Авторы

  • Jumanazarova Zebuniso Shavkatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125034

Ключевые слова:

Og‘iz bo‘shlig‘i halqum qizilo‘ngach me’da ingichka ichak jigar o‘t pufagi me’da osti bezi va yo‘g‘on ichak gеpаtotsitlаr

Аннотация

Ushbu maqolada qariyalarda hazm qilish tizimi a’zolarining kasalliklari dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Oilaviy shifokorlari kundalik ish faoliyati davomida uchraydigan kasalliklar bolalar orasida ovqat hazm qilish tizimi atroflicha tahlil qilingan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

386

2181-3187

QARIYALARDА ОVQАT HАZM QILISH TIZIMI KASALLIKLARIDA

HAMSHIRALIK PARVARISHI

Urganch Abu Ali Ibn Sino

nomidagi

jamoat salomatligi texnikumi

o’qituvchisi

Jumanazarova Zebuniso

Shavkatovna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qariyalarda hazm qilish tizimi a’zolarining

kasalliklari dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Oilaviy shifokorlari kundalik

ish faoliyati davomida uchraydigan kasalliklar bolalar orasida ovqat hazm qilish tizimi

atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da, ingichka ichak,

jigar, o‘t pufagi, me’da osti bezi va yo‘g‘on ichak, gеpаtotsitlаr

Ovqat hazm qilish a’zolariga og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da,

ingichka ichak, jigar, o‘t pufagi, me’da osti bezi va yo‘g‘on ichak kiradi. Ovqat hazm

qilish – bu murakkab jarayon bo‘lib, ovqat mexanik va kimyoviy ishlov berilib, oziq

mahsulotlarining so‘rilishi, hazm bo‘lmagan ovqat mahsulotlarini chiqarib yuborish

bilan xarakterlanadi. Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida maydalanib, halqum orqali

qizilo‘ngachga tushadi. Qizilo‘ngach uzunligi 25 sm ga yetadi. Qizilo‘ngach ichki

tomondan shilliq parda, tashqi tomondan seroz parda bilan o‘ralgan muskul naydan

iborat. Qizilo‘ngach devorida to‘rtta fiziologik to‘rtlik bo‘lib, unda dag‘al ovqatlar

ushlanib qoladi (bo‘yin, ko‘krak, diafragma, kardiyada). Ovqat qizilo‘ngachdan

me’daga tushadi. Me’da qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Me’da yuqoridan va chapdan

diafragmaga taqalib turadi. U kardial qism (kardia), me’da gumbazi (tubi), tanasi,

pilorik bo‘limdan tashkil topgan. Me’da devori 4 qavatdan: shilliq, shilliq osti, muskul

va tashqi seroz qavatdan iborat. Me’daning asosiy funksiyalari sekretor va motor

funksiyalaridir. Me’daning shilliq pardasida hazm shirasini ishlab chiqaruvchi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

387

2181-3187

millionga yaqin bezlar joylashgan. Me’da shirasi tarkibida pepsin, xlorid kislota va

shilimshiq bo‘ladi. Bir kecha-kunduzda bir yoki ikki litr miqdorida me’da shirasi ishlab

chiqariladi. Me’da bezlari faoliyatiga nerv impulslari ta’sir qiladi. Asabiy zo‘riqishlar

shira ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Ovqat me’dada bir necha soat saqlanadi.

Me’daning motor funksiyasi muskullarning qisqarishi bilan bajariladi Maydalangan

ovqat bo‘lak-bo‘lak bo‘lib o‘n ikki barmoq ichakka o‘tkaziladi. O‘n ikki barmoq

ichakka me’da osti bezidan pankreatin va o‘t pufagidan o‘t suyuqligi kelib tushadi.

