Авторы

  • Boltayeva Nozima Mamayoqub qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125117

Ключевые слова:

Og‘zaki nutq yozma nutq savodxonlik nutq sharoiti adabiiy talaffuz mazmun.

Аннотация

Ona tili darslariga qo‘yiladigan asosiy talab o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini oshirish, to‘g‘ri, ravon, ta’sirli va mazmundor so‘zlash va yozishga o‘rgatishdan iborat. Maqolada shu mazmundagi, ya’ni o‘quvchilarning nutqiga qo‘yiladigan talablar, og‘zaki va yozma nutqni shakllantirish usullari va maktabda o‘qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan 
takliflar va tavsiyalar berilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

162

2181-3187

O‘QUVCHILARDA OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQ KO‘NIKMASINI

SHAKLLANTIRISH USULLARI

Boltayeva Nozima Mamayoqub qizi,

ToshDOʻTAU OTAT fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ona tili darslariga qo‘yiladigan asosiy talab o‘quvchilarning

og‘zaki va yozma savodxonligini oshirish, to‘g‘ri, ravon, ta’sirli va mazmundor

so‘zlash va yozishga o‘rgatishdan iborat. Maqolada shu mazmundagi, ya’ni

o‘quvchilarning nutqiga qo‘yiladigan talablar, og‘zaki va yozma nutqni shakllantirish

usullari va maktabda o‘qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan

takliflar va tavsiyalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

Og‘zaki nutq, yozma nutq, savodxonlik, nutq sharoiti, adabiiy

talaffuz, mazmun.

Abstract.

The main requirement for native language lessons is to improve

students' oral and written literacy, to teach them to speak and write correctly, fluently,

effectively and meaningfully. The article provides suggestions and recommendations

in this regard, namely, the requirements for students' speech and the work that should

be done by the teacher at school.

Keywords:

Oral speech, written speech, literacy, speech conditions, literary

pronunciation, content.

Аннотация:

Основным требованием к урокам родного языка является

повышение устной и письменной грамотности учащихся, а также обучение их

грамотной, беглой, эффективной и осмысленной речи и письму. В статье даются

предложения и рекомендации по данной теме, а именно требования к речи

учащихся и работа, которую следует проводить учителям в школе.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

163

2181-3187

Ключевые слова

: Устная речь, письменная речь, грамотность, условия

речи, литературное произношение, содержание

Zamonaviy maktab nafaqat bilimga ega, balki shu bilimlardan hayotda

foydalanishni ham biladigan, muloqot qilishni biladigan, ichki madaniyatli, tafakkur

va his qiluvchi shaxsni tayyorlashi kerak. Maqsad o‘quvchining imkon qadar ko‘p

bilishi emas, balki u har qanday vaziyatda harakat qila olishi va muammolarni hal qila

olishidir. Bunga erishish uchun orttirilgan vositalar - nutq madaniyati va muloqot

madaniyati

(Chernova G.B).

Chiroyli so‘zlashni, o‘z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o‘quvchilar

bilimlarni muvaffaqiyat bilan o‘zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli,

mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi teran

bo‘ladi. Nutq orqali odamzot o‘zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, bu esa hamma

insonlarda bir xil tuzilgan yoki to‘la shakllangan bo‘lavermaydi.

Nutq — bu insonning o‘z fikrini ifoda etishi, boshqalar bilan aloqa o‘rnatishi va

jamiyatda yashashga moslashishi uchun zarur bo‘lgan eng muhim vosita. Og‘zaki nutq

odatdagi so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va turli imlo-ishoralarga

aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar qo‘shma gaplar deyarli

qoʻllanmaydi. Yozma nutqni tuzish esa murakkab jarayon bo‘lib, u o‘quvchidan

grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla qurishni, har bir so‘zni o‘z o‘rinida

to‘g‘ri qo‘llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi. Avvalo, shuni

qayd qilish lozimki, maktabda o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari o‘quvchi nutqi ustida

ishlashga qaratilgan bo‘ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim

sanaladi. O‘quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va

tafakkuri ham muttasil o‘sib boradi. Ravon, ixcham, ta’sirli nutq tinglovchiga huzur

bag‘ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‘z o‘quvchilarini ana shunday

so‘zlashga o‘rgatishdir. Maktab o‘qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili

o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilar nutqidagi nuqsonlarni oldini olib, nutqini sheva,

parazit so‘zlar ta’siridan tozalash va adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

