ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
27
2181-3187
INGILIZ VA O'ZBEK TILLARIDA VULGARIZM TERMENLARINING
CHOG'ISHTIRMA TAHLILI
Xo'jaqulova Muxlisa Ibrogim qizi
Termiz Davlat Universiteti
Magisturatura Lingvistika yo'nalishi talabasi
Tel: +998 91 982 10-19
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola ingliz va o’zbek tillaridagi vulgarizm terminlarining
chog’ishtirma tahlilini va ularning hozirgi zamondagi ahamiyatini o’rganishga
bag’ishlangan. Maqolada vulgarizmlarning til tizimlari doirasidagi o’rni, ularning
leksik-semantik xususiyatlari, ijtimoiy-madaniy asoslari va qo’llanish doiralari tahlil
qilingan. Tadqiqot natijasida ikki tildagi vulgarizmlarning o’xshash va farqli jihatlari
aniqlangan, shuningdek, zamonaviy kommunikatsiyada, internet tili va yoshlar tili kabi
sohalarda vulgarizmlarning roli ko’rib chiqilgan.
Kalit so'zlar:
vulgarizm, qo’pol so’zlar, so’kish, tabular, evfemizm, diskurs
tahlil, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, qiyosiy tilshunoslik, so’zlashuv uslubi,
internet tili, o’zbek tili, ingliz tili, til normasi, madaniy farqlar, leksikografiya
Zamonaviy tilshunoslikda tilning turli qatlamlarini, jumladan til
normalaridan chetga chiquvchi leksik birliklarni o'rganish alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Vulgarizmlar - tilning shunday bir qatlamiki, ular adabiy til me'yorlariga zid
bo'lsa-da, kundalik muloqotning ajralmas qismi hisoblanadi va o'ziga xos ijtimoiy-
madaniy funksiyalarni bajaradi. Vulgarizmlar deganda odatda adabiy til normalariga
zid bo'lgan, qo'pol, dag'al, haqoratli yoki beodob ma'noni ifodalovchi so'z va iboralar
tushuniladi. Ingliz va o'zbek tillaridagi vulgarizmlarni chog'ishtirma o'rganish orqali
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
28
2181-3187
biz nafaqat ikki til o'rtasidagi lingvistik farqlarni, balki ikki xalqning madaniyati,
qadriyatlari va til qo'llash an'analaridagi o'ziga xosliklarini ham ochib berishimiz
mumkin. Bugungi globallashuv sharoitida tillar o'rtasidagi o'zaro ta'sir kuchayib,
vulgarizmlar sohasida ham o'zgarishlar ro'y bermoqda, bu esa ushbu masalani yanada
dolzarb qiladi.
Vulgarizmlar aslida adabiy til me’yorlaridan chetga chiqadigan, odob-axloq
qoidalariga zid, salbiy emotsional yukga ega bo‘lgan so‘z va iboralardir. Ular inson
his-tuyg‘ularini keskin ifodalash, norozilik bildirish yoki kamsitish maqsadida
qo‘llaniladi. Bu turdagi birliklar ingliz tilshunosligida “vulgar language”, “obscenity”,
“profanity”, “swear words” kabi atamalar bilan, o‘zbek tilshunosligida esa
“vulgarizmlar”, “dag‘al so‘zlar”, “haqoratli iboralar” kabi terminlar orqali ifodalanadi.
Tasnif jihatidan ingliz tilida vulgarizmlar so‘kishlar, qasam ichishlar, tabu
so‘zlar, jargonlar, haqoratlar va kinoyaviy ifodalarga bo‘linadi. O‘zbek tilida esa
so‘kish, qarg‘ish, qo‘pol murojaat shakllari, haqorat va kinoyalar asosiy toifalarni
tashkil etadi. Har ikkala tilda ham mazkur birliklar semantik jihatdan tana funksiyalari,
muqaddas tushunchalar, irqiy yoki jismoniy kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Mazkur farqlar madaniy va ijtimoiy omillar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, umumiy
jihat sifatida ularning universal xususiyati va emotsional ifoda vositasi sifatidagi
funksiyasi ajralib turadi. Shu sababli vulgarizmlarning o‘rganilishi tilshunoslik,
madaniyatshunoslik va kommunikatsiya nuqtai nazaridan ham dolzarb hisoblanadi.
