgusidagi rivoji izdan

chiqadi, korxona moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, iqtisodiy barqarorlikni

yo’qotadi. Shuning oldini olish maqsadida rejani ishlab chiqishdan oldin, mahsulot

ishlab chiqarishga zarur bo’lgan ehtiyojlar bo‘yicha iqtisodiy tahlil o'tkaziladi. Bozor

iqtisodiyotiga o‘tish davrida kichik biznes korxonalarini boshqarishda rejalar mustaqil

ravishda ishlab chiqiladi va rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi:

-korxonalar ichida iqtisodiy munosabatlarni chuqur isloh qilish asosida xususiy

mulkchilikni

shakllantirish;

-ishlab chiqarish vositalari, mehnat resurslari, moliya, moddiy-texnika resurslaridan

oqilona foydalanishda shaxsiy javobgarlik va manfaatdorlikni oshirishni ta’minlash; -

mahsulotni sotish bo‘yicha korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini

ta’minlash;

-korxonada

ishlab

chiqarish

munosabatlarini

shakllantirish,

innovatsion

texnologiyalardan, fan, texnika va ilg‘orlar tajribalarni amaliyotga qo‘llash, xorijiy

davlatlarning investitsiya mablag’larini ishlab chiqarishga keng joriy etish orqali

eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta’minlashni rejalashtirishdan iborat.

Agrar tarmoqda kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini operativ, yillik

(joriy) va strategik rejalar orqali rejalashtirish amalga oshiriladi. Operativ rejalar oylik,

kvartallik bo’lib, yillik rejalar muddati bir yil bo’lib, unga biznes rejalarni kiritish

mumkin. Joriy rejalashtirish strategik rejalarni bajarish va biznesni boshqarish uchun

tuziladi. Strategik rejalar uzoq yillarga mo’ljallangan rejalardir. Tovar ishlab chiqarish

natijalarini bir necha yil oldin baholash mumkin bo’lgan xatti-harakatlarini kiritish

mumkin. Strategik rejani tuzatayotganda kichik biznesning istiqboldagi rivojlanishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

20

2181-3187

yo‘nalishlari

belgilab

olinadi.

Strategik rejalashtirishda bashoratlashning bir necha usullaridan foydalaniladi.

1. Ekstrapolyatsiya usuli - o‘tgan yili olingan statistik ma’lumotlar ko‘zdan kechirilib

boriladi

va

ular

orqali

istiqbol

bashoratlari

belgilanadi.

2. Delfi usuli - bir-biridan mustaqil bo’lgan ekspertlar so‘roviga asoslangan sifat

usulidir.

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishda biznes reja va

uning ahamiyati.

Biznes reja - bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish

imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. Biznes-reja tadbirkor tomonidan

ishlab chiqiladi. Agarda rejani tuzishda muammolar mavjud bo’lib, qo‘shimcha

maslahatlar zarur bo’lsa, soha mutaxassislarini jalb qilish mumkin. Odatda biznes

rejalar 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yili olinadigan foyda

oylar bo‘yicha, keyingi yili taqvimlar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi.

Biznes-reja tuzishda birinchi yilga alohida ish vazifalari ishlab chiqiladi. G‘arbdagi

hamma firmalar o‘z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes-rejani ishlab chiqishda

maxsus talablarga asoslanadi. Odatda uning hajmi 40 betdan oshmaydi. Biznes-reja bir

necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes-rejani tayyorlash jarayoni birinchidan,

fikrlashni jonlantiradi, ikkinchidan tadbirkorlikni puxtalik bilan o‘ylashga va o‘z ishini

turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga

majbur qiladi. Uchinchidan, nazorat qog‘ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda

va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona

faoliyatini kelgusida yaxshilashga asos bo’lib xizmat qiladi. To‘rtinchidan, jamg'arish,

u boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag’larini jalb qilishga imkoniyat

yaratadi. Biznes reja kichik biznes va tadbirkorlar yoki dehqon va fermerlarni aniq

maqsadni ko‘zlab ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va tijorat bilan

shug‘ullanish istiqbollari yoki hisob-kitoblar majmuasi aks etgan hujjatdir.

