ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
7
2181-3187
SHARQ MUTAFFAKIRLARINING TILSHUNOSLIKKA QARASHLARI.
Andijon davlat chet tillari instituti,
Talabasi: Nusrataliyeva Musharrafxon.
E-mail:nusrataliyevamusharrafm@gmail.com
Ilmiy rahbar: Xomidova Malohat
Annotatsiya:
Sharq mutafakkirlarining tilshunoslik sohasidagi qarashlari ularning
chuqur ilmiy tafakkurini va tilga bo‘lgan yondashuvlarining murakkabligini namoyon
etadi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Al-
Zamaxshariy kabi allomalar tilning tabiati, uning jamiyatdagi o‘rni, grammatik
tuzilishi hamda mantiqiy asoslarini chuqur o‘rgangan. Ularning ishlari nafaqat o‘z
davrida, balki keyingi asrlarda ham tilshunoslik taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Ushbu anotatsiyada Sharq tilshunoslik maktabining shakllanishi, uning asosiy
g‘oyalari va zamonaviy lingvistikaga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Sharq mutafakkirlari, tilshunoslik, Forobiy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy,
Mahmud Qoshg‘ariy, grammatik qarashlar, til nazariyasi, mantiq va til, tarixiy
tilshunoslik.
Abstract:
The views of Eastern thinkers in the field of linguistics demonstrate
their deep scientific thinking and the complexity of their approaches to language.
Scholars such as Abu Nasr al-Farabi, Ibn Sina, al-Khwarizmi, Mahmud Kashgari, and
al-Zamakhshari deeply studied the nature of language, its role in society, its
grammatical structure, and its logical foundations. Their work had a great influence on
the development of linguistics not only in their time, but also in subsequent centuries.
This annotation analyzes the formation of the Eastern school of linguistics, its main
ideas, and its influence on modern linguistics.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
8
2181-3187
Keywords:
Eastern thinkers, linguistics, Al-Farabi, Ibn Sina, Al-Khwarizmi,
Mahmud Kashgari, grammatical views, language theory, logic and language, historical
linguistics.
Аннотатсия:
Взгляды мыслителей Востока в области языкознания
демонстрируют их глубокую научную мысль и сложность подходов к языку.
Такие ученые, как Абу Наср аль-Фараби, Ибн Сина, Аль-Хорезми, Махмуд
Кашгари и Аз-Замахшари, глубоко изучали природу языка, его роль в обществе,
грамматическую структуру и логические основы. Их творчество оказало
большое влияние на развитие языкознания не только своего времени, но и
последующих столетий. В данной аннотации анализируется становление
восточной школы языкознания, ее основные идеи и ее влияние на современную
лингвистику.
Ключевые слова:
восточные мыслители, языкознание, Аль-Фараби, Ибн
Сина, Аль-Хорезми, Махмуд Кашгари, грамматические взгляды, теория языка,
логика и язык, историческое языкознание.
Qadimdan buyon ilm taraqqiyotiga dunyo bo`ylab bir qancha olimlar samarali
ravishda hissa qo`shib kelmoqdalar.Shu bilan bir qatorda sharqdan ham bir qancha
mutaffakirlar yetishib chiqib limning turli sohalarida izlanishlar olib bormoqdalar va
rivojlanishiga
salmoqli
hissa
qo`shib
kelmoqdalar.Sharqdagi
birqancha
davlatlardan:Arablaran, xitoylardan, koreys ,qozoq, qirg’iz ,yaponlardan o`zbeklardan
va bundan tashqari bir qancha davlatlardan salmoqli biz yosh avlodlarga o`rnak bo`la
oladigan allomalar yetishib chiqqan .Yaponlardan :Murakama Haruki, Kendzaburo Oe,
Kobo Abe, xitoylardan:Konfutsiy ,o`zbeklardan:Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur
Arablardan:Zamaxshariy ,Javhari,yMahmud Koshg’ariy va boshqa minglab
mutaffakirlar yetishib chiqqan.Bularning deyarli hammalari tilshunoslikka ham yetarli
darajada
o`zlarini
hssalarini
qo`shganlar
va
tilshunoslikka
bee’tibor
bo`lishmagan.Albatta hamma fanning boshlanishi negizi ma’lum bir miqdorda
tilshunoslikka borib taqaladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
9
2181-3187
Abu Nasr Farobiyning lingvistika qarashlari: Markaziy Osiyoning yirik
mutafakkiri Abu Nasr Farobiydir. Uning toʻla ismi-Abu Nasr Muhammad ibn
Muhammad ibn Tarxon ibn Oʻzaliq al Farobiydir.U 873-950-yillar oralig’ida yashab
o`tgan.
Farobiy u davrda mavjud boʻlgan barcha ilmlardan bahramand boʻlishga intildi
va hatto bu yoʻlda ancha yutuqlarga erishish maqsadida u Bogʻdod, Damashq, Halab,
Harron kabi arab sharqining juda koʻp shaharlariga sayohat qildi, borgan shaharlarida
olimlar bilan tanishar va ular bilan suhbatlashib, ulardan bahramand boʻlishga
intilardi.
Abu Nasr Farobiyning tilshunoslik, umuman filologiya sohasida ijod qilgan
asarlari koʻp zamonlar oʻtishiga qaramay, insonlarni soʻzni sevish kabi olijanob
fikrlardan qaytarmadi,
Abu Nasr Farobiy oʻz asarlarida tillar va ularning lugʻatlari
haqida ma’lumot beradi. U falsafa soʻzi ma’nosi haqida shunday yozadi: “Falsafa
yunoncha boʻlib, arab tiliga chetdan kirgan soʻzlardandir. Bu soʻz ularning tillarida
filosufo deb aytiladi. Uning lugʻaviy ma’nosi-hikmatni yoqtirish demakdir. Bu soʻz
yunon tilida “filo” bilan “soʻfiyo” soʻzlaridan tarkib topgan. “Filo” deganda yoqtirish,
sevish tushuniladi; “soʻfiyo” deganda esa hikmat, donolik tushiniladi.
Abu Nasr
Farobiy oʻzining “She’r va qofiyalar toʻgʻrisida soʻz” nomli asaridan bir xil tovushlar
bilan tugallanadigan soʻzlar, talaffuzdosh soʻzlar, oʻzak va qoʻshimchalar qofiyasi
nomi bilan ataladigan qofiya haqida ma’lumot beradi. Qofiya misra oxirini eslatish
bilan ritmning shakllanishiga muhim hissa qoʻshadi, deb koʻrsatadi Farobiy.
Abu Nasr
Farobiy oʻz davrining yetuk adabiyotshunosi sifatida adabiyotshunoslik atamalardan
tragediya, komediya, drama, satira, poema, epos, ritorika, yombi efijonosous, akustika
haqida ma’lumot berib, ularning hozirgi ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilishini
qayd etadi.
Mahmud Zamaxshariy-arablar va g’ayri arablar ustodi:
Ilm-u fan xazinasiga
bebaho durdonalar qoʻshgan Mahmud ibn Umar az-ZamaxshariyXorazm viloyatining
Zamaxshar qishlogʻida dunyoga keldi va voyaga yetdi. Zamaxshariyning fan
olamidagi ulkan xizmatini hisobga olib, unga Sharq olimlari tomonidan “Ustoz-ul-
arab val-ajam” “Faxr-i Xorazm”, “Jorulloh” kabi unvonlar berilgan. U arab tilida
nazm va nasrda yozilgan badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
10
2181-3187
falsafa, tarix kabi fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan.
Zamaxshariy arab
maqollarini yigʻib oʻrganish borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, “Al-
mustasqo fi amsol-al-arab” asarida uch yarim mingga yaqin arab maqola alifbo
tartibida berilgan.
Zamaxshariy arab maqollarini yigʻib oʻrganish borasida ham katta
ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, “Al-mustasqo fi amsol-al-arab” asarida uch yarim
mingga yaqin arab maqola alifbo tartibida berilgan.
Zamaxshariy oʻtkir olim boʻlish
bilan birga, iste’dodli yozuvchi va shoir ham edi. Olimning arab tili, adabiyoti va
uslubi sohasidagi bilimlari uning badiiy asarlarida oʻz aksini topgan. Zamaxshariyning
“Navobigʻ ul-qalim” “Maqomat az-Zamaxshariy Atvoq uz-zahab fil-mavoiz va-l
xutab” kabi asarlari badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak yuqoridagilar minglab mutaffakirlardan keltirilgan
ignaning uchicha ma’lumot edi holos.
Sharq mutafakkirlari tilshunoslik sohasiga
beqiyos hissa qo‘shgan. Ularning qarashlari nafaqat lingvistik nazariyalar, balki til va
tafakkur, madaniyat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritishda ham
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy,
Zamaxshariy kabi allomalarning ilmiy merosida fonetika, morfologiya, sintaksis,
semantika va stilistika masalalariga oid chuqur tahlillar uchraydi. Ular tilni bilim olish
va uzatish vositasi sifatida talqin qilib, uning ijtimoiy va falsafiy mohiyatiga e’tibor
qaratganlar. Sharq tilshunosligidagi bu yondashuvlar keyingi asrlarda ham lingvistik
tafakkur taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Demak, Sharq mutafakkirlarining
tilshunoslikka oid qarashlari bugungi zamonaviy tilshunoslik fanining shakllanishida
muhim poydevor bo‘lib xizmat qilgan.
FOYDALANILGAN MANBAALAR:
A.Musayev “Umumiy tilshunoslik” Toshkent “Oltin kitob” nashriyoti 2022
Wikipedia. Uz.wikipeida.org
Rasulov.”umumiy tilshunoslik”Toshkent 2013.