ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
79
2181-3187
AHADQULI HOLMUHAMMAD OʻGʻLINING “SAVDOGARLAR
USTOZI” ASARIDAGI VOQEALAR TALQINI
Andijon davlat chet tillari instituti
Ma’murova Dilraboxon
Ilmiy maslahatchi: Xomidova Malohat
Annotasiya:
Ushbu
maqola
Ahadquli Holmuhammad o‘g‘lining
“Savdogarlar ustozi” asari haqida. U savdo-sotiq madaniyati, axloqiy qadriyatlar va
halol mehnat haqida yozilgan ibratli nasihatnoma asardir. Unda savdogarlar hayoti,
ularning fazilatlari, savdo axloqi va ijtimoiy mas’uliyatga doir hikmatli hikoyalar
orqali bayon etiladi. Asarda halollik, adolat, ishonch, sabr, tafakkur kabi insoniy
fazilatlar yuksak baholanadi. Hikoyalar sodda, xalqona tilda yozilgan bo‘lib,
o‘quvchini o‘ziga jalb etadi va chuqur mulohazaga undaydi. “Savdogarlar ustozi”
bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib, yosh avlodni halollik va mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalashda muhim manba bo‘la oladi.
Kalit soʻzlar:
halollik, Numon ibn Sobit, savdogar, ehson, maqsadlilik,
Biznesmenlar forumi, sarmoya.
Abstract:
This article is about the work “The Teacher of Merchants” by Ahadquli
Holmuhammad oglu. It is an instructive work of advice written about the culture of
trade, moral values, and honest work. It describes the life of merchants, their virtues,
business ethics, and social responsibility through wise stories. The work highly values
such human qualities as honesty, justice, trust, patience, and thoughtfulness. The stories
are written in a simple, folk language, which attracts the reader and encourages deep
reflection. “The Teacher of Merchants” is still relevant today and can be an important
source for educating the younger generation in the spirit of honesty and hard work
Key
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
80
2181-3187
words:
honesty, Numon ibn Thabit, merchant, charity, purposefulness, Businessmen’s
Forum, investment.
Аннотация:
В статье речь идет о произведении «Хозяин купцов» Ахадкули
Холмухаммеда оглы. Это поучительный труд, содержащий советы о деловой
культуре, моральных ценностях и честном труде. В нем посредством мудрых
историй рассказывается о жизни торговцев, их добродетелях, деловой этике и
социальной ответственности. В произведении высоко ценятся такие
человеческие качества, как честность, справедливость, доверие, терпение и
вдумчивость. Рассказы написаны простым народным языком, который увлекает
читателя и побуждает к глубоким размышлениям. «Учитель купечества»
актуален и сегодня и может стать важным источником воспитания
подрастающего поколения в духе честности и трудолюбия.
Ключевые слова
: честность, Нуман ибн Сабит, торговец,
благотворительность,
целеустремленность,
Форум
предпринимателей,
инвестиции.
“Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi” nomini olgan ushbu asar
Abdulloh ibn Muborak haqida. Otasi Muborak bir qozining uzumzorida ishlovchi
xizmatchi boʻladi. Kunlarning birida, qozining huzuriga mehmonlar kelganda unga
umum olib kelishini buyuradi. Bir necha marotaba nordon uzum olib kelgandan soʻng,
uzumlardan totib koʻradimi, yoʻqmi soʻraydi. Shunda Muborak “Siz meni uzumzorga
uzum yeyish uchun emas, bogʻni qorovullab, parvarishlashga buyurgansiz”-deydi.
Ushbu voqeadan keyin qozi koʻplab beklar soʻrayotgan qizini unga nikohlab beradi.
