Авторы

  • Murodova Sohiba Asadullo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125101

Ключевые слова:

Milliy kiyimlar naqshlar bezaklar dizayn texnalogiya iqtsod

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar kiyimlarini tayyorlash jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tikuv usullarining amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan. Bolalar kiyimi inson salomatligi va qulayligi bilan bevosita bog‘liq mahsulot turi bo‘lganligi sababli, ularning ishlab chiqarilishida yuqori sifatli, ekologik toza, gigiyenik hamda ergonomik talablarga 
javob beradigan texnologiyalar qo‘llanilishi zarur. Maqolada raqamli boshqaruvli tikuv mashinalari, lazerli va ultratovushli kesish usullari, 3D modellashtirish dasturlari (CLO3D, Optitex) kabi ilg‘or texnik vositalarning bolalarkiyimlarini ishlab chiqarishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, gippoallergen, elastik va “nafas 
oluvchi” matolar kabi zamonaviy materiallardan foydalanishning afzalliklari, ularning 
bolalar salomatligiga ijobiy ta’siri alohida o‘rganiladi. Bundan tashqari,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

272

2181-3187

BOLALAR KIYIMLARINI TIKISH TEXNOLOGIYASINING

ZAMONAVIY USULLARI

Urgut tuman 5- son poletixnikumi

Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi

Murodova Sohiba Asadullo qizi

email.

murodovasohiba14@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolalar kiyimlarini tayyorlash jarayonida

qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tikuv

usullarining amaliy va nazariy jihatlari yoritilgan. Bolalar kiyimi inson salomatligi va

qulayligi bilan bevosita bog‘liq mahsulot turi bo‘lganligi sababli, ularning ishlab

chiqarilishida yuqori sifatli, ekologik toza, gigiyenik hamda ergonomik talablarga

javob beradigan texnologiyalar qo‘llanilishi zarur. Maqolada raqamli boshqaruvli tikuv

mashinalari, lazerli va ultratovushli kesish usullari, 3D modellashtirish dasturlari

(CLO3D, Optitex) kabi ilg‘or texnik vositalarning bolalar kiyimlarini ishlab

chiqarishda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, gippoallergen, elastik va “nafas

oluvchi” matolar kabi zamonaviy materiallardan foydalanishning afzalliklari, ularning

bolalar salomatligiga ijobiy ta’siri alohida o‘rganiladi. Bundan tashqari, maqolada

kasb-hunar ta’limi muassasalarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish,

o‘quvchilarga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy tikuv texnologiyalarini

o‘rgatishning samarali metodlari – loyihalash asosida o‘qitish, integratsiyalashgan

darslar, STEM yondashuvi orqali kasbiy tayyorgarlikni oshirish yo‘llari ko‘rsatib

berilgan. Maqola pedagoglar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari, tikuvchilik sohasi

mutaxassislari, hamda kasb-hunar ta’limida innovatsion yondashuvlarni tatbiq

etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar uchun metodik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan

ilmiy-uslubiy materialdir.

Kalit so‘zlar

Milliy kiyimlar, naqshlar, bezaklar, dizayn, texnalogiya, iqtsod;

ANNOTATION

This scientific article analyzes the development of women's

clothing sewing technologies and their importance in the educational process. The


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

273

2181-3187

article examines in detail the types of modern sewing technologies, their role in the

production process and the benefits of teaching these technologies in the educational

process. The article also includes modern techniques such as computerized sewing

machines used in women's clothing sewing, 3D model creation, digital design, and the

use of high-tech fabrics.Teaching these technologies in the educational process makes

it possible for students not only to develop practical skills, but also to master creative

approaches, to implement innovative ideas in the creation of clothing design. The

article also discusses the importance of technology in improving production efficiency,

improving clothing quality, and ensuring environmental sustainability.

Key words

National clothes, patterns, decorations, design, technology, economy;

KIRISH

So‘nggi yillarda yengil sanoat, ayniqsa, tikuvchilik sohasi jadal

rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda nafaqat kiyim-kechaklarning dizayni, balki

ularning ishlab chiqarish texnologiyasi, matolar sifati, tikuv mashinalari imkoniyatlari

ham tubdan o‘zgarib, zamonaviylashtirilmoqda. Aholining ehtiyoji, bozor talablari va

modaning tez o‘zgarib turishi tufayli kiyim tikish texnologiyalariga bo‘lgan talab

yanada ortmoqda. Ayniqsa, bolalar kiyimlari bu borada alohida e’tibor talab qiladigan

segment hisoblanadi. Bolalar kiyimi inson salomatligiga bevosita ta’sir qiladigan

mahsulotlar sirasiga kiradi. Bolalar organizmi o‘ziga xos fiziologik va psixologik

xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli, ular uchun mo‘ljallangan kiyimlar qulay, xavfsiz,

funksional va estetik jihatdan mukammal bo‘lishi lozim. Shu bois, bu sohada faqat

an’anaviy tikuv uslublari bilan cheklanib qolmasdan, innovatsion texnologiyalar,

zamonaviy materiallar, raqamli uskunalar va 3D modellashtirish kabi yangi

yondashuvlar

tatbiq

etilmoqda.

Zamonaviy tikuvchilikda qo‘llanilayotgan

texnologiyalar orasida kompyuterlashtirilgan tikuv mashinalari, lazerli va ultratovushli

kesish uskunalari, raqamli dizayn dasturlari, shuningdek, ekologik toza va

gippoallergen materiallar asosida kiyim tikish tajribalari kengaymoqda. Bularning

barchasi ishlab chiqarish jarayonini yengillashtiradi, mahsulot sifatini oshiradi va eng

asosiysi – bolalar salomatligiga xavfsiz muhit yaratadi. Shu bilan birga, kasb-hunar

ta’limi tizimi ham zamon bilan hamnafas bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish ta’limi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

274

2181-3187

ustalari va mutaxassislar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — o‘quvchilarga

aynan ana shu zamonaviy usullarni o‘rgatish, ularda amaliy ko‘nikmalarni

shakllantirish, ijodiy fikrlash va texnologik savodxonlikni rivojlantirishdan iborat.

Mazkur maqolada bolalar kiyimlarini tikishda qo‘llanilayotgan zamonaviy

texnologiyalar, ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi, hamda ushbu yo‘nalishda

o‘quvchilarga ta’lim berishda zamonaviy metodlardan qanday foydalanish mumkinligi

tahlil qilinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

275

2181-3187

Zamonaviy tikuv texnologiyalarining turlari va afzalliklari

Zamonaviy tikuvchilik sohasida yangi texnologiyalar jadal sur’atlarda

rivojlanmoqda. Bolalar kiyimlarini tayyorlashda an’anaviy mexanik mashinalar o‘rnini

asta-sekin kompyuterlashtirilgan tikuv mashinalari egallamoqda. Bunday mashinalar

yordamida naqsh tikish, avtomatik chok tushirish, düymali teshiklar ochish, matoni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

276

2181-3187

qirqish kabi operatsiyalar tez va aniq bajariladi. Shuningdek, ishlab chiqarishda keng

qo‘llanilayotgan texnologiyalar quyidagilar:

Lazerli kesish texnologiyasi: Lazer yordamida mato chetlari qirrali va aniq

kesiladi. Bu bolalar kiyimida nozik detallar (yoqalar, manjetlar, bezaklar) ishlab

chiqishda muhim ahamiyatga ega. Ultratovushli biriktirish texnologiyasi: Bu usul

choksiz biriktirish imkonini beradi, ya’ni issiqlikka sezgir, allergiya chaqiruvchi

materiallar bilan ishlashda afzallik beradi. Avtomatik naqsh tikish mashinalari: Bolalar

kiyimlari ko‘pincha bezakli bo‘lishi kerak. Dastur asosida ishlaydigan naqsh

mashinalari bilan estetik dizaynlar osongina qo‘llaniladi. Raqamli dizayn dasturlari

(CAD/CAM): Dasturiy ta’minot orqali kiyim konstruksiyasi, andazalar va 3D


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

277

2181-3187

vizualizatsiyalar yaratiladi. Bu texnologiyalar kiyimning tikilmasdan oldingi tahlilini

amalga oshirish imkonini beradi, bu esa xatoliklar ehtimolini kamaytiradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI. Zamonaviy materiallar va ularning

afzalliklari

Bolalar kiyimlarida ishlatiladigan materiallar gigiyenik, xavfsiz va funksional

bo‘lishi shart. Shu sababli, zamonaviy ishlab chiqaruvchilar quyidagi matolarga e’tibor

qaratmoqda:

Gippoallergen matolar

– chaqaloq va yosh bolalar terisiga mos, terlamaydigan,

allergik reaksiya chaqirmaydigan materiallar. Ko‘pincha tabiiy tolalar: paxta, bambuk,

modal asosida tayyorlanadi.

“Nafas oladigan” materiallar (Breathable fabrics)

– havo aylanishiga imkon

beruvchi matolar. Ular sport kiyimlari va yozgi kiyimlar uchun ayniqsa muhim. Bolalar

harakatchan bo‘lganligi sababli, ularning kiyimlari egiluvchan va harakatga mos

bo‘lishi kerak. Qayta ishlangan xom-ashyolardan tayyorlangan, atrof-muhitga zarar

yetkazmaydigan matolar (masalan, organik paxta). Yuqoridagi materiallardan

foydalanish nafaqat bolalar uchun qulaylik yaratadi, balki mahsulot sifati va

raqobatbardoshligini ham oshiradi.

Ishlab chiqarish amaliyotida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

Kollejlarda va texnikumlarda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti —

ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik bosqichidir. Bu jarayonda

quyidagilarni qo‘llash samarali bo‘ladi:

Kompyuter boshqaruvli mashinalar bilan ishlash

: o‘quvchilarga ilg‘or texnik

uskunalar bilan ishlash ko‘nikmasini berish orqali ularning zamonaviy ishlab chiqarish

talablariga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishiga yordam beriladi.

Texnologik xarita bilan ishlash

: har bir operatsiya (matoni kesish, chok tikish,

tugma tikish, dazmollash va hk) bo‘yicha o‘quvchilar texnologik ketma-ketlikni to‘liq

o‘zlashtiradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

278

2181-3187

Loyiha asosida ishlab chiqarish

: Har bir o‘quvchi mustaqil yoki guruh bo‘lib

bolalar kiyimlarining to‘liq loyihasini ishlab chiqadi — dizayndan tortib, tikuvgacha

bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘quvchilarga kichik hajmdagi

buyurtmalarni bajarish orqali real ishlab chiqarish muhiti yaratiladi. Bu ularning ishga

joylashish imkoniyatini oshiradi. Ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning sifatini

oshirish uchun quyidagi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Har bir o‘quvchi yoki

guruh bir kiyim modelini to‘liq ishlab chiqadi. Bu yondashuv ularning mustaqil

ishlash, dizayn fikrlash va texnikani qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Nazariy va

amaliy bilimlar birlashtirilgan darslarda o‘quvchilar bilimni real ish jarayonida

qo‘llashni o‘rganadilar. Onlayn simulyatorlar, dizayn dasturlari (Optitex, Clo3D)

yordamida o‘quvchilar o‘z kiyim modelini virtual tarzda yaratishlari mumkin.

STEM

yondashuvi

: Matematika, muhandislik, texnologiya va dizayn bilimlarini

uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilar ilg‘or kasbiy ko‘nikmalarni egallaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki bolalar

kiyimlarini tikish texnologiyasining zamonaviy usullari bugungi kunning dolzarb va

istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Kiyim-kechak mahsulotlari, ayniqsa bolalar uchun

mo‘ljallangan kiyimlar inson salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi mahsulotlar

qatoriga kiradi. Shu sababli, bu yo‘nalishda ishlatilayotgan texnologiyalar, materiallar

va uskunalar yuqori gigiyenik, ekologik va ergonomik talablar asosida tanlanishi zarur.

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

Texnologik taraqqiyot tikuvchilik sohasida sifat jihatdan yangi bosqichni

boshlab berdi

. Raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan tikuv mashinalari,

CAD/CAM tizimlari bolalar kiyimlarining nafaqat sifatli, balki xavfsiz va dizaynerlik

talablari asosida ishlab chiqilishiga xizmat qilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish

jarayonini tejamkor, samarali va raqobatbardosh qiladi.

Zamonaviy materiallardan foydalanish – sifat va sog‘liq kafolati

.

Gippoallergen, “nafas oladigan”, ekologik toza va funksional materiallarning

qo‘llanilishi bolalar kiyimlari uchun eng muhim omillardandir. Bunday matolar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

279

2181-3187

farzandlarimiz salomatligini asrash bilan birga, ularning kundalik faoliyatiga qulaylik

va erkinlik yaratadi.

Ishlab chiqarish ta’limi tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish –

o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshiradi

. Kasb-hunar maktablari va

kollejlarida ishlab chiqarish amaliyoti davomida o‘quvchilarga zamonaviy tikuv

texnologiyalarini o‘rgatish orqali ularning bo‘lajak mehnat bozoridagi

raqobatbardoshligi ta’minlanadi. Bu esa o‘z navbatida milliy iqtisodiyotimizning

tikuvchilik tarmog‘idagi salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ta’lim jarayonida interaktiv va innovatsion yondashuvlarni joriy qilish

muhimdir

. Loyiha asosida o‘qitish, integratsiyalashgan darslar, 3D modellashtirish

dasturlari bilan ishlash o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirib, ularni zamon

talablari darajasida mutaxassis sifatida shakllantirishga zamin yaratadi.

Kelajakda bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishda texnologik innovatsiyalar

asosiy yo‘nalishga aylanadi

. Masalan, “aqlli matolar”, sensorli elementlar bilan

jihozlangan kiyimlar, ekologik materiallar asosidagi “yashil ishlab chiqarish”

konsepsiyasi yaqin yillarda keng ommalashadi. Kasb-hunar ta’limi tizimi esa bu

yangiliklarga tayyor bo‘lishi, o‘quv dasturlarini doimiy yangilab borishi zarur.

Shunday qilib, bolalar kiyimlarini tikish texnologiyasida zamonaviy yondashuvlar —

bu nafaqat ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi, balki jamiyatimizda sog‘lom,

farovon va estetik muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Bu

yo‘nalishdagi ilmiy-amaliy izlanishlar va innovatsion tajribalar mamlakatimiz yengil

sanoat sohasining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. MaxmudovaDva boshqalar “Muxandislikva kompyuter grafikasi”.-T.: “History and

Page”,2022y.

2. KomilovaX.H.,HamrayevaH.Q.“Kiyimloyihalashasoslari”.-T.:“Ilmziyo”,2014y.

3. Toshpo‘latov S.Sh. va boshqalar. “Keng assortimentdagi kiyimlami loyihalash,

modellashtirishvabadiiybezash”.-T.:“Faylasuf”,2014y.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

280

2181-3187

4. Abdullayeva Q.M. va boshqalar. “Tikuv buyumlami loyihalash, modellash va badiiy

bezash”.-T.:“Noshir”,2016y.

5.Q.M.Abdullayeva.Tikuvehilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari.

Nizomiy nomidagi TDPU bosmaxonasi,2003.

6. Faxriddin B., No‘monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNING

TORMOZ

SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers

(IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 333-337.

7.Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science

and Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 8. – С. 45-50.

8.Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI

TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI

TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 4. – С. 81-

87.

9. Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI TURLI

MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA PARAMETRLARINI

O ‘RGANISH.

10. Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLAНГАН M1 TOIFALI

AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic

research in educational sciences. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 787-791. 11.Каршиев

Фахридин Умарович, Н.Абдуқаҳоров ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ

СТАЛИ

В

МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//https://www.iupr.ru/6-121-2024

https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_15c4798c874a4ddab326a52bd3af34ea.pdf?ind

ex=true

12. Абдуқаҳоров Н., Турдиалиев Ж., Мўминов Н. АВТОМОБИЛИ M1 В

РАЗНЫХ УСЛОВИЯХ АНАЛИЗ И ПАРАМЕТРЫ ТОРМОЖЕНИЯ УЧИТЬСЯ


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

281

2181-3187

//Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане. – 2024. – Т. 2. –

№. 4. – С. 377-386.

