Авторы

  • Ravshanova Madina Davlatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125050

Ключевые слова:

O’qituvchi nutqini sifatiga qo‘yiladigan talabalar pedagogik funksiyalar bilan belgilanadi.Asosiy funksiyalaridan biri –bu bilimlarni to‘liq uzatishni ta’minlab berish. Yangi bilim berishga o‘qituvchi o‘z nutqi orqali faqatgina yangi bilimlarni berib qolmasdan balki his tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi kerak.Boshqa funksiyalardan biri bu o‘quvchilarni o‘quv faolyatini samaradorligini ta’minlab berishi kerak.

Аннотация

Maqolada o’qituvchi nutqi, uni rivojlantirish va undan foydalanish imkoniyatlari ,  kasb kasalligi, uni oldini olish, ovoz gigiyenasi haqida 
so‘z boradi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

278

2181-3187

TA’LIM TIZIMIDA O’QITUVCHI NUTQINING AHAMIYATI VA

GIGIYENASI.

Ravshanova Madina Davlatovna

Jondor pedagogika kolleji

Annotatsiya: Maqolada o’qituvchi nutqi, uni rivojlantirish va undan

foydalanish imkoniyatlari , kasb kasalligi, uni oldini olish, ovoz gigiyenasi haqida

so‘z boradi.

Аннотация: В статье рассматриваются речь учителя, ее развитие и

использование, профессиональные заболевания, их профилактика, гигиена

голоса.

Abstract: The article discusses teacher speech, its development and use,

occupational disease, its prevention, and voice hygiene.

Kirish

Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo‘lib, u bolaning kundalik oddiy salom-

aligidan tortib, kimga nimani, qachon, qayerda va qanday so‘zlashigacha bo‘lgan

barcha nutqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Nutq madaniyati faqat nutqni egallash

yo‘llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq

madaniyati o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash ijodiy fikr mahsulini nutq

sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash

ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgilarinin tarbiyalashga xizmat

qilmog‘i lozim.

O’qituvchi nutqini sifatiga qo‘yiladigan talabalar pedagogik funksiyalar bilan

belgilanadi.Asosiy funksiyalaridan biri –bu bilimlarni to‘liq uzatishni ta’minlab berish.

Yangi bilim berishga o‘qituvchi o‘z nutqi orqali faqatgina yangi bilimlarni berib

qolmasdan, balki his tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi kerak.Boshqa funksiyalardan biri

bu o‘quvchilarni o‘quv faolyatini samaradorligini ta’minlab berishi kerak. Keyingi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

279

2181-3187

funksiya—o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi o‘zaro munosabatlari samaradorlgini

ta’minlab beradi.

Nutq munosabatlarni yahshilash va o‘rnatish vositasi sifatida pedagog

Makarenkoni tajribasini misol qilib keltirish mumkun. U o‘quvchilar bilan o‘zaro

munosabatlarini quyidagi prinsip asosida o‘rnatgan: «Mumkin qadar ko’p odamga

talablar qo‘yishi kerak va mumkun qadar ko‘p unga xurmat bo‘lishi kerak. Buyuk

pedagog vaziyatga qarab shakldor, xursand, xushchag‘chag‘, xomush, qatiqqo‘l,

obro‘li,yumshoq bo‘lishi mumkin “.

O’qituvchi nutqining xususiyatlari. o‘qituvchi nuto‘ining o‘ziga xosligi—

o‘quvchilarga yo‘naltirganligi bilan belgilanadi. Kuzatuvchan o‘qituvchi, mavzuni

tushintirishda, o‘qituvchilarga qanday qilib ta’sir etishini hisobga olgan holda ish

yuritadi.

O’quvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko‘plab mashiqlar

belgilangan. Shulardan biri, yerga chalqancha yotgan holda burni orqali uzoq vaqt

davom yetgan chuqur nafas olish yoki shu holatni tik turgan holda qaytarish nafas

olish organlarini to‘g‘ri ishlashga yordam beradi. Ko‘pchilik o‘quvchilar o‘rtasida

tabiy ovozga ya’ni ham jarangdor,yoqimli ovozga ega bo‘lmaganlarni uchratish

mumkun.Lekin tabiy ovoz ham vaqti bilan o‘z kuchini yo‘qotadi, o‘zgaradi. Yani shuni

aytib o‘tish keraki, har bir inson ovozi, o‘zgaruvchan va jarangdor bo‘lishi mumkun.