164

2181-3187

so‘zlashga o‘rgatishdir. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini

shakllantirish ta’lim jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu

ko‘nikmalar o‘quvchilarning fikrini to‘g‘ri, ravon va aniq ifoda eta olishiga xizmat

qiladi. Quyida ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalaniladigan samarali usullar

keltirilgan:

Og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish usullari

1

. Dialog va munozaralar tashkil etish:

O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib,

muayyan mavzular asosida suhbat qurishadi. Bu orqali ular o‘z fikrlarini erkin bayon

qilishga o‘rganadilar. Munozarali darslar esa mantiqiy fikrlash va dalil keltirish

malakasini oshiradi.

2.

Savol-javob usuli:

Dars jarayonida savollar berib, o‘quvchilarning javob berish

ko‘nikmasini rivojlantirish mumkin. Bu usul tezkor fikrlashni shakllantiradi.

3.

Rolli o‘yinlar va dramatizatsiyalar:

Adabiy asarlardan sahna ko‘rinishlari

sahnalashtirish, hayotiy vaziyatlarni rolli o‘yinlar orqali ifodalash orqali o‘quvchilar

ijodiy va og‘zaki nutq bilan ishlashga rag‘batlantiriladi.

4.

Kuzatuv va hikoya qilish:

Biror rasm, voqea yoki film asosida og‘zaki hikoya

tuzish topshiriqlari orqali tasviriy fikrlash va og‘zaki nutq mashq qildiriladi.

5.

Audiovizual materiallardan foydalanish:

Turli videodarslar, eshittirishlar

asosida tinglab tushunish, undan keyin fikr bildirish usuli orqali og‘zaki ifoda

kuchaytiriladi.

Yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirish usullari

1.

Matn tuzish va qayta ishlash:

reja asosida matn yozish, berilgan matnni qayta

tuzish, izoh berish orqali yozma ifoda mashq qilinadi.

2.

Diktantlar:

Oddiy, ijodiy yoki tushunchali diktantlar yozdirish orqali

o‘quvchilarning imlo, grammatik va uslubiy bilimlari mustahkamlanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

165

2181-3187

3.

Tahlil va izoh yozish:

O‘quvchilar adabiy asarlar yoki matnlar yuzasidan o‘z

fikrlarini yozma tarzda bayon qiladilar. Bu usul fikrni aniq ifodalashga yordam beradi.

4.

Mavzulashtirilgan yozuvlar:

Muayyan mavzular (ijtimoiy, madaniy, axloqiy va

boshqalar) yuzasidan o‘z fikrini yozish orqali mustaqil fikrlash va yozuv ko‘nikmalari

shakllantiriladi.

5.

Yozma ishlarni tahlil qilish va baholash:

O‘quvchilar yozgan matnlarni

birgalikda muhokama qilish, kamchiliklarini ko‘rsatish va yaxshi ishlarni namuna

sifatida ko‘rsatish orqali yozma madaniyat mustahkamlanadi.

O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq madaniyatini taraqqiy ettirish adabiyot

o‘qitishning sifatiga ham bog‘liq. Shu bilan birga, nutq madaniyatini rivojlantirish

darsda leksik mashqlar, qayta hikoyalash, bayon, insho kabi mashg‘ulotlarni uyushtirib

turishni ham taqazo etadi. Bu ikki turning yaxshi shakllanishi uchun asosiy talablar

ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil qiladi:

1.

Nutqning nutq sharoitiga mosligi

. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan

paytda so‘zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so‘zlovchi bitta,

tinglovchi ko‘p bo‘lsa, so‘zlovchining baland ovozda to‘xtam (pauza)larga rioya qilib,

fikrni izchil va bir-biriga bog‘liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning

o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini

bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir mavzuni sinfda, biror yig‘inda ochib

berishdagi nutqida o‘z aksini topadi. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri

so‘zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir.

2.

