ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
265
2181-3187
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASH
Shahrisabz davlat pedagogika
istituti pedagogika fakulteti
boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabalari
Nurxonova Madina,
Berdiyorova Zarbibi,
Qilichova Goʻzal,
Xurramova Madina
E-mail: nurxonovamadina7@gmail.com
Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda maktab taʼlim tizimida darslarni bir- biri bilan integratsiyalashga
katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi atrofidagi olamni
bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rustili, musiqa va boshqa
o‘quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar,
hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarni tabiat va
kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini
o‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga
javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
KALIT SOʻZLAR: obyekt, ta’lim tizimi, ta’lim poydevori, talab, dolzarb,
oʻqituvchi, oʻquvchi, bola, fan, boshlangʻich, maktab, tabiatshunoslik, Rus tili, musiqa,
obyekt, integratsiya, tovush.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
266
2181-3187
ANNOTATION
Currently, great attention is paid to the integration of lessons with each other in
the school education system. This concept is characterized by the perception of the
world around a young schoolchild as a whole, and the interest in the variety of sounds,
colors, and sizes of objects in the world around him, not the names of natural science,
geography, music, and other academic subjects. The teacher feels and knows that
children need to be taught to see the connection between nature and everything in
everyday life. Therefore, questions such as whether educational integration meets the
requirements of the present day and how to organize it are gaining relevance.
KAYWORDS
:
object, educational system, educational foundation, demand,
relevance, teacher, student, child, subject, primary, school, natural science, Russian
language, music, object, integration, sound.
АННОТАЦИЯ
В настоящее время в системе школьного образования уделяется большое
внимание интеграции уроков между собой. Для этого понятия характерно
восприятие окружающего мира младшим школьником как целостного целого,
причем для него важны не названия естествознания, географии, музыки и других
учебных предметов, а интерес к разнообразию звуков, цветов, размеров
предметов окружающего мира. Учитель чувствует и знает, что детей необходимо
учить видеть связь между природой и всем в повседневной жизни. Поэтому такие
вопросы, как отвечает ли образовательная интеграция потребностям
сегодняшнего дня и как ее следует организовать, становятся все более важными.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
:
объект, система образования, образовательная
основа, спрос, ток, учитель, ученик, ребенок, наука, начальная, школа,
естествознание, русский язык, музыка, объект, интеграция, звук.
KIRISH
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
267
2181-3187
Bugungi rivojlanish va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimiga
qo‘yilayotgan talablar kundan kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda
bilimlar bir butunlikda, o‘zaro aloqadorlikda, har bir oʻquvchining ongiga yetib
boradigan holatda berilishi lozim. Shu jihatdan fanlar integratsiyasi — bolalarning
hayotiy tajribasini boyitish, ularning tafakkurini rivojlantirish va bilimlarni uzviylikda
shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Fanlarni Integratsiyalay olish pedagogning
oldidagi masʼuliyatili vazifalardan biri hisoblanadi.
ASOSIY QISM
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va
bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda
birbiriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni
alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq
pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog‘liqlikdir.
Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va
tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy
ta’kidlashicha: "Birbiri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda
o‘rganilishi kerak".
Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga keyinchalik juda ko‘p pedagoglar
yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo‘shdilar. D.Lokk g‘oyasiga
ko‘ra: "Ta’lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari
bilan to‘ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto
xavfliligini ta’kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan,
10-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o‘rta
maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya,
kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o‘z ichiga oluvchi
"Yerni o‘rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi
integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda
kiritilganTa’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
268
2181-3187
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab
ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol
shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o‘rganish
obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va
ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan
iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki
voqeahodisalarni bir necha tomondan ko‘rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish
va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va
predmetlararo aloqalarini o‘rgatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik
asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish
va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish
mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan,
tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. Biroq, integratsiyalangan
darsga boshqa fanlar, boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘liq tushunchalar tahlil
qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo‘ron", kabi tushunchalar
o‘qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida ko‘rib chiqiladi.
Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o‘quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga
murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi.
Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o‘ziga
xos o‘tish metodologiyasiga ega bo‘ladi. Umumiy ta’limning poydevorini qo‘yadigan
boshlang‘ich maklabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy
san’at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o‘quv predmetlari
uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va
metodik asos bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan
o‘lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida
o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Integratsiyalashgan
darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
269
2181-3187
kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi.
Ko‘rgazmali ta’lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida
qurilgan. Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim
tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko‘rgazmali) tarmog‘ida
integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida vaqtning
hajmiga qarab, shu kursni to‘la o‘zlashtrish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi
ko‘p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o‘quv predmetini
o‘qiyotgan paytda o‘quvchilarga to‘g‘ri keladigan psixik qo‘zg‘alish hosil qilishi, bu
materialni o‘zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional
anglashga, fikrlash qobiliyatining o‘sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib
keladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini
shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va
olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va
predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik
asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish
va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish
mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar
guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
XULOSA
Darhaqiqat,
integratsiyalashgan
texnologiyadan
foydalanish
natijasida
pedagogik, psixologik jihatdan ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay
shartsharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; o‘quvchining
vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarning oldi olinadi, ta’lim
samaradorligi oshadi. O‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakalarni, tushunchalar
hamda bilimlarni o‘quv predmetlari mazmunini uyg‘unlashtirish natijasida har
tomonlama chuqur o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
270
2181-3187
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdullayeva S. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari", Toshkent, 2020. 2.Karimov A.
"Integratsiyalashgan o‘qitish metodikasi", Samarqand, 2021. 3. Vygotskiy L.S.
"Pedagogik psixologiya", Moskva, 2005.
4. Dewey J. "Experience and Education", New York, 1938. UNESCO report on
education for sustainable development, 2020. Shodmonov Yo.G'. "Ta'limda
zamonaviy metodlar", Toshkent, 2019.
5. .R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya
va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013.
6.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN
TEXNOLOGIYALARI." MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND
INNOVATIVE TEUmarova,