Endi o‘qituvchi ovozining gigiyenasi ustida bir necha so‘z aytamiz.

Mutaxassislarni ustida bir necha ilmiy – tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, doimo nutq

bilan bog‘liq bo‘lgan kasb egalari orasida tovush organlarini kasallanishi juda ko‘pdir.

O’qituvchilar orasida bunda kasallaganlar 40,2% ni tashkil etadi.

Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to‘rttasi juda ko‘p uchraydi:

-

Har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruska;

-

Ovozdan to‘g‘ri foydalanmaslik;

-

Ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik;

-

Ovoz organilari kuchining tug‘ma pastligi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

280

2181-3187

Professional kasallikni oldini olish uchun tovush gigiyenasi bilan shug‘ullanish

va shu joyda maktabda ba’zi sharoitlarga rioya qilish kerak. O’qituvchi har kungi

ishdan so‘ng 2-3 soatga uzoq gapirishdan o‘zini tiyishi kerak. Shuning uchun bir

qatorda o‘qituvchilar nafas olish yo‘li, nerv sistemasi, ov‘qatlanish tartibiga ham

e’tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, spirtli ichimliklarni iste’mol

qilish, chekish og‘iz bo‘shlig‘i va tovush organlariga salbiy ta’sir etadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i va tovush organlarini ko‘rib, salbiy ta’sirlanishning oldini olish

uchun osh sodasi va yodni aralashtirib hosil bo‘lgan suyuqlik bilan og‘izni vaqti-vaqti

bilan chayib turish kerak.

Shu borada yana bir necha maslahat:

-

bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda

tovush organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq qancha ifodali bo‘lsa,

ovoz shuncha sog‘lom bo‘ladi:

-

bo‘rning har kuni changini yutish zararli, shuning uchun doska artadigan mato

bo‘lishi kerak:

-

darsdan so‘ng o‘kituvchi sovuq havoda tez yurib bo‘lmaydi, chunki sovuq

havo nafas olish va tovush organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Diksiya

– talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi.

O’qituvchi uchun to‘g‘ri talaffuz - eng kerakli qurol hisoblanadi, chunki

o‘quvchilar o‘qituvchini tushunishi uchun nutqi, talaffuzi ravon, har bir bo‘g‘in, so‘z

va tovushlarni aniq aytishi kerak.

Ritmika

– ovoz maromi yoki vazni. Ba’zi bir so‘zlarning, bo‘g‘inlarning talaffuzi,

ularning tezligi nutqning sur’atini tashkil etadi. Ovoz tezligi har bir o‘qituvchining

fazilati nutq mazmuni va muomala vaziyatiga bog‘liq.

Pauza, temp va nutqning yoqimli bo‘lishi nutq ohangini tashkil etadi.

Bir ohangda nutq zerikarli bo‘lib, qiziqish va diqqatni pasaytiradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

281

2181-3187

Demak, nutq texnikasi haqidagi tushunchaga ega bo‘lgach endi doimiy mashq

qilishga o‘tish kerak. Nafas olishni bir maromga keltirish, talaffuzning aniq-ravshanligi

darajasini mashq qilish, tovush organlarini mustaxkamlash kerak.

O’qituvchi ovozi ravon, jarangdor, aniq va o‘ziga jalb etadigan bo‘lishi kerak.

O’quv materialini qiyin joylarni o‘qituvchi ovozini sekinlangan holda tushuntirib,

qolgan vaqtda tezroq gapirishi mumkin.

Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya’ni qoida, qonun, aqidalarni ifodalashda

ovoz tezligini kamaytirish kerak.

Xulosa

Xulosa qilib aytaganda, har bir o‘qituvchida nutq madaniyati bo‘lishi zarur,

chunki xar bir pedagog o‘z nutqi, chiroyli va ravon o‘qishi, muomala madaniyati bilan

o‘quvchilarga namuna bo‘ladi.

O’quvchilar tomonidan o‘quv matiriallari to‘g‘ri yahshi tushinib olish jarayoni

o‘quvchi nutqining mukamalligiga bog‘liqdir. Odatda o‘quvchilar mualimning

so‘zlasha olish mahorati, qobiliyatini qay darajada ekanligi tez e’tibor beradilar.