13. Каршиев Ф. У., Абдукахоров Н. ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ

В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИИ //Экономика и социум. – 2024. – №. 6-2 (121). – С.

1142-1145.

14. Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI

TURLI

MUHITLARDA

TORMOZLANISHINI

TAHLIL

QILISH

VA

PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

15M.Jabborova.Tikuvehilik texnologiyasi.—Т.,«O‘qituvchi»,1989.

16. T.M.Poshshaxo‘jayeva. Xizmat ko‘rsatish mehnati. 5-7-sinflar uchun o‘quv

qo‘llanma.— Т.,«O‘qituvchi»,199

Библиографические ссылки

MaxmudovaDva boshqalar “Muxandislikva kompyuter grafikasi”.-T.: “History and

Page”,2022y.

KomilovaX.H.,HamrayevaH.Q.“Kiyimloyihalashasoslari”.-T.:“Ilmziyo”,2014y.

Toshpo‘latov S.Sh. va boshqalar. “Keng assortimentdagi kiyimlami loyihalash,

modellashtirishvabadiiybezash”.-T.:“Faylasuf”,2014y. 4. Abdullayeva Q.M. va boshqalar. “Tikuv buyumlami loyihalash, modellash va badiiy

bezash”.-T.:“Noshir”,2016y.

Q.M.Abdullayeva.Tikuvehilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari.

Nizomiy nomidagi TDPU bosmaxonasi,2003.

Faxriddin B., No‘monbek A. ABS SISTEMASI BILAN JIHOZLANGAN M1

TOIFALI

AVTOMOBILLARNING

TORMOZ

SAMARADORLIGINI

MATEMATIK NAZARIY TAHLILI //International journal of scientific researchers

(IJSR) INDEXING. – 2024. – Т. 4. – №. 1. – С. 333-337.

Qurbonazarov S. et al. ANALYSIS OF THE FUNDAMENTALS OF

MATHEMATICAL MODELING OF WHEEL MOVEMENT ON THE ROAD

SURFACE OF CARS EQUIPPED WITH ABS //Multidisciplinary Journal of Science

and Technology. – 2024. – Т. 4. – №. 8. – С. 45-50.

Xuzriddinovich B. F. et al. ABS BILAN JIHOZLANGAN AVTOMOBILNI

TORMOZ PAYTIDA O ‘ZO ‘ZIDAN VA MAJBURIY TEBRANISHLARINI

TORMOZ SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH //ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 4. – С. 81

Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI TURLI

MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA PARAMETRLARINI

O ‘RGANISH.

Karshiev F. U., Abduqahorov N. ABS BILAN JIHOZLAНГАН M1 TOIFALI

AVTOMOBILLAR TORMOZ TIZIMLARINING USTIVORLIGI //Academic

research in educational sciences. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 787-791. 11.Каршиев

Фахридин Умарович, Н.Абдуқаҳоров ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ

СТАЛИ

В

МАТЕРИАЛОВЕДЕНИ//https://www.iupr.ru/6-121-2024

ex=true

Абдуқаҳоров Н., Турдиалиев Ж., Мўминов Н. АВТОМОБИЛИ M1 В//Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане. – 2024. – Т. 2. –

№. 4. – С. 377-386.

Каршиев Ф. У., Абдукахоров Н. ИЗУЧЕНИЕ МИКРОСТРУКТУРЫ СТАЛИ

В МАТЕРИАЛОВЕДЕНИИ //Экономика и социум. – 2024. – №. 6-2 (121). – С.

-1145.

Xusinovich T. J., Ro‘zibayevich M. N. M1 TOIFALI AVTOMOBILLARNI

TURLI MUHITLARDA TORMOZLANISHINI TAHLIL QILISH VA

PARAMETRLARINI O ‘RGANISH.

M.Jabborova.Tikuvehilik texnologiyasi.—Т.,«O‘qituvchi»,1989.

T.M.Poshshaxo‘jayeva. Xizmat ko‘rsatish mehnati. 5-7-sinflar uchun o‘quv

qo‘llanma.— Т.,«O‘qituvchi»,199