Авторы

  • G’ofurov Vohidjon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125066

Ключевые слова:

Erkin Vohidov shoir jamoat arbobi janr O’zbekiston xalq shoiri Ruhlar isyoni O’zbekiston qahramoni.

Аннотация

Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamoanviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

97

2181-3187

ERKIN VOHIDOV HAYOTI VA IJODI

G’ofurov

Vohidjon,Farg’ona

viloyati,Furqat tuman Politexnikumining

Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi

Annotatsiya

:

Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamoanviy

o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam

davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga

muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng

muhim jihati bo‘lib qoladi.

.

Kalit so’zlar

:

Erkin Vohidov,shoir,jamoat arbobi,janr,O’zbekiston xalq

shoiri,Ruhlar isyoni,O’zbekiston qahramoni.

1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. ToshDU


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

98

2181-3187

filologiya fakultetini tamomlagan (1960). O‘zbekiston xalq shoiri (1987), O‘zbekiston

Qahramoni (1999). Ilk she’riy to‘plami — «Tong nafasi» (1961). «Qo‘shiqlarim sizga»

(1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976),

«Tirik sayyoralar» (1978), «Ruhlar isyoni» (1979), «Sharqiy qirg‘oq» (1982),

«Kelajakka maktub» (1983), «Bedorlik» (1985), 2 jildli saylanma («Muhabbatnoma»

va «Sadoqatnoma», 1986), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir achchiq

haqiqat» (1992) kabi asarlar muallifi. «Yoshlik devoni» (1968)ni mumtoz o‘zbek

adabiyoti an’analarida tuzgan. «Oltin devor» (1969), «Istanbul fojiasi» (1985)

dramalari bor. I. Gyotening «Faust» asarini, S.Yesenin («Zamin darg‘asi») va boshqa

shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni

soxibi (1997). Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2016-yil

30-mayda Toshkent shahrida vafot etgan.

Tarjimai hol

Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamoanviy o‘zbek

adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam

davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga

muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng

muhim jihati bo‘lib qoladi.

U 1936 yilning 28 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi

oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi

Milliy davlat universiteti) filologiya fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. O‘qishni

tamomlagach, turli gazeta va jurnallar nashriyot va tahririyatlarida ishlagan. “Yoshlik”

jurnalining birinchi bosh muharriri bo‘lgan (1982).

Erkin Vohidov — fuqarolik nuqtai nazari yorqin ifodalangan shoirdir. Uning

she’rlari kelajak avlodning taqdiri uchun havotirga to‘la, muallif zamonaviy hayotning

chuqur ma’naviy va axloqiy jarayonlarini tushunishga intiladi. Uning “Minora” she’ri

o‘tmish xotirasini saqlab qolish haqida; “Samarqand kechasi” - buzilmas vaqt aloqasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

99

2181-3187

haqida; “Sharq afsonasi” - inson hayotining mazmuni haqida; “Shoir yuragi”, “Abay”,

“Yo‘qotilgan she’r” - shoirning fuqarolik burchi haqida.

E. Vohidov ijodida hajviy yo‘nalish alohida o‘rin egallaydi. “Donish-qishloq

latifalari” Matmus haqida bo‘lib, shoir unda laganbardorlik, sotqinlik, xasislik,

tamagirlikni mazax qiladi. She’rlari hayot kuzatuvlari, chuqur ma’nosi, o‘ziga xos

ifoda vositalari bilan qiziqarli.

“Tuyaqush” masalida E.Vohidov jonzodning ikkilamchi nomlanishidan

maromida foydalangan, ya’ni - tuya hamda qush. Shunday qilib, hajmi katta

bo‘lmagan, lekin ma’nosiz, munofiq va qo‘rqoq insonlar haqidagi juda o‘tkir she’r

yaraladi.

Erkin Vohidovning muhabbatga yo‘g‘rilgan she’rlari ham e’tiborga loyiq. Shoirni

g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bulbul tuni bilan

noladi”, “G‘uncha” kabi she’rlarida an’anaviy g‘azal belgilari - ixtirosli fojiaviy

sevgini jonlantiruvchi bulbul va atirgul, Farhod va Majnun timsollari mavjud.

An’analarga ehtiyotkorona rioya qilgan holda, muallif o‘zining mustaqil sevgi

tushunchasini yetkazib beradi. “Orzu chashmasi” she’rida u chashma oldida o‘tirgan

qiz timsolini gavdalantiradi. Real lavhalardan chekingan holda, shoir lirik sevgi

tarixini, to‘g‘rirog‘i, sevgi umidini yaratadi. She’rdagi lirik qahramon sevgisi yer

tubidan chiquvchi musaffo chashma kabi. Porloq tuyg‘u umididagi she’r qahramoni

mag‘rur va soddadir.

“O‘zbegim” qasidasida shoir xalqning eng qadrli yutug‘i — Vatan erkinligi va

mustaqilligini tarannum etadi. Erkin Vohidov “o‘rdani vahshiyona toptashdi va yer

jarohatlari sezildi” misralari orqadi ona diyorining tarixiy o‘tmishiga yuzlanadi. Shoir

azaliy erkinlik uchun intilish va diyor ravnaqini “Alpomish”, “Toro‘g‘li” kabi

dostonlarida ifodalagan. Vatanni afsonaviy qahramoni bo‘lmish baxodirlarning qanotli

tulpori - kuch, qudrat va erkinlik timsoli bilan uzviy va aniq bog‘lay olgan.

Shoir Robert Rojdestvenskiy uning ijodi bilan zavqlanib, shunday yozgan:

Menga uning “Nido” dostoni juda manzur bo‘ldi, uning bengal shoiri Nazrulla

Islom haqidagi ko‘p qirrali va jarangdor “Ruhlar isyoni” dostoni yoqdi. Bu yerda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

100

2181-3187

mualliflik ovozi barcha imkoniyat va qirralarni namoyon etgan - shivirlashdan

qichqiriqqacha.

“Fikrimcha, bular — juda yaxshi va aniq she’rlar. Shuningdek, ularda dono

xotirjamlik va kenglik mavjud. Yana, og‘riq bor. Haqiqiy inson og‘rig‘i...” - deb yozadi

rus shoiri Robert Rojdestvenskiy o‘zbek shoiri Erkin Vohidov haqida.

1999 yil Erkin Vohidovga O‘zbekiston qahramoni unvoni berilib, shoir xizmatlari

sharaflandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Z.Mirzaeva.

2.K.Jalilov

3.Sh.Sirojiddinov

Библиографические ссылки

Z.Mirzaeva.

K.Jalilov

Sh.Sirojiddinov