Vulgarizmlarning qo'llanilishi sotsiolingvistik jihatdan turli omillarga bog'liq
bo'lib, ularning orasida ijtimoiy mavqe, ta'lim darajasi, yosh, gender va muloqot
vaziyatining rasmiylik darajasi muhim o'rin tutadi. Umuman, pastroq ijtimoiy maqom
yoki ta'lim darajasiga ega shaxslar orasida vulgarizmlar ko'proq uchrasa-da, ingliz
tilida bu farq so'nggi yillarda kamayib bormoqda. Gender farqlari jihatidan ingliz tilida
erkaklar ayollarga nisbatan ko'proq vulgarizmlardan foydalansa-da, bu tafovut
kamaymoqda. O'zbek tilida esa erkaklar orasida vulgar leksika sezilarli darajada
ko'proq qo'llaniladi. Yoshlar, ayniqsa o'smirlar va talabalar, har ikki til tizimida bu
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
29
2181-3187
turdagi so'zlardan faol foydalanadi. Bu ularning emotsional ifoda, o'ziga xoslik va
guruhga mansublikni ko'rsatish vositasidir. Shuningdek, norasmiy muloqotda
vulgarizmlar tez-tez uchrasa, rasmiy vaziyatlarda ularning ishlatilishi nomaqbul
hisoblanadi. Mahmudov tadqiqotiga ko'ra, O'zbekistonda shahar aholisi asosan chetdan
kirib kelgan, zamonaviy vulgarizmlarni, qishloq aholisi esa an'anaviy dag'al iboralarni
ishlatishga moyildir. Shu jihatlar ular jamiyatda qanday kommunikativ va madaniy
vazifani bajarayotganini ko'rsatadi.
Ingliz va o'zbek tillari o'rtasida vulgarizmlarni tarjima qilish murakkab,
chunki ularning semantik maydonlari va emotsional kuchi turlicha. Masalan, ingliz
tilidagi diniy tusdagi so'zlar ("Jesus Christ", "God damn it") o'zbek tilida odatda kam
qo'llanadi va tarjimada o'z ta'sirini yo'qotadi. Aksincha, o'zbek tilidagi oila a'zolariga
oid vulgarizmlarni ingliz tiliga to'g'ri ifodalash qiyin, chunki bu mazmunga mos kuchli
ekvivalentlar mavjud emas. Shu sababli, bunday so'zlar tarjimada kontekstga mos
ravishda yumshatilgan yoki madaniy jihatdan maqbul variantlar bilan almashtiriladi.
Xulosa qilib aytganda, vulgarizmlar til tizimining ajralmas qismi bo’lib,
ularni har tomonlama o’rganish nafaqat lingvistik bilimlarimizni kengaytiradi, balki
tillararo muloqot samaradorligini oshirish va madaniy tushunishni chuqurlashtirishga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev, A. (2018). O’zbek tilidagi vulgarizmlarning semantik tahlili.
Filologiya masalalari, 4(12), 45-53.
2.
Allan, K., & Burridge, K. (2006). Forbidden Words: Taboo and the Censoring
of Language. Cambridge University Press.
3.
Akhmedova, M. (2021). O’zbek va ingliz tillaridagi tabular: chog’ishtirma tahlil.
Til va adabiyot ta’limi, 5, 78-86.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
30
2181-3187
4.
Battistella, E. L. (2017). Bad Language: Are Some Words Better than Others?
Oxford University Press.
5.
Karimov, S. (2019). Internet tilida vulgarizmlar va ularning lingvistik tahlili.
Zamonaviy tilshunoslik masalalari, 3, 112-120.
6.
Mahmudov, N. (2020). O’zbek tilidagi vulgarizmlarning sotsiolingvistik
jihatlari. O’zbek tili va adabiyoti, 6, 35-42.