Me’da osti bezi ishlab chiqargan pankreatin moddasi ovqatni uglevodli qismini, o‘t

suyuqligi esa yog‘larning parchalanishiga olib keladi. Ingichka ichakda vorsinkalar

(so‘rg‘ichlar) joylashgan bo‘lib, parchalangan ovqat mahsulotlarining qonga

so‘rilishini ta’minlaydi. Ingichka ichakda aminokislotalar bilan monosaxaridlar

to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga so‘riladi, yog‘ kislotalari qopqa vena orqali jigarga, neytral

yog‘lar esa limfa yo‘llariga tushadi. Ingichka ichakda vitaminlar ham so‘riladi,

ovqatning qonga so‘rilmagan qismi yo‘g‘on ichakka o‘tadi va ichak tayoqchalari

yordamida yog‘ kletchatkalariga parchalanib so‘riladi. Qolgan ortiqcha moddalar najas

bo‘lib tashqariga chiqib ketadi. Hаzm а’zоlаri fаоliyatidа qаrish jаrаyonini

ko‘rsаtuvchi o‘zgаrishlаr kuzаtilаdi. Chaynov muskullari va so‘lak bezlarida atrofik

o‘zgarishlar rivojlanadi. So‘lak sekretsiyasining pasayishi, tishlarning tushishi,

chaynov muskullarining susayishi ovqatning og‘iz bo‘shlig‘idagi mexanik ishlovini

yomonlashtiradi, uning qayta hazm bo‘lishi uchun noqulay sharoit yaratiladi.

Qizilo‘ngach shilliq qavatida atrofiya kuzatiladi, uning muskulaturasining tonusi va

peristaltikasi susayadi. Me’daning shilliq va muskul qavatlarida ham atrofiya

kuzatiladi. Arteriya tomirlarining sklerozlanishi, kapillarlar zichligining kamayishi

me’daning qon aylanishini yomonlashtiradi. Me’daning sekretor faoliyati pasayadi:

Me’da sekretorining miqdori kamayadi, xlorid kislota, pepsin va gastromukoptein

mahsuloti kamayadi. Yosh o‘tishi bilan ichaklar uzunligi oshadi. Ichak shilliq

qavatining qalinligi kamayadi. Bu o‘zgarishlar so‘rilish jarayonining buzilishiga olib

keladi. Qаriyalarda borgan sаri gеpаtotsitlаr sоni kаmаyib, jigаr mаssаsi kichrаya

bоrаdi. Bu esа jigаrning аntitоksik vаzifаsi vа mоddаlаr аlmаshinuvi buzilishigа оlib


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

388

2181-3187

kеlаdi. O‘t pufаgi muskul qаvаtining tоnusi pаsаyib, uning hаjmi kаttаlаshаdi,

qisqаrishi susаyib, o‘tning dimlаnib qоlishigа sаbаb bo‘ladi. Bu hоlаt qariyalarda o‘t-

tоsh kаsаlligini rivоjlаntirаdi. Mе’dа оsti bеzining аtrоfiyasi оqibаtidа аsinоz

hujаyrаlаr kаmаyib, o‘rnini biriktiruvchi to‘qimа egаllаydi, аsinоz hujаyrаdаgi

sеkrеtоr grаnulаlаrning pаnkrеаtin shirаsini ishlаb chiqаrishi kаmаyadi. Mе’dа оsti

bеzining оrоlchаlаridаgi B-hujаyrаlаrining kаmаyib kеtishi kеksаlаr qоnidа glukоzа

miqdоrining оrtiqrоq bo‘lishigа sаbаb bo‘lаdi. Yoshi qаytib qоlgаn erkаklаrning 75

78% idа qizilo‘ngаch rаki kuzаtilаdi. Qizilo‘ngаch rаkigа divеrtikullаr, kuyish,

ezоfаgitlаr sаbаb bo‘lаdi. Bеmоrlаr to‘sh оrqаsidа аchishish, оg‘riq, оg‘zidаn so‘lаk

оqishi, оvqаt yutishning qiyinlаshib qоlgаnidаn shikоyat qilаdilаr. Bundаy bеmоrlаrni

fаqаt kоnsеrvаtiv dаvоlаsh mumkin. Hazm tizimining asosiy vazifalari: - Ovqatga

mehanik va ximik ishlov berish; - Sekretor- bez hujayralarining hazm shirasini ishlab

chiqarishi. Bularga so‘lak, me’da shirasi, me’da osti bezi shirasi, ichak shirasi, o‘t

suyuqligi kiradi. -Eksekretor funksiyasi: modda almashinuvi natijasida hosil

bo‘lganmaxsulotlar - O‘t pigmentlari, mochevina, ammiak, og‘ir metal tuzlari,

dorivositalarini ekskretsiyasi ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi; - So‘rilish funksiyasi:

ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevod, mineral moddalar,vitaminlar, suv, tuz, dori

moddalarining hazm tizimi shilliqqavati orqaliso‘rilishidir. - Himoya funksiyasi: -

Motor funksiyasi: ovqatni qizilo‘ngach, me’da, ingichka ichak, vayo‘g‘onichak

bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydi va qoldiq moddalarni organizmdanchiqarib

yuborishdan iboratdir. Hazm qilish a’zolari kasalliklarining asosiy simptomlari. Ovqat

hazm qilish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarning asosiy shikoyatlar: qorin

sohasida og’riqlar, ishtahaning buzilishi, kekirish, zarda qaynashi (jig’ildon qaynashi),

ko’ngil aynishi, qusish, qorin dam bo’lishi, ichaklar funksiyasining buzilishi.

Og’riqning intensivligi, joylashishi va uning ovqat qabul qilishi bilan bog’liqligi

bo’yicha farq qilish lozim. Intensiv bo’lmagan, biroq doimiy og’riq surunkali gastirit

uchun xos bo’ladi. meda va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligida og’riq

intensivroq u ovqat, yeyish bilan ochiq – ravshan bog’liq. O’t – tosh kasalligida og’riq

juda qattiq bo’ladi. Gastrit va yara kasalligida og’riq to’sh ostida, jigar va o’t qopchasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

389

2181-3187

kasalligida o’ng qovurg’a ostida, ichak kasalligida butun qorin bo’ylab biroq, ko’proq

uning pastki qismida joylashadi. Ishtaha buzulishi ko’p jihatdan meda sekretsiyasi va

kislotaliligi darajasiga bog’liq. Sekretsiya oshganda ishtaha hatto ochilib ketadi

(kistalalik oshgan gastrit aksariyat me’da suyuqligi sekretsiyasi oshishi va kislatalik

oshish bilan o’tadigan me’da va 12 barmoq ichakning yara kasalligi). Sekretsiya

pasayganda ishtaha pasaygan bo’ladi (subasit, anasit, shuningdek ahillik gastritlar).

Ishtaha buzilishida (xususan me’da rakida) bemor ayrim oziq – ovqat mahsulotlaridan

yuz o’giradi (ovqatdan ko’ngli ketadi). Og’izda yoqimsiz ta’m me’da shilliq pardasi

zararlanganda, og’izda achchiq maza jigar va o’t qopchasi kasallanganda, metal ta’mi

esa ovqatdan zaharlanishning ayrim turlarida kuzatiladi. Hamshiralik parvarishi.

Bemor tashxisini bilish huquqiga ega, lekin faqat shifokor bemorga tashxisni qachon

va qanday shaklda xabar berishni hal qiladi. Hamshira tashxisni yashirib, bemorni

parvarish qilganda, unda tuzalishga ishonch uyg‘otishi kerak. O‘z-o‘zini parvarish

qilish. Bemorning holatiga bog‘liq holda turli maqsadlar qo‘yiladi. Masalan,

kasallikning takrorlanishini oldini olish uchun hayot tarzini o‘zgartirish, shu bilan birga

gastroektomiyadan keyingi ahvoliga mos holda nojo‘ya ta’sirlarga qarshi choralar

ko‘rish va davolash, keyinchalik esa o‘smaning terminal davrida hayotini sog‘lom

odamlardek o‘tkazishi, nima bo‘lganda ham bemorda o‘z o‘ziga parvarishni amalga

oshirib, unda o‘ziga ishonchini oshirish kerak. Masalan, bemor hayot tarzini

gastroektomiyadan keyin ahvoliga moslashtirish uchun ovqatlanish rejimida

quyidagilarga e’tibor berish kerak: me’daning hajmi kichrayganligi sababli hazm qilish

