ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
101
2181-3187
TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Rahimova Umidaxon
Tursunalievna,Furqat tuman
Politexnikumining Davlat va huquq
asoslari o’qituvchisi
Annotatsiya
:Ushbu maqolada o’quvchi dars jarayonida interaktiv metodlarni
qo’llaganda ,o’quvchilarda darsga bo’lgan munosabati qay darajada bo’lgan
munosabati qay darajada o’tishi haqida yozilgan.
Kalit so’zlar
:Ekologiya,tabiatni muhofaza qilish,ekologiya huquqi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy
manbayi hisoblanadi.
Konstitutsiyamizning shaxs,jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarning
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy –huquqiy ,madaniy-marifiy sohalaridagi asoslari
mustahkamlangan bo’lib ,u atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish bo’yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim
ahamiyatga ega.foda etadilar
Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va
yuridik shaxslar ekologiya huquqi ,burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.
Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda
bo’lishlari majburiyat sifatida qayt etiladi.Bu ekologiyaga nisbatan oqilona
munosabatda bo’lish davlat siyasati darajasida qayt etilganidan dalolat beradi.
Konstitutsiyaning Jamiyatning iqtisodiy negizlari bobining moddalarida mulk
huquqining mazmuni e’tirof etilishi bilan bir qatorda ,mulkdan foydalanish huquqiga
ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik va ishlab chiqarish jarayonida
atrof muhitga ziyon etkazmasligi ,ya’ni ularning ekologik majburiyatlari
mustahkamlanadi.Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoidaning ahamiyati
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
102
2181-3187
shundaki,birinchidan ,mustaqilligimizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy
boyliklari xalqimizning boyligi,mulki ekanligi ,ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat
oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga
olinganligi ,ya’ni ekologik –huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi
kabi muhim tamoyillarni mustahkamlaydi.
Ekologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida paydo bo’ladigan ekologik-
huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko’p tarmoqli
huquq sohalaridan biri bo’lib, tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni
huquqiy tomondan tartibga solishni o’rganuvchi fandir.Ekologik munosabatlar
tizimida tabiiy resurslar, ya’ni yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot
dunyosidan foydalanish keng va muhim o’rinni egallaydi.
Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida tabiatda turli ekologik
muammolar paydo bo’ladi va ekologik inqiroz keskinlashadi.Ekologiya huquqining
tamoyillari tabiat–jamiyat tizimidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi , chegaralarini
belgilab berishda ,ekologik-huquqiy mexanizmning barqarorligini kafolatlashda va
qonunlar qoida-talablarining ekologik munosabatlarini tartibga solishda muhim
ahamiyatga egadir.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab
bo’lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimlarga
bo’lishadi.
Davlat va huquqning umumiy tamoyillari
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan
tamoyillar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
103
2181-3187
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni
tartibga solishda qonuniylik , ijtimoiy adolat, oshkoralik , ishontirish va majburlov
choralarining kombinatsiyasi , shaxslar huquq va burchlarining birligi va boshqalardan
foydalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
2.O.Karimova, N.Ismatova «Davlat va huquq asoslari».