Nutqning mazmundorligi

. O‘quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda

uning o‘zi bilgan va xabardor bo‘lgan voqea-hodisalarni og‘zaki va yozma shakllarda

bayon qilsagina mazmunli boʻladi. Aniq dalillar, o‘quvchining shaxsiy kuzatish yoki

taassurotlari, his-tuyg‘ulari asosida yuritgan fikrlari o‘zgalar diqqatini o‘ziga tortadi.

3.

Nutqning mantiqan to‘g‘ri, aniq va izchil boʻlishi.

Nutqda har bir fikr mantiqan

asoslangan bo‘lsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

166

2181-3187

voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to‘g‘ri baho bera olish,

shu yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi.

O‘quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to‘g‘ri bog‘lay

olishi, mavzuga aloqador bo‘lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay

bilishi, qaytarilgan takror fikrlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

4.

Nutqning boy va rang-barang bo‘lishi.

Nutqning boy va rang-barangligi,

avvalo, fikrni bayon qilishda o‘zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh

va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, maqol va

matallardan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan, o‘xshatish, sifatlash kabi badiiy til

vositalaridan keng va o‘rinli foydalanishda namoyon bo‘ladi.

5.

Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi.

O‘quvchi so‘z, so‘z

birikmasi va gaplarni bir-biriga bog‘lash, kelishik va egalik qo‘shimchalarini o‘rinli

qo‘llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega

bo‘lishi shart.

6.

Nutqning ohangdor, ta’sirli bo‘lishi.

Ohang o‘quvchi nutqining ta’sirchanligini

oshirish vositasi sanaladi. O‘quvchi har bir she’riy yoki nasriy asarni ohangdorlikka

amal qilgan holda, sintagmalarga rioya qilib, mantiqiy to‘g‘ri qo‘llab o‘qishi zarur.

O‘quvchilar nutqini o‘stirishda quyidagi amaliy tadbirlar qo‘llanadi:

1. Adabiy talaffuzni har bir darsda o‘rganiladigan qoidalarga bog‘lab o‘rgatish;

2. Boshqa fanlarni o‘qitishda ham nutq o‘stirishga e’tibor berish;

3. O‘quvchi nutqidagi adabiy tilga xos bo‘lmagan dalillarni tushuntira bilish;

4. Fonetika o‘qitishda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan tovushlar talaffuziga

e’tibor berish;

5. Orfografik malakalarni mustahkamlashga oid darslar;

6. O‘quvchilarni turli tadbirlarda va yig‘inlarda chiqib so‘zlashga odatlantirish;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–7_ Мая –2025

167

2181-3187

7. She’riy va nasriy asarlardan parchalar yod oldirib borish

.

Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar

jamoasi oldiga o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, ularning og‘zaki va yozma

nutqini o‘stirish ishida faol ishtirok etish vazifasini qo‘yadi. Bunda savodxonlik va

nutq madaniyatini o‘stirishda yagona talab amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytsak, maqolada keltirilgan barcha usullar o‘quvchilarning darsda

faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va

mustahkamlash, nutq o‘stirishga yo‘naltirilgan har bir mashg‘ulotni qiziqarli tashkil

etishga xizmat qiladi. Jamiyatimizni erkinlashtirish g‘oyasi bevosita ta’lim jarayonida

o‘z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o‘zgartirish, yanada

insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta’minlanadi.

Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoyev

ta’kidlaganlaridek: “ Havas qilsa arziydigan ulug‘

ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men ishonaman,

nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz

ham albatta bo‘ladi ”.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi.

–Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

2. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

3. Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. –Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

4. Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil foydalanish. -Toshkent: O‘qituvchi,

1995.

5. Xayrullayev M. O‘zbek pedagogik antologiyasi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

6. Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. -Toshkent: O‘qituvchi, 1980.

7. Muhiddinov A. O‘quv jarayonida nutq faoliyati. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

Библиографические ссылки

Zunnunov A., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. –Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.

Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. –Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil foydalanish. -Toshkent: O‘qituvchi,

Xayrullayev M. O‘zbek pedagogik antologiyasi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. -Toshkent: O‘qituvchi, 1980.

Muhiddinov A. O‘quv jarayonida nutq faoliyati. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.