funksiyasi va boshqalar pasayadi, shuning uchun ovqatning hajmi kamaytirilib, uni

qabul qilish soni oshirilishi kerak. So‘lakning ajralishini stimulatsiya qilish uchun

ovqatni kichik porsiyalarda iste’mol qilish kerak. Ovqatning sifatiga alohida ahamiyat

bergan holda ovqatlanish rejimini o‘zgartirish (yengil hazm bo‘ladigan, kaloriyali

ovqatni tanlash). Suyuqliklar qabul qilganda suvsizlanishning oldini olish maqsadida

me’daning kengayishiga olib keladigan gazlangan ichimliklar ichishni cheklash.

Ovqatlangandan keyin tananing holatini: me’daning qisman rezeksiyasida o‘tirgan

holatni ta’minlash, demping sindromining oldini olish uchun yotgan holatni berish.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

390

2181-3187

Bemorning xohishisiz va o‘zgarishlar muhimligini tushunmasdan turib, uning uzoq

vaqt davomida yaratgan hayot tarziga o‘zgartirishlar kiritish qiyin bo‘ladi. Lekin agar

bemor bu qoidalarga rioya qilmasdan yashaydigan bo‘lsa, natijada u azoblanishi

mumkin. Shuning uchun hamshira bemorning yangi hayot tarziga moslashishi uchun

bemorga o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyatini oshirishida yordam berishi kerak.

Bundan tashqari, o‘z o‘ziga parvarish ko‘nikmalarini mustahkamlashda o‘rab turgan

muhit ta’siri ham kattadir. Shuning uchun hamshira bemorni o‘rab turgan muhitni ham

hisobga olib, kerak bo‘lganda uni o‘zgartirishi kerak. Bemorning ovqatlanishi. Oqsil

va o‘simlik mahsulotlari yetarli bo‘lmasligi holdan toyish, avitaminozga olib keladi.

Ba’zi bemorlar aksincha, ovqatlanish rejimiga uzoq vaqt rioya qila olmay uni

buzadilar, natijada ichaklar faoliyati buzilib, hazm qilish va oziq moddalarning

so‘rilishining buzilishi natijasida kamqonlik yuzaga keladi. Parhez bilan davolash.

Bemor va uning qarindoshlari kasalxonadan chiqayotganda parhez va ovqatlanish

rejimi haqida to‘liq ko‘rsatmalar oladilar. Bemorga osh tuzi cheklangan, yetarli

darajadagi oqsilli, fiziologik to‘la qimmatli parhez tavsiya qilinadi. Hamma ovqatlar

qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan bo‘lishi kerak. Ovqatlanish rejimiga, parhezga

rioya qilganda bemor mehnat qobiliyatining to‘liq tiklanishi 4–6 oyda boshlanadi.

ADABIYOTLAR

1. M.F.  Ziyayeva. «Hamshiralik ishi mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot standartlari».

2001-y.

2. L.S.  Zalikina. «Bemorlarning umumiy parvarishi». «Abu Ali ibn Sino». 1996-y.

3. Yoshiyo Mori. «Bemorlarning jismoniy faolligini tiklash va rivojlantirish bo‘yicha

hamshiralar parvarishining yangi uslublari». Toshkent. 2001-y.

4. M.F.  Ziyayeva, I.P. Primbetova. «Hamshiralik ishi asoslari» texnikasini o‘rgatish

usullari. 2003-yil. JICA. 5. http://lex.uz/docs

Библиографические ссылки

M.F. Ziyayeva. «Hamshiralik ishi mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot standartlari».

-y.

L.S. Zalikina. «Bemorlarning umumiy parvarishi». «Abu Ali ibn Sino». 1996-y.

Yoshiyo Mori. «Bemorlarning jismoniy faolligini tiklash va rivojlantirish bo‘yicha

hamshiralar parvarishining yangi uslublari». Toshkent. 2001-y.

M.F. Ziyayeva, I.P. Primbetova. «Hamshiralik ishi asoslari» texnikasini o‘rgatish

usullari. 2003-yil. JICA. 5. http://lex.uz/docs