Muallim tomonidan ba’zi bir so‘zlarni, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilinsa

o‘quvchilar orasida kulguga, mazax qiilishga olib keladi. Shuningdek, bir oxangdagi

nutq o‘quvchilarni zeriktiradi, aksincha ochiq ko‘ngil bilan o‘tkaziladigan suhbat

davomida ko‘tarinki ruhdagi nutq ohangi, ya’ni katta shavq-zavq bilan olib boriladigan

bunday suhbat o‘quvchilarga qalbakidek tuyular va o‘quituvchiga nisbatan

ishonchsizlik uyg‘otadi. Ba’zi birlar, so‘z ham uning o‘ziga xosligi ham insonga in’om

etilagan deb hisoblaydilar. Lekin zamonaviy fiziologik ilmiy tajriba, ovoz sifatini

tubdan o‘zgartirishi mumkin ekanligini tasdiqlaydi. Bu fikrni tarixiy misollar ham

tasdiqlashi mumkin. Masalan, Qadimgi Gretsiyalik Demosven o‘zidagi ba’zi bir

nuqsonlarni yengib, o‘sha davrning buyuk va’zxoni bo‘lib yetishgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

282

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Dilova N.G. (2021). Formative assessment of students'knowledge-as a means of

improving the quality of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5,

pp. 144-155.

2. Дилова Н.Г. (2019). Влияние технологии сотрудничества на успеваемость

учащихся начальных классов. International scientific review of the problems and

prospects of modern science and education. С. 63-64.

3. Дилова Н.Г. (2018). Важность совместного обучения в повышении

эффективности начального образования. International scientific review of the

problems and prospects of modern science and education. С. 90-91.

4. Дилова Н.Г. (2012). Возможности организации учебного процесса на основе

педагогического сотрудничества. Молодой ученый. T. 46, № 11, С. 409- 411.

5.

Дилова Н.Ғ. (2018). Буюк

аждодларимизнинг таълимотларида

мужассамлашган ўқитувчи билан ўқувчилар ҳамкорлигининг педагогик

хусусиятлари. Замонавий таълим. №3, 63-68 б.

6. Dilova N.G. (2017). Opportunities of Pupils’ Complex Development on the Bases

of Modernization the Content of Primary Education. Eastern European Scientific

Journal. No. 1, pp. 1-4.

7. Дилова Н.Г. (2013). Требования к учителю по организации сотрудничества

учащихся начальных классов в учебном процессе. Актуальные проблемы

современной науки. № 4 (72). С. 55-57.

8. Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as

an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and

Education Innovations. 2:12, P. 190-196.

9. Dilova N.G. (2017). Activity Areas of Primary School Teachers. Eastern European

Scientific Journal. No. 6, pp. 1-6.

10. Дилова Н.Ғ. (2017). Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик

педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон.

Библиографические ссылки

Dilova N.G. (2021). Formative assessment of students'knowledge-as a means of

improving the quality of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5,

pp. 144-155.

Дилова Н.Г. (2019). Влияние технологии сотрудничества на успеваемость

учащихся начальных классов. International scientific review of the problems and

prospects of modern science and education. С. 63-64.

Дилова Н.Г. (2018). Важность совместного обучения в повышении

эффективности начального образования. International scientific review of the

problems and prospects of modern science and education. С. 90-91.

Дилова Н.Г. (2012). Возможности организации учебного процесса на основе

педагогического сотрудничества. Молодой ученый. T. 46, № 11, С. 409- 411.

Дилова Н.Ғ. (2018). Буюк аждодларимизнинг таълимотларида

мужассамлашган ўқитувчи билан ўқувчилар ҳамкорлигининг педагогик

хусусиятлари. Замонавий таълим. №3, 63-68 б.

Dilova N.G. (2017). Opportunities of Pupils’ Complex Development on the Bases

of Modernization the Content of Primary Education. Eastern European Scientific

Journal. No. 1, pp. 1-4.

Дилова Н.Г. (2013). Требования к учителю по организации сотрудничества

учащихся начальных классов в учебном процессе. Актуальные проблемы

современной науки. № 4 (72). С. 55-57.

Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as

an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and

Education Innovations. 2:12, P. 190-196.

Dilova N.G. (2017). Activity Areas of Primary School Teachers. Eastern European

Scientific Journal. No. 6, pp. 1-6.

Дилова Н.Ғ. (2017). Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик

педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон.