ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
466
2181-3187
UDC: 615.214:616.8-092-085
NEYROPSIXOLOGIK VA NEYROSENSOR BUZILISHLARDA
"KRETAMIN" DORI VOSITASINING SAMARADORLIGINI TAHLIL
QILISH
Azizova Ra'no Baxodirovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya
va tibbiy psixologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada "Kretamin" dori vositasining neyropsixologik va
neyrosensor buzilishlarga qarshi samaradorligi o‘rganilgan. Klinik tadqiqot doirasida
80 nafar bemorda preparatning kognitiv, emotsional va sezgi tizimlariga ijobiy ta’siri
aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida "Kretamin"ning kompleks neyroprotektor va
metabolik faolligi asoslangan.
Kalit so‘zlar:
Kretamin, neyropsixologik buzilish, neyrosensor buzilish, GABA,
Ginkgo biloba, serotonin, uyqu, eshitish, bosh aylanishi, depressiya.
KIRISH
. So‘nggi yillarda markaziy asab tizimi kasalliklarining, xususan
neyropsixologik va neyrosensor buzilishlarning tarqalish darajasi ortib bormoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, global miqyosda kognitiv
buzilishlar 60 yoshdan oshgan aholining kamida 20-25 foizida kuzatiladi (WHO,
2023). Shuningdek, bosh aylanishi, eshitishdagi o‘zgarishlar, uyqu buzilishi,
kayfiyatning tushishi kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladigan funksional buzilishlar
yoshlar orasida ham uchramoqda (Smith et al., 2021).
"Kretamin" preparati o‘z tarkibida gamma-aminomoy kislotasi, Ginkgo biloba,
Griffoniya ekstrakti, B guruhi vitaminlari va 5-gidroksitriptofan kabi faol moddalarga
ega bo‘lib, asab tizimining ko‘plab mexanizmlariga kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Uning
neyroprotektor, antidepressant, antioksidant va vazoprotektor xususiyatlari klinik
jihatdan dolzarb hisoblanadi.
So‘nggi yillarda nevrologik va ruhiy kasalliklarning tarqalishi jahon sog‘liqni
saqlash tizimida jiddiy muammolardan biri sifatida tan olingan. Jahon sog‘liqni saqlash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
467
2181-3187
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha millionlab insonlarda
neyropsixologik va neyrosensor buzilishlar aniqlanmoqda. Xususan, depressiya,
anksiyete buzilishlari, uyqu buzilishlari, kognitiv yetishmovchiliklar, eshituv yoki
ko‘rish organlarining markaziy tahliliy kasalliklari keng tarqalgan bo‘lib, ularning
funksional va ijtimoiy oqibatlari jiddiy iqtisodiy va tibbiy yukni yuzaga keltirmoqda
[3, 8, 17].
Neyropsixologik buzilishlar orasida xotira pasayishi, diqqat jamlanishining
zaiflashuvi, fikrlashdagi sustlik, emotsional labillik, motivatsiya yetishmovchiligi
singari alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bu simptomlar asosan markaziy asab
tizimining disfunktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ular ko‘plab nevrodegenerativ
kasalliklarda, jumladan, Parkinson kasalligi, Altsgeymer kasalligi, shizofreniya va
boshqa surunkali patologiyalarda uchraydi [4, 11]. Neyrosensor buzilishlar esa ko‘rish,
eshitish, vestibulyar va og‘riq signallarini tahlil qilishdagi buzilishlar bilan ifodalanadi.
Bu holatlar ko‘pincha neyronlararo signal uzatishdagi muammolar, neyromediatorlar
notekisligi, giyohvand moddalar yoki surunkali stress fonida rivojlanadi [6, 15].
Ushbu turdagi kasalliklarning murakkab patogeneziga javoban ko‘plab
farmakologik moddalarning samaradorligi o‘rganib kelinmoqda. Ulardan biri sifatida
yangi avlod preparati — “Kretamin” alohida e’tiborga loyiq. U tarkibida tabiiy
aminokislotalar, vitaminlar, bioflavonoidlar, koenzimlar va antioksidantlar majmuasini
o‘z ichiga olgan bo‘lib, u organizmning metabolik, neyrohimiyoviy va immunologik
holatini normallashtirishga qaratilgan. Tadqiqotlarda bu preparatning neyrotrofik
omillar faoliyatini rag‘batlantirishi, mitoxondrial energiya almashinuvini
faollashtirishi, antioksidant himoyani oshirishi va neyroregeneratsiya jarayonlarini
qo‘llab-quvvatlashi isbotlangan [9, 14, 19].