Biznes rejani tuzishdan maqsad: birinchidan, sarmoyador, hissador, homiy va

banklarning

pul

mablag’larini

ishlab

chiqarishga

jalb

etish;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

21

2181-3187

ikkinchidan, o‘z xodimlarini korxonaning maqsadi, vazifasi va istiqboliga ishontirish

va

qiziqtirish;

uchinchidan, oldiga qo'ygan maqsadlarini foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali

boshqarishni

tashkil

etish

ko‘zda

tutiladi.

Biznes rejaning korxonada dolzarbligi quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi;

birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonaiari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari va ishlab

chiqarish munosabatlari kirib kelishi bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda

fermer,

dehqon

xo‘jaliklari

shakllandi.

ikkinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil

etish va boshqarishda yangicha munosabat hamda tavakkalchilik, raqobat, raqobatga

chidash,

uni

yengib

chiqish

biznes

reja

orqali

hal

etiladi;

uchinchidan, xorijiy investitsiyalami jalb etishni kengaytirish, yangilash va

samaradorligini ko‘tarishdan iboratdir. Yuqoridagi muammolami qishloq xo‘jalik

korxonalarida yechimini topishda, biznes rejaning o'zi kifoya qilmaydi. Biznes reja

ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun texnologik xaritalar, me’yoriy hujjatlar va

birlamchi hisob-kitoblar natijalari bilan to’ldirilib tuziladi. Biznes reja asosiy vazifasi

- tadbirkor o‘z faoliyatini boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali yurgizish,

sarf-xarajatlami tejash, ishlab chiqilgan mahsulotlarni bozorda tovarga aylantirish;

ishlab chiqarishni tashkil etish; tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirish; raqobat

kurashida yutib chiqish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritishdan iborat. Biznes reja

tuzishda korxonaning moliyaviy faoliyatini, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini

tahlil qilish, ishni puxta bilish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga xolisona baho berib,

biznes reja bu tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ckanligini bilishi,

tadbirkor korxonalarini samarali boshqarishda hamda rejadagi ishlarini muvaffaqiyatli

bajarishga yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini; tadbirkor o‘z rejasi

orqali boshqa sarmoyadorlami, bankirlami va investorlarni ishontirish shuningdek,

moliyaviy

faoliyatni

aniq

rejalashtirishga

qaratilgan.

Biznes-reja

tuzishda

qo‘yiladigan

asosiy

talablar

quyidagilardir:

Birinchi navbatda, biznes rejani korxona rahbari, mutaxassislar va ilmiy maslahatchilar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

22

2181-3187

yordamidan foydalanib tuzishlari mumkin. Chunki rahbar kelgusidagi faoliyatini

loyihalashtirishni hisob-kitob qilishi, o‘z g‘oyasining tog‘riligini hamda uni amalga

oshirish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qilish imkoniyatiga

ega bo’ladi. Biznes reja uning xulosa qismida fikr va mulohazalar, taklif va g‘oyalar

tushunarli, ko‘zlangan maqsadga erishish yo’llarini yoritishi lozim. Biznes-reja

tuzishda rahbarlarning o‘rni shundan iborat bo’lishi kerak. Biznes-rejaning asosiy

qismida xaridorlarga taklif qilinadigan mahsulot, amalga oshirilmoqchi bo’lgan

tadbirlar, mahsulot yetishtirish xarajatlari, mahsulotni sotish, raqobatchilardan ma’lum

xususiyatlari bilan ajralib turish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotda faqat rahbarning

sa’y-harakati mahsuli bo’lmasdan, moliyaviy ta’minotning mavjudligini ko‘rsatish

mumkin. Shu sababli rahbar xodim taklif qilgan tadbir asosida ishlab chiqarishni xom-

ashyo va boshqa zarur moddiy resurslar bilan ta’minlash, yangi texnika va ilg‘or -

tejamkor texnologiyalarni jalb etish, ishlashga shart-sharoitlami yaratib berish ishlarini

tashkil qilish lozim. Tadbikorlik (biznes) faoliyatini muvaffaqiyatli bo’lshi uchun

biznes aniq maqsadga va unga erishish uchun yo'naltirilgan strategiyaga ega bo’lishi

lozim. Boshqacha qilib aytganda, biznes reja zarur. Ishlab chiqarishni

diversifikatsiyalash sharoitida biznes reja tadbirkorlikning hamma sohalarida

qo’llaniladigan go‘yo bir ish asbobidir. U korxonaning ish jarayonini tasvirlab,

korxona rahbarlarining o‘z maqsadlariga qay darajada erishishlarini, birinchi navbatda

ishning

daromadliligini

oshirish

mumkinligini

ko‘rsatib

beradi.

Hozirgi kunda jahon amaliyotida biznes rejalarning besh bo’limlardan tortib 18

bo‘limgacha tuzib chiqilgan ko‘rinishlari mavjud. Biznes-rejalar tarkibi odatda biznes

mazmuni, mohiyati, doirasi va darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Har qanday

holatlarda biznes-rejaga ikkinchi darajali masalalar kiritilishi mumkin emas. Jarayon

(texnologiya) va mahsulotlarni faqat texnik holatlarini yoritib berishga yo’l qo‘ymaslik

zarur.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biznes reja sodda va to’la bo’lishi, rejalar

esa aniq tahlilga asoslanishi lozim. Tahlilda aniq raqamlardan va takliflardan

foydalanish zarur. Takliflar va oldindan berilgan fikrtarga asoslangan va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

23

2181-3187

mustahkamlangan bo’lishi shart. Biznes-reja titulida quyidagi ma’lumotlar aks

ettirilishi kerak: korxona nomi; manzilgohi; mulk shakli; telefon yoki

faks; tashkilotchilar ismi-sharifi, familiyasi, manzili; korxona faoliyati va biznes

xarakteri; moliyaviy mablag’larga ehtiyoji va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilishi;

biznes-reja tuzilgan kun; biznes reja tuzuvchi ismi va familiyasi. Rahbar o‘z ish

faoliyatini rejalashtirayotganda quyidagi savollarga aniq javob berishi shart. Taklif

qilingan mahsulotlarga (xizmatga) bozorda talab bormi yoki yo’qmi? Talab darajasi

qanday? (yuqori, o‘rta, past). taklif etilayotgan mahsulotlari (xizmat) iste’molchiga

nimasi bilan yoqadi? mahsulot bozorgirmi va u necha yil davomida bozorni egallab

turadi? mahsulot patentlanganmi, mualliflik guvohnomasi bormi, ular qayerda va kim

tomonidan ro‘yxatga olingan, bankda hisob raqamiga ega ekanligini bilish kerak. Har

qanday tadbirkor o‘z faoliyatini biznes reja orqali olib boradi. Bundan tashqari, tijorat

banklaridan imtiyozli yoki imtiyozsiz keditlar olish uchun ham biznes rejani tuzadilar.

Bankdan imtiyozli kredit olish uchun tuzilgan biznes rejaning namunasi berilgan.

Foydalanilgan manbalar:

1.“KICHIK BIZNES УА TADBIRKORLIK “M.P. BOLTABAYEV, M .S.

QOSIMOVA, B.K. G‘OYIBNAZAROV, SH.J. ERGASHXODJAYEVA, A.N.

SAMADOV, Sh.I. OTAJONOV «N O S H IR » T oshkent — 2 0 1 1

2. Қосимова М.С., Ходиев Б.Ю., Самадов А.Н., Мухитдинова У.С. Кичик

бизнесни бошкариш. Ў ув кўлланма. –Т.: Ўкитувчи, 2003. қ қ қ қ

3. Лапуста М.Г. Предринимательство. –М.: ИНФРА-М, 2004.

4. “Ziyonet” axborot ta`lim portal.

5 . Multimediya.uz sayti

Библиографические ссылки

“KICHIK BIZNES УА TADBIRKORLIK “M.P. BOLTABAYEV, M .S.

QOSIMOVA, B.K. G‘OYIBNAZAROV,

SH.J. ERGASHXODJAYEVA, A.N.

SAMADOV, Sh.I. OTAJONOV «N O S H IR » T oshkent — 2 0 1 1

Қосимова М.С., Ходиев Б.Ю., Самадов А.Н., Мухитдинова У.С. Кичик

бизнесни бошкариш. Ў ув кўлланма. –Т.: Ўкитувчи, 2003. қ қ қ қ

Лапуста М.Г. Предринимательство. –М.: ИНФРА-М, 2004.

“Ziyonet” axborot ta`lim portal.

. Multimediya.uz sayti