Muborakning taqvosiga yana bir ishora u nikohdan keyin 40 kun ayoliga
yaqinlashmaydi. Qozi soʻraganda “Siz qozisiz, shubhali taomlar, pullar boʻlishi
mumkin, shuning uchun 40 kun halol luqma yedirdim va bu ishni solih farzand uchun
qildim”-deydi. Ana shunday insonlarning farzandi boʻlgan Abdulloh Xorazimdagi
barcha madrasalarda oʻqiydi. Oʻtasi Qur’on yodlashi uchun unga oʻzi yoqtirgan sport
bilan shugʻullanishiga ruhsat beradi, masalan, bir ber yod olsa jang qilishiga, ikki bet
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
81
2181-3187
yod olsa ot minishga ruhsat beradi. Yetti yoshga toʻlmasdan otasi savdo ishlari
boʻyicha oʻz koʻnikmalarini oʻrgata boshlaydi. Tijorat ishlarida arab tili kerak
boʻlganligi uchun agar uni oʻrgansa ot sovgʻa qilishini aytadi.
Xorazmdagi madrasalarni tugatgach Iroq, Yaman, Jazoir, Misr va Shom kabi
davlatlarda ham oʻqib, ham tarjimonlik qildi, shu bilan birga savdo ishlari bilan
shugʻullandi. Bir kun ustozi Kufadagi Numon ibn Sobit ya’ni Imomi Aʼzam bilan
uchrashishini aytdi. U butun islom olamidagi olim va buyuk savdogar edi. Abdulloh
undan din va tijorat boʻyicha koʻp bilimlarni oʻrgandi. Shu bilan birga “Qur’on tavsiri”
kitobini yozdi. Bir kun ular birgalikda xurmozorga bordilar. Uchta xurmozor bor edi,
har biri har-xil edi. Eng serhosil bogʻ bir kambagʻal dehqonga tegishli edi. Bundan bir
xulosaga kelishgandi: Omad-omadsizlar qilishni istamagan ishni qilishdir.
U savdo sohasida oʻz koʻrsatmalari va bajargan ishlari bilan oʻchmas iz qoldirgan
boʻlib, har bir inson uchun dasturulamal boʻladigan bir gapni aytadi:
“Maqsadlaringizni aniq qilib yozing va unga har kun qarang zero qalbga oʻrnashgan
narsaning taʼsiri azolarda seziladi. Maqsadi yoʻqlar maqsadi borlar uchun ishlaydi”.
U ellik yoshga yetganda har olti oyda dunyodagi yirik savdogarlar bilan
yigʻilishni tashkil etdi va unda narxlarni pasaytirish va xalqqa oson boʻlishi uchun
qiymatni barqaror saqlash boʻyicha masalalarni muhokama qildilar. Barcha
savdogarlar bilan bitim tuzildi lekin oltita savdogar bunga norozi boʻldi. Shu tariqa ilk
Biznesmenlar forumi tashkil etildi.
Abdulloh biznes qilishni istagan insonlar uchun oʻnta oltin qoida yaratdi. Ular:
taqdirga rozi boʻlish, Halol va haromni toʻri anglash va shubhali narsalardan voz
kechish, erta tongdan ishga kirishish, barcha narsani oʻziga qulay holatga keltirish
ya’ni oson qilish, mahsulotining sifatini pasaytiradigan va narxiga taʼsir etuvchi
omillarni boʻlsa uni ochiq aytib sotish, foizlardan qochish, Sabr, dunyo moliga
qiziqmaslik, barchasi Allohning nazdida foniy ekanligini bilish, molining narxini
ushlash yani togʻri baholash va har doim rostgoʻy boʻlishdir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
82
2181-3187
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Sarmoya choʻntakda boʻlmaydi, harakatni
boshlash va toʻgʻrilil bilan odimlash kerak, yaxshilikdan suyunib, yomonlikdan
kuyunib ketmaslik va omad kaliti mehnat ekanligini unutmaslik kerak. Muvaffaqiyatga
erishishda maqsadsizlar bilan ishlamaslik muhim ahamiyatga ega. Har bir soha
boʻyicha chuqur bilim olish va abadiy oʻqish hayotni yaxshilovchi omillarning eng
ustuvorlaridir.
Yakunida ushbu jumlalarni joiz deb topdim:
Saxiylik-boylik garovi
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ahadquli Xolmuhammad oʻgli “Savdogarlar ustozi”