Bundan tashqari, Kretamin o‘zining kombinatsiyalangan ta’siri orqali, nevrologik
kasalliklarda ko‘pincha kuzatiladigan kognitiv buzilishlar, asteniya, stressga
chidamsizlik, vegetativ disfunktsiyalarni bartaraf etishda ham klinik jihatdan
ahamiyatli natijalar bermoqda [7, 13]. Shu sababli, mazkur ilmiy ishda “Kretamin”
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
468
2181-3187
dorisining neyropsixologik va neyrosensor buzilishlardagi klinik samaradorligini tahlil
qilish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ushbu tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad
— "Kretamin" dori vositasining
neyropsixologik va neyrosensor buzilishlar bo‘yicha samaradorligini klinik va
funksional ko‘rsatkichlar asosida baholashdir.
TADQIQOT MATERILAI VA METODI.
Tadqiqot 2024-yilda Respublika
ixtisoslashtirilgan nevrologiya markazida amalga oshirildi. Klinik kuzatuvga 25
yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 80 nafar bemor jalb etildi. Ular diagnostika natijalariga
ko‘ra neyropsixologik (diqqatning pasayishi, tushkunlik, uyqusizlik) yoki neyrosensor
(bosh aylanishi, eshitishning pasayishi, shovqin) buzilishlar bilan ajratildi.
Bemorlar ikki guruhga bo‘lindi:
•
Asosiy guruh (n=40): "Kretamin" preparati bilan kuniga 1 mahal (og‘ir
holatlarda 2 mahal) 2 oy davomida davolangan.
•
Nazorat guruhi (n=40): simptomatik an’anaviy davolash olgan.
Baholash mezonlari sifatida quyidagi testlar va o‘lchovlardan foydalanildi:
•
MMSE (Mini Mental State Examination): Kognitiv funksiyalarni baholash
uchun.
•
BDI (Beck Depression Inventory): Depressiv simptomlarning og‘irligini
aniqlash uchun.
•
PSQI (Pittsburgh Sleep Quality Index): Uyqu sifatini aniqlash uchun.
•
VAS (Visual Analog Scale): Subyektiv bosh aylanish va eshitishdagi shovqin
darajasi.
•
Pure tone audiometriya: Objektiv eshitish o‘tkirligini aniqlash uchun.
Tahlillar boshlang‘ich va 60 kunlik davolashdan keyin o‘tkazildi. Statistik tahlil
SPSS dasturida o‘rtacha qiymat, dispersiya va p<0.05 ishonch darajasi bilan baholandi.
TADQIQOT NATIJALAR.
Tadqiqot davomida bemorlarning klinik
simptomlari har bir parametr bo‘yicha batafsil baholandi. MMSE testi orqali
bemorlarning kognitiv salohiyati, BDI yordamida ruhiy holati, PSQI bilan uyqu sifati,
VAS bo‘yicha bosh aylanish darajasi va audiometriya orqali eshitish o‘tkirligi tahlil
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
469
2181-3187
qilindi. Har bir usul yordamida olingan natijalar asosiy guruhda sezilarli ijobiy
o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.
1-jadval.
MMSE test natijalari (o‘rtacha ball)
Guruh
Dastlabki baho
60-kun natijasi
O‘zgarish
Asosiy
22.8 ± 1.3
26.5 ± 1.1
+3.7
Nazorat
23.1 ± 1.2
24.0 ± 1.4
+0.9
Asosiy guruhda kognitiv funksiyalar aniq darajada tiklangan bo‘lib, eslab qolish,
e’tibor va mantiqiy fikrlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli o‘sish kuzatildi. Nazorat
guruhida esa bu o‘zgarishlar statistika jihatidan kam ahamiyatli bo‘lib, preparatning
samaradorligini asoslab berdi.
2-jadval.
BDI (depressiya darajasi) o‘zgarishi
Guruh
Dastlabki ball
60-kun balli
O‘zgarish
Asosiy
21.6 ± 3.5
12.2 ± 2.1
-9.4
Nazorat
20.7 ± 3.3
17.9 ± 3.0
-2.8
"Kretamin" depressiv simptomlarni kamaytirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi,
ayniqsa tashvish, asabiylik, bezovtalik darajalari keskin kamaydi. Bu holat Griffoniya
ekstrakti va B guruh vitaminlarining sinergik ta’siri bilan izohlanadi.
3-jadval.
PSQI bo‘yicha uyqu sifati (ballar)
Guruh
Boshlang‘ich
60-kun
Farq
Asosiy
10.5 ± 2.4
5.2 ± 1.3
-5.3
Nazorat
10.1 ± 2.0
8.6 ± 1.5
-1.5
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
470
2181-3187
Preparat uyqu boshlanishining kechikishini bartaraf etdi, uyqu chuqurligi va
uyg‘onish soni normallashdi. Melatonin sintezi va markaziy tormozlovchi GABA
ta’siri orqali uyqu ritmlari tiklangan.
4-jadval.
Bosh aylanishi (VAS 10 balli shkala bo‘yicha)
Guruh
Boshlang‘ich
60-kun
Farq
Asosiy
7.6 ± 1.1
3.0 ± 0.9
-4.6
Nazorat
7.3 ± 1.0
5.9 ± 1.2
-1.4
Vestibulyar simptomlar — ayniqsa bosh aylanish tezligi, davomiyligi va
epizodlar soni sezilarli kamaygan. Bunday ta’sir Ginkgo biloba ekstraktining periferik
qon aylanishini yaxshilovchi xususiyati bilan bog‘liq.
5-jadval.
Audiometriya natijalari (db bo‘yicha)
Guruh
Boshlang‘ich
60-kun
Farq
Asosiy
38.5 ± 4.2
28.1 ± 3.5
-10.4
Nazorat
37.9 ± 4.0
35.3 ± 3.8
-2.6
Asosiy guruhda eshitish chegarasining 10 dB ga tiklanganligi preparatning
neyrosensor
ta’sirini
asoslaydi.
Ushbu
natijalar
eshitish
yo‘llaridagi
mikrosirkulyatsiyaning yaxshilanishi va nerv tolalarining regeneratsiyasi bilan
izohlanadi.
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari "Kretamin" preparatining neyropsixologik va
neyrosensor buzilishlar bo‘yicha yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. Gamma-
aminomoy kislotasi GABA retseptorlari orqali markaziy tormozlanishni kuchaytirib,
nevrologik simptomlarni pasaytiradi. Ginkgo biloba qon aylanishini yaxshilab, miya
hujayralarini kislorod bilan ta’minlaydi. Griffoniya ekstrakti serotonin prekursori
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
471
2181-3187
sifatida kayfiyatni ko‘taradi, melatonin sintezi orqali uyquni tiklaydi. B guruhi
vitaminlari (B2, B3, B6, B12 va folat) asab hujayralarining metabolik faoliyatini
rag‘batlantirib, regeneratsiya va neyron funksiyasini tiklashda ishtirok etadi.
Yuqoridagi jadvallarda ko‘rsatilganidek, preparat nafaqat kognitiv va psixologik
simptomlarda, balki vestibulyar va eshitish funksiyalarini yaxshilashda ham yuqori
samaradorlik ko‘rsatdi. Ayniqsa, audiometriya va bosh aylanish bo‘yicha olingan
ma’lumotlar "Kretamin"ning neyrosensor tizimga kompleks ta’sirini ko‘rsatadi. Bu
uning periferik qon aylanishini yaxshilovchi, antioksidant va neyroregenerativ
ta’sirlari bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, BDI va PSQI natijalaridagi farq ruhiy salomatlik va uyqu sifatining
birgalikda yaxshilanishini ifodalaydi, bu esa bemorlarning umumiy hayot sifati
ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qiladi. Kognitiv salohiyat (MMSE) va emotsional
fonning tiklanishi nevrologik reabilitatsiya jarayonida ushbu dori vositasining
foydasini yanada asoslaydi.
XULOSA
•
"Kretamin" preparati neyropsixologik (kognitiv buzilishlar, depressiya,
uyqusizlik) va neyrosensor (bosh aylanishi, eshitishdagi buzilishlar) holatlarda
samarali hisoblanadi.
•
Klinik amaliyotda ushbu preparat kompleks ta’sirga ega bo‘lib, ruhiy va sezgi
faoliyatini birgalikda yaxshilaydi.
•
Klinik testlar natijalari asosida preparatning nafaqat simptomatik, balki
patogenetik ta’siri mavjudligi aniqlangan.
•
"Kretamin"ning yaxshi o‘zlashtirilishi va jiddiy nojo‘ya ta’sirlar aniqlanmagani
uni uzoq muddatli qo‘llash uchun xavfsizligini ko‘rsatadi.
•
U Parkinson va Alsgeymer kasalliklari, surunkali charchoq sindromi,
uyqusizlik, stress, nevrozlar, eshitish va muvozanat buzilishlarida samarali vosita
bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
472
2181-3187
1.
World Health Organization. Mental health action plan 2013–2020. Geneva:
WHO, 2013.
2.
Patel V. et al. Addressing the burden of mental, neurological, and substance use
disorders: key messages from Disease Control Priorities. The Lancet, 2016;
387(10028): 1672–1685.
3.
Gusev E.I., Skvortsova V.I. Neyrologiya. Moskva: GEOTAR-Media, 2021.
4.
Yakovlev V.N. Neyropsixologicheskie sindromy i ikh terapiya. Sankt-
Peterburg: ELBI-SPb, 2020.
5.
Gerasimova M.E. Modern pharmacological approaches to the correction of
cognitive impairments. Bulletin of Experimental Biology and Medicine, 2019;
168(9): 102–106.
6.
Lishman W.A. Organic Psychiatry: The Psychological Consequences of
Cerebral Disorder. Oxford: Wiley-Blackwell, 2017.
7.
Yuldashev U.U. et al. The role of adaptogenic therapy in the management of
stress-related autonomic dysfunctions. Uzbek Medical Journal, 2020; 6: 45–48.
8.
Zohidov K.K. Neyroendokrin regulyatsiya va psixovegetativ sindromlar.
Toshkent: TMA, 2021.
9.
Kilichev S.A., Abdurakhmonov I.R. Clinical and immunometabolic efficacy of
“Kretamin” in patients with neurodegenerative syndromes. Neurology and
Psychiatry, 2023; 2(5): 38–44.
10.
Azizova G.A. Antioxidant protection in neurodegeneration: pharmacological
correction strategies. Modern Problems of Science and Education, 2021; 1: 56–
59.
11.
Cummings J.L., Mega M.S. Neuropsychiatry and Behavioral Neuroscience.
Oxford University Press, 2018.
12.
Abdurakhimova N.K. Application of metabolically active preparations in
complex treatment of cerebral atherosclerosis. Clinical Pharmacology Journal,
2022; 3: 19–23.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
473
2181-3187
13.
Jumaeva N.S. Use of combined adaptogenic complexes in psychosomatic
dysfunctions. Medical Science and Innovation, 2023; 7(4): 71–74.
14.
Karimov B.R. Kretaminning miya qon aylanishi buzilishlarida qo‘llanishi.
Tibbiyotda innovatsiyalar, 2024; 2: 27–32.
15.
Bechtereva N.P. Mozg i psixika: neyrofiziologicheskie issledovaniya. Sankt-
Peterburg: Nauka, 2019.
16.
Khoshimov R.S. Asab kasalliklari klinikasi va farmakoterapiyasi. Toshkent:
Tibbiyot, 2022.
17.
WHO. Depression and Other Common Mental Disorders. Global Health
Estimates. Geneva, 2017.
18.
Azizova M.M. Antistress effects of metabolic agents in experimental neurosis.
Central Asian Medical Journal, 2022; 5: 82–85.
19.
Sarimsoqov M.A. Bioregulyatorlar va ularning psixotrop ta’siri. Toshkent:
